PEDIATR MASLAHATI
8.69K subscribers
1.46K photos
39 videos
13 files
112 links
Kanalda bolalar salomatligiga doir va bolalar parvarishi haqida maʼlumotlar berib boriladi.

✍️ Admin:
@Pediatr_A
Download Telegram
LARINGIT KASALLIGI HAQIDA

👨‍👧‍👦Bolalarda laringit – hiqildoq shilliq qavatlari va ovoz boylamlarining yalligʻlanishidir. Laringit kasalligi koʻproq erta yoshdagi va maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarda uchraydi. Laringit bolalarda kam holatlarda yagona kasallik sifatida namoyon boʻladi, koʻpincha traxeit va bronxit bilan birgalikda – laringotraxeobronxit koʻrinishida kechadi.

🔴Bolalarda oʻtkir laringit natijasida nafas yoʻllarining yuqori qismlari obstruksiyasi (yopilib qolishi) kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish talab etiladi. Yuqorida keltirib oʻtilgan laringit belgilari kasallikning jiddiy ekanligi va ota-onalar, pediatr va bolalar otolaringologi eʼtiboridan chetda qolmasligi zarur.

👉
@anvar_pediatr
BOLALARDA MININGIT

MININGIT bosh va orqa miya pardalarni yallig'lanishi bo'lib bunda orqa miya suyuqligi ham zarar ko'radi. Agar o'z vaqtida davo choralari ko'rilmasa og'ir ahvolga olib kelishi mumkin hatto o'limga ham. 14 yoshgacha bo'lgan bolalarning 100ming tadan 10 tasida uchraydi.

🔹Sabablari

Asosan bakteriyalar(pnevmokokk, meningakokk, sil mikobakteriyasi) Virusli(epidemik parotit, suvchechak, qizamiq, qizilcha, poliomiyelit, gerpes, enterovirus, adenovirus) zamburugʻlar, rikketsiyalar, spiroxeta, toksoplazma, malyariya, gelmentlar bo'lishi mumkin.

🔸Belgilari

Bosh o'g'rishi, ko'ngil aynishi, ovqatdan bosh tortish, teri oqarishi, haroratning ko'tarilishi, terida gemarrogik belgilar(shishalar), qayt qilish markazining zararlanishi tufayli qayta qayta qusish

👉 @anvar_pediatr
Gemangioma(nor) — xavfsiz o‘sma

Gemangioma qon tomirlarining xavfsiz o‘smalaridan biri. Bolalarning badanida bu kabi o‘smaning aniqlanishi vahimaga asos bo‘lmaydi. Ammo uning rivojlanishi oqibatida organizmga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.

Aksariyat hollarda tananing ma’lum bir qismida paydo bo‘lgan patologik jarayonga mushak, asab to‘qimalari, teri ostining yog‘ qatlami, jigarning hujayralari ham jalb etiladi. Bunday o‘smalar odatda yosh bolalarda, ayniqsa, go‘daklik chog‘ida tez-tez uchraydi. Ba’zi bir holatlarda gemangioma tug‘ma bo‘ladi. Yirik gemangiomalar paydo bo‘lsa, ular sababli organizmda tromblar hosil bo‘lishi mumkin.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2-12 foiz yangi tug‘ilgan go‘daklarda gemangioma aniqlanadi. Bu turdagi o‘smalar 7:1 nisbatda qiz bolalarda ko‘proq uchraydi. 80 foiz holatlarda gemangioma tananing bir sohasida paydo bo‘ladi. 20 foiz holatlarda xavfsiz o‘sma tananing bir qancha joyida uchrashishi mumkin.

Gemangioma bor-yo‘qligini qanday bilish mumkin?

