PEDIATR MASLAHATI
8.69K subscribers
1.46K photos
39 videos
13 files
112 links
Kanalda bolalar salomatligiga doir va bolalar parvarishi haqida maʼlumotlar berib boriladi.

✍️ Admin:
@Pediatr_A
Download Telegram
🍏Birinchi marta qo‘shimcha ovqat berishni nimadan boshlash kerak:

Qo‘shimcha ovqat berishni bir tarkibli pyurelardan, bolalar uchun sabzavot pyurelaridan, bitta komponent, ya’ni sabzavot yoki mevadan iborat pyuredan, shunindek bir xildagi boshoqli dondan iborat shakarsiz sutsiz bo‘tqadan boshlagan ma’qul.

🍽Qo‘shimcha ovqat mahsulotlari:
1 Sabzavot pyuresi — 6 oylikdan;
2 Meva pyuresi — 6 oylikdan;
3 Bo‘tqalar — 7 oylikdan;
4 Achitqili sut mahsulotlari — 7—8 oylikdan;
5 Go‘sht pyuresi — 7—8 oylikdan;
6 Baliq pyuresi — 9 oylikdan.

👉 @anvar_pediatr
Malochnitsa: Ogʻiz boʻsgligidagi oq dogʻlar

Baʼzan bola hayotining 5-15 kunlarida til oqarishi kuzatiladi. Buning sababi oddiy- chaqaloqning sut bilan ozilanadi. Uning tilida sut qoldiqlari qoladi. Bu esa til oqarishiga olib keladi. Buni oldini olish uchun har emizgandan keyin bolaga bir choy qoshiq da suv🥄💧 ichirib turish kerak. Suv ogʻizdagi sut qoldiqlarini yuvib ketib til oqarishiga yoʻl qoʻymaydi🙅

Lekin bu oqarishlar faqat sut qoldiqlari boʻlmasligi mumkin. Agar bolani tilidan tashqari yana  lunji, tanglayli, ichki lablarida oq dogʻlar boʻlsa bu bolada ogʻiz boʻshligʻi zamburugʻlari bilan zararlanganligini anglatadi. Buni "malochnitsa" ham deyishadi.
Bunda bolalar :
✓emishga qiynaladilar
✓koʻp yegʻlaydilar
✓emib turib yegʻlashga tushadilar.
Koʻpincha malochnitsa boʻlgan bolalarda jinsiy aʼzolarning  qizarishi yoki "taglik allergiyasi" ham kuzatiladi. 🙆 Bu vaziyat onaning havotirlnishiga asos boʻladi.

Malochnitsa goʻdak organizmiga qanday tushadi?
U asoson onadan yuqadi. Bu normal hol hisoblanadi. Agar onada homiladorlik paytida qin sohasida malochnitsa yuzaga kelgan boʻlsa tugʻush paytida bu bolaga yuqadi. Bolaning organizmi bunday zamburugʻ bilan kurashishga juda ojizlik qiladi. Kasalik asoratlari bola hayotining 5-15 kunida yuzaga chiqadi.
👉Yana toza yuvilmagan va sterilizatsiya qilinmagan
soʻrgʻich, butulka, qoshiq orqali ham infeksiyalar yuqushi mumkin.
👉Yana bola antibiotiklar qabul qilishi natijasida imunitet tushishi va organizmda zamburugʻ lar rivojlanishiga sharoyit yaratib berishi mumkin.

📌Bunday boʻlmasligi uchun nima qilish kerak?

✔️Eng avvalo homiladorlik davrida ayol sogʻligʻiga  yaxshi eʼtibor berishi, gigiyena qoidalariga toʻgʻri amal qilishi, vitaminlarga boy boʻlgan mahsulotlar bilan oziqlanishi kerak.
✔️Bola tugʻulgan zahoti uni emizish kerak. Bu bola organizmida ilk imunitetni hosil qiladi.
✔️Bola parvarishida gigiyenaga eʼtibor berish taglik almashtirganda va emizishdan oldin ona qoʻllarini yuvishi lozim. Boshqalarga ham qoʻllarini yuvganlaridan keyin chaqalogