PEDIATR MASLAHATI
8.69K subscribers
1.46K photos
39 videos
13 files
112 links
Kanalda bolalar salomatligiga doir va bolalar parvarishi haqida maʼlumotlar berib boriladi.

✍️ Admin:
@Pediatr_A
Download Telegram
QONDAGI GEMOGLOBIN MIQDORLARI  NORMASI YOSHLAR BOʻYICHA

👉
@anvar_pediatr
Quyidagi kichik maslahatlar yaxshi ota-ona bo'lish sari yetaklaydi:

1. Asabiylashmang. Siz qanchalik muloyim va sokin bo'lsangiz, bolangiz ham shunchalik osuda bo'lib o'sadi.

2. Aldamang. «Ovqat yesang, buvingnikiga olib boraman!», dedingizmi, olib boring yoki unday va'da bermang. Bolaga berilgan va'dani ustida turish muhim. Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi.

3. Urmang. Bolani urishdan yomoni yo'q. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay turib ham ota-ona o'z gapini o'tkazishi mumkin. Urish darajasiga bordingizmi, demak ayb sizda.

4. Har narsani man qilavermang. U mumkin emas, bu mumkin emas, «Uni qilma, buni qilma», kabi gaplarni eshitavergan bola bora-bora bu gaplarga e'tiborsiz bo'lib qoladi.

5. Yomon namuna bo'lmang. O'zingiz xunuk so'zlarni ishlata turib bolangizga «Xunuk gapirma!» deya olmaysiz.

6. Aybingizni tan olishni biling. Biron ishda xato qilib qo'ysangiz bolangiz oldida uni tan olishga odatlaning.

👉 @anvar_pediatr
Болалар 1 суткада қанча вақт ухлаши керак?

☑️Янги туғилган чақалоқлар (0-3 ой) — 14-17 соат. 

☑️Чақалоқлар (4–11 ой) — 12-15 соат. 

☑️Болалар (1-2 ёш) — 11-14 соат. 

☑️Мактабгача ёшдаги болалар (3-5 ёш) — 10-13 соат. 

☑️Кичик мактаб ўқувчилари (6–13 ёш) — 9-11 соат. 

☑️Ўсмирлар (14-17 ёш) — 8-10 соат.

👉 @anvar_pediatr
❗️Болаларни қулоғини тозалашда ўта хушёр бўлинг

Ҳар йили дунё бўйлаб 300 мингдан ортиқ одам пахта куртакларидан нотўғри фойдаланиш туфайли эшитиш қобилиятини йўқотади.

Ҳар кимнинг қулоқлари ҳар хил. Болаларнинг қулоқларини тозалашга уринаётганда, эшитиш қобилиятидан маҳрум бўлгунга қадар уларга зарар берманг.

👉 @anvar_pediatr
Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda kalsiy yetishmasligi belgilari:

— Tishlar chiqishini kechikishi;
— Liqildoqlarni oyiga mos ravishda bitmasligi;
— Suyaklanish jarayonini kechikishi

Kalsiyga sutkalik ehtiyoj:
0—3 oylikda: 400 mg
4—6 oylikda: 500 mg
7—12 oylikda: 600 mg
1—3 yosh: 800 mg
3—7 yosh: 900 mg
7—11 yosh: 1100 mg
11—18 yosh: 1200 mg

Bolalar uchun kalsiyni asosiy manbalari: sut va sut mahsulotlari hisoblanadi. Agar ona suti bilan oziqlansa, onasiga qoʻshimcha kalsiy preparatlarini ichirish kerak, sut bilan albatta boradi yoki pediatr-nevropatolog tavsiyasiga koʻra bolaga (400 mg dan) ichiriladi.

👉 @anvar_pediatr
KICHKINTOYLAR UCHUN TAOMNOMA TUZAMIZ.

Kichkintoy yoshiga etgach, onalarni «qanday ovqatlantirsam ekan?» degan savol oylantiradi.

🥛Birinchi nonushta: iloji boricha sutli aralashma (quruq aralashma ko
rinishidagi tayyor botqalar) bolsin. Agar bolangiz hali ham emizikli bolsa, ona sutidan foydalanish mumkin.

🥣Ikkinchi nonushta: guruchli yoki manniy yormasidan tayyorlangan sutli bo
tqalar.

🍜Tushlik: suyuq va quyuq ovqatlarni ketma-ketlikda bering. Bir gal yogsiz sabzavotli shorva bolsa, yana birida bugda tayyorlangan goshtli taom bolishi lozim.

🍎Tushlikdan keyingi tanovul: bu vaqtda bolangiz uyqudan uygonib, qorni biroz ochiqqan boladi. Unga mevali botqa yoki tovorog va yogsiz smetana aralashmasidan berishingiz mumkin.

Kechki ovqat: kattalar uchun tayyorlangan taomlarning hammasi ham 1 yoshli bolaga togri kelavermaydi. Unga engil hazm boluvchi kartoshka botqasi, goshtli teftel yoki bugda tayyorlangan kotlet kabi taomlardan berish mumkin.

❗️Bolakayga taomnoma tuzayotganda mahsulotlar tarkibida tuz miqdori kamroq bo`lishiga ahamiyat bering.

👉 @anvar_pediatr
👶Tishi chiqayotgan bolaga qanday yordam berish mumkin?

Bolani tishi yorib chiqayotganda u hamma narsani tishlagisi kelaveradi. Chunki tishlari qichishadi va birmuncha og‘riq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p injiqliklar qiladi.

1⃣Bolaga dorixonada sotiladigan, tishlarni yorib chiqishiga yordam beradigan maxsus rezinalardan olib berish kerak. Eslatib o‘tamiz rezina yumshoq bo‘lishi kerak.

2⃣Tishlarni yorib chishiga yordam beradigan maxsus gellar bor:

💊Kalgel
💊Dentinoks
💊Kamistad baby

3⃣Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, quloqlardagi og‘riq, milklardagi og‘riq isitma va diareya holatlarini bartaraf qilish uchun Dentokind tablekasi qo‘llaniladi.

📌1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan 3 mahal
📌1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 tabletkadan 3 mahal qo‘llaniladi.

❗️Eslatib o‘tamiz. Yuqoridagi tabletka va gellarni faqat vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin!

👉 @anvar_pediatr
📍Аутизмга учраган болалар ёлғизликка маҳкумми?

✍️ Шифокор Зуҳриддин Баҳриддинов:


🔍 Шахснинг ўз ички кечинмалари ичра ёлғиз қолиши ва борлиқни тўла идрок этолмаслиги — аутизмдир. Бундай болалар атрофга қизиқмайди, бошқалар билан муносабат ўрнатишда қийналади.

✔️8 ойлик бола атрофдагиларни эркалатишига парво қилмайди;
✔️Аутизмга чалинган ўн ойлик болалар соғлом тенгдошлари каби серҳаракат эмас, қиқирлаб кулмайди, онасига ҳам интилмайди;
✔️Нутқи кеч ривожланади ва эшитиш қобилияти паст бўлади;
✔️Қаттиқ товушлар, сув шилдираши ва ёруғликдан қўрқади;
✔️Болада ҳис-ҳаяжон яхши шаклланмаган;
✔️Катталар кўзига тик қаролмайди ёки унга кимдир тикилса, тоқат қилолмайди;
✔️ Лекин ушбу болалар айрим соҳаларда жуда истеъдодли бўлади. Масалан, математика, физика, рассомлик соҳаларида.

⚠️ Аутизмга сабаб бўладиган омиллар тўлиқ ўрганилмаган. 10 мингта боладан 10-15 таси ушбу касаллик билан касалланади.

