Aqlli ikkichi
8.03K subscribers
84 photos
34 videos
94 links
Muallif: Ravshan Turgunov

Biznes qilyapman. Xulosalarim va xatolarim sizga pul va vaqt tejab beradi.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Loyihaga gap yo’q, koinot bilan shug’g’ullanishyapti yigitlar)
Abror do’stimizga omad

@aqlli_ikkichi
Qachon ishdan bo’shash kerak?

Ish joyini almashtirish - jiddiy jarayon va hamma ham bunday qadam qila olmaydi. Lekin, siz o’zingizga yoqmaydigan korxonada ishlab turib, allaqachon ketishni o’ylayotgan bo’lsangiz, Deniyel Pinkdan yordamga 5 savol:

1) Hozirgi joyingizda 1 yildan keyin ham ishlashni xohlaysizmi?

2) Ishingiz qiyin va mas’uliyatlimi?

3) Rahbaringiz ajralib turishga, ya’ni o’z fikringizni bildirishga ruxsat beradimi?

4) Maoshingiz vaqt bilan oshadimi?

5) Qilayotgan ishingiz uzoq muddatli maqsadlaringizga to’g’ri keladimi?

Hech bo’lmasa bitta savolga «yo’q» deb javob bergan bo’lsangiz, final haqida o’ylashni, balkim, vaqti keldi.

@aqlli_ikkichi
Bizning xalqimiz jasur

Ular xavfsizlik kamarini taqmaydi, men har doim oldi oynadan uchib chiqib ketishdan qo’rqganman, shuning uchun kamarim har doim ko‘kragimda, shunday qo‘rqoqman)

1-Maydan endi oldida o‘tirib ketayotgan yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqishi kerak bo‘lar ekan, jamiyat qanday buni qabul qilishini tasavvur qilyapman. Menga esa farqi yo‘q, oldin ham qilib kelayotgan odatimni davom etsam bo‘ldi ekan.

Lekin bir narsani oxirgacha tushunmayman, nega haydovchilar o‘zining va yonida o‘tirib ketayotgan yo‘lovchining xavfsizligini o‘ylashmaydi?

2 variant bor:
1) O‘zini o‘ta yuqori qobiliyatli haydovchi deb biladi
2) Avtohalokatlarni statistikasini tasavvur ham qila olmaydi, yaʼni yo‘lni bunchali xavfli deb o‘ylamaydi

Yangi qonunga qanday qaraysiz?

@aqlli_ikkichi
Jasur «kota bolla» uchun YouTubeʼda video topdim, avtohalokatda haydovchilar oynadan otilib ketgan videolarini yig‘indisi.

Videodagi haydovhchilar xavfsizlik kamarlarini taqgan bo’lganda, bu video ham bo’lmas edi. Yuragi noziklarga ko’rishga maslahat bermayman.

https://www.youtube.com/watch?v=Meq53t_s6Ak

@aqlli_ikkichi
Kliyent har doim haq

Agar mijoz sizni mahsulotingizni yoqtirmasligini aytsa, u haq, u rostdan ham sizni mahsulotingizni yoqtirmaydi.

Lekin mijoz sizni mahsulotingizni yomon deb o‘ylasa, u rostdan ham shunday o‘ylashiga qaramay, bu rost bo‘lib qolmaydi.

Siz mahsulotingizni hammaga yoqtira olmaysiz, misol uchun: Garri Potterning birinchi qismini 12% tomoshabinlar 1 yoki 2 yulduz bilan baholashdi va «ikkinchi marta ko‘rishga arzimaydi» deb aytishdi.

Har safar siz 2 xil auditoriyaga duch kelasiz. Birinchisi sizni mahsulotingizsiz hayotni tasavvur qila olmaydi, ikkinchisi mahsulotingizni yoqtirmaslikdan va u haqida yomon izohlar berishdan ko‘proq zavq oladi.

Sizni maqsadingiz hammaga moslashish emas, maqsad - chegaralangan odamlar uchun qiymat yaratish.

@aqlli_ikkichi
Haq bo'lish kerak emas

Bahslashishni yaxshi ko‘radigan tanishlar hammada bor, balkim o‘zimiz kimdir uchun shunday odammiz, lekin qanchali haq bo‘lish muhim?

Ko‘p to‘g‘rilashga harakat qiladigan “aqlli" odamlarni jamiyat kamdan-kam kuchli shaxs deb qabul qiladi.

O‘z haqliingizni keyinga safar ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz - savol bering ko‘ring: “bahsda yutish munosabatni saqlashdan muhimroqmi?"

Siz adashamayotganingizni isbotlayotganda boshqalar o‘zini adashgandek his qilmasin, bu hech kimga yoqmaydi.

