⚡️ADTI REGISTRATOR OFIS
2.55K subscribers
89 photos
13 videos
11 files
118 links
Murojaat uchun - @kadirovps
Download Telegram
❕Qo‘shimcha qabul asosida magistraturada o‘qishni istaganlar uchun muhim ma’lumot

2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.

Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatma: OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:

➖ joriy yilda ham kontraktga kirgan qizlarga davlat byudjetidan to‘lov-kontrakt summasi qoplab beriladi. Buning uchun 30-sentyabrgacha ariza berish kerak;

➖ joriy yilda ilk marta magistraturada kechki va masofaviy ta’lim shakli ham ochildi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi;

➖ magistraturada joriy yilda ham qo‘shimcha qabul ochilgan, buning uchun hujjat topshirilgan oliygohga murojaat qilish kerak. Qo‘shimcha qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, ya’ni kira olmaganlar uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirganlar 1 nafar talabani o‘qitishning real xarajat summasini to‘lasa kifoya.

❓Bu nima degani?

Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15-25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bo‘lsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplash uchun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.

Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kontraktga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga o‘xshab, 5 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q;

➖ Qo‘shimcha qabulga kirganlar real xarajat miqdoridagi kontraktni 2 yil davomida to‘laydi. Xuddi bakalavrga o‘xshab, faqat bir yil super-kontrakt to‘lab, ikkinchi kursdan oddiy kontraktga o‘tish degan narsa yo‘q;

➖ Lekin qo‘shimcha qabulga kirganlar grant taqsimotida ishtirok etishi mumkin, agar natijasi yaxshi bo‘lsa, 2-kursda grantga o‘ta oladi;

➖ Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Lekin xotin-qizlar grant taqsimotida qatnashib, grantga o‘tsa, unda davlat grant ajratadi, tekinga o‘qishadi. Ammo grantga o‘ta olmasdan, real xarajat miqdoridagi kontraktda qolishsa, unda davlat byudjetidan qoplab berilmaydi. Magistraturaga oddiy kontraktga kirgan xotin-qizlarga esa, kontrakt puli byudjetdan qoplanishi haqida yuqorida aytdik;

➖ Qo‘shimcha qabulga kirish uchun ham talab darajasidagi sertifikati bo‘lishi shart. Qo‘shimcha qabul - bu keyinchalik sertifikat olish sharti bilan hozir sertifikatsiz talabalarni o‘qishga qabul qilish degani emas;

➖ joriy yilda magistratura uchun qishki qabul rejalashtirilmagan.

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
⚡2
⚡️Kontrakt to'lovi uchun shartnomani qanday olaman?

1 -
https://t.me/asmimed/26

2 -
https://t.me/asmimed/28

⚡️Kontraktga Click orqali to'lov qilish.

https://t.me/asmimed/33

⚡️Super kontrakt uchun ariza topshirish.

kontrakt.edu.uz

⚡️O'qish davriga tegishli barcha savollarga javob.

https://t.me/asmimed
👍7
❕Ta'lim yo'nalishini maqsadli qilib tanlagan abiturientlar diqqatiga!

- Ta'lim yo'nalishini maqsadli qilib tanlagan abiturientlarga ariza topshirish ko'ringani yo'q!

- 2-3 kunda ko'rinishi haqida ma'lumot bor.

"Maqsadli" larga ariza topshirish ochilganda kontrakt.edu.uz saytida, shaxsiy kabinetingizda ko'rinadi!

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
👍17👏3
⚡️Abiturientlarda maqsadli uchun ariza topshirish ko'rina boshladi !

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
⚡15👏7👍4
#qabul2025 #grant #nodavlat

❗️Abituriyentlar uchun eslatma!

Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📝 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

➖ Ilova (rasm)da keltirilgan OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar — ular test sinovlarida ishtirok etadi;

➖ davlat OTMlariga hujjat topshirib, testdan o‘tgan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar (agar yo‘nalish va fanlar mos kelsa) — ular o‘zlari to‘plagan ballari asosida, fanlar majmuasi va taʼlim tili mos bo‘lsa, tanlovda qatnashadi. Test topshirmaydi.

