UrDU Axborot-resurs markazi
1.01K subscribers
448 photos
59 videos
7 files
104 links
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazi
Veb-sayt: arm.urdu.uz
Download Telegram
📖 KUTUBXONAGA TASHRIF

📚 2026-yil 5-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiv Iqtisodiyot fakulteti tyutori D. Otayevaa boshchiligida Iqtisodiyot yo‘nalishi 265-guruh talabalari bilan Universitet Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalarga ARM derektori va kutubxona hodimlari D. Allaberganovalar ishtirokida “Kitob bilim manbayi” mavzusida davra suhbat tashkil etildi.
Suhbat jarayonida kitobning inson hayotidagi o‘rni, kitob mutolaasining yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
❤6👍2
KUTUBXONAGA TASHRIF
05.10.2026-yil
📚 2026-yil 5-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti tyutori M. Jumaniyozova boshchiligida Kimyo yo‘nalishi 261-guruh talabalari bilan Universitet Axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalarga ARM 1-toifali kutubxonachisi K. Madraximova ishtirokida “Kitobxonlik — ma’naviy kamolot va ilm sari yo‘l” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Suhbat jarayonida kitobning inson hayotidagi o‘rni, kitob mutolaasining yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
❤2🥰1
📚 “KITOB — BILIM MANBAI”
📅 2026-yil 7-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti 1-bosqich Yengil sanoat muhandisligi yo‘nalishi talabalari o‘rtasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Bir oyda — bir kitob” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📖 Tadbirda UrDU Axborot-kutubxona markazi rahbari Dilrabo Tajimuratova ishtirok etib, talaba-yoshlarga:
🔹 kitob mutolaasi va kitob o‘qish madaniyatining inson hayotidagi ahamiyati;
🔹 yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirishda mutolaaning o‘rni;
🔹 Prezidentimiz tomonidan kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor;
🔹 yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar
haqida atroflicha ma’lumot berdi.
📚 Shuningdek, tadbir yakunida talabalar Axborot-kutubxona markazi fondi bilan tanishib, o‘zlari qiziqqan adabiyotlar haqida ma’lumot oldilar.
✨ Kitob o‘qigan insonning tafakkuri keng, dunyoqarashi boy bo‘ladi!
👍6❤1
#kutubxona_faoliyatidan

📚 Axborot-resurs markazi fondi yangi adabiyotlar bilan boyitildi

Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti Geografiya kafedrasi v.b. professori A.Abdullayev tomonidan “O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasidan amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanmasi hamda D.Ro‘zmetov, S.Matsaidova, A.Matchanova hammuallifligidagi “Xorazm geografiyasi” darsligidan 10 ta nusxa Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi.

Mazkur adabiyotlar talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari uchun bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishda muhim o‘quv-uslubiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
🤔 O'qib olim, boy bo'larmiding?

🔴Dunyoning boy-badavlat kishilari uchun kitob o'qish qanday ahamiyatga ega deb o'ylaysiz? 1,200 nafar badavlat odamlar ustida o'tkazilgan tadqiqot natijasiga ko'ra, ularning barchasida kitob o'qish umumiy odat ekanligi aniqlangan. Bunga quyida bir necha misol keltiramiz:

🟢Bill Gates 1 yilda o'rtacha 50ta kitob o'qiydi. Bu 1 haftada o'rtacha 1 kitob degani;
🟢Elon Musk raketalarni qanday qurishni kitoblardan o'zi o'qib o'rgangan. U asos solgan SpaceX haqida bilsangiz kerak;
🟢Warren Buffett kunining 80%ini o'qishga bag'ishlaydi va kunlik o'rtacha 500 varaq o'qiydi.
🟢Mark Zuckerberg har 2 haftada 1 yangi kitob o'qib tugatadi;
🟢Mark Cuban 1 kunda 3 soatni o'qishga bag'ishlaydi va 1 kitobni tugatish o'rtacha 5 soat vaqtini oladi;

🟢Muvaffaqiyatli kishilar uchun kitob o'qish, bu – kunlik odatlarining ajralmas qismi. Siz ham kitob o'qishni kundalik odatga aylantiring. Ko'proq kitob o'qing.
👍4💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rektor_intervyusi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqi yuzasidan Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning intervyusi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
❤7
#Tafakkur_lahzasi

Afzallik istasang, hech kimdan afzallik da’vo qilma, mum va malham bo‘lu jarohat bo‘lma! Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon so‘zli, fikri buzuq, yomonlikni targ‘ib qiluvchi bo‘lma!

©Jaloliddin Rumiy
❤6👍2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni

Qizlarning munosib ta’lim-tarbiya olib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi — nafaqat bitta oilaning, balki butun mamlakatning ulkan yutug‘idir. E’tibor qurshovida va sog‘lom muhitda ulg‘aygan qizlardan kelajakda kuchli mutaxassislar hamda tashabbuskor yetakchilar yetishib chiqadi.

🇺🇳BMT tomonidan 2012-yildan buyon nishonlab kelinayotgan mazkur sananing asosiy maqsadi ham butun dunyoda qizlar duch kelayotgan ijtimoiy tengsizlik, ta’limdagi to‘siqlar hamda erta nikoh kabi muammolarga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat.

Qizlarimizning ta’limi, salomatligi va shaxsiy rivojlanishiga bugun qaratilayotgan e’tibor — ertangi farovon jamiyat uchun eng mustahkam poydevordir!

💐Aziz va qadrli talaba-qizlarimiz! Barchangizga “Xalqaro qizlar kuni” muborak bo‘lsin!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍1🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳудо ҳайрингизни берсин
Яна умрингизни берсин
Уйингизга офтоб олинг
Биттагина китоб олинг! 

Ўзбекистон республикаси бош вазирининг биринчи ўринбосари таълим ва илм фан вазири Эркинжон Турдимовдан китоб ўқишга чорлови.
👍1🔥1