Fikrlar farqlanishi mumkinligini qabul qiling, agar xato qilgan bo‘lsangiz - tan oling, buni qolganlar qila olmaydi.

@aqlli_ikkichi
- Men Twitter’ni sevaman
- Unda sen uni sotib olishing kerak
- Necha pul u?

Bugun Ilon Mask Twitterni $44 milliardga sotib oldi.


@aqlli_ikkichi
Ilon Maskning biznes qoidalari

1. Birinchi bo‘lib ahmoqligimizni tan olishimiz kerak. Biz albatta o‘zimizdan aqlliroq narsalar yasa olamiz

2. Xato qilishi qo‘rqinchli emas. Bitta narsada ikkita marta xato qilmasa bo‘ldi

3. Kamroq vaqt finanslarga sarflang, kamroq vaqt uchrashuvlarga, kamroq vaqt PoverPointʼga va ko‘proq vaqt sizni kashfiyotlaringizni maksimal ajoyib qiladigan harakatlarga

4. Genri Ford birinchi avtomobilini ixtiro qilib katta ishlab chiqazishni boshlaganda odamlar: "Qo‘ysangchi, ot senga nega to‘g‘ri kelmaydi?" deb aytishgan. U katta va xavfli qadam qilgan, lekin u o‘xshagan

5. Pessimist bo‘lib to‘g‘ri bo‘lgandan ko‘ri, optimist bo‘lib adashgan yaxshi

6. Pullarimni yarimi dunyodagi muammolarni yechishga mo‘ljallangan, ikkinchi yarimi - Marsda shahar qurish uchun.

7. Ilhomlantiruvchi kelajakka ega bo‘lish muhim. Ertalab turib yashashni xohlash uchun sabablar bo‘lish kerak. Agar kelajakda yulduzlar orasida, har xil sayyoralarda hayot bo‘lmasa, menimcha bu juda depressiv kelajak

8. Bitta savatda tuxumlarni ushlash - normal holat, agar savat bilan bo‘layotgan narsalarni boshqarayotgan bo‘lsangiz

@aqlli_ikkichi
Boy davlat = kuchli taʼlim, teskarisi emas.

Muammolarni yechimi haqida gaplashayotganda ko‘plar taʼlim sifatini ayblashadi, yaʼni ularni aytishlari bo‘yicha: taʼlimni kuchaytirsak shunda iqtisod ham oshadi.

Qanchali bu rost? Qiziq, hamma boy davlatlarda kuchli taʼlim bor, lekin hamma kuchli taʼlimli davlatlar ham boy emas.

Angliyalik bioximik Terens Killi o‘z ishlarida bu mavzuga oydinlik kiritgan. Killi aytishi bo‘yicha 17-18-asrlarda eng katta ekonomik o‘sishga olib kelgan "industrial revolyutsiya” taʼlim bilan bog‘liq bo‘lmagan.

Tikuv mashina kabi tekstil texnologiyalarni ixtiro qilgan odamlar ilm fan bilan tanish bo‘lishmagan, ular shunchaki hamma narsani “sinov va xato” usuli bilan fabrikalarning mehnat unumdorligini oshirmoqchi bo‘lgan odamlar.

17-asrning uzog‘ini yaqin qilib poyezdlarda ishlatilgan bug‘ dvigateli esa aslida undan 2000 yil oldin Geron Aleksandriyskiying chizmalarida ham bo‘lgan, lekin u chizmalarga faqat kelasi amaliyotdan keyin qiziqish boshlangan.

Qushlarga uchish haqida leksiya o‘qigandan foyda yo‘q, qafasni olib tashlasa yetadi.

@aqlli_ikkichi
Nega aqlli ikkichi?

Nega kanalni bunday nomlaganman? Ba'zilar o'ylayotgandek, o'zimni aqlli hosiblashim uchun emas, aksincha o'zimni ahmoq deb his qilaman har bir o'qilgan kitob bilan.

Yoshligimizdan "o'qimasang - hech narsaga erishmaysan" degan gapni eshitib kelganmiz. Gapga qo'shilaman, lekin bu so'zlarni manga aytib kelgan konservatorlarning nazarida o'qish universitet devollarida faqat bo'ladi.

Sinfimda alochi studentlarni orasida bo'lganman deb aytib bo'lmaydi, teskarisiga haqiqatga yaqinroq bo'ladi, ikkichi Turg'unov ko'p gap eshitib katta bo'lgan.

Student yomon o'qisa konservativ “domlalarda” o'zini sabablari bo'ladi: student - ahmoq yoki ota-onasi yaxshi tarbiya bermangan. Bir yilda ingliz tilini o'rganib IELTS olib bo'lganimda tushundim - muammo “ikkichilarda” emas, ular shunchaki qiziqmaydi.

