PEDIATR MASLAHATI
8.68K subscribers
1.46K photos
39 videos
13 files
112 links
Kanalda bolalar salomatligiga doir va bolalar parvarishi haqida maʼlumotlar berib boriladi.

✍️ Admin:
@Pediatr_A
Download Telegram
Laktostaz natijasida ko‘krakda og‘riq paydo bo‘lishining sababi

• Bolani ko‘krakga notog‘ri tutqazish, bunda bola emayotganda ko‘krak uchini butunlay og‘zi bilan qamrab olmay, faqat uchini tortib emadi;
• Ko‘krakga mos bo‘lmagan byustgalter taqish;
• Ko‘krakka shikkast yetkazib qo‘yish (masalan, bolani o‘ynatib turib oyoqlari ko‘krakni tepib yuborganini sezmay qolish mumkin);
• Qorinda uxlash;
• Sovuq qotish.

👉 @anvar_pediatr
Bolani ovqatlantirishda nimalarga e’tibor qaratilishi lozim?

Birinchidan, onalar bolani to‘g‘ri ovqatlantirishlari kerak. Ikkinchidan, ayniqsa iliq-issiq kunlarda bolaga ko‘proq suv berish lozim, bu terlash tufayli organizm yo‘qotgan suyuqlik o‘rnini to‘ldiradi. Uchinchidan esa o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida shaxsiy gigena qoidalariga rioya etish alohida o‘rin egallaydi. Chunki o‘tkir me’da-ichak infeksiyalari bilan kasallanish 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 65-70 foizni tashkil qiladi.

Kasallik ko‘pincha iste’mol qilingan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishini inobatga olib issiq kunlarda bolalarning ochiq suv havzalarida cho‘milishlarini nazorat qilish, ayniqsa mevalarni qaynagan suvda yuvib berish muhim hisoblanadi.

Vitaminga boy ko‘katlarni to‘g‘rab, bola ovqatiga qo‘shib yedirish lozim. Umuman, vitaminli yeguliklar kundalik dasturxonda doimo bo‘lishi shart. Oddiygina misol. Bola organizmida vitamin C yetishmasa, uning aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi, me’da-ichak faoliyati buziladi, bola tez-tez shamollaydigan bo‘lib qoladi. Shunday ekan, askorbin kislotasiga boy petrushka, karam, na’matak, limon, pomidor va sabzi iste’mol qilishni yo‘lga qo‘ygan ma’qul.

Vitaminlarning B guruhi yetishmasa, bolada ishtaha yo‘qolishi, asab tizimi faoliyati buzilishi, lanjlik, ozib ketish kabi belgilar kuzatiladi, shu sababli bolalarga go‘sht, jigar, dukkakli donlar, sut mahsulotlari, tuxum va turli sabazavotlarni ko‘proq berish tavsiya etiladi.

Vitamin A tanqisligi yosh bolalarning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, moddalar almashinuvining bir me’yorda bo‘lmasligiga olib keladi. Bolalarga go‘sht, baliq, sut, tuxum, sariyog‘ va ko‘k no‘xatli taomlarni ko‘proq berish lozim.

👉 @anvar_pediatr
Уйқу гормонининг табиий манбаи

Уйқу гормони — мелатониндир. Стресс ёки бошқа омиллар туфайли унинг ишлаб чиқарилиши камайиши мумкин. Бундай вазиятда эса одам уйқусизликдан азият чекади.

Мелатонинни кўпайтирадиган манбаларидан бири ва ягона нарса гилосдир.

Гилослар пишиб, етилишига оз қолди. Агарда сизни уйқусизлик қийнаса — гилос енг.

👉 @anvar_pediatr
Ona qornidagi bola qachon eshitishni boshlaydi?

Ona qornidagi bolaning eshitish qobiliyati 15-haftadan paydo bo‘la boshlaydi.

6-7 oylikdan boshlab biz kabi eshitadi va tovushlarga javob qaytaradi, eshitganlarini tahlil qiladi

Bola ona qornida rivojlanar ekan, unga go‘zal tarbiya berishni boshlash lozim.

