ASDA
346 subscribers
236 photos
32 videos
4 files
172 links
"ASDA" brendi:
"ASDACELL" Texnik KMS yelimi,
"ASDAPAPER" Qog'oz yelimi,
“ASDAPAC” Burg'ulash reagenti
kabi mahsulotlarning yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Batafsil: https://taplink.cc/asda

Shikoyat va takliflar: @barnoev
Download Telegram
Assalomu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz.

🎉 Bugun anchadan beri kutib kelayotgan quvonchli hodisalardan birini sizlar bilan baham ko'rishni niyat qildik.

📌 Esingizda bo'lsa, "Korxonamizning Yillik sarhisobi" munosabati bilan uyushtirilgan tadbirimizda bir necha mijozlarimizni ko'rsatgan yuqori natijalari uchun "Umra safari" yo'llanmasi bilan taqdirlagan edik.

🕋 Niyat qilganimizdek, Avgust oyi boshida, "Umra safarini" yutib olgan mijozlarimiz va ularning oila a'zolarini, "Umra" safariga kuzatib qo'ydik.

🗓 2023-yil hisobidan umumiy 5 nafar mijozimiz va oila a'zolarini "Umra ziyoratiga" korxonamiz nomidan jo'natishdek sharafli baxt nasib qildi.

🤲🏻 Umid qilamizki kelgusi yillarda qolgan mijozlarimiz ham harid bo'yicha yuqori natijalar ko'rsatib "Umra" safarlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritishadi.

🤝 "ASDA" brendi doimo mijozlarini qadrlaydi va hurmat qiladi.

Korxonamizning rasmiy sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.
Assalomu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz

📎 Oxirgi postimizda mijozlarimizni "Umra ziyoratiga" kuzatib qo'yganimiz haqida maqola yozgan edik.

🕋 Shu maqolaning davomi sifatida safardan bir necha lavhalarni sizlar bilan baham ko'rishga qaror qildik.

📍 Mijozlarimiz "Umra ziyoratini" yaxshi kayfiyatda o'tkazishayotganini yuqoridagi suratlar orqali ko'rishingiz mumkin.

🚩 Va albatta an'anamizga muvofiq Brendimiz bayrog'i Islom dunyosining eng muqaddas shaxarlariga borib yetgani bizga ikki barobar hursandchilik berdi.

Korxonamizning rasmiy telegram sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.
Assalamu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz

🗓 2023-yili xisobi bo'yicha chakana savdo bilan shug'ullanadigan mijozlarimiz uchun sahifamizda sovg'alar aksiyasini e'lon qilgan edik.

📌 Hali 2023-yil yakuniga yetmaganiga qaramasdan kichik va ulgurji savdo bilan shug'ullanuvchi mijozlarimizni ham taqdirlashni boshladik.

🎁 Birinchilardan bo'lib Xorazm viloyatida joylashgan chakana savdo bilan shug'ullanuvchi mijozlarimizdan biri o'z sovg'alarini qabul qilib oldilar.

🤝 Korxonamiz hech bir mijozimizni e'tibordan chetda qoldirmaslikga harakat qilib kelgan va oldinda bunday yangiliklar hali ko'p bo'ladi deb ishonch bilan ayta olamiz.

Korxonamizning rasmiy telegram sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.
Assalomu Alaykum hurmatli mijozlarimiz

Korxonamiz shu yilning 2-5 oktyabrlarida bo'lib o'tgan "ADIPEC" dunyodagi eng yirik neft-gaz energetika ko'rgazmasida qatnashdi. Bu ko'rgazmada har yili butun dunyo bo'yicha 30 dan oshiq davlatlardan 2200 dan ortiq eksponent-kompaniyalar bu ishtirok etadi.

Bu yilgi Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tgan navbatdagi "ADIPEC" ko'rgazmasida korxonamiz tijoriy direktori Barnoev Abbos Brendimiz nomidan ishtirok etdilar.

Ko'rgazma mobaynida 10dan ortiq ishtirokchi korxonalar bilan hamkorlik to'g'risida suhbatlar o'tkizdik va ayni paytda muzokaralar olib borish jarayonidamiz. Hozirda Korxonamizning maxsulotlarini sharq mamlakatlariga eksport qilish arafasidamiz.

"ADIPEC" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etish korxonamiz jahon bozoriga chiqishi uchun qilayotgan say harakatlarimizning kichik maxsuli desak adashmagan bo'lamiz.

Korxonamizning rasmiy telegram sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.
Assalamu Alaykum Hurmatli mijozlarimiz.

Esingizda bo'lsa Korxonamiz "EPCA" - Yevropaning eng yirik neft-gaz assotsiyatsiyasining rasmiy a'zosiga aylangani haqida qisqa video rolik tayyorlagan edik.

2023-yilning 25-28 - sentyabr kunlari Avstryaning Vena shahrida "EPCA" (European Petrochemical Association) yillik yig'ilishi, global neft-kimyo biznes hamjamiyati uchun Yevropaning eng yirik tadbirlaridan biri bo'lib o'tdi.

57- yillik konferensiyasida Brendimiz tijoriy direktori Barnoev Abbos korxonamiz nomidan "EPCA"(European Petrochemical Association)ning rasmiy azosi sifatida qatnashdilar.

Tadbir davomida "EPCA" hamjamiyatiga a'zo yirik korxonalar rahbarlari bilan tanishishga, Yevropa va boshqa qitalardagi rivojlangan korxonalar tajribasi xaqida fikr almashishga muvaffaq bo'ldik.

Kelgusida tadbirdan olingan tajriba va bilmlarni korxonamizing eksport salohiyatini oshirish uchun qo'llashni reja qildik.

Korxonamizning rasmiy sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu Alaykum hurmatli mijozlarimiz.

Shu yilning 28-oktyabrdan 4-noyabrigacha Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo'lib o'tgan "Химия-2023" xalqaro ko'rgazmasida Kompaniyamiz stendi bilan ishtirok etdi.

Bu ko'rgazmada qatnashishimizda yaqindan ko'maklashgan Investitsiya Vazirligi qoshidagi "Eksportni Rivojlantirish agentiligi"ga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Hozirgi kunda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan erkinliklar uchun yurtboshimiz Shavkat MIromonovichga alohida minnatdorchiligimizni bildiramiz. Prezidentimiz tadbirkorlarning eksport salohiyatini kengaytirishda, ham moliyaviy, ham manaviy taraflama ko'mak berib kelmoqdalar.

Biz tadbirkorlar yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishga, yurtboshimiz ishonchlarini oqlashga bor salohiyatimiz bilan xarakat qilmoqdamiz.

Korxonamizning rasmiy telegram sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz

🏭 26-27-oktabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida respublikamiz bo‘ylab yil boshidan o‘tkazib kelinayotgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Navbatdagi sanoat yarmarkasida 1 300 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari qatnashdi, shu jumladan, 45 ta tarmoq va 1 279 ta hududiy korxonalar. Ishtirokchilar orasida 375 tasi Toshkent viloyati korxonalari hisoblanadi.

Yarmarka doirasida quyidagi yo‘nalishlardagi mahsulotlar ko‘rsatildi:
🔷 metallurgiya;
🔷 kimyo;
🔷 elektr energetikasi;
🔷 avtomobilsozlik;
🔷 elektrotexnika;
🔷 qurilish materiallari;
🔷 tekstil sanoati.

Ikki kunlik yarmarka Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi hamda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan.

Korxonamizning rasmiy telegram sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz

📹 Bugungi postimiz orqali Korxonamiz faoliyati to'g'risida tayyorlangan qisqa videorolikni e'tiboringizga havola qilyabmiz.

🗓 3 oy davomida qilingan say-harakatlardan so'ng korxonamiz faoliyatini yoritib beruvchi jahon standartlari asosida tayyorlangan videoro'likni e'tiboringizga havola qilmoqdamiz.

📈 Ushbu videorolida korxonamizning kelib chiqish tarixi, biznes strukturasi, rivojlanish bosqichlari, ishlab chiqarish ko'lami, eng asosiysi - ustuvor missiyasi yoritib berilgan.

📎 Videorolik orqali nafaqat "Promxim Impex" kompaniyasi haqida, balki "BARVENT IMPEX" tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar tarixi va faoliyati haqida ham batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin bo'ladi.

📹 Videorolikni Korxonamizning Youtube sahifasida ham tomosha qilishingiz va o'z fikringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.
ASDA pinned a video
ASDA pinned a video
ASDA pinned a photo
Assalomu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz

📆 Shu yilning Dekabr oyi boshida Korxonamiz Operatsion Direktori Barnoev Abbos Brendimiz nomidan Xitoy Xalq Respublikasiga Biznes safar uyushtirdilar.

📌 Safardan ko'zlangan maqsadlardan biri Xitoyda joylashgan uzoq yillardan beri birga ishlab kelayotgan hamkorlarimiz bilan ko'rishish va xamkorligimiz samaradorligini yanada oshirish to'g'risida fikr almashishdir.

🧮 Safardan davomidagi yana bir maqsadimiz ishlab chiqarish liniyalarimizni yanada rivojlantirish, mahsulotlar sifati va ko'lamini yanada kengaytirish uchun Xitoydagi yangi texnologiyalarni o'rganish, yangi turdagi maxsulotlar retsepturalari ustida izlanishlar olib borish va korxonamizga tadbiq qilish xisoblanadi.

📈 Yil oxiri bo'lishiga qaramasdan Brendimiz Eksport salohiyatini kengaytirish, sotuvlar hajmini oshirish uchun izchil izlanishlar olib bormoqdamiz.