Kanalni maqsadi bir narsani o'rgatish emas, balki man kabi ikkichilarni qiziqtirishdir. ”Aqlli ikkichi” - tizim buzuvchilik va noodatiylikni anglatadi, shu uchun kam uchraydigan ibora ishlatilgan.

@aqlli_ikkichi
Ishonch qopqoni

Radikal darajada o'ziga ishonish ko'p xatolarga olib keladi.

Statistikaga qaraganda, o'ziga ko'p ishonadiganlar - hech narsaga erishmaganlar, ularning kichkina foizi muvaffaqiyatga erishadi.

Bilmaydigan narsalarni bor bilimingiz bilan qoplasangiz, sizda ishonch paydo bo'lishni boshlaydi. Bir narsa bo'ladi deb o'ylaysiz va o'zingizni shu narsaga ishontirishni boshlaysiz. Katta ishonch tufayli siz voqeani boshqa variantlarini tasavvur ham qila olmaysiz.

Misol uchun, boshlang'ich tadbirkorlardan ularning kompaniyasi muvaffaqiyatga erishishi ehtimolini so'rasangiz, ko'pchilik 80-90% ehtimolni aytishadi. Lekin biznes bunday ishlamaydi, kompaniyalarning yarimi birinchi yilni o'zida yopiladi.

Bu xato rejalashtirish misoli, siz 80-90% haqida o'ylaysiz va umumiy statistika sizga tegishli emas deb o'ylaysiz.

Deniyel Kaneman

@aqlli_ikkichi
Qanday qilib katta bo’lganingni bilsa bo’ladi?

- Hayitlikni senga emas, sen beryapsan.

@aqlli_ikkichi
Esda qolmasa farqi nima?

Tasavvur qiling, siz dam olishga chetga ketyapsiz, lekin undan qaytgandan keyin siz hamma narsani unutasiz va rasmlar ham o‘chib ketadi deb aytishyapti.

Savol: dam olishga borar edingizmi? Odamlar yo‘q deb aytishar ekan. Nega? Chunki odamlar “eslaydigan menʼini” yoqadi. Hech narsa esimda qolmasa, otpuskani boshimga uramanmi?

Bir narsa rejalashtirsak, biz uni xotira uchun qilamiz, jarayon va tajriba uchun emas. "Eslaydigan menʼingiz" sizni qarorlaringizni boshqaradi.

Eslab qolgan narsangiz - eng muhim. Hamma harakatlarimiz tajriba qilingan va esda qolgan narsalarga binoan qilinadi.

Xotira uchun tajribaning intensivligi muhim, eng yuqori va oxirgi lahzalar esda qoladi, davomligi farq qilmaydi. Bu xususiyatni reklamada ishlatishadi, 30 soniyali reklama 3 soniyalisidan samaraliroq emas, davomligi muhim emas.

Mahsulot va servislarni yaratayotganda, kompaniyalar "eslaydigan menʼga" eʼtibor berishadi, chunki mijoz eslab qolgan maʼlumot kelasi qarorni anglatadi.

@aqlli_ikkichi
Fokus illyuziyasi

Siz o'ylayotgan narsa sizga muhim bo'lib qoladi, lekin aslida u siz o'ylayotgandek muhim emas.

U haqida siz o'ylayotganingiz uchun faqat, o'sha narsa sizga muhim.

Bu effekt “fokus illyuziyasi" deb aytiladi. U yaqinlashtiradigan oyna kabi ishlaydi.

Misol uchun, AQShda ko'pchilik Kaliforniyada hayot baxtliroq deb o'ylashadi, lekin bu rost emas.

@aqlli_ikkichi
Bardoshliga yog'lik osh,
Sabrsizga osh ham tosh.

Muvaffaqiyat iroda kuchiga va sabrga bog‘liq, buni bizga Stenfordning “zefir eksperimenti" yaxshi ko‘rsatib berdi.

Tadqiqotda 600 yosh bola ishtirok etdi va ularga zefir (irisga o‘xshagan shirinlik) berilgan edi.

Faqat u yerda bitta sharti bor edi: "Agar berilgan zefirni yeyishmasa, 15 daqiqadan keyin yana ko‘proq berilar edi”.

Bolalarning 2/3 qismini sabri yetmadi va ular darrov zefirni yeb qo‘yishdi, sabrlilar esa ikki baravar ko‘proq zefir olishdi oxirida.

Lekin bunda tadqiqot tugamadi, 40 yildan keyin katta bo‘lib bo‘lgan o‘sha yosh bolalardan xabar olindi va natijalar ajoyib bo‘lib chiqdi.