👉
@anvar_pediatr
Nima uchun bolalar organizmida temir moddasi yetishmaydi?

✔️Bolalarda temir yetishmovchiligining asosiy sababi onasi homiladorlik va emizish davrida kamqon bo‘lishi, bola chala yoki kam vazn bilan tug‘ilishi, uning ko‘krak suti bilan boqilmaganligi, tez-tez kasallanishi, surunkali infeksiyalar, gijja va noto‘g‘ri ovqatlanish tufaylidir.

👉 @anvar_pediatr
Чақалоқ бошидаги гематомалар хавфлими?

Гематома - юмшоқ тўқималар шикастланиши бўлиб, унда қон томирларининг ёрилиши кузатилади. Гематоманинг юзага келишига ҳомиланинг катталиги ёки она тос суякларининг кичиклиги сабабли туғуруқ вақтида бола бошининг сиқилиши, ҳомила нотўғри келиши, гипоксия, яъни бола ўз ўқига ўралиб қолиши сабаб бўлади.

🔹 Гематомалар чақалоқ туғилгач, дастлабки соатларда пайдо бўлади ва 2-3-кунлигида ҳажми катталашади. Асосан 8-10 ҳафтада ҳажми кичиклашиб, қайтади. Шундай бўлсада гематомаларни кузатиб бориш тавсия этилади.

Агар ҳажми катталашишда давом этса ва гематоманинг қонаши кузатилса, шифокор педиатрга мурожаат қилиш лозим. Бунда шифокор томонидан керакли таҳлиллар олиб борилади.

❗️Гематомаларни уй шароитида шифокорсиз мустақил даволамаслик керак.


👉 @anvar_pediatr
Chaqaloqlarning ovqat ratsioni

Ba'zi bolalar qo'shimcha ovqatga tez o'rganishsa, ba'zilari ko'krak suti yoki smesdan boshqa hech narsani yeyishni istamaydilar. Qo'shimcha ovqat odatda bolaning 6 oyidan boshlab beriladi.

❗️Eng asosiysi, qo'shimcha ovqat asta-sekinlik bilan bola ratsioniga kiritilib, har bir yangi mahsulot berilish intervali 1-2 haftani tashkil etishi lozim.

👉
@anvar_pediatr
Shamollash vaqtida ko‘proq suyuqlik ichish kerak! Nima uchun?

Koʻproq suyuqlik ichirish.  Bu iliq suv, sharbat, choy, sok yoki dorivor damlamalar boʻlishi mumkin. Shamollah va virusli kasalliklar vaqtida koʻp suyuqlik ichish organizmni suv bilan toʻyintiradi. Qon suyuqlashadi, tez aylanadi va filtrlanadi.  Natijada tanadagi kasallik tez chiqib ketadi. Kasallik vaqtida suyuqlikni kam ichish nafas yoʻlidagi balgʻamni ham chiqib ketishini qiyinlashtiradi. Agar sizning farzandingiz suyuqlik ichishni yoqtirmasa yoki kam suyuqlik ichsa kasallangan vaqtda uni koʻproq suyuqlik ichishga majburlang. Shunda kasallik uni tezroq tark etadi.

👉 @anvar_pediatr
Нима учун  чақалоқлар уни тебратишларини яхши кўради?

Болани тебратиш унга она қорнида бўлган даврини ўша пайтдаги онанинг ҳаракатини эслатиб, болага тинчлантирувчи таъсир кўрсатади ва уни ухлатиб қўяди.
Уни елкасига аста уриб уҳлатиш ҳам унга она қорнидаги вақтларда таниш бўлиб қолган онанинг қадам товушларини эслатади. Бу ҳам болани тинчлантиради.
Алла айтиш ҳам боланинг нерв системасига тинчлантирувчи таъсир қилади.

👉 @anvar_pediatr
​​👶🏻 Farzandingiz suvchechak bilan og‘risa...