Aksariyat hollarda gemangioma teri qatlamini qamrab oladi va asosan, yuz yoki bo‘yin sohalarida uchraydi. Bunday holatlarda kapillyarlar o‘smasi haqida so‘z yuritiladi. Xol, nor, dog‘, och pushti yoki qizil rangli bu xil o‘smalar yaxshi ko‘rinadigan, ya’ni yuzada joylashgan bo‘ladi. Odatda bu o‘smalar og‘riq bermaydi. Ba’zi bir holatlarda gemangioma teri sathining ichki qismida, chuqur joylashadi. Bunday vaziyatlarda xavfsiz o‘smaning borligini xuddi shikastlanishdan so‘ng hosil bo‘ladigan ko‘kimtir rangli dog‘dan aniqlash mumkin. Mutaxassislarning e’tirof etishicha, ba’zida gemangiomalarni xol va kandillomalar(so‘gal)dan farqlash qiyin kechadi. Xavfsiz o‘smalar uchun xarakterli bo‘lgan xususiyat shuki, ular faollik fazasida juda tez kattalashib boradi. Boshqa xildagi o‘smalardan farqli o‘laroq, gemangiomalar xavfli o‘simtalarga aylanmaydi. Xavfsiz o‘smalar 2-4 haftada bir marotaba o‘sadi, 2-6 oyda o‘sishdan to‘xtaydi, 6-12 oyda qaytadan kichiklashib boradi.

Gemangioma tananing ichki a’zolarida uchrasa bu klinik jihatdan og‘ir holat hisoblanadi. Bunday turdagi xavfsiz o‘smalar jumlasiga jigar, mushak, suyak qon to‘qimalarining kengayib ketishini kiritish mumkin. Bu xildagi gemangiomalar yillar davomida rivojlanib boradi va tasodifan tibbiy ko‘rikdan o‘tish chog‘ida aniqlanadi.

O‘sma qayerdan paydo bo‘ladi?

Bu masalada aniq bir fikr yo‘q. Mutaxassislar turlicha fikr bildirishadi. Ba’zilar gemangiomaning paydo bo‘lishi ko‘p jihatdan nasliy xususiyat kasb etadi deyishadi.

Yosh bolalarda paydo bo‘ladigan o‘sma rivojlanish jarayonida ikkita xavfli davr bor: 2-4 va 6-8 oyligida gemangioma tez o‘sishga moyil bo‘ladi. Bola bir yoshga to‘lgach, o‘simta rivojlanishdan to‘xtaydi.

Chaqaloq va kichik yoshli bolalarda xavf­siz o‘smani o‘z vaqtida aniqlash uchun ota-onalarga quyidagi to‘rt alomatga jiddiy e’tibor qaratish tavsiya etiladi: jarayonning ilk bosqichida yangi tug‘ilgan chaqaloqning tanasi, aksariyat hollarda bolaning yuzida, tirnalish iziga o‘xshash och qizg‘ish rangli dog‘ paydo bo‘ladi. Ko‘pincha ota-onalar bunga ahamiyat bermaydilar.

Qizg‘ish rangli dog‘ paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab ikkinchi kundan dog‘ning rangi o‘zgaradi (u yanada qizilroq bo‘la boshlaydi). Odatda ota-onalar bu alomatga jiddiy e’tibor berishmaydi va o‘z bilganicha davolashga harakat qiladi.

Kun sayin qizg‘ish rangli dog‘ kattalashib boradi.

Tanadagi dog‘ atrofida pushti rangli halqa paydo bo‘lsa, bu xavfli alomat hisoblanadi. Bu degan so‘z gemangioma ichkariga tomon o‘sishni boshlagan. Garchi shunday hol yuz bersa, o‘simta teri osti qatlamlarini, shu yerda joylashgan a’zolarni shikastlashi mumkin.

👉 @anvar_pediatr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar boʻtqasini tayyorlash uchun video qoʻllanma.

Fayl hajmi: 1 MB

👉
@anvar_pediatr
Dunyo olimlarining tadqiqotlari ko‘rsatishicha, chala tug‘ilgan bolalarni yashab ketishida quyidagilar juda katta ahamiyat kasb etadi:

🌸Onaning ovozi. Kun mobaynida ona barvaqt tug‘ilgan bolasini yonida unga qo‘shiq aytib, alla aytib, u bilan suhbatlashmog‘i lozim.

