PEDIATR MASLAHATI
8.69K subscribers
1.46K photos
39 videos
13 files
112 links
Kanalda bolalar salomatligiga doir va bolalar parvarishi haqida maʼlumotlar berib boriladi.

✍️ Admin:
@Pediatr_A
Download Telegram
Savolim bor

Qizim 4 yoshda unga o’ng chov churrasi tashhisini qo’yishdi. Bu kasallikni operatsiyasiz davolasa bo’ladimi? Nima qilish kerak?

Javob:

📌Ko’rikdan o’tqazgan vrach bilan maslahatlashib ish tuting. Churralarni operatsiya qilish lozim, chunki vaqtida operatsiya qilinmasa, turli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Churra haqida batafsil: https://biosfera.uz/ensiklopediya/churra/

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Savolim bor

Assalomu alaykum. 1 oylik qizim cheripnoy davlenya diyapdi. Belgilar qanday va nimalar qilishim kerak? Qanday davolasa boʻladi? Nima maslahat berasiz? Javob uchun oldindan rahmat

Javob:

Bolalarda bu kasallik qanday paydo bo‘ladi ? Ayniqsa go‘daklik davridagi bolalar o‘zida bo‘ladigan o‘zgarishlarni ayta olishmaydi. Shuning uchun ba’zi simptomlarga asoslanib diagnoz qo‘yiladi

Batafsil maʼlumot: https://avitsenna.uz/vnutri-cherepnoy-davleniya/#gsc.tab=0

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Bolaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi 3 ta odatiy narsa

Bugungi kunda bolalar do‘konlari kichkintoylar va ularning ota-onalari uchun qulay bo‘lgan mollar bilan to‘ldirib tashlangan. Lekin biz hayotimizni yengillashtirish bilan o‘zimiz bilmagan holda farzandlarimizning rivojlanishiga to‘sqinlik qilamiz.

Axir hamma ixtirolar ham foydali bo‘lavermaydi-ku. Ba’zilari esa faqat ma’lum bir yoshgacha foyda keltiradi…

Bir yoshdan keyin rezinka so‘rg‘ich va butilkalar
Jajjigina chaqaloqchalar ovqatlana olmaganlari uchun ularga butilka zarur bo‘ladi, rezinka so‘rg‘ichlar esa so‘rish refleksini qondiradi va uni tinchlantiradi. Lekin bola bir yoshga to‘lganidan keyin yaxshisi bu narsalardan voz kechishga o‘rgatish lozim.

Aks holda doimiy ravishda so‘rish tishlamni buzadi va tirnoqlar, qalamlar, ruchkalarni tishlash kabi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Yurishga o‘rgatuvchi aravachalar
Bunday aravachalardan foydalanish bolalar shifokorlari tomonidan umuman tavsiya qilinmagan.

Birinchidan, bu umurtqaga katta og‘irlik tushiradi, bola hali mustaqil ravishda yura olmaydigan bo‘lsa, demak uning umurtqasi hali bunga tayyor emas.

Ikkinchidan, bola aravacha ichida muvozanatini saqlay olmasdan o‘zini oldinga tashlaydi, demak bu unga haqiqiy yurishni o‘rganishga yordam bermas ekan.

1,5 yoshdan keyin bir martalik tagliklar
Bir martalik tagliklar – bu juda qulay, lekin siz ulardan qancha uzoqroq foydalansangiz, tuvakka o‘rgatish jarayoni shuncha qiyinroq bo‘ladi.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, taglikda issiq va quruq, va hatto bola o‘zining “ishlarini” qilib qo‘ysa ham, bu unga hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi.

Agar bolani polzunka va ishtonchalarga o‘tkazsangiz, u namlikning yoqimsiz holatini his qiladi va tuvakka o‘tirishga tezroq o‘rganadi.

Shuning uchun bolaga 18-20 oylikdan boshlab bir martalik tagliklarni ishlatishni to‘xtatgan ma’qul.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
​​Chaqaloqning ichi qotganda qanday yordam berish kerak?

❗️Ich qotishining oldini olish uchun har bir ona quyidagi maslahatlarga amal qilishi zarur:

📌 chaqaloqni to‘ydirib emizing, qorni och qolmasin;

📌 chaqaloqni ko‘pincha qorni bilan yotqizib qo‘ying;

📌 bolani qo‘ltig‘idan ushlab tanasini harakat qildirish kerak;

📌 ichak faoliyatini yaxshilash uchun chaqaloqqa vrach bilan maslahatlashgan holda vitaminlar berib turish mumkin;

📌 bolaning qornini soat mili bo‘yicha asta-sekin silang.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
⚡️Sogʻliqni Saqlash Vazirligining xabar berishicha, Oʻzbekistonda ham koronavirusning omikron shtammi aniqlangan.

Farzandlaringizni ehtiyot qiling!

