KOINOT SIRLARI
3.53K subscribers
4.63K photos
1.27K videos
127 files
838 links
🏛 Bu sahifa O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy hodimlari tomonidan yuritilMAyapti🏛

Sahifa maʼmuriyati:
👤
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#astrofilms

2007-2009 yillarda Oy atrofida aylangan Yaponiyaning "KAGUYA" sun'iy yo'ldoshi tomonidan olingan hayratlanarli video 👇
https://t.me/astronomiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#astrofilms

"Apollo-16" missiyasida John Young Oy bo'ylab "Lunar Rover"da sayr qilgan (HD) 👇
https://t.me/astronomiya
#astrofacts

Oy krateri deb, uning sirtidagi tubi nisbatan tekis yuzaga ega va atrofi halqasimon tepalik bilan o'ralgan chuqurliklarga aytiladi. Zamonaviy kuzatuv ma'lumotlariga ko'ra, ko'pchilik kraterlar ma'lum bir osmon jismlarining Oy sirtiga tushishi va ularning zarbasi natijasida hosil bo'lgan. Faqat ayrim kraterlar qachonlardir faol bo'lgan vulqonlarning mahsuli deb qaraladi.

Quyida Tixo kraterining LRO stansiyasidan olingan tasviri keltirilgan: uning diametri 85 kilometr, chuqurligi esa 4.7 kilometr. Ushbu krater taxminan 110 million yil oldin hosil bo'lgan👇
https://t.me/astronomiya
#astrodates

"Apollo-16" missiyasida va kosmik shattlning ilk parvozida komandir vazifasini bajargan astronavt John Young, 2018- yilning 6 yanvar kuni 87 yoshida vafot etgan (1930-2018).

U Gemini, Apollo va kosmik shattl dasturlarida qatnashgan va kosmosga 6 marta, agar "Apollo-16" dasturi davomida Oydan qaytish uchun kosmik apparatda uchganini ham hisobga olsa, 7 marta uchgan birinchi astronavt hisoblanadi 👇
https://t.me/astronomiya
#astrofacts

Nil Armstrong — 5 avgust 1930 yil tug'ilgan, amerikalik astronavt, sinov-uchuvchisi, kosmik injener, universitet professori, AQSh harbiy-dengiz qo'shinlari uchuvchisi, "Apollon-11" kosmik kemasi missiyasi davomida Oyga ilk bor qadam qo'ygan inson. U 25 avgust 2012 yil vafot etgan.

Quyida uning va u Oyga qo'ygan ilk qadamning rasmlari👇
https://t.me/astronomiya
#astrophotos

Oyga qo'ngach, Nil Armstrong tomonidan olingan ilk rasm👇
https://t.me/astronomiya
#astrodates

9 yanvar 1913 yil AQShning 37-prezidenti Richard Nikson tavallud topgan. Aynan uning prezidentligi davrida, ya'ni 1969 yil NASA astronavtlari Oyga qo'nishgan. Bugungi kungacha Oy — inson qadami yetgan Yerdan tashqaridagi yagona osmon jismi hisoblanadi👇

https://t.me/astronomiya
#astrofacts

"Apollon-11" kosmik kemasi ekipajlari: missiya komandiri Nil Armstrong (chapda), Oy moduli uchuvchisi Edvin Bazz Oldrin (o'ngda) va Maykl Kollinz - Oyga borib unga qo'nmasdan qaytgan astronavt, ya'ni u sheriklari Oy sirtiga qo'nish jarayonida Oy atrofida aylanib turgan boshqaruv modulida bo'lgan.