Zefirni yemasdan 15 daqiqa kutib turgan 200 bola sabrsiz bolalarga nisbatan yaxshiroq karyeraga ega ekan va chekish kabi yomon odatlarga kamroq berilgan bo’lib chiqdi.

Kattaroq yutuq uchun sabr va kuchli iroda kerak, baʼzilarda bu qobiliyatlar yo‘q, lekin yaxshi xabar bor: ularni trenirovka qilsa bo‘ladi.

@aqlli_ikkichi
Bugun qanday kun o‘zi?

9-Mayga, afsuski, katta eʼtibor bermaymiz, lekin qachondir O‘zbekiston SSR’ning aholisini 1/3 qismi (2 million odam) frontga ketgan va ularning 1/4 qismi qaytib kelmagan.

Tarixdagi eng katta urish 420.000 yurtdoshlarimizni o‘zi bilan olib ketgan. Urushning sababi har doim bitta - siyosat, u paytda odamlar buni shunchaki tushunmas edi, internet yo‘q edi. 

Bizda esa zamon boshqacha, janglarni videolarini YouTubeʼda tomosha qila olamiz va bu oddiy holatga aylanib qoldi. Asl holat qanchali qo‘rqinchliligini tasavvur qila olmasak kerak, biz buni ko‘rmaganmiz. 

Frontdan qaytib kelgan odamlar nimani his qilar ekan? Bitta veterandan so‘raganimda, ular aytdi: “Davlatni yutug‘iga xursand bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq yaqinlarimni yo‘qotganimga achinaman”.

9-May “G’alaba kuni” deb emas “Xotira va qadrlash kuni” deb nomlanganiga sabab bor.

@aqlli_ikkichi
Oson kontent odamlarga yoqadi

YouTubeʼda olimlarni debatlarini ko‘rishni yaxshi ko‘raman, lekin bu videolarni ostida odatda 30-40 ming ko‘rishlar turadi, kliplar esa milliardlargacha ko‘rishlar yig‘adi.

Oddiy misol, 2 daqiqada yozgan kichkina postim soatlab o‘tirib va maʼlumot qidirib yozgan hamma postlarimdan ko‘proq likeʼlar yig‘di.

Bu borada manda siz uchun ikkita xabar bor, yaxshi va yomon. 

Yomoni - odamlar qiyin narsalarni yaxshi ko‘rishmaydi, chunki ularni tushunish uchun miyani ko‘proq ishlatish kerak.

Yaxshisi - odamlar qiyin narsalarni yaxshi ko‘rishmaydi va siz buni bilasiz. 

Marketing va menejmentda sizni ko‘proq odam tushunishi xohlasangiz - oson bo’ling.

@aqlli_ikkichi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birinchi qadamni maksimal darajada osonlashtiring

Ishni qilishni o‘rniga ish qancha vaqt olishini o‘ylasangiz, miyangiz qiyin va uzoq ishni chizishni boshlaydi.

Ishdan qo‘rqib biz uni uzoqroq muddatga surishga harakat qilamiz va shu yerda prokrastinatsiya boshlanadi.

Katta ishni kichkina ishlarga maydalash bu boradi samarali yechim. Diplom ishini qilish kerak emas, uni faqat boshlab qo‘yish kerak, tugatilmagan ishlarni miya yomon ko‘radi.

Bugun faqat uning sarlavhasini yozing, ertaga rejasini, unday keyin kirish qismini. Birinchi qadam maksimal oson bo‘lsin, kerak bo‘lsa 1 daqiqa vaqt faqat olsin.

"Kapalak effekti" tufayli bugungi kichkina harakat ertaga katta natijaga olib kelishi mumkin.

@aqlli_ikkichi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Team Building

Bugun jamoa aʼzolari bilan tog‘ga bordik, yangi o‘rgangan narsalarim:

- Asosiy jamoa aʼzolar Team building‘larni kam qoldirishadi.

- Jamoamiz raqobatga berilgan, kichkina prizlik o‘yinlarni ham jiddiy o‘ynashadi va yutishga harakat qilishadi, azart.

- Telefonni kam ishlatishni boshladim va deyarli rasmga olmayapman (balkim bu yaxshi emas), galereyada faqat bitta video bugundan bor, u bilan bo‘lishyapman.

- Varrakni yasash oson emas ekan, uni iplari bir biriga proporsional bo‘lmasa, konstruksiya kalla qo‘yadi. Dumini varrakni tagidagi ikkita burchagidan o‘rtaga bo‘ylamasa ham uchmas ekan.

- Balig‘lik shashlik zo‘r bo‘lar ekan.

@aqlli_ikkichi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imloviy xato qilganimda meni to‘g‘rilamoqchi bo‘lgan obunachilar