👉 @anvar_pediatr 👈
Chaqaloq yigʻlashiga sabab nima?

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yig‘lash refleksi tabiiy hisoblanadi. Faqat qorni ochganda, tagi ho‘l bo‘lganda, uyqusi kelganida chaqaloqning yig‘lashi me’yoriy holatdir.

Ammo ayrim hollarda chaqaloqlarning qorni to‘ymasligi, ich qotishi va qorni og‘rishi ham uning ko‘p yig‘lashiga sabab bo‘lishi mumkin.

📌Chaqaloq ko‘p yig‘lasa, xavfsirash asoslimi?

Yangi chaqaloqning haddan ziyod ko‘p yig‘lashi boshqa jiddiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Go‘dak tug‘ilgandan so‘ng ayrim sabablarga ko‘ra paydo bo‘luvchi bosh miya ichki bosimi kasalligi va boshqa xastaliklar yuzaga kelish ehtimoli yuqori. Chaqaloqni 10 daqiqadan ortiq yig‘lashi miyada qon aylanishining buzilishiga sabab bo‘ladi. Bu holat esa keyinchalik jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bola yig‘laganda ona imkon qadar uni tezroq tinchlantirishga harakat qilishi lozim. Asosan bosh miya ichki bosimi kasalligi bilan tug‘ilgan chaqaloqlar orasida ko‘p yig‘lash kuzatiladi. Shuningdek, raxit kasalligi rivojlanayotgan pallada ham bolada ko‘p bezovtalik bo‘lishi mumkin. Buning asosiy sabablardan biri haqida biroz to‘xtalmoqchimiz.

Epidemiologik ma’lumotlarga ko‘ra homilador ayollarning ko‘pchiligi orasida homiladorlik davridagi kasalliklar va uning asoratlari onaning turmush tarzi yaxshi emasligidan kelib chiqadi. «Homiladorlikdagi xavfli omillar» so‘zi shundan kelib chiqqan.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr👈
Bolalar pnevmoniyaga chalinmasligi
uchun ota-onalar nimalarga e’tibor berishi lozim?


Bolalar bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyev tavsiyalari.

📌gigiyenik qonun-qoidalarga rioya qilish va buni farzandlarga ham o‘rgatish, qo‘lni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan muntazam ravishda dezinfeksiya qilish;

📌yuzni qo‘l bilan ushlamaslik;

📌xonalarni doimiy ravishda shamollatib turish;

📌 bolalarga yo‘talganda yoki aksa urganda og‘iz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishni o‘rgatish;

📌 farzandlarga kasal bo‘lgan bolalar oldiga yaqin kelmaslikni uqtirish;

📌 himoya niqoblaridan foydalanishni o‘rgatish;

📌 farzandlar kasal bo‘lib qolsa, bog‘cha yoki maktabga yubormasliklari lozim.

Shuningdek, bolaning to‘g‘ri va rasional ovqatlanishi, surunkali infeksiya o‘choqlarini bartaraf etish va chiniqtirish turli xil kasalliklarning oldini olishga katta yordam beradi.

Bolaga qo‘shimcha D vitaminining suvli eritmasi (Akvadetrim), askorbin kislotasi, immunosink va selen moddalari, kamqonlikni davolash maqsadida temir preparatlari tavsiya etilsa, nafas yo‘llari kasalliklariga qarshi kurashish kuchini oshirishga yordam beradi.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Tishi chiqayotgan bolaga qanday yordam berish mumkin?

Bolani tishi yorib chiqayotganda u hamma narsani tishlagisi kelaveradi. Chunki tishlari qichishadi va birmuncha og‘riq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p injiqliklar qiladi.

1⃣Bolaga dorixonada sotiladigan, tishlarni yorib chiqishiga yordam beradigan maxsus rezinalardan olib berish kerak. Eslatib o‘tamiz rezina yumshoq bo‘lishi kerak.

2⃣Tishlarni yorib chishiga yordam beradigan maxsus gellar bor:

💊Kalgel
💊Dentinoks
💊Kamistad baby

3⃣Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, quloqlardagi og‘riq, milklardagi og‘riq isitma va diareya holatlarini bartaraf qilish uchun Dentokind tablekasi qo‘llaniladi.

📌1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan 3 mahal
📌1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 tabletkadan 3 mahal qo‘llaniladi.

❗️Eslatib o‘tamiz. Yuqoridagi tabletka va gellarni faqat vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin!

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Bolalar bir kunda qancha miqdorda shakar iste’mol qilishi kerak?
(Pediatr tavsiyasi)


📌5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kuniga 10 grammdan kam shakar

📌5 yoshdan 10 yoshgacha bolalar uchun 20—25 gramm shakar

📌10 yoshdan 15 yoshgacha bolalar uchun 25—30 gramm shakar

📌15 yoshdan katta bolalar kuniga 30 gramm shakarni iste’mol qilishlari mumkin.

