azizbek nomonjonov
119 subscribers
174 photos
39 videos
1 file
74 links
🟣Dasturlash
⚪️Maslahatlar
🟢Foydali resurslar
🟠Ingliz tili (maybe 😅)

Admin: @apexadminbot
Download Telegram
Ishxonamiz oldida study cafe bor. Shu yerda kimnidir sichqonchasi qolib ketipti. 2 - 3kun (maybe even more) dan beri turipti.

Hech kim birovni narsasiga tegmaydi koreada )
👍7🔥1
Bahorgi semestrni ham boshlavordik.

7ta fan olganman (odatda 6ta ni zo'rg'a o'qirdm). Bu yog'i g'ayra g'ayra bo'ladi 😁.
👍3🔥2
#chatGPT

Uje o’qituvchilar ham bilib qolipti chatGPTni 🤦‍♂️. “Dang it!”

Bu semestr mazza qilib ishlataman deb yurgandm darslarda insho yoki uyga vazifa qilish uchun.

P.S. Lekin bilishgani bilan, baribir befoyda 😎. Chunki, ChatGPT hech qanday plagiarism checkerlar ushlay olmaydigan, unique, javob bera oladi. Misol uchun avval hech qayerda yozilmagan insho yozib bera oladi. (Trust me! It is tested in IRL😅).

P.S.S. But, ChatGPTni ishlab chiqqan kompaniya OpenAI, odam yoki AI yordamida yozilganligini tekshiruvchi “tool” ham ishlab chiqmoqda. Buni lekin o’qituvchilar hali bilmasa kerak. Maybe:)
👍2👏2😁2
#justASaying

Tarjimasi: “Komyuter bu bir yaramas jinga o'xshaydi. U sizga har doim ham siz xohlagan narsani emas, balki aniq siz so'ragan narsangizni beradi.” - Joe Sondow

P.S. To’g’risiyamda, o’zimiz codeni “skotchlab” yozamizda keyin nimaga bu ishlamayapti deb kompyuterga jahl qilib ham qo’yamiz.
👍3
Bugun ajoyib voqea sodir bo'ldi.

Bugun ishga ertaroq borgan edim, boshliq ham erta kelgan ekan. Bir oz o'tib xona tozalovchi xola kirib boshliqdan nimanidir so'rab chiqib ketti. Keyin, boshliq menga qarab, yur seni xola bilan
tanishtirb qo'yaman dedi. Men, "okay" dedim, tashqariga chiqdik. Boshliq meni tanishtirdi.
Hullas endi tanishtirib bo'lishi bilan xola boshlab kettilar gapirishni. Nimadirlar deb (koreyschada) rossa gapirdilar, (men hech narsani tushunmasam ham gaplarini ma'qullab turaverdm 😁) boshliq yonimda u ham eshitib turaverdi.
Boshliq menga tarjima qilib berishiga ham yo'l qo'ymaylada xola. Hullas yarim soatcha gapirdilar tinmay. Keyin oxiri boshliq menga ishingni qilaver deb ruxsat berdi (bir ishoralar qilib 😁). Keyin men kirib kettim xonaga.
Oynadan qarasam suhbat (bir taraflama suhbat) yana ancha davom etti. 

Axiri boshliq menga telefon qilib: "Telefonni qo'yma, men sekin qochib kelib olay, gaplari hali tugamaydi shekilli" dedi 🤣.

Shunday qilib ajoyib bo'ldi. Ajumma(koreyschada "xola" degani)larga ham qiyin. Gaplashishga odam yo'q bularga.

P.S. boshliq xonaga qaytib, "Bu safar kam gapirdilar. O'tgan safar 1 soat eshitgan edim)" deydi 😅
😁5👍3🤣2
supurgi faqat O'zbekistonda bo'ladi deb yurardim 😁
👍5
Happy Monday 👋

p.s. post qo'ygani idea kelmay qoldi 😁
🔥5😁3
Koreys tilini seryozno o’qiyman shekilli endi.

p.s. univerdan birinchi marotaba kitob sotib olishim.
(I was actually bullied into buying it 🤦‍♂️)
👍4
mashnaqqib commit qilib ketaman ba’zida 😅

p.s. mendan avval kelgan dasturchilar yozgan code ni olib tashladim
👍5
gm hammaga 👋

Happy coding!
👍3🔥1
#funny

tushungan tushundi 😄
🤣6
ChatGPT ajoyib, lekin…

ChatGPTdan anchadan beri foydalanaman. Code yozishni ancha yengillashatiradi. Repetitive tasklar uchrab
qolsa juda qo’l kelyapti. (Misol uchun, js codeni react codega transform qilish).

Lekin, men kuzatgan enga katta kamchiliklaridan biri bu GPTdan avval hech kim solve qilmagan “specific problem” ni solve qilish so’ralsa “haddan tashqari ishonch bilan” noto’g’ri javob berishi.

Dasturlashda shunday muammolar borki, ular avval ko’rilmagan. ChatGPT “guess” qilishni yoqtiradi. Agarda siz o’zingiz
yaxshi tushunmagan mavzuda savol so’rasangiz, u sizga “ishonch” bilan noto’g’ri javob berib vaqtingizni olishi mumkin.