💭 Nabiramning yuzida qandaydir toshmalar paydo bo‘ldi. Qo‘shnim ko‘rib, bu suvchechak, deya xavotirimni oshirdi. Bu kasallik haqida ma’lumot bersangizlar?

– Suvchechak bilan asosan, maktabgacha yoshdagi bolalar kasallanadi. U qisqa vaqtli harorat va umumiy ahvol biroz o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Odatda, kasallik o‘tkir isitmalash va suvchechak toshmasi toshishi bilan boshlanadi. Bola suvchechak bilan og‘riganda unga ko‘proq vitaminga boy taomlar hamda suyuqlik berish lozim. Kasallik asoratlari bolaning injiq bo‘lib qolishi, ko‘z xiralashishi, asab tizimidagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Uning yashirin davri o‘rtacha 11 kundan 23 kungacha davom etadi. Tana harorati 38-39 darajaga ko‘tarilib, bemorning tanasiga, og‘iz va ko‘z qovoqlarining shilliq pardasiga suvli pufakchalar toshadi.

🦠 Pufakchalar badanga tarqaladi. Pufakchalar yorilib, o‘rnida yarachalar paydo bo‘ladi.
Xonadonda bir bolaning suvchechakka chalinishi boshqalarga ham yuqishi bilan xavflidir. Shuning uchun bemorning xonasini alohida qilish lozim. U bog‘chaga boradigan bo‘lsa, dastlabki haftada uyda qoldirilgani ma’qul. Suvchechakka chalinishga asosan, immuniteti past bolalar moyil bo‘ladi. Kattalar ham ushbu xastalik bilan og‘rishi mumkin. Homilador ayollar ayniqsa, kasallik yuqishidan ehtiyot bo‘lishi lozim. Bemorda kasallik alomatlari sezilishi bilan darhol shifokorga murojaat qiling.

👉 @anvar_pediatr
7 ёшгача бўлган болаларда кўриш ўткирлигини аниқлашга ёрдам берувчи Орлова жадвали.

Ҳали мактабга бормаган болалар ҳарфларни танимагани учун мана шундай шакллардан фойдаланилади.

👉 @anvar_pediatr
Bola ko'p kasal bo'lsa, nima qilish kerak?

Bog'cha yoshidagi bolaning kasal bo'lishi normal holat. Bola kichikligida shamollashi, ba'zi viruslarni boshidan kechirishi yomon emas. Muhimi kasallik cho'zilib ketib nazoratsiz o'tib ketishidir. Ba'zi bolalar kasal bo'lib 5-7 kunda tuzalib ketsa, ba'zilar haftalab, hatto oylab kasal bo'ladilar. Oddiy shamollash bunday bolalarda albatta pnevmoniya yoki gayrmorit bilan yakun topadi.

Bunga sabab nima? Birinchidan, shifokorning noto'g'ri tashxis qo'yishi bo'lsa, ikkinchidan ota-onaning bolani o'zboshimcha davolashidir. Undan tashqari xonani qayta-qayta shamollatish, bolaga ko'p suyuqlik berish, bolani qo'lini sovunlab yuvishga odatlanish, chiniqtirish, dorilarni vaqtida berish va boshqalar bola qayta kasallanmasligida va tez sog'ayib ketishida muhim ahamiyat o'ynaydi.

👉 @anvar_pediatr
🤱Болаларни ҳаддан ташқари иссиқ кийинтириш яхши эмас!

🔹Болаларни ортиқча иссиқ кийимлардан халос қилиш керак.

🔹Аслида шамоллаш совуқ ёки илиқ ҳаводан эмас, балки иссиқликдан келиб чиқади.

🔹Шунингдек, ҳаддан ортиқ иссиқлик модда алмашинуви жараёнини тезлаштириб юборади.

