azizbek nomonjonov
119 subscribers
174 photos
39 videos
1 file
74 links
🟣Dasturlash
⚪️Maslahatlar
🟢Foydali resurslar
🟠Ingliz tili (maybe 😅)

Admin: @apexadminbot
Download Telegram
#quoteOfTheDay #motivatsiya #css #manoliSózlar #bluhBluh

Frontend dasturchi sifatida CSS bilan tez-tez “jang” qilib turaman. Ko’pincha menga Google, qadirdon do’stim, yordamga keladi va urushdan tirik olib chiqib ketadi.” - Azizbek Nomanoff

For more 👉 @apexprogrammer
👍7🔥1
#programmersPain #meme

Legacy code 😬

P.S. Legacy code - eski, avval boshqa dasturchi(lar) tomonidan yozilgan va yangi dasturchilarni qo’rquvga soladigan code.
🔥4😁4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#moreMemes

Ba’zida siz “keraksiz” deb o’ylagan code hamma narsani ushlab turgan bo’ladi va uni o’chirishingiz bilan hech narsa ishlamay qoladi 🤦‍♂️.

For more memes 👉 @apexprogrammer
🔥4👍3😁2
Kimdir sizdan qaysi dasturlash tilini o’rganay deb so’rasa, darrov o’zingizga yoqadigan tilni maslahat bermang.

Avval ular qaysi yo’nalishda ishlamoqchi ekanliklarini so’rang. Misol uchun:

Web frontend: javascript
backend: javascript
mobil ilova: javascript
o’yinlar: javascript
sun'iy intellekt: javascript

P.S. Xullas, mendan kim so’rasa, javobim: JavaScript tili 😅

@apexprogrammer
👍7😁4
O’tgan hafta yozgan codeimni bir refactor qilaychi deb tekshirayotib ajoyib bir narsa ko’rib qoldim 😬.

G’irt qishloqcha debugging master class by le Azizbek

P.S. Debugging - code qanday ishlashini nazorat/tahlil qilib bug(xato)larni topish degani.

@apexprogrammer
👍3😁3🔥1
#freecourses #learncoding

🆓 Dasturlashni bepul o’rganish uchun top websaytlar to’plami (Part 1):

1. freecodecamp.org
2. w3schools.com
3. coursera.org
4. upskillcourses.com
5. programiz.com
6. edx.org
7. studytonight.com

⚠️ P.S. Yuqoridagilarning barchasi 🇬🇧 ingliz tilida.
Lekin, w3schools.com da mavzularni o’zbek tiliga tarjima qilsa bo’ladi.

📌 @apexprogrammer
🔥6👍5
#memeTime #feelThePain

Kompaniyamizda dizaynerlar ketib qolganidan beri “Backend”chilarimiz bizga dizayn qilib beradigan bo’lishgandi (vaqtinchalikka) 🤦‍♂️.

Yuqoridagi “masterpiece” ni ko’rib turipsizlar 😅. Tarifga til ojiz 👏.

P.S. Chumchuq so’ysa ham, qassob so’ysinda -eey!
😁8👍3
#personalProjects #willDoLater #meme

GitHubda 20+ “chang” bosib yotgan loyihalarim bor ekan, lol 😅.
😁6👍1🔥1
Yangi dasturlash tilini o’rganayotganlar uchun kichik bir maslahat 👇:

Algoritmga doir savollarni o’zingiz biladigan dasturlash tilida ishlang.
So’ng, o’sha savollarni yangi, siz o’rganmoqchi bo’lgan dasturlash tilida qayta ishlab chiqing.

Tajribada sinalgan

P.S. JavaScriptdan Pythonga o’tishimda shu yo’ldan foydalangan edim.