👉 @anvar_pediatr
⚡️Эндиликда аёлларнинг бола парваришлаш даври ҳам иш стажига қўшилиши мумкин.

Бу ҳақда Бюджетдан ташқари Пенсия жамғармаси ижро этувчи директори ўринбосари маълум қилди.

©DUNYOTV

@anvar_pediatr
🌸Bolalar tish tozalashni necha yoshdan boshlashi kerak?

Ota-onalar 3 yoshdan boshlab tish cho‘tkasi va pastasidan qanday foydalanishni o‘rgatishlari mumkin. Bu yoshda bola ota-ona yordamida bilan tozalashni boshlaydi. 7 yoshdan boshlab esa nerv-muskul tizimi to‘liq rivojlangach, o‘zlari mustaqil tozalashlari mumkin.
Bu davr sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinishni boshlagan davr bo‘lib, ko‘proq e’tiborni talab qiladi.

👉 @anvar_pediatr
Nega chaqaloq yaxshi uxlamaydi?

Chaqaloq uxlay olmayotgan bo'lsa, demak uni nimadur bezota qilyapti:

1. Uning qorni och bo'lishi mumkin. Ba'zida onala hozirgina emizdimku deya, bolaning uxlamasligi sababini boshqa holatlarda izlaydilar. Chaqaloq onasini emayotganda nafaqat qornini to'yg'azishi kerak, balki onasiga bo'lgan ehtiyoji ham butunlay qondirilgan bo'lishi lozim. Agar uyquga ketib ham bola ona ko'kragini qo'yib yubormayotgan bo'lsa, demak u hali onasiga to'ymadi. Oldidan ketishga shoshilmang. O'zingizni oshxonaga emas, balki butunlay bolaga bag'ishlang.
Chaqaloqning ilk 6 oyida uni imkon qadar ko'proq emizsangiz, ko'p quchog'ingizda olib yursangiz uning uyqusida muammolar bo'lmaydi. Onasiga va sutga to'ygan bola olti oydan so'ng bemalol tunda 8 soatdan ortiq uxlay oladi.
2. Uning qorni og'rimoqda. Buni bilish uchun bolani qorinini avval ishqalab ilitib olgan kaftingiz bilan asta soat strelkasi bo'ylab silang. Bola yig'idan tinib, uyquga ketayotgan bo'lsa, demak uni gazlar bezota qilgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqning qorni dam bo'lmasligi uchun uni tez-tez bir necha soniyaga qorniga yotqazib turish lozim.
Hech qachon chaqaloqni qornida yotgan holida qarovsiz qoldirmang! Bir necha soniyada nafas olmay qolishi mumkin.
3. Chaqaloqda biron tibbiy muammo mavjud. Agar chaqalog'ingiz bir necha hafta davomida biron marta ham tinib uxlay olmayotgan bo'lib, uni kuni bilan emizib, qornini silasangiz ham foyda bo'lmayotgan bo'lsa, pediatr yoki bolalar nevrapotologiga ko'rsatib ko'ring. 
4. Bolaning qorni kerakligicha to'ymayapti. Bu holat sun'iy sut bilan emiziladigan bolalarda uchrashi mumkin. Sun'iy sutni qutichasida belgilangan miqdor va vaqt oralig'ida berish muhim. Ona sutini emayotgan bolaga sut kam kelayotgan bo'lsa, u o'zi kuni bilan onasini emib sut miqdorini ko'paytirib oladi. Ikki-uch kunda onaning organizmi o'sayotgan bola organizmiga moslashib, ko'proq sut ishlab chiqara boshlaydi.
5. Bola bezotalanmoqda. Agar chaqaloq kun mobaynida vaqtida emmay, vaqtida uxlamagan bo'lsa, tunda xarshaxa qiladi. Bola tunda yaxshi uxlashi uchun, kun mobaynida tinch bo'lishi lozim. Uyga mehmonlar kelib ketishi, onasining o'rniga chaqaloqni birovlar qo'lma-qo'l olib yurishi uni bezotalantiradi. Bu esa uyqusiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
6. Tanasida biron g'ashiga teguvchi omil mavjud. Chaqaloq uxlolmayotganida uni yalong'och qilib tanasini ko'zdan kechirib chiqing. Barmog'ida soch o'ralib qolgan, oyog'ida chumoli o'rmalashgan yoki boshqa shu kabi omillar uni qiynayotgan bo'lishi mumkin.
Normada yangi tug'ilgan chaqaloqlar qancha uxlaydi?
Bir uxlashda kamida 35-40 daqiqa, ko'pi bilan 3-4 soat uxlashi mumkin. Kunu - tun mobaynida o'rtacha 14-17 soat uxlaydilar. 
Chaqaloqda tun va kun almashib qolishi mumkinmi?
Ha, mumkin. Shuning uchun chaqaloq kunduzi uxlaganida onasi ham uxlab olishi kerak. Aks holda tunda bolaga e'tiborli bo'lishga kuchi yetmaydi. Charchagan onaning bolasi injiq bo'ladi. 
Chaqaloq juda ko'p uxlashi zarar emasmi?
Agar bola jismonan va ruxan yaxshi rivojlanayotgan bo'lsa,
Unda biron noodatiy holatlar namoyon bo'lmayotgan bo'lsa,
Chaqaloq vaqtida va kerakligicha emayotgan bo'lsa, 
Uning tagliklari muntazam ravishda xo'l bo'lib, ichi muntazam ravishda kelayotgan bo'lsa,
uning ko'p uxlashi muammo emas.
Bir oylik chaqaloq 4-5 soatdan ortiq uxlasa, uni uyg'otib emizib olish zarur.

🌸Quyidagi hollarda darhol tez yordam chaqirish talab etiladi:

🟢Bola kuni bilan uxlab nafasi borgan sari sekinlashib bormoqda;

🟢Chaqaloqning rangi oqarishni, ko'karishni boshlamoqda;

🟢Bolaning qovurg'alari terisi nafas olish jarayonida qovurg'alarga yopishib qolmoqda; 

🟢Chaqaloqning tana harorati oshib bormoqda;

🟢Sizning nazaringizda chaqaloq biron narsa yutib yuborgandek tuyulmoqda

👉 @anvar_pediatr
Chaqaloqlarda kindik churrasi.

Kindik churrasi – qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o‘zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya’ni churra darvozasi turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Ayrim bolalarda u jimjiloq yoki ko‘rsatkich barmoqlarning diametriga teng kelsa, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi va tegishli tarzda turli o‘lchamdagi churra hosilasi ko‘rinishida bo‘ladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo‘shlig‘iga tushirish imkoniyati mavjud.

👉 @anvar_pediatr
Emizikli ona uchun tish yasash mumkinmi? Emizishda tish davolashdan oldin nimani bilish kerak?

Emizish tishlaringizni davolashni to'xtatish uchun sabab emas. Laktatsiya davrida, aksincha, tish shifokoriga tez-tez tashrif buyurishga arziydi. Tug'ilgandan keyin immunitetning pasayishi va vitaminlar etishmasligi sabab bo'ladi turli kasalliklar og'iz bo'shlig'i, tish go'shti va tish kasalliklari kelib chiqadi.

Biroq, barcha protseduralarni emizikli ona laktatsiya va chaqaloq uchun xavf tug'dirmasdan qo'llashi mumkin emas. Bundan tashqari, ko'pincha zararli bo'lishi mumkin bo'lgan davolashda dorilar qo'llaniladi. Shuning uchun, tish shifokoringizga emizayotganingizni aytishni unutmang. U ko'taradi xavfsiz davolash emizish paytida tishlar.