Quyida ushbu ekipajning parvoz oldidan tushgan rasmini ko'rishingiz mumkin 👇
https://t.me/astronomiya
#astrophotos

Xabbl teleskopida olingan eng hayratlanarli tasvirlar TOP-15 ketma-ketligi 👇 (Davomi)

1️⃣1️⃣ "N90" yulduz tug'ilish sohasi va gaz-chang tumanligi
▫️Boshqa nomi: NGC 602
▫️Bizdan uzoqligi: 200 ming yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri: 9.2 Mb

1️⃣2️⃣ "Crab Nebula" - "Qisqichbaqa" tumanligi
▫️Boshqa nomi: Messier 1
▫️Bizdan uzoqligi: 6.5 ming yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri 6.2 Mb

1️⃣3️⃣ "Butterfly Nebula" - "Kapalak" tumanligi
▫️Boshqa nomlari: Bug Nebula, NGC 6302
▫️Bizdan uzoqligi: 4 ming yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri 3.4 Mb

1️⃣4️⃣ "Orion Nebula" - "Orion" tumanligi
▫️Boshqa nomlari: Messier 42, Messier 43
▫️Bizdan uzoqligi: 1.4 ming yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri 4.1 Mb

1️⃣5️⃣ "N66" yulduz tug'ilish sohasi va gaz-chang tumanligi
▫️Boshqa nomi: NGC 346
▫️Bizdan uzoqligi: 170 ming yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri 6.6 Mb

⚠️ Keltirilgan linklardagi tasvirlar yuqori tiniqlikda ekanligi sababli katta hajmga ega. Hohlasangiz Hubble Space Telescope sayti orqali yuqoridagi va TOP-100 ga kiruvchi boshqa tasvirlar ketma-ketligi bilan batafsil tanishishingiz hamda o'zingizga ma'qul kelgan o'chamdagisini ko'chirib olishingiz mumkin.

Do'stlaringizga ham ulashing 👇
https://t.me/astronomiya
#astrophotos

Xabbl teleskopida olingan eng hayratlanarli tasvirlar TOP-15 ketma-ketligi 👇

1️⃣ "Westerlund 2" tarqoq yulduz to'dasi va gaz-chang tumanlik
▫️Boshqa nomlari: Gum 29, RCW 49, WR 20a
▫️Bizdan uzoqligi: 20 ming yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri: 3.2 Mb

2️⃣ "Pillars of Creation" gaz-chang buluti
▫️Boshqa nomlari: Eagle Nebula, M 16, Messier 16
▫️Bizdan uzoqligi: 7 ming yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri: 12.7 Mb

3️⃣ "A rose made of galaxies" - Atirgul ko'rinishidagi galaktikalar
▫️Boshqa nomlari: Arp 273
▫️Bizdan uzoqligi: 300 million yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri: 3.6 Mb

4️⃣ "NGC 3603" tarqoq yulduz to'dasi
▫️Bizdan uzoqligi: 20 ming yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri: 8.9 Mb

5️⃣ "The Bubble Nebula" - Pufak gaz-chang tumanligi
▫️Boshqa nomi: NGC 7635
▫️Bizdan uzoqligi: 8000 yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri: 3.2 Mb

⚠️ Davomi keyingi postlarimizda keltiriladi.

Do'stlaringizga ham ulashing 👇
https://t.me/astronomiya
#astrophotos

Xabbl teleskopida olingan eng hayratlanarli tasvirlar TOP-15 ketma-ketligi 👇 (Davomi)

6️⃣ "Antennae Galaxies" - "Antenna" galaktikalari
▫️Boshqa nomlari: NGC 4038, NGC 4039
▫️Bizdan uzoqligi: 65 million yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri: 17.2 Mb

7️⃣ "Horsehead Nebula" - "Ot boshi" gaz-chang qoramtir buluti
▫️Boshqa nomi: Barnard 33
▫️Bizdan uzoqligi: 1300 yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri: 2.3 Mb

8️⃣ "NGC 1275" faol galaktikasi
▫️Bizdan uzoqligi: 250 million yorug'lik yili
▫️ Yuqori sifatli tasviri: 8.0 Mb

9️⃣ "Hubble Ultra Deep Field" - Xabbl teleskopi uzoq vaqt davomida kuzatib turgan holda olgan Fornaks yulduz turkumidagi galaktikalar to'dasi
▫️ Yuqori sifatli tasviri: 16.4 Mb

1️⃣0️⃣ "Sombrero" galaktikasi
▫️Boshqa nomi: M 104
▫️Bizdan uzoqligi: 30 million yorug'lik yili
▫️Yuqori sifatli tasviri: 5.3 Mb

⚠️ Davomi keyingi postlarimizda keltiriladi.