🌸O‘yinchoqlar. Chala tug‘ilgan bolalarning ko‘zi deyarli ochilmaydi. Shunga qaramasdan bola atrofida rang-barang qiziqarli o‘yinchoqlar mavjudligi uning salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

🌸Bolani «kenguru» qilib ko‘tarish. Ya’ni bola tanasi onaning badani bilan birga bo‘lishi juda muhim. Bolani shifokor nazorati ostida kuvezdan olib onaning ko‘kraklari orasiga joylashtirib yotish lozim. Shu harakat orqali, birinchidan, bolaning terisi ona terisi bilan kontaktda bo‘ladi, ikkinchidan, onaning nafas olishini his qilayotgan bola birga nafas olib, nafas olish tizimi rivojlanadi. «Kenguru» qilish barvaqt tug‘ilgan bolalarni parvarish qilishda eng muhim muolaja desak adashmaymiz.

🌸Bolaga har kuni u naqadar sevimli va kerakli ekanligi haqida aytish lozim. Onaning mehrini sezgan bola onasi uchun ham yashab ketadi.

🌸Bolani steril qo‘llar bilan silash shaklidagi massaj qilish juda muhim. Agar silashni aynan onasi amalga oshirsa, uning foydasi ikki barobar kuchli bo‘ladi.

👉 @anvar_pediatr
Chaqaloqlarda ich qotishi

Ich qotishi deb bola ichining bir sutka davomida kelmasligi, hamda axlat kelishida qiyinchilik va diskomfortlar bilan amalga oshishiga aytiladi. Emizikli bolalar orasida ich qotishi nisbatan kamroq uchraydi. Ich qotishining sababi ikki xil boʻlishi mumkin: onaning notoʻgʻri ovqatlanishi va bolakay ichak motorikasining buzilishi (anal sfinkteri spazmi)dir.

Onaning notoʻgʻri ovqatlanish ratsioni oqsilli mahsulotlar juda koʻp, yengil hazm boʻluvchi uglevodlarga boy hamda kletchatkaning kam miqdorda boʻlishidir. Bunday holatda onalar oʻz ovqatlanish ratsionini qayta tuzib chiqishlari, ratsionda mevalar sabzavotlar, qora non boʻlishi zarur. Ayrim mahsulotlar – shaftoli, oʻrik, olxoʻri, anjir, qovoq, kefir kabilar ich yumshatuvchi xususiyatga ega. Bu mahsulotlar onada ham bolada ham ich qotishlarini oldini oladi.

Yuqoridagi chora tadbirlar vaziyatni yengillashtirmasa bolaning ichi qotishiga ichaklar motorikasining buzilishi sabab boʻladi: gipotoniya yoki anal sfinkteri spazmi. Anal sfinkteri spazmi holatida uy sharoitida davo muolajalari olib borish samara bermaydi. Bunga sabab patologik holat nerv tizimi bilan bogʻliqdir. Spazm natijasida gazlar ajralishi ham qiyinlashadi va bolakay qorni dam boʻlib, koʻp bezovtalanadi.

Shifokorlar vaqtincha vaziyatni yengillashtirish uchun gaz oʻtkazuvchi trubkalardan foydalanadilar. Konservativ davo sifatida glitserin shamchalari, dyufalak, mikroklizma buyurishi mumkin.

Mana endi siz bolakaylarning axlati qanday koʻrinishda boʻlishi va ularda eng koʻp uchraydigan patologiyalar  haqida qisqacha boʻlsa ham maʼlumotga ega boʻldingiz. Har qanday sharoitda ham bolakay holatini faqatgina shifokor baholaydi va davo muolajalarini ham shifokor buyuradi.

👉 @anvar_pediatr
ONA SUTINI KO'PAYTIRISH🍼🥛 HAQIDA 3 TAVSIYA

1⃣Emishni cheklamang. Bola qamcha koʻp emsa sizda sut ishlab chiqarilishi shuncha koʻpayadi. 20-30minut emsin. Hohlasa 40 minut. Cheklamang!

2⃣Tungi 🌃emizishlarga ahamiyat bering va soni koʻpaytiring. Tunda laktatsiyaga javobgar gormonlar aktiv ishlaydi. Kechasi bolangiz qancha koʻp emsa kunduz kuni sutingiz shuncha koʻp boʻladi. Bolangizni tunda yoningizda olib yoting. Bu sut kelishini yaxshi taʼminlaydi. Hech boʻlmasa sutingiz koʻpaygunga qadar.

3⃣Farzandingizni koʻproq quchoqlab oʻping. Uni qoʻlingizda koʻproq koʻtarib yuring. Sizdagi "ONA MEHRI" sutingiz koʻpayishiga olib keladi. Ishoning. Bu sinalgan usul

👉 @anvar_pediatr
Chaqaloqlarda kindik churrasi.

Kindik churrasi – qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o‘zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya’ni churra darvozasi turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Ayrim bolalarda u jimjiloq yoki ko‘rsatkich barmoqlarning diametriga teng kelsa, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi va tegishli tarzda turli o‘lchamdagi churra hosilasi ko‘rinishida bo‘ladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo‘shlig‘iga tushirish imkoniyati mavjud.

👉 @anvar_pediatr
🌸BOLA PSIXOLOGIYASI BOʻYICHA YANGI FORMAT

Bolalar psixologiyasini bilish har bir ona uchun muhim ahamiyatga ega.

Lekin hamma onalar ham farzandining individual psixologiyasini toʻgʻri anglay olishmaydi.

Farzand tarbiyasida tajribasiz onajonlar uchun maxsus format tashkil etildi.

Ushbu formatda bolajonlarning psixologik tabiati haqida maʼlumotlar berib boriladi.

Kanal: https://t.me/+4iArbeZs6zc0NWUy
Malochnitsa: Ogʻiz boʻshligidagi oq dogʻlar

Baʼzan bola hayotining 5-15 kunlarida til oqarishi kuzatiladi. Buning sababi oddiy- chaqaloqning sut bilan ozilanadi. Uning tilida sut qoldiqlari qoladi. Bu esa til oqarishiga olib keladi. Buni oldini olish uchun har emizgandan keyin bolaga bir choy qoshiq da suv🥄💧 ichirib turish kerak. Suv ogʻizdagi sut qoldiqlarini yuvib ketib til oqarishiga yoʻl qoʻymaydi🙅

Lekin bu oqarishlar faqat sut qoldiqlari boʻlmasligi mumkin. Agar bolani tilidan tashqari yana lunji, tanglayli, ichki lablarida oq dogʻlar boʻlsa bu bolada ogʻiz boʻshligʻi zamburugʻlari bilan zararlanganligini anglatadi. Buni "malochnitsa" ham deyishadi.
Bunda bolalar :
✓emishga qiynaladilar
✓koʻp yegʻlaydilar
✓emib turib yegʻlashga tushadilar.
Koʻpincha malochnitsa boʻlgan bolalarda jinsiy aʼzolarning qizarishi yoki "taglik allergiyasi" ham kuzatiladi. 🙆 Bu vaziyat onaning havotirlnishiga asos boʻladi.

🤷Malochnitsa goʻdak organizmiga qanday tushadi?
👉U asoson onadan yuqadi. Bu normal hol hisoblanadi. Agar onada 🤰homiladorlik paytida qin sohasida malochnitsa yuzaga kelgan boʻlsa tugʻush paytida bu bolaga yuqadi. Bolaning organizmi bunday zamburugʻ bilan kurashishga juda ojizlik qiladi. Kasalik asoratlari bola hayotining 5-15 kunida yuzaga chiqadi.
👉Yana toza yuvilmagan va sterilizatsiya qilinmagan
soʻrgʻich, butulka, qoshiq orqali ham infeksiyalar yuqushi mumkin.
👉Yana bola antibiotiklar qabul qilishi natijasida imunitet tushishi va organizmda zamburugʻ lar rivojlanishiga sharoyit yaratib berishi mumkin.

🤷Bunday boʻlmasligi uchun nima qilish kerak?