Muammolarni oldini olish uchun muntazam ravishda tish va og'iz bo'shlig'ining profilaktikasini amalga oshiring. Davolashdan ko'ra oldini olish yaxshiroqdir! Axir, tug'ruqdan keyin zaiflashgan immunitet tufayli emizikli onalarda kasalliklar xavfi juda yuqori. Oldini olish uchun quyidagi tartiblardan foydalaning:

🌸Har ovqatdan keyin tishlaringizni yuving;

🌸Tish iplari va tish iplaridan foydalaning, og'iz uchun maxsus chayqashlar;

🌸Tish shifokoringizga muntazam tashrif buyuring;

🌸Tish cho'tkasini tez-tez almashtiring;

🌸Kaltsiyga boy ovqatlar, ayniqsa kunjut, tvorog va pishloqni iste'mol qiling;

🌸Juda issiq ichimliklar ichmang, ko'p shirinliklarni iste'mol qilmang. Bundan tashqari, bunday oziq-ovqat laktatsiya va emizikli chaqaloq uchun zararli!

Tishlar va og'iz bo'shlig'iga kundalik g'amxo'rlik sog'liq muammolaridan qochishga yordam beradi!

👉 @anvar_pediatr
🍓Болага қачондан ва қанча қулупнай бериш мумкин?
Биласизми?


Апрел ва май ойи айни қулупнайнинг ғарқ пишган палласи. Қанча xоҳласангиз, шунча ейишингиз мумкин. Ўсиб келаётган болага ҳам бу мазали мевадан бергимиз келади. Аммо кўпчилик оналар бу мева аллергия беради деб, қачон ва қанча бериш устида бош қотирадилар. Қуйида ушбу саволларга жавоб берамиз.

1. Қулупнай антиоксидантларга бой, организмдан токсинларни ҳайдовчи реза мева ҳисобланади. Унинг таркибидаги шакарни бола ошқозони яxши ҳазм қилади. Шунингдек, мева таркибидаги А, С ва В1 витаминлари кўриш қобилятини яxшилайди, иммунитетни оширади ва моддалар алмашинувини яxшилайди. Қулупнайдаги кальций ва фосфор моддалари эса боланиг ўсишига кўмаклашади. Кўриб турганингиздек, қулупнай бола учун фойдали мева.

2. Қулупнай таркибида гистамин моддаси мавжуд бўлгани учун ёшига етмаган болаларга қулупнай мумкин эмас. Ойлик болалар учун реза мевалардан қорағат ва сморидинагина мумкин. Уларни оз-оздан бўтқага қўшиб, бола ошқозини ўргатсангиз бўлади.

3. Бола 2 ёшга тўлгандан сўнг унга қулупнайни беришни бошлаш мумкин. Аввал 1 дона мевани нонуштадан сўнг бериб кўринг. Ёдда тутинг бир дона қулупнай билан бошлайсиз. Агар кечга бориб, ҳеч қандай аллергия кузатилмаса, эртасига 2 дона беришингиз мумкин. Мана шундай қилиб, бола организмини янги реза мевага ўргатасиз.

4. Агар кичкинтойингизнинг организми қулупнайни яxши қабул қилса, 3 ёшга тўлгунича бир кунда унинг кафтларига сиғадиган миқдордагина қулупнай беринг. Ундан ортиқ эмас. Мутахассисларнинг таъкидлашларича 3 ёшдан сўнг қулупнайга бўлган аллергия ўз-ўзидан ўтиб кетади. Аммо бу ҳам нисбий кўрсаткич бўлиб, баъзи кичкинтойларда 5 ёшдан кейин ўтиб кетиши мумкин.

5. Қулупнай аллергияга сабаб бўлганида, қуйидаги белгилар кузатилади:
Танага тошмалар тошади;
қоринда оғриқ пайдо бўлади;
йўтал, ҳансираш ва қайсарлик, инжиқлик ҳам кузатилади. Нима бўлганда ҳам шифокорга мурожаат қилинг.

6. Болага қулупнайни творогга, бўтқаларга, қуймоқларга қўшиб берсангиз ёки ундан шарбат, мевали салатлар тайёрлаб берсангиз, аллергия қўзғатувчилар камаяди.

👉 @anvar_pediatr
🎊💐🌙RAMAZON HAYITI MUBORAK BOʻLSIN!!!💐🌙

💐🤲 Sizni va barcha oila aʼzolaringizni bugungi “RAMAZON HAYITI” bayrami bilan muborakbod etaman.