@apexprogrammer
🔥5
#learnToCode #myAdvice #maslahat

Dasturlashda hamma narsani eslab qolish shartmi? 🤔

Dasturlashda hamma narsani elsab qolish (yod olish) kerakmi deb so’rab turishadi.
Qisqa javob: “Yo’q, eslab qo’lish shart emas”, chunki elsab qolinishi kerak bo’lgan malumotlar juda ham ko’p. Buning o’rniga siz yangi o’rgangan mavzuni yaxshilab tushunib oling va qayerdan izlab topishni o’rganing. Keyinchalik sizga shu o’rgangan narsangiz kerak bo’lib qolsa, shunchaki “Google”dan mavzuga ta’luqli “kalit” so’zlarni qidirsangiz bir necha maqolalar chiqib keladi. Googledan to’g’ri malumotlarni qidirib topishni o’rganing.

“Google” darsturchilarning eng yaqin do’sti .

P.S. Bu mening shaxsiy fikrim. To’g’ri, malum bir holatlarda yodlab olish albatta foyda beradi. Misol uchun ishga kirish suhbatlari uchun.

Manba 👉 @apexprogrammer
👍4🔥4
#memeTime

🇺🇿 Har 2 soatda o'zingizni ahmoqdek his qilishni yoqtirmasangiz dasturlash siz uchun emas 🤦‍♂️

P.S. Twitterdan “olindi” 🤫

For more 👉 @apexprogrammer
😁6🔥3
Algoritmlar haqida qisqacha… (Part 1)

Ma’lum bir muammoni yechish yo’li, jarayoni, yoki qoidalar to’plami algoritm (algorithm) deb ataladi.

Misol uchun, Googlening m’alumotlar bazasidan biror bir maxsus malumotni topish uchun 🔎Qidiruv Tizimi algoritmi.

Dasturchi sifatida, algoritmlar yordamida yechilishi kerak bo’lgan muammolarga juda ko’p duch kelishingiz mumkin.

P.S. Part 2 uchun postga 🔥ni bosib qo’ying!

For more 👉 @apexprogrammer
🔥7👍4
🗣 Podcast 1 - son!

Va'da qilinganidek, chet eldagi o'zbek dasturchilar bilan suxbat qilishni yo'lga qo'yamiz.

⚡️ Ilk mehmon - Koreyaning Sejong Universiteti talabasi va Seuldagi Corp VIA kompaniyasida React.js dasturchi sifatida faoliyat olib boradigan tajribali IT'ishnik Azizbek Nomanoff

🎯 Asosiy mavzular - chetga o'qish orqali ketish, chet eldagi hayot, kompaniyadagi ish va albatta FRONTEND.

🚀 Web dasturlashni o'rganayotganlar, chet el kompaniyasida ishlamoqchi bo'lganlar va chetga o'qishga ketmoqchi bo'lganlarni taklif qilamiz, in sha Allah manfaatli suxbat bo'ladi.

Podcastning boshlanish vaqti: 15-may, yakshanba kuni soat 16:00

P.S. - Albatta sizni qiziqtirgan savollarga ham javob beriladi. Savollaringizni shu post ostida izohlarda qoldirishingiz yoki suxbatga qo'shilib o'zingiz jonli tarzda so'rashingiz mumkin bo'ladi.

@davron_js

#podcast #ilkMehmon
🔥7
azizbek nomonjonov pinned «🗣 Podcast 1 - son! Va'da qilinganidek, chet eldagi o'zbek dasturchilar bilan suxbat qilishni yo'lga qo'yamiz. ⚡️ Ilk mehmon - Koreyaning Sejong Universiteti talabasi va Seuldagi Corp VIA kompaniyasida React.js dasturchi sifatida faoliyat olib boradigan tajribali…»
#podcast #live #suhbat

Bugun soat 16:00da @davron_js kanalida #jonli suhbat qilamiz
إن شاء الله

Suhbatimiz dasturlash, xorijda o’qish va ishlash, frontend, va shunga o’xshash mavzular haqida bo’lib o’tadi. O’zingizni qiziqtirgan savollarni suhbat oxirida so’rashingiz mumkin bo’ladi. O’tkazib yubormang!

P.S. Agar ushbu kanalda ham shunga o’xshash #podcast bo’lishini istasangiz 🔥bosing.

Kanalga o’tish 👉 @davron_js
🔥11👍2
Dasturlashda matematikaning o’rni?!

Dastulashni yangi boshlayotganda, ko’pchilik ushbu savolni so’raydi - “Dasturchi bo’lish uchun matematikani bilish kerakmi?.”

Javob: - “Avvalo, har qanday kasbda ozgina bo’lsa ham matematikani bilish kerak. (Hech bo’lmaganda pulni hisob-kitob qilish uchun🤓). Dasturlash ham bundan mustasno emas. To’g’ri, kunlik qiladigan vazifalaringizda matematikaga bog’liq bo’lgan narsalar kam uchraydi, lekin umuman uchramaydi degani emas. Yoki, qiyin bo’lgan musollarni yechishni bilmasangiz dasturchi bo’laolmaysiz degani ham emas. Chunki, dasturlashda ham turli yo’nalishlar mavjud bo’lib, ba’zilarida tozza matematika kerak bo’lsa boshqalarida deyarli umuman ishlatilmaydi.
Misol uchun men ‘frontend developer’ bo’lib ishlayman va men kompaniyada qiladigan ishlarimning 90% da (murakkab) matematika kerak bo’lmaydi. Lekin, tanganing ikkinchi tarafiga qaraydigan bo’lsak, o’sha 10%da kerak bo’lib qolishligi zo’r dasturchini oddiy dasturchidan ajratib turadi. Sunday ekan, agar sizda o’rganishga vaqt va sharoit bo’lsa matematikani yaxshi o’rganing va bu keyinchalik dasturchi bolishingizda katta yordam beradi. Biroq, matematikaga toqatingiz yo’q bo’lsa ham siz albatta dasturchi bo’la olishingiz mumkin. (Hech bo’lmaganda karra jadvalini bilsangiz kerak, axir😅) “

P.S. Bu mening shaxshiy fikrim, fakt emas!

Manba: @apexprogrammer
👍10🔥3
azizbek nomonjonov
Dasturlashda matematikaning o’rni?! Dastulashni yangi boshlayotganda, ko’pchilik ushbu savolni so’raydi - “Dasturchi bo’lish uchun matematikani bilish kerakmi?.” Javob: - “Avvalo, har qanday kasbda ozgina bo’lsa ham matematikani bilish kerak. (Hech bo’lmaganda…
Matematikadagi qaysi mavzular Web dasturlash yo'nalishida ko'proq kerak bo'lishiga oydinlik kiritish maqsadia dev.to da post yozdim. Qiziquvchilar o’qib ko’rishingiz mumkin.

Ushbu post (va kelajakdagi postlar) yordamida iloji boricha quruq “Matematika kerak…” deb aytavermasdan amaliy tarzda aynan qaysi mavzular kerak bo’lishi mumkinligiga oydinlik kiritib boriladi إن شاء الله .

P.S. Dev.to nima va unda profil ochish haqida post kerak bo’lsa 🔥ni postda qoldiring.

https://dev.to/nomanoff_tech/web-dasturlashda-matematika-part-1-2080
🔥6👍2
azizbek nomonjonov pinned «Dasturlashda matematikaning o’rni?! Dastulashni yangi boshlayotganda, ko’pchilik ushbu savolni so’raydi - “Dasturchi bo’lish uchun matematikani bilish kerakmi?.” Javob: - “Avvalo, har qanday kasbda ozgina bo’lsa ham matematikani bilish kerak. (Hech bo’lmaganda…»
Web Dasturlashda Matematikaning o’rni 2-qismni ham yozib bitirdim.
(finally… 😅)

Bu safargi post Geometriya webning qaysi yo’nalishlarida kerak bo’lishi haqida. Postni avvalgidek DEVTO da batafsil o’qishingiz mumkin.

P.S. Post yoqgan bo’lsa 🔥

Manba: @apexprogrammer

https://dev.to/nomanoff_tech/web-dasturlashda-matematika-part-2-19c8
🔥8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli dasturchilar!

“Бижилдоқ” suvlarni klaviaturangizdan uzoqroqda iching!
Qaytaraman… uzoqroqda iching! 😅

By @apexprogrammer
🔥5😁4