✔️Eng avvalo homiladorlik davrida ayol sogʻligʻiga yaxshi eʼtibor berishi, gigiyena qoidalariga toʻgʻri amal qilishi, vitaminlarga boy boʻlgan mahsulotlar bilan oziqlanishi kerak.
✔️Bola tugʻulgan zahoti uni emizish kerak. Bu bola organizmida ilk imunitetni hosil qiladi.
✔️Bola parvarishida gigiyenaga eʼtibor berish taglik almashtirganda va emizishdan oldin ona qoʻllarini yuvishi lozim. Boshqalarga ham qoʻllarini yuvganlaridan keyin chaqalogʻingizni berishingizni ayting. Uyalmang. Ahir farzandingiz salomatligi har narsadan ustunku.
✔️Soʻrgʻich, butulka umuman bolaga ishlatadigan idishlarni tez tez sterilizatsiya qilish kerak
Agar sizning ham farzandingiz tilida oq dogʻlar paydo boʻlganini koʻrsangiz toza sterilangan marlini qaynagan suvga botirib,dogʻni artib koʻring agar dogʻlar artilsa, ularning tagida qizarish alomatlari boʻlmasa bu oddiy sut qoldiqlari boʻladi. Havotirga oʻrin yoʻq.
Agar chaqalogʻingiz emganda bezovtalansa, koʻp yegʻlasa, ogʻiz boʻshligʻi oqarganini va artganingizda oq dogʻlar tagi qizarganini koʻrsangiz shifokor pediatrga murojaat qiling. Odatda bunday dogʻlarni 2% choy sodasi eritmasi bilan artish maslahat beriladi. Bu yaxshi samara beradi.
Malochnitsa qaytalamaslik uchun albatta gigiyena qoysalariga amal qiling.

👉 @anvar_pediatr
AUTIZM HAQIDA

Autizm-(grekcha so'zdan olingan bo'lib o'zim degan ma'noni bildiradi) bolani ruxiyatni buzilishi natijasida tashqi muhit bilan aloqani qiyinlashuvi yuzaga keladi. Autizm hech qachon o'zi bo'lmaydi yani o'zi bilan aqlizaiflik, daun sindromi va nutqini rivjlamasligi kabi kasalliklar bilan birga bo'ladi.

🟠Sabablari

Hali yaxshi o'rganilmagan hisoblanib homila vaqtida ma'lum bir oqsilning sintezlanmasligi, organizmda og'ir metallar simob va qorgoshning ko'payib ketishi bo'ladi.

🟣Belgilari

Harakatni bir xilligi, hech kimga hos bo'lmagan ovoz chiqarishlari, qiliqlar qilishi, ovqatni tanlab yeyishlari, ovqatlar va odamlarni hidlab ko'rishlari, baland shovqunda quloqlarni berkitishlari, muloqotga kirishish qobiliyati past bo'lganligi sababli o'ziga hos muloqot turlarni ishga soladi(tishlash, tashlanish va hokazo) belgilar 1 yosh 8 oyligidan bilinaboshledi.

🟢Davosi

Hozirda to'liq davo topilmagan. Bola jamiyat orasida ko'proq bo'lishi kerak.

👉
@anvar_pediatr
Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik (Neonatal sariqlik)

- qondagi yuqori darajali bilirubin hisobiga, teri va ko‘z shilliq qavatlarining sariq rangga bo‘yalishi.

Chaqaloqlarda fetal gemoglobinnni yetuk gemoglobinga almashinish jarayoni ro‘y beradi. Bunda jigar fetal gemoglobindan hosil bo‘lgan bilrubinni bog‘lashga ulgura olmaydi.

Qo‘shimcha belgilari yuqori uyquchanlik va ishtahani pasayishi.

Teridagi sariqlik chaqaloq hayotining 3-4 kunlari yaqqol ko‘zga tashlanadi va sariqlik 7-8 kun saqlanib qoladi.
Chaqaloq organizmidagi ferment sistema to‘liq ishlaganida teri rangi och-pushti holatda saqlanadi.

Bu holat fiziologik - davolash shart emas.

❗️Odatda fiziologik sariqlik bola hayotining 14-kunigacha o‘tib ketishi kerak. Agar shu vaqtgacha sariqlik yo‘qolmasa, bolani pediatr ko‘rigiga olib borish zarur.

👉 @anvar_pediatr
Uy sharoitida gijjani tushirish uchun tabiiy retseptlar

🌸Xom yong‘oqning mag‘zini olib, 1 stakan qaynagan suvga solib, unga 1 choy qoshiq tuz solinadi. Hosil bo‘lgan aralashmani kun davomida ichib yurib, so‘ng yumshatuvchi preparatlar ichiladi.

🌸Shuvoq kukunidan 1 choy qoshiq 0,5 litr qaynagan suvga solinadi, biroz vaqt kutiladi, bolaga ovqatlanishdan yarim soat oldin 2 choy qoshiqdan kuniga 3-4 mahal beriladi.