💐🤲 Sizga va oilangizga sogʻlik-omonlik, ikki dunyoni saodatidan nasib etishini soʻrayman.

💐🤲 Avvalo ona Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo shunday musaffo boʻlsin!

💐🤲 Bayramni oila aʼzolaringiz bilan shodlik, xursandlikda xayrli oʻtkazishingizni tilab qolaman!

💐🤲 ALLOHIM!
Kelasi yil shu kunlarga Bizlarni, Ota‑Onalarimizni, Farzandlarimizni, Ayollarimizni, Doʻstlarimizni va barcha yaqinlarimiz bilan sogʻ-omon yetkazsin! 🤲

@anvar_pediatr
👶Дисплазия касаллиги ҳақида маълумот берсангиз. Бундай нуқсони бор болаларни йўргаклашда қандай қоидаларга амал қилиш керак?

Республика ихтисослаштирилган травматология ва ортопедия илмий амалий тиббиёт маркази директори, тиббиёт фанлари доктори Муроджон Ирисметов:

– Дисплазия бўкса бўғими шаклланишида юзага келадиган нуқсондир. Агар чақалоқда шундай нуқсон бўлса, туғруқ мажмуасидаёқ ортопед кўриги жараёнида аниқланади.

Сўнгра бундай болаларнинг парвариши ва ривожланишини алоҳида назорат қилишда патронаж ҳамширанинг ўрни муҳим. Хусусан, болани йўргаклашда оёқларининг орасини кенг қилиб очиб қўйиш керак. Шунда сон бошчаси чаноқ косачасига тўла кириши таъминланади ва бўғимнинг тўғри шаклланишига имкон яратилади.

Қолаверса, болани ўз вақтида ортопед кўригидан ўтказиш, белгиланган муолажаларни вақтида олиб, касалликни бартараф этиш лозим. Акс ҳолда, нуқсон туфайли бўғимлар нотўғри шаклланиб, кейинчалик жиддий касаллик юзага келиши мумкин.

👉 @anvar_pediatr
🩸Akvadetrim Tomchi

📝Tarkibi: Xolekalsiferol 20 000 XB

👩‍⚕️Farmakoterapevtik guruhi:

Vitaminlar.D-vitamini

📖Qo'llanilishi:

Bolalarda raxitni oldini olishda
Bolalar va kattalarda D-Vitamini yetishmasligida
Teri va shilliq qavatlarning kasalliklarida (psoriaz, ixtioz, dermatoz)

📝Qo'llash usuli va dozalari:

Bir tomchisi bir choy qoshiq suyuqlik bilan birga ichiladi.
4 Haftaligdan, 12 oylikkacha bolalarda va sutkada 2 tomchidan
12 Oylikdan oshgan bolalarda sutkada 3 tomchidan
Kattalarga 3 tomchidan 2 mahal

Nojo'ya ta'sirlari:

Kòp qo'llansa gipervitaminoz, ishtaxa yo'qolishi,bsoch to'kilishi, gipodengidoz(pul kamayishi)

🚯Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:

Yuqori sezuvchanlik, köngil aynish, bosh aylanishi, siydik-tosh kasalligi

👨‍⚕️Akvadetrim plyus ichida A-vitamini ham bor.

👉 @anvar_pediatr
​​BOLA BURNI QONASA QANDAY YORDAM BERISH KERAK?

💬 Bexosdan bola burni qonaganda nima qilish kerak? Aytishlaricha, bolani yotqizish ham aks samara berishi mumkin ekan. Shu rostmi?