Do'stlaringizga ham ulashing 👇
https://t.me/astronomiya
#astrofacts

"Xabbl" Kosmik Teleskopi (Hubble Space Telescope) — Yer sirtidan 569 kilometr balandlikdagi orbitada harakatlanuvchi birinchi kosmik teleskop bo'lib, NASA (Aeronavtika va Kosmosni tadqiq qilish Milliy Boshqarmasi, AQSh) va ESA (Evropa Kosmik Agentligi, Evropa Ittifoqi) hamkorligida yaratilgan. Uning asosiy xususiyatlari:

🔸 Ishga tushirilgan yili: 1990 yil
🔸 Yer artofida aylanish davri: 96-97 minut
🔸 Og'irligi: 12.5 tonna
🔸 Ko'zgusi diametri: 2.4 metr
🔸 O'lchami: 13.3 x 4.3 metr

❗️"Xabbl" teleskopining 1 sutka davomida Yerga yuboradigan tasvirlarining hajmi 15 Gigabayt.
❗️Ushbu teleskop amerikalik astronom Edvin Xabbl sharafiga nomlangan va bu teleskop uchun sarflangan harajatlar hozirgi kunda $ 6 000 000 000 ga baholanadi.

⚠️ Keyingi postlarimizda ushbu zamonaviy orbital teleskop tomonidan kuzatilgan ob'ektlarning ajoyib tasvirlarini taqdim etamiz. Quyida esa Xabbl teleskopining orbitadagi ko'rinishi 👇
https://t.me/astronomiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#astrophotos

"Ot Boshi" qoramtir bulutining turli rangdagi xayratlanarli tasvirlari jamlanmasi👇

https://t.me/astronomiya
Agar Yer sayyorasida halqa boʻlganida

@astronomiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#astrofacts

"Kosmos-2251" va "Iridium 33" sun'iy yo'ldoshlarining to'qnashuvi (10.02.2009) hozirgacha sodir bo'lgan yagona shunday to'qnashuv

🛰 @astronomiya
#astronews

Xalqaro Kosmik Stansiya — Yer atrofida aylanuvchi yagona yirik kosmik stansiya emas. U bilan deyarli yonma-yon tarzda Habbl kosmik teleskopi ham Yer atrofida aylanadi, shu bilan birga hozirgi kunda ishlayotgan 1000 dan ortiq va ishdan chiqqan 5000 dan ortiq sun'iy yo'ldoshlar ham Yer orbitasida harakatlanmoqda. Bugungi kunda bu kabi ishdan chiqqan, lekin Yer atrofida hamon aylanib yurgan sun'iy yo'ldoshlar va ularning qismlarini — kosmik chiqindi deb yuritishadi.

Kosmik chiqindilar soz holatdagi sun'iy yo'ldoshlarga va XKSning ish faoliyati hamda undagi ekipaz a'zolariga jiddiy havf tug'diradi. Shu sababli bunday chiqindilar uzliksiz kuzatib, monitoring qilib boriladi. Bu ish asosan Yerdagi teleskoplar orqali kuzatilib amalga oshirib kelingan. 2 yanvar kuni, aynan shunday jarayonni kuzatib borishga mo'ljallangan SDS (Space Debris Sensor) datchigi XKSga o'rnatildi. Bu datchik 2-3 yil davomida o'lchami 0.05 - 5 millimetr bo'lgan kosmik chiqindilarni kuzatib boradi 👇
https://t.me/astronomiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#astrofacts

Kosmik chiqindilar miqdorining 1961 yildan 2013 yilgacha bo'lgan davrda ortib borishi 👇

🛰 @astronomiya
Xalqaro kosmik stansiya insoniyat tarixidagi eng qimmat obʼekt boʻlib 150 milliard dollarga teng

🛰 @astronomiya