❗️Eslatma. Sutkalik shakar miqdori hisoblanganda, shirinliklar tarkibidagi shakar ham inobatga olinishi kerak.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Bolangiz qaysi yoshda qanday tovush(harf)larni talaffuz qila olishi kerakligini bilasizmi?

Bolalar talaffuzida tovushlarni paydo bo‘lish normalari:

📌 1 yoshdan 2 yoshgacha:
A, O, E
P, B, M

📌 2 yoshdan 3 yoshgacha:
I, U
F, V
T, D, N
K, G, X,

📌 3 yoshdan 5 yoshgacha:
S, Z
SH
J, CH

📌 5 yoshdan 6 yoshgacha:
L, R

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Hurmatli obunachilar ijtimoiy tarmoqlarda "Цефтриаксон" antibiotiki bilan bogʻliq yomon holatlar kelib chiqayotgani aytilmoqda. Bu xabarlar qay darajada asosli ekanini bilmadim, lekin siz ehtiyotkorlikni yoʻqotmang.

❗️Shifokor maslahati va retseptisiz antibiotik qabul qilmang.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Chaqaloqlar nima uchun yig‘laydi?

▪️Och qolganida
▪️Tagligi to‘lib qolganda
▪️Uyqusi kelganida
▪️Qo‘rqqanida
▪️Sovuq qotganida
▫️Ichak sanchig‘ida
▫️Qulog‘i og‘riganida
▫️Stomatit toshmalari toshganida
▫️Nevrologik muammo borligida

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar!

Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak?
☑️Katta liqildoq normada 1 yoshda bitishi kerak!

Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi?
☑️Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3x3 smgacha bo‘ladi.

Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima?
☑️Homiladorlik paytida ona organizmida Ca ni ko‘p bo‘lishi hisobiga.

Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin?
☑️Bunga asosiy sabab bola organizmidagi Ca yetishmovchiligi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin.(Nevropatolog ko‘rigi zarur)

Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat beradi.

Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi?
☑️Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degidratatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat beradi.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Chaqaloqlarda yoʻrgak dermotitini davolash

📌Chaqaloqlarda yo’rgak dermatiti — bu taglik bilan aloqa qilish sohasidagi terining o’tkir yallig’lanish reaksiyasi bo’lib, u o’zini toshma, tirnash xususiyati, shishish yoki qizarish shaklida namoyon qiladi. Bu quyidagi omillar kombinatsiyasi tufayli yuzaga keladi

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Toshma 2-3 kun ichida tegishli gigiena va terini parvarish qilish bilan yo’qolmaydi.

Toshma terining po’stlanishi, pufakchalarni, yiringli elementlarni, eroziya va yaralarni o’z ichiga oladi.

Antibiotiklarni qabul qilish fonida yorqin pushti yoki qizil toshma paydo bo’ldi.

Toshma juda og’riqli bo’lishi.

Toshmaga qo’shimcha ravishda isitma.

Ichak harakatlari yoki siyish paytida noqulaylik va og’riq.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Qaysi holatlarda bolaning qusishi kasallik belgisi bo'lib, darhol vrach Pediatrga murojaat etishini talab qiladi?

📌Bola og'irligi kamayib ketmoqda yoki bola vazni yetarlicha oshmasa;
📌Qusish soni va miqdori oshib borsa;
📌Qusish darajasi kuchaymoqda (fontan bo'lib otilib chiqmoqda);
📌Qayd qilingan massaning rangi yashil yoki to'q sariq;
📌Qusish bilan bir qatorda bolaning qorni og'riyotgandek sezilmoqda;
📌Bola ovqatlanish jarayonida doim qaqalib, yo'talmoqda.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Chaqaloqning burnini tozalash

❗️Chaqaloqning burni bilan nafas olishda qiynalishini shamollash bilan adashtirmaslik muhim!

📌Bolangizni qorniga yotqizib, boshini asta yon tomonga qarating. Bunday holatda bola yaxshiroq nafas oladil chunki bu holat bola nafas yo'llarida yig'ilib qolgan so'lakni chiqarib tashlashga yoki tili nafas yo'llariga to'sqinlik qilishidan asraydi.

📌Bola uxlaydigan xonani iloji boricha chang va pardan xoli qiling. Xonadan chang yig'adigan narsalarni olib chiqing, ya'ni yumshoq o'yinchoqlar, parli yostiqlar. Agar bola burni yaxshi nafas olsa o'yinchoqlar qolaverishi mumkin.

📌Bolani nafas yo'liga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi hidlardan yiroqda ushlang. Sigaret tutuni, kraska hidi, mashina chiqindi gazlar hidi, atir va boshqa parfyumeriya buyumlari nafas olishga to'sqinlik ko'rsatishi mumkin. Bola bor uyda chekilmasligi lozim.