🌸Otquloq (shavel) ning 5 kg miqdorini 1 litr suvda qaynatib 2 soat kutiladi. Tayyor bo‘lgan aralashmani 2 ho‘plamdan ovqatdan oldin ichish tavsiya qilinadi.

🌸Itshumurt (krushina) o‘simligining ildizidan 1 oshqoshiq olib, 1 stakan qaynagan suvga solinadi. Uni 3 soatga sochiq bilan o‘rab qo‘yish kerak. Bolalarga 1 choyqoshiqdan kuniga 3 marta berish kifoya.

🌸Anor po‘stlog‘ini olib, uni yarim soat 0,5 litr suvda past olovda qaynatib, uch marta yarim soat oralig‘ida berish kerak. So‘ngra 3 soat kutilib, surgi dorilar ichiladi.

Avitsenna.uz

👉
@anvar_pediatr
Bolalar immun tizimini mustahkamlovchi vitaminlar

📌Vitamin D - sitokinlar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Sitokinlar esa o‘z navbatida “immun tizimi sanitarlari” va gumoral immunitetni faollaydi. Sut va sut mahsulotlarida ko‘p uchraydi.

📌Vitamin C - interferon sintezini stimullaydi va immunitetga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning virusga qarshi xususiyatini oshiradi. Na’matak, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar, sitrus mevalarida ko‘p uchraydi.

❗️Yuqoridagi vitaminlarni dori preparati ko‘rinishida faqatgina vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.

👉 @anvar_pediatr 👈
📍BOLALARNING NORMADA VAZN O'LCHAMI QANCHA BO'LISHI KERAK? (16yoshgacha)

Buni eng oson usulda hisoblashni o'rganamiz🩺

🔴Buning uchun biz yosh oralig'ini 3 qismga bo'lib olamiz:

1) 🗨Tug'ilgandan 6 oygacha --- har oyda o'rtacha 800 gr dan vazn olishi kerak,
🗨7 oylikdan 1 yoshgacha --- har oyda o'rtacha 400 gr dan vazn olishi kerak.

🗨Shu bilan 1️⃣ yoshda bolaning vazni 10-11 kg ga yetadi

2) 🗨5️⃣ yoshda bola vazni o'rtacha 19 kg bo'ladi
🗨5 yoshdan 12 yoshgacha har oshgan yil uchun 3 kg vazn qo'shib hisoblaymiz, 🗨har yetmagan yil uchun 2 kg ayirib hisoblaymiz
(Misol: 6 yoshda 19+3=22kg, 4 yoshda19-2=17 kg)

3) 🗨12 yoshdan 16 yoshgacha vaznni hisoblash uchun quyidagi sodda formuladan foydalanamiz

👉yosh×5-20
Misol:14×5-20=50kg

💊Aziz obunachilar, siz ham ushbu ko'rsatib o'tilgan vaznni hisoblash usuli orqali albatta farzandlaringizni vaznini o'lchab ko'ring, agar me'yordan kam yoki ortiq chiqsa albatta bolalar shifokoriga ko'rsating!

Eng yaxshi davo --- oldi olingan kasallik
Eng yaxshi operatsiya --- qilinmagan operatsiyadir👨‍⚕️

👉 @anvar_pediatr
Farzand tarbiyasida muxim maslaxatlar

1️⃣ Bir biriga solishtirish.
Bolani bir biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi.

2️⃣ Jismoniy qo‘pollik, urish yoki qo‘pol, uyat so‘z ishlatish.
Bular bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini barbod qiladi.

3️⃣ Masxaralash.
Doim masxara qilingan bola o‘zini hurmat qilmaydigan bo‘lib qoladi.

4️⃣ Ortiqcha erkalatish.
Ko‘p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi.

5️⃣ Ortiqcha tergash.
Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi.

6️⃣ Beparvolik.
Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg‘usini barbod qiladi.

7️⃣ Shijoatlantirmaslik.
Rag‘batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo‘lib qoladi.

👉 @anvar_pediatr
📣Жахон соғлиқни сақлаш ташкилоти ёш болаларда ғалати гепатит тарқаётгани хақида огохлантирди.

2 ёшдан 16 ёшгача болалар учровчи мазкур инфекция хозирда олимлар томонидан ўрганилмоқда. Британияда 17 та холат қайд этилган.

