ASDA
344 subscribers
223 photos
31 videos
4 files
171 links
"ASDA" brendi:
"ASDACELL" Texnik KMS yelimi,
"ASDAPAPER" Qog'oz yelimi,
“ASDAPAC” Burg'ulash reagenti
kabi mahsulotlarning yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Batafsil: https://taplink.cc/asda

Shikoyat va takliflar: @barnoev
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz

🏭 26-27-oktabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida respublikamiz bo‘ylab yil boshidan o‘tkazib kelinayotgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Navbatdagi sanoat yarmarkasida 1 300 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari qatnashdi, shu jumladan, 45 ta tarmoq va 1 279 ta hududiy korxonalar. Ishtirokchilar orasida 375 tasi Toshkent viloyati korxonalari hisoblanadi.

Yarmarka doirasida quyidagi yo‘nalishlardagi mahsulotlar ko‘rsatildi:
🔷 metallurgiya;
🔷 kimyo;
🔷 elektr energetikasi;
🔷 avtomobilsozlik;
🔷 elektrotexnika;
🔷 qurilish materiallari;
🔷 tekstil sanoati.

Ikki kunlik yarmarka Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi hamda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan.

Korxonamizning rasmiy telegram sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz

📹 Bugungi postimiz orqali Korxonamiz faoliyati to'g'risida tayyorlangan qisqa videorolikni e'tiboringizga havola qilyabmiz.

🗓 3 oy davomida qilingan say-harakatlardan so'ng korxonamiz faoliyatini yoritib beruvchi jahon standartlari asosida tayyorlangan videoro'likni e'tiboringizga havola qilmoqdamiz.

📈 Ushbu videorolida korxonamizning kelib chiqish tarixi, biznes strukturasi, rivojlanish bosqichlari, ishlab chiqarish ko'lami, eng asosiysi - ustuvor missiyasi yoritib berilgan.

📎 Videorolik orqali nafaqat "Promxim Impex" kompaniyasi haqida, balki "BARVENT IMPEX" tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar tarixi va faoliyati haqida ham batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin bo'ladi.

📹 Videorolikni Korxonamizning Youtube sahifasida ham tomosha qilishingiz va o'z fikringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.
ASDA pinned a video
ASDA pinned a video
ASDA pinned a photo
Assalomu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz

📆 Shu yilning Dekabr oyi boshida Korxonamiz Operatsion Direktori Barnoev Abbos Brendimiz nomidan Xitoy Xalq Respublikasiga Biznes safar uyushtirdilar.

📌 Safardan ko'zlangan maqsadlardan biri Xitoyda joylashgan uzoq yillardan beri birga ishlab kelayotgan hamkorlarimiz bilan ko'rishish va xamkorligimiz samaradorligini yanada oshirish to'g'risida fikr almashishdir.

🧮 Safardan davomidagi yana bir maqsadimiz ishlab chiqarish liniyalarimizni yanada rivojlantirish, mahsulotlar sifati va ko'lamini yanada kengaytirish uchun Xitoydagi yangi texnologiyalarni o'rganish, yangi turdagi maxsulotlar retsepturalari ustida izlanishlar olib borish va korxonamizga tadbiq qilish xisoblanadi.

📈 Yil oxiri bo'lishiga qaramasdan Brendimiz Eksport salohiyatini kengaytirish, sotuvlar hajmini oshirish uchun izchil izlanishlar olib bormoqdamiz.
Assalomu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz

📍Noyabr oyining oxirida Korxonamiz Operatsion Direktori Barnoev Abbos Qozog'iston Respublikasiga biznes safar uyushtirgan edilar.

📎 Qozog'istonda joylashgan Hamkorlikni boshlash arafasida turgan mijozlarimiz bilan ko'rishib, yaqindan tanishdik, turli masalalar to'g'risida fikr almashdik. Kelgusida "KazMunayGaz", "Tengizchevroil" taminotchilari bilan partnyorlik kontraktlarini tuzish arafasidamiz.

💼 Safar mobaynida Qozog'istonning Aktau shahrida bo'lib o'tgan yirik Neft-Gaz ko'rgazmasida ham Brendimiz nomidan ishtirok etdik, ko'plab potensial mijozlar bilan muzokaralar olib bordik.

🤝 Safarimiz Qozog'istonning Astana, Almata, Uralsk va Aktau kabi shaxarlardagi qadrdon mijozlarimiz bilan ham ko'rishish, undan tashqari yangi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan biznes uchrashuvlar o'tkazish bilan yakunlandi.

Korxonamizning rasmiy telegram sahifasiga obuna bo'lishni unutmang
Assalomu Alaykum Hurmatli mijozlarimiz

2023-yil ham o'z nihoyasiga yetmoqda. Bu yilni Korxonamiz uchun yuqori samarador va barakali yil bo'ldi deb ishonch bilan ayta olamiz.

Shu munosabat bilan Korxonamizda jamoamiz bilan "Yil sarhisobi" nomli yakuniy majlis tashkil etdik. Majlisda yil davomida erishilgan yutuqlar, bajarilgan normativlar va yillik hisobotlar to'g'risida fikr almashdik.

Shuningdek keyingi yil oldimizga qo'ygan rejalarni aniq belgilab oldik, amalga oshirilishi kerak bo'lgan maqsadlar to'g'risida so'z yuritdik.