🔰 Agar bolaning burnidan qon oqayotgan bo‘lsa uni yotqizish mumkin emas. Chunki gorizontal holatda qon boshga quyilishi mumkin. Qattiq qon ketganda burun-halqum devorining orqa qismidan qon oqib, bola tiqilib qolishi mumkin. Burundan qon oqqanda quyidagilarni bajarish maqsadga muvofiq:
🔸 Bolani o‘rindiq yoki karavotga o‘tqazib orqasiga baland yostiq qo‘yiladi.
🔸 Burnini yaxshilab qoqiladi. Agar burun bo‘shlig‘ida qon qoldiqlari qolib ketsa burun shilliq qavati yaxshi qisqarmay qon to‘xtamasligi mumkin.
🔸 Endi burun bo‘shlig‘iga qon-tomirlarini toraytiradigan tomchilar – naftizin, sanorin, galazolin kabilar tomizish mumkin bo‘ladi.
🔸 Paxtani dumaloq shaklga keltirib 3% li vodorod peroksid eritmasida namlab, burun bo‘shlig‘iga kiritiladi va bosh barmoq yordamida burun teshiklari bir oz siqiladi.
🔸 Toza dokani sovuq suvda namlab yoki yelim xaltaga muz bo‘lakchasini solib qanshar (qovoqlarning ikki o‘rtasiga) qo‘yish ham yaxshi yordam beradi.
🔸 5 yoshdan katta bo‘lgan bolaga 2-3 dona askorbin kislota tabletkasi va bir osh qoshiq 10% li kalsiy xlor eritmasini ichirish lozim.

🌸Shifokorga ko‘rsatish zarur

♻️ Odatda, bunday muolajalardan keyin qon oqishi to‘xtaydi, lekin bolani baribir shifokorga ko‘rsatish zarur. Chunki qon oqishi qaytalashi, yoki atrofdagilarga sezilmagan holda (burun bo‘shlig‘ining orqa devoridan oqishda) davom yetishi mumkin. Oqayotgan qonni bola beixtiyor yutsa qon qusishi, goho esa ko‘p qon yo‘qotish natijasida ahvoli og‘irlashishi ham mumkin.
Tez-tez burni qonashining asl sababini (qon ivishining buzilishi yoki boshqa qon kasalliklari, qizlarda hayz davrining buzilishi, qon-tomirlarning patologik kengayishi, burun o‘smasi, jigar, yurak va o‘pkalar patologiyasi bo‘lishi mumkin) albatta shifokor ko‘rigidan o‘tib aniqlatish kerak. Agar qon oqishi operatsiyadan keyin yuzaga kelgan bo‘lsa darhol shifokorni chaqirib, bemorni kasalxonaga yotqizish kerak. Agar qon oqishi burunga yot jismlar kirishi natijasida vujudga kelsa, o‘zboshimchalik bilan uni olishga unnash yaramaydi. Chunki u burun bo‘shlig‘idan nafas a’zolariga o‘tib ketib, tiqilib, bo‘g‘ilib qolishga olib kelishi mumkin. Bunday holatda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

👉 @anvar_pediatr
2 yoshida bolaning normal oyog'i o'zgarishni boshlaydi. Tabiiy oyoq kaft ostidagi yog' yostig'i asta-sekin eriy boshlaydi. Va oyoq kerakli shaklga ega bo'lishni boshlaydi.

🏋‍♀️ ilgari oyoqning o'rta qismi yog' yostig'i bilan to'lgan bo'lsa, endi mushaklar bu vazifani o'z zimmalariga olishlari kerak. Agar bu vaqtda mushaklar etarlicha rivojlangan bo'lsa, ular oyoqning gumbazini uwlab turishni boshlaydi

⚠️Agar mushaklar tayyor bo'lmasa, oyoq plano-valgus(yassi oyoq) holatida qola boshlaydi. O'z farzandi uchun qayg' urgan oila o'z farzandini xech bo'lmaganda yilda bir marotaba ortoped korikiga olib borishi zarur.

👉 @anvar_pediatr
☀️Bolani jazirama issiqdan asrang!

Issiq yoz kunlarida bolaning kuni bilan quyosh nurlari ostida o'ynab yurishi juda xavflidir. Olimlarning ta'kidlashicha, kunduzgi soat 11:00 dan soat 15:00 gacha quyosh nurlari odam teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, bolalarda esa bu ta'sir yanada kuchliroq namoyon bo'ladi. Lekin aynan yozda bolalar ko'chadan uyga kirishni istamaydilar...