🗓 Muhim sanalar:

Ro‘yxatdan o‘tish: 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham)

Test sinovlari: 12-oktyabrgacha oʻtkaziladi

Natijalar: 17-oktyabrgacha aniq boʻladi.

Eslatma: ro‘yxatdan o‘tishda testda ishtirok etadigan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2019-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
#Super_kontrakt
#ADTI

Andijon davlat tibbiyot instituti bakalavriati boʻyicha super kontrakt narxlari !

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
👍1
❕ Magistraturada qo‘shimcha qabulga ruhsat berildi!

2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatma: OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni 🎉

Aziz ustozim!
Sizning sabr-toqatingiz, mehribonligingiz va bilimlaringiz tufayli biz hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlab, maqsadlar sari dadil qadam tashlaymiz. Har bir muvaffaqiyatimizda sizning mehnatingiz va duolaringiz bor.


Sizga mustahkam sog‘lik, tinch va farovon hayot, doimiy hurmat va ehtirom tilaymiz. Mehnatlaringizning samarasini ko‘rib, shogirdlaringizdan faxrlanib yashang!

Bayramingiz muborak, aziz ustozim! 🌹

❕Ustozlarimizga yuborib qo'ying!

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
👏5
❕Qoraqalpoqistonlik abiturientlar diqqatiga
To'lov-shartnoma olish uchun ariza topshirish ochildi!

kontrakt.edu.uz da siz “Qoraqalpoq abiturientlari uchun” bo’limini tanlagan holatda to’lov shartnomasini olish uchun ariza yuborishingiz mumkin !

- Arizangiz 48 soat ichida ko'rib chiqiladi va taqdim etiladi.


A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-sentabr 02/10-3927-sonli xatiga asosan talaba va bitiruvchilarga muvaffaqiyatli kasbiy yo‘lni tanlashda yordam berishga mo‘ljallangan https://careercentre.uz/registration platformani joriy etildi!

https://careercentre.uz/registration platformasiga hozirda tahsil olayotgan 2-3-4-6 kurs talabalar hamda 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilarini a'zo bo‘lish so‘raladi!

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
⚡️Qoraqalpog'istondan ariza topshirayotgan abiturientlar diqqatiga!

Ariza yuborishda Qabul (Qoraqalpog'iston tavsiya) bo'limini tanlang!

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
⚡2👍1
⚡️Hamma perevodlar uchun shu tarzda menyu shakillandi

- Endi dasturiy taʼminoti hal qilinmoqda.

Shuncha kutdik 40 ga chidadik 41 ga ham chidaymiz

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
⚡️O'qishni ko'chirish (perevod) uchun superkontraklarga ariza topshirish boshlandi!

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
‼️Nodavlat va xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan o'qishni ko'chirgan talabalarning to'lov shartnomalarini olish jarayoni ishga tushdi

Arizani tasdiqlash uchun arizachini hemisga qo'shish shart!!

- 56,7 dan past va umuman imtihonga kelmaganlar ariza bera olmaydi!

- tavsiya etilmagan arizachilar superga ariza bera olishadi.


A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️https://careercentre.uz/registration platformasidan ro'yxatdan o'tish uchun videoqo'llanma!

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
#Diqqat

Talabalar uchun zo‘r xabar!

⚡️Talabalar my.gov.uz orqali ijara to‘lovining bir qismini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi

Yangi tartib 2025 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi.

Ilgari hujjatlarni dekan o‘rinbosariga yoki oliygohning tegishli bo‘limiga taqdim etish talab etilar edi.


Talabalarga yuborib qo‘yamiz.!

A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
👍7
#qiziq

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 🇺🇸Meri Brunkow, 🇺🇸Fred Ramsdell va 🇯🇵Shimon Sakaguchiga
topshiriladi.

Nobel qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ular immunitet tizimining o‘z hujayralariga hujum qilishini to‘xtatuvchi mexanizmlar — periferik immunitet tolerantligi bo‘yicha olib borgan kashfiyotlari uchun mukofotga loyiq deb topildi.


A'zo bo'ling 👉🏻 Telegram
👏7👍4⚡3