Majlis so'ngida Toshkent bazamizdagi eng samarador va faol hodimlarimizni tashakkurnoma va turli xil sovg'alar bilan taqdirladik.

Shu qatorda Navoida joylashgan bazamizdagi barcha xodimlarimiz uchun ham bayram tadbiri uyushtirib, faol hodimlarimizni turli xil sovg'a salomlar bilan hursand qildik.

ASDA Brendi kirib kelayotgan 2024-yil hammamiz uchun barakali va yutuqlarga boy bo’lishini tilab qolamiz. Eng yaxshi tilaklar sizga hamroh bo’lsin.
Assalomu Aleykum Hurmatli Mijozlarimiz! 🙏🏻

“PROMXIM IMPEX” kompaniyasi har doimgidek mijozlarini qadrlab va ularni ôylab, bahoriy kayfiyat ulashish maqsadida 2024 yilga ham yangi aksiyalarni e’lon qildi🥳🥳🥳

Endilikda  kam  miqdorda sotib oladigan mijozlarimiz  uchun  ham sovg’alar  bor!
🏠Xonanadoningizga zarur bôladigan barcha maishiy texnikalarni bir joyga jamlab aksiyalarni boshvordik!

ASDA mahsulotlarni xarid qiling va oilangizni ham sovg’alar bilan hursand qiling!

Bunaqa AKSIYALAR hali bôlmagan‼️
Shoshiling   2024  yil davomida bemalol bu obyemga chiqa olasiz va sovg’alarni yutib olishingizga ishonamiz!

P.S. malumot uchun❗️
Mijozlar uchun qulaylik
yaratish maqsadida, misol uchun:
Agar siz 20 tonnalik aksiyani yutib olsangiz, 5 tonnalik aksiyadan 4 tasiga barter qilish imkoniyatingiz bor❗️
🥳🥳”PROMXIM IMPEX” kompaniyasi bahoriy kayfiyat ulashish maqsadida katta
miqdorda sotib oladigan mijozlari uchun ham!!!!
AKSIYALARNI YANGILADI🥳🥳🥳

Endilikda mijozlarimizga yanada yengillik yaratish uchun aksiyalarimizni miqdorlarni 2 barobarga kamaytirdik

🚚 undan ham zo"r yangilik !!!!
Damas avtomobilni yutib olishingiz uchun yanada  qulay imkoniyatlar yaratdik, endi Damas avtomobilini
  2 yil ichida ham yutib olish imkoniyatiz bor!!!!

1 yil ichida 180 tonna sotib olsangiz
yoki
2 yil ichida jami 240 tonna sotib olsangiz

🕋Yil davomida 5⃣0⃣ tonna  ASDA mahsulotlarni  sotib oling va eng Quvonarlisi Ota onangizni duosini olish uchun, UMRA ziyoratiga  jo’nating! 🙏🏻

🏝️Yoki 3⃣5⃣ tonna ASDA mahsulotlarini xarid qiling va oilangiz
bilan SHARM EL SHEYXda dam olib keling!

ASDA brendi har doim mijozlarini qadrlaydi va hursand qilishga harakat qiladi🤲🏻🙏🏻
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu Alaykum Hurmatli Mijozlarimiz

📌 Bugungi postimiz orqali dolzarb muammolardan biriga izoh bermoqchimiz.

🧮 Bozorda mahsulotlarimizning zavod narhidan arzonroq sotuvda mavjudligi haqidagi habarlar haqida eshitgan bo'lsangiz kerak.

📹 Mijozlarimiz aldanib qolmasliklari, arzon narxga uchib ishlab chiqarishlariga putur yetmasligi uchun kichik videorolik tayyorladik.

🧮 Videorolikni ko'rish orqali mahsulotimizning kafolati va sifatsiz "sohta" analogdan qanday ajratish to'g'risida ma'lumot olishingiz mumkin bo'ladi.

🤝 O'ylaymizki sizni o'ylantirgan ko'plab savollarga javob bera oldik.

Korxonamizning rasmiy telegram sahifasiga obuna bo'lishni unutmang.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu Aleykum Hurmatli Mijozlarimiz.

📆 Korxonamizning xar yilgi an'anasiga muvofiq 2024-yilning mart oyida navbatdagi "Yillik Taqdirlash Marosimi" o’tqazagan edik.

🎁 Bu yil mijozlarimiz yanada yuqori natijalar ko'rsatganliklari sababli o'tgan yilgiga nisbatan ko'proq sovg'alar:

🕋 10 ga yaqin"Umra Safari"

🏝️ 5 ta"Sharm-El Sheyh"ga yo'llanma va

eng asosiysi
🚚 3 ta yangi "LABO" avtomobilini o'z mijozlarimizga sovg'a qildik.

Bundan tashqari mijozlarimiz ko’plab maishiy texnikalar ham yutib olishdi.

🤝 Bularning hammasi o'zaro ishonch, sadoqat va qadriyatlarning mustahkamligidan dalolat.

📌 Brendimiz mijozlarining hamkorligimizdan mamnuniyati eng katta prioritetlardan biri hisoblanib kelingan.

📹 Tadbir o'ziga hos ko'tarinki ruhda o'tdi, buni maxsus tayyorlagan videorolikimiz orqali ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

"ASDA" Brendimiz o'z missiyasiga sodiq qolgan holda, bizga ishonch bildirgan haridor va mijozlarimiz ishonchini oqlashga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.