©acramov

@anvar_pediatr
Chaqaloqqa vitaminlar qachondan boshlab beriladi?

Chaqaloqni ko‘krak suti bilan boqish uning har tomonlama mukammal o‘sishi, sog‘lom bo‘lishi, turli yuqumli kasalliklarni yengib o‘tishida yordam beradi. Shu sababli, 6 oylikkacha chaqaloq rivojlanishi mobaynida ularga hech qanday vitaminlar, sharbatlar berish shart emas.

Ko‘krak sutida chaqaloq organizmi uchun zarur bo‘lgan barcha ozuqalar, hatto vitaminlar yetarlicha mavjud.

Bolaga 6 oylikdan so‘ng sekin-asta suv, kompot va meva sharbatlaridan oz-oz berish mumkin, faqat ko‘krak sutidan so‘ng, kuniga 1- 2 marotaba, 1 choy qoshiqdan boshlash tavsiya qilinadi.

Bola 1 yoshga yetganda qo‘shimcha ovqat kuniga 3 marotabaga yetkazilishi mumkin, bunda kartoshkali va sabzavotli pyurelar, qiymalagichdan o‘tkazilgan go‘sht, qatiq, guruchli, manniy bo‘tqalari berish mumkin. Bolaga choy ichirish, ovqatiga tuz sepib berish tavsiya etilmaydi. Xullas, onalar go‘daklarini to‘g‘ri parvarishlashsa, ular sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sadilar.

👉 @anvar_pediatr
Yod yetishmovchiligi

– organizmda yod miqdori kamayishi. Buqoq bezi kattalashishi bilan kechadi, ham bolalar, ham kattalarda uchraydi. Yod yetishmovchiligini “provokator” kasallik deb ham nomlanadi. Ko'pincha bunday hollarda qalqonsimon bez hajmi kattalashadi.

⭕️SABABLARI:

- Ovqat tarkibida yod miqdorining kamayishi - Yod kam joylarda yashash - Og'ir aqliy faoliyat - Homiladorlik va emizish davri - Og'ir virusli infeksiyalar - Bakterial infeksiya - Ichak disbakteriozi - Antibiotiklar qabuli - Chekish - Kritik yosh - Oral kontratseptivlar qabuli - Radioaktiv nurlanish - Qon plazmasida buqoqqa qarshi moddalar ko'payishi

⭕️SABABLARI:

- Buqoq bezi kattalashishi - Tez charchash - Hayotga qiziqish pasayishi, asabiylashish - Sekin harakat - Anemiya - Soch va tirnoq mo'rtlashishi - Teri qurishi va sariq tusga kirishi - Yomon ishtaxa - Shish - Sovuq yeyish - Ortiqcha vazn - Ko'p terlash - Erkaklarda ereksiya pasayishi - Xotira pasayishi

⭕️DIAGNOSTIKA:

- Teri sinamasi - Qon tahlili - Siydik tahlili - Buqoq bezi UTTsi - Qonni gormonlarga tekshirish

⭕️DAVOLASH:

- Yod saqlovchi dorilar - Ovqatlanish korreksiyasi - Sanator davo - Asosiy kasallikni bartaraf etish - Tireoid gormonlar bilan DAVOLASH:

⭕️ASORATLARI:

- Bo'g'ilish - Aqliy zaiflik - Endemik buqoq - Sut bezi kasalliklari - Homila patologiyasi - Gipotireoz - Tireotoksik adenoma

⭕️PROFILAKTIKA:

- Fiziologik dozada kaliy preparatlari - Yodlangan osh tuzi iste'moli - Kurortda dam olish - Chaqaloqlar – 50 mkg sutkasiga - 2-6 yosh bolalar – 90 mkg sutkasiga - Kichik maktab yoshi – 120 mkg sutkasiga - O'smir va kattalar 150 mkg sutkasiga - Homilador va emizikli ayollar 200 mkg sutkalik doza

👉 @anvar_pediatr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат #Тарқатинг
❗️Қош териш кўкрак бези саратонига олиб келади - АҚШ олимлари


Аёлларга максимал даражада етказиб қўйинг, умр бебаҳо, битта қошни деб ўлиб кетманглар

Шариатда ҳам қош териш ҳаром ҳисобланади.

©Uncha Muncha

👉
@anvar_pediatr