Issiq yoz kunlarida bolani zararli quyosh nurlaridan asrash yo'llari

☑️1. Bolani quyosh nurlari eng zararli bo'lgan payt 11:00 dan 15:00 gacha ko'chaga o'ynagani chiqarmang. Shu vaqt oralig'ida biron joyga borishi kerak bo'lsa, soya joylardan yurishga harakat qiling.

☑️2. Issiq yoz kunlarida bolaga tez-tez suyuqlik ichirib turing. Bola suv so'ramagan holda ham unga qaynatilgan suv berib turing. Sharbat va limonadlar chanqoqni bosmaydi, gazlangan yoki mineral suv ayni muddao.

☑️3. Bolani kiyimiga ahamiyat bering. Yoz kunlarida bola tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yurishi kerak. Eng yaxshisi - bu paxta tolalaridan qilingan kiyim-kechaklar. Sintetik matolar issiqdan terlayotgan bola terisida yoqimsiz qo'zg'atishni yuzaga keltirishi mumkin.

☑️4. Bolaning oyoq kiyimi ham qulay va tabiiy materiallardan tayyorlangan bo'lishi kerak. Bolaga orqasi ochiq "shap-shap" olib bermang. Birinchidan, bu o'sayotgan oyoqlarni deformatsiyasiga olib keladi, ikkinchidan, bolaning yurishi palapartish bo'lib ketadi. Ko'pincha bolalar o'yin davomida bunday payafzalni tushirib yuboraveradilar. Oyoq kiyim sandal ko'rinishida bo'lishi eng yaxshi tanlov.

☑️5. Basseyn yoki dengizga cho'milishga borayotganingizda bolaga albatta quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus krem (SPF) surishni unutmang. Bolaning teri juda nozik bo'lgani uchun aynan yoshiga moslab krem olish kerak. Kattalarning kremi mos kelmaydi. Suvga tushib chiqqandan so'ng ham vaqti-vaqti bialn badaniga krem surib turish kerakligi haqida unutmang. Undan tashqari quyosh nurlari keng tarqalgan dengiz va basseyn atrofida bola boshiga yengil bosh kiyim kiyg'azib qo'ying.

☑️6. Ba'zi ota-onalar farzandiga quyosh nurlariga qarshi ko'zoynak olib beradilar. Aslida ko'chada sotiladigan oynalari to'q ranglik arzon ko'zoynaklar bola ko'zlarini quyosh nurlaridan himoya qilmaydi. U shunchaki o'yinchoq. Aksincha, bola to'q rangdagi oyna orqali qarash davomida qorachig'i kengayadi, natijada quyoshning nurlari ko'zga yanada kengroq darajada ziyon yetkazadi.

Agar farzandingiz haqiqatan ko'zoynak taqishni istab, uni o'yinchoq sifatida qabul qilmaydigan yoshda bo'lsa, u holda unga haqiqiy quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko'zoynak olib berishingiz mumkin. Bunday ko'zoynaklarda UVA, UVB nurlaridan 60%-100% himoya qilish haqida ma'lumot bo'lib, ularning narxi ham ancha baland bo'ladi.

☑️7. Terlab turgan bola bilan konditsioner yoqilgan xonaga kirmaslikka harakat qiling. Bola tez shamollab qolishi mumkin.

☑️8. Istmalayotgan bolani issiq kunda terlamasligiga e'tibor bering. Tana harorati ko'tarilgan bola organizmi issiqda yanada qiynaladi.

☑️9. Yoz kunlarida bolani yeyayotgan ovqatiga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Dizenteriya ko'pincha yozda tarqaladi. Meva va sabzavotlar muzlatgichda saqlanishi, ovqat faqat yangi bo'lishini ta'minlang. Bola eskirgan achigan narsalarni yeb qo'yishidan ehtiyot bo'ling. Ovqat yeyishdan oldin, albatta qo'l yuvish kerakligini unutmang.

☑️10. Bolaning issiqda ichi ketishiga ahamiyat bering. Ba'zida ichburug' jiddiy kasallik alomati bo'lishi mumkin.

