O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
3.59K subscribers
20.5K photos
2.19K videos
141 files
3.64K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
Download Telegram
#anons

O‘zbekiston Badiiy ijodjkorlar uyushmasining anjumanlar zalida 23-may kuni soat 15:00 da O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya akademigi, Davlat mukofoti laureati O‘rol Tansiqboyev tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi hamda davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Sanʼat ixlosmandlarini, muxlislarni ushbu tadbirga taklif etamiz!

Manzil: Sh.Rashidov ko‘chasi, 40-uy

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida  Kemyong universiteti muzeyining ochilish marosimida qatnashdi. Universitet mutasaddilari, muzey tashkilotchi va homiylari bilan suhbatlashdi, fikr almashdi. Universitetga estalik sifatida o‘z mo‘yqalamiga mansub  asarini topshirdi.

2023-yilda poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalida Janubiy Koreyaning “Quvnoq garmoniya” nomli nogiron iqtidorli bolalar ansambli o‘z chiqishlari bilan ishtirok etgan edi. Badiiy akademiya raisi Kemyong universitetida ushbu ansambl aʼzolari bilan uchrashdi, kelgusi rejalar xususida suhbatlashildi.

“Quvnoq garmoniya” ansambli uchrashuvda ustoz Akmal Nurga “Fantaziya” kuyini ijro etib berishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#korgazma

Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida "Dastgohli rangtasvir rassomi" yo'nalishi o‘qitivchisi Sulton Mamadiyevning "Ijod sari yo'l" nomli shaxsiy ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Кo'rgazmani maktab-internati direktori N.Xolmuradova ochib berdi.

Ko'rgazmada rassomning 30 dan ortiq asarlari namoyish etilmoqda.

Tadbirda rassomning ustoz va shogirdlari so'zga chiqib,namoyish etilayotgan asarlar haqida o'z fikrlarini bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Нодирбек Сайфуллаев Ўзбекистон давлат санъат ва маданият институти ректори лавозимига тайинланди

У 2021 йил декабрь ойидан Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси Маданият ва санъатни ривожлантириш шўъбаси мудири вазифасида фаолият юритиб келаётган эди.

Батафсил: https://uza.uz/posts/600950

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korgazma

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fotorassom Alimurod Mamadaminov Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan "Qonimdasan, sport!" nomli 2-shaxsiy fotoko‘rgazmasini taqdim etdi.

Ushbu fotoko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi, Jarqo‘rg‘on tuman hokimiyati hamkorligida tashkil qilindi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, badiiy fotorassom Zafar Ro‘ziqulov navbatdagi IV “Qalbimdagi Vatanim” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasini taqdim etadi.

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Toshkent fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur ko‘rgazmaning ochilish marosimi 2024-yil 28-may kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ko‘rgazmalar galereyasida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Nukus shahri, Berdaq guzari ko‘chasi, 52a-uy


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Ishchi guruh sayyor qabulda

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan 2024-yil davomida Manzilli reja asosida sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

23-may kuni Manzilli rejaga ko‘ra O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi F.Abidjanova, bosh yuriskonsult G.Gaipov, Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash boshqarmasi boshlig‘i M.Kurbanov, Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Z.Raupovadan iborat ishchi guruh xizmat safari bilan tasarrufdagi Namangan ixtisoslashgan sanʼat maktab-internatida bo'lib, sayyor qabul o‘tkazdi .

Ishchi guruh dastlab Namangan ISMI bitiruvchilari bilan uchrashdi. Muloqotda bitiruvchilarning kelajak maqsadlari, rejalari o‘rganildi, takliflari tinglandi. Ularga zarur maslahat va tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website