🔹 Одатда катталар учун ҳаво илиқ бўлса, бу болалар учун иссиқ ҳисобланади

👉 @anvar_pediatr
👶Дисплазия касаллиги ҳақида маълумот берсангиз. Бундай нуқсони бор болаларни йўргаклашда қандай қоидаларга амал қилиш керак?

Республика ихтисослаштирилган травматология ва ортопедия илмий амалий тиббиёт маркази директори, тиббиёт фанлари доктори Муроджон Ирисметов:

– Дисплазия бўкса бўғими шаклланишида юзага келадиган нуқсондир. Агар чақалоқда шундай нуқсон бўлса, туғруқ мажмуасидаёқ ортопед кўриги жараёнида аниқланади.

Сўнгра бундай болаларнинг парвариши ва ривожланишини алоҳида назорат қилишда патронаж ҳамширанинг ўрни муҳим. Хусусан, болани йўргаклашда оёқларининг орасини кенг қилиб очиб қўйиш керак. Шунда сон бошчаси чаноқ косачасига тўла кириши таъминланади ва бўғимнинг тўғри шаклланишига имкон яратилади.

Қолаверса, болани ўз вақтида ортопед кўригидан ўтказиш, белгиланган муолажаларни вақтида олиб, касалликни бартараф этиш лозим. Акс ҳолда, нуқсон туфайли бўғимлар нотўғри шаклланиб, кейинчалик жиддий касаллик юзага келиши мумкин.

👉 @anvar_pediatr
БЎЙ ЎСИШИ НИМАГА БОЙҒЛИҚ?

🔻Болалар ҳар доим бир хил “ўсмайди”. Шундай пайтлар борки, бир неча ҳафтада 10 см гача бўй ўсиши мумкин.
Қизиқ томони, айнан баҳорда бошқа фаслларга қараганда тезроқ катта бўлишади. Бу қуёш нурлари фаоллашиши билан боғлиқ.

🔻Инсон бўйининг ўсиши гипофиз бези ишлаб чиқарадиган гормонга боғлиқ. У инсон аъзо ва тўқималарида оқсил ҳосил бўлишини тезлаштиради. Шу билан бирга, агар организм кучсиз аҳволда бўлса, у шунчаки ўсишдан тўхтайди.
Демак, болангизнинг ўсмаётганини сездингизми, биринчи галда шифокор-эндокринологга учраб, уни тўлақонли текширувдан ўтказишингиз керак.

🔻Агар фарзандингизнинг бўйидан хавотирда бўлсангиз, шубҳа-гумонларингизга аниқлик киритиш мақсадида бир неча текширувлар жоиз.

👉 @anvar_pediatr
Фарзандим 1 ойлик. Кўп йиғлайди. Бу хавфли эмасми?

🔘 Ҳусан

✍️ Шифокор Ҳилола Жумаева:

Янги туғилган чақалоқларда йиғлаш рефлекси табиий ҳисобланади. Фақат қорни очганда, уйқуси келганда, таги ҳўл бўлганда ёки уйқуси бузилганда йиғлаши меъёрий ҳолат ҳисобланади. Ушбу муаммоларни бартараф этганда чақалоқ йиғлашдан тўхтайди. Қорин тўймаслиги, ич қотиши ва қорин дам бўлиши ҳам бола кўп йиғлашига сабаб бўлади.

🔹Чақалоқлар туғилгач, ошқозон-ичак тизимининг фаолияти  бошланади. Шу сабабли қоринда оғриқ ва корин дам бўлиш ҳолатлари кузатилади. Бунда шифокор педиатр кўригига олиб бориш ва тавсияларига амал қилиш лозим.

🔶 Онанинг овқатланиши ва асабийлиги ҳам болага таъсир кўрсатади. Бола ташқи муҳитга мослашгунга қадар она парҳезда бўлиши лозим. Кўп йиғлаш бола учун зарарли бўлиб, мияда қон айланишига салбий таъсир кўрсатади.

👉 @anvar_pediatr