📌Bolani burni bitib qolganda, bola emishga qiynalsa sho'r suvdan (1 litr qaynatib ilitilgan suvga 2 choy qoshiq tuz) foydalanib burnini tozalang. Buning uchun bolani vertikal ushlab burniga 1-2 tomchi sho'r suvdan (Natriy Clorid) quyib yoki tuzli suvlik spreydan 1 marta sepib bolani bir daqiqaga boshini tanadan pastroq bo'lgan holatda ushlab turing. Burun ichidagi suyuqlik yumshatiladi. Agar suyuqlik o'zi chiqishi uchun juda ko'p yoki quyuq bo'lsa, u holda aspirator (suyuqlikni so'rib oluvchi vosita) dan foydalaning. Sho'r suvdan yumshagan suyuqlikni burnini boshidan ichkariga tiqmay turib aspirator bilan tortib oling.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Bolalarga ich yumshatuvchi(surgi dori) sifatida beriladigan Dyufalak(laktuloza)ni qanday dozalarda qo‘llash kerak?

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - boshlang‘ich doza 5 ml, qo‘llovchi doza 5 ml

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - boshlang‘ich doza 5-10 ml, qo‘llovchi doza 5-10 ml

7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - boshlang‘ich doza 15 ml, qo‘llovchi doza 10 ml

14 yoshdan katta bolalarga- boshlang‘ich doza 15-45 ml, qo‘llovchi doza 10-25 ml

❗️Preparat kuniga bir marta, ertalab ovqat mahalida qabul qilinadi!
2 kundan keyin ya’ni laktulozani klinik effekti yuzaga chiqqandan keyin dozani kamaytirish mumkin!


📌Ichak disbakteriozini davolash uchun quyida dozalarda qabul qilinadi:

1 yoshgacha bolalarga- 1,5-3 ml

1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 ml

4 yoshdan 5 yoshgacha - 5 ml

7 yoshdan katta bolalarga - 10 ml

🛑Eslatma! Yuqoridagi dozalar ma’lumot uchun berildi! Preparat dozasini Vrach Pediatr bolaning holatiga qarab individual ravishda belgilaydi!

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Savolim bor edi.

Qizim 1 yosh 9 oylik. 8 oydan buyon ichi qotadi. Rengenda sigmasimon ichagi uzaygan deyishdi. Davolandik. Parxez buyrilgan. Uyda parxez saklolmayapti. Parxez saklanganda usishdan yoshiga nisbatan ortda kolayapti. Tavsiyalaringiz iltimos.

Javob: Bunday holatda bolalarda diyeta qilish juda muhim ahamiyatga ega. Diyetadan tashqari, qorin old devori massaji,  vitaminlar, elektostimulyatsiya, vitaminoterapiya va boshqalar buyiriladi. Konservativ davolash natija bermasa, intoksikatsiya kuchaysa, ichak tutilishi kuzatilsa, surunkali ich qotishi va ayrim holatlarda jarrohlik aralashuvi talab qilinadi. Pediatr va bolalar jarrohi bilan maslahatlashing.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Chaqaloq uchun to‘yimli ovqatlar

❗️Bolalar yaxshi o‘sishlari va kasal bo‘lib qolmasliklari uchun iloji boricha har xil ozuqali moddalarga boy ovqatlardan iste’mol qilishlari kerak.

📌Turli yoshdagi bolalar uchun eng yaxshi ovqatlar:

• birinchi 6 oygacha: faqat ko’krak suti, boshqa hech narsa kerak emas

6 oydan 1 yoshgacha: ona suti, qaynatilgan kasha, ezilgan loviya, tuxum sarig‘i, go‘sht, pishirilgan meva va sabzavotlar singari ovqatlar.

• 1 yoshdan keyin: bola kattalar singari ovqatlanishi mumkin, lekin
tez-tez. Asosiy ovqat (guruch, makka, bug‘doy, kartoshkalar)

• Muhimi, bola kunda bir necha mahal yetarli ovqatlanishi kerak.

• Barcha ota-onalar ovqatga yolchimaslik belgilarini kuzatib borishlari va
bolaga iloji boricha yaxshi ovqat berishga harakat qilishlari zarur.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈
Chaqaloqlarda qorin dam boʼlishi sababi nima?

📌Ichaklarda gaz hosil boʼlishi – organizm uchun normal holat hisoblanadi. Gazlar oshqozon-ichak tizimida quyidagi sabablar natijasida paydo boʼladi:

📌Bolakay emish vaqtida havo yutishi;

📌Kislotali oshqozon shirasi ichakka tushishi va ichakda oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan fermentlar natijasida neytrallanishi;

📌Аyrim bakteriya mikroflorasi koʼpayishi natijasida ovqat mahsulotlarining parchalanishi.

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr 👈