Farzandingiz o'ziga zarar keltrimagan holda yoz kunlarida mazza qilib dam olishi uchun siz sharoit yaratib bering.

👉 @anvar_pediatr
MONGOL DOG‘I

Mongol dog‘lari - bu terida ko‘p miqdorda melanin pigmentini(teriga rang beruvchi pigment) to‘planishi natijasida yuzaga kelgan, ko‘k-yashil tusdagi dog‘.

Dog‘ ko‘pincha bel, dumg‘aza, yelkada joylashadi. O‘lchami 6-10 sm va undan katta bo‘lishi mumkin.

Dog‘ soch bilan qoplanmagan, bosganda yo‘qolmaydi.

Davolash shart emas, xavfsiz, 4-10 yoshgacha yo‘qolishi yoki bir umrgacha saqlanib qolishi mumkin.

👉 @anvar_pediatr
📜STOMATITGA RETSEPT

1.DIETA (shirin va qizil asosiysi)
2.Ramashka 0.5 stakan +
Stomatidin rastvor 5.0 ml
2-3 mahal tomoq chayish 5 kun
3.Dentashan gel
2-3 mahal ogizga ishlov beriladi
4.Protivovirusniy(Atsiklovir,anaferon)
1 tab 3 mahal ichadi 5 kun
5.Futsiz 50 (yoshiga qarab)
1 ta 1 mahal 3 kun

Qoʻshimcha agar ichi buzilgan boʻlsa (koʻp kuzatiladi)
Probiotik beramiz


👉 @anvar_pediatr
Эмизикли аёлларга вакцина қилинадими?

🔵 Ҳомиладор ёки эмизикли аёлларга эмлаш амалга оширилмайди.

❗️Бола она сути орқали онаси қабул қилган дори препаратлари ҳамда озиқ моддаларни қабул қилади. Шунинг учун ҳар икки ҳолатда ҳам вакцина қўлланилмайди.

👉 @anvar_pediatr
Agar bola kechasi yomon uxlasa, kunduzi nima qilish kerak?

Bola kechasi yaxshi uxlashi uchun, kunduzi uni “holdan toydirish” kerak – u kechga borib butun kuchini sarflashi va charchab qolishi kerak. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: bolada jismoniy harakatlanishni yoki his-tuyg‘uli holatlarni oshirish.

Ertalab va kechqurun bevosita cho‘miltirish va ovqatlantirishdan oldingi jismoniy faollik – bu qattiq uyquning garovi hisoblanadi. Agar bola emaklayotgan, o‘tiradigan yoki hatto yuradigan bo‘lsa – bolaga qo‘shilib emaklang, o‘tiring, birga yuring va harakat qilishga majbur qiling.

His-tuyg‘uli holatlarga bog‘liq yuklamalar alohida yondashishni talab qiladi – qarindoshlar va boshqa bolalar bilan faol muloqot, har qanday rivojlantiruvchi o‘yinlar bolani ertalabgacha qattiq uxlaydigan holatda charchatishi yoki aksincha – uni haddan tashqari bezovta qilishi va kechasi bilan uxlamay yig‘lab chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday usulni ehtiyotlik bilan va avval tajribada sinab ko‘rib keyin qo‘llash tavsiya qilinadi.

Bolalar qattiq uyqusi qoidalari

Shunday qilib, bola kechasi yaxshi uxlashi uchun uni quyidagi sharoitlar bilan ta’minlash zarur:

Kunning ikkinchi yarmi va kechqurun jo‘shqin jismoniy faollik bilan o‘tishi kerak. Uxlashdan 2-3 soat oldin toza havoda sayr qilishni tashkillashtiring. Uxlashdan 1-1,5 soat oldin 30-40 daqiqa cho‘milish. Uxlashdan yarim soat oldin — to‘yimli “kechki ovqat”. Bolalar xonasi iqlimi salqin va nam bo‘lishi kerak: harorat 18-20 daraja, namlik esa 60-70 %.

©uyqumashguloti

👉 @anvar_pediatr