Shunchaki “I don’t know of an algorithm that can do this” deyish o’rniga “tavakkal” javob berib tashlaydi va kerak bo’lsa siz bilan tortishib ham qo’yadi 😅.

@nomanoff_tech
😁3👍1🔥1
Bu odam tomonidan yozilganmi yoki AI [ey ay] tomonidanmi?

Standford olimlari aytishi bo’yicha, AI mualliflarini faqat 50% hollarda “aniq” aniqlash mumkin ekan 🙂.

Bu degani, ushbu postni men, a.k.a Azizbek, yozganmi yoki AI? - buni bilish tanga tashlash bilan teng 😁. Ya’ni 50/50.

p.s. Agarda AI kuchayaversa, ta’lim tizimida juda katta o’zgarishlar bo’ladi kelajakda. Imho.

p.s.s. Univerda oddiy inshoni ham AI yozsa o’qituvchilar hech narsani bilmayaptiyu 🤦‍♂️

@nomanoff_tech

Article ga link: https://hai.stanford.edu/news/was-written-human-or-ai-tsu
👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eyay

ChatGPT meni shunaqa kutib oladi 😅
👍5🔥2
#justSaying

Hozirgi kunda dasturlash kasbi juda ommalashib bormoqda. Juda ko’pchilik asosan dasturlashda ‘soqqa’ yaxshi bo’lgani uchun codingni o’rganmoqchi (yoki menga shunday tuyuladi). Lekin, aslida bir yaxshilab chuqur o’ylab ko’rish kerak. Dasturlash oson kasb emas. Bir joyda, ekranga qarab (debugging qilib) kechgacha o’tirish ham hamma uchun emas.
Hali dasturlashga endi kirib kelganlarni birinchi mendan so’raydigan savoli “Dasturchilar qancha oylik oladi?”, yoki “Siz qancha oylik olasiz?”. Biror kimni qancha oylik olishi shaxsiy ma’lumot hisoblanadi va uni so’rash uyatli deb o’ylayman. (Mayli, qiziqib so’rashi mumkin, tushunaman.) Lekin, meni maslahatim puldan ham ko’ra siz dasturlash kasbini yaxshi ko’ring va unga qiziqing. Kasbini yaxshi ko’rgan odamda izlanish va o’sish ham katta bo’ladi va pul topish ham shunga yarasha oshib boradi.

p.s. Shunchaki shaxsiy fikrim. Balki, men ham boshida pulga qiziqib dasturchi bo’lmoqchi bo’lgandurman 😅 (maybe). Lekin, dastulashni yaxshi ko’raman.
👍6
"Hacker News" veb-saytini bilasizmi?

Hacker News - bu dasturchilar va texnologiya ixlosmandlari uchun ijtimoiy yangiliklar veb-sayti. Men shu websaytdan juda ko'p foydalanaman. Chunki, dasturchi sifatida so'nggi texnologiya yangiliklaridan xabardor bo'lish juda muhim. HackerNewsni menga yoqadigan “feature”laridan biri bu yangiliklarni saralab ko'rsatishi. Ya'ni, u yerda hamma o'ziga yoqqan maqolaga point (ball) berib ketadi va eng ko'p point to'plagan maqolalar yuqoriga chiqib boraveradi. Hullas, rekomenduyu ).

Endi tasavvur qiling, shu bitta bot bo'lsada, shu vebsaytdan menga top yangiliklarni men hohlagan paytda jo'natib bersa. Cho'tki bo'lardiyu-a 😉. Endi shu joyiga kelganda men sizlarga @YTechNewsBot ni tanishtirsam 🤓. Ushbu bot aynan men hohlagan ishni bajaradi. Anchadan beri shunday bot yasash haqida o'ylab yurgandim. Va nixoyat univerda bitta rossa zerikarli dars paytida shuni yasab qo'ydim. Ishlatib ko'ringlar.

p.s. Bot va undagi kontent English tilida ⚠️

p.s.s. O'ylaymanki hali ham ishlab turipti bot 😅

https://t.me/YTechNewsBot
🔥4👍2
ajoyib ruchka topib oldim 😁
🔥9👍1
Ishxonaga boshliq kelishi bilan uyqu ham o’zidan o’zi qochib ketadi-a!
Coffee ham shart bo’lmay qoladi 😅.
😁6👍1
#itHurts

bugun univerda 2ta dars bor edi. macni qaramay sumkaga solib opkelgandm, battery 0% ekan 🤦‍♂. oxirgi martta charge qilganm esimda yoq. birinchi darsni zo'rg'a uxlab qolay deb tugatib oldm. rossa zerikarli bolarkaneey macsiz 😐.
😁5👍3
#masalanda

Darsda kompyutersiz o'tirib avval e'tibor bermagan narsalarimni kuzatyapman.

Masalan xonada 16ta lampa, 2ta konditsiyoner va 8ta ochsa bo'ladigan derazalar bor ekan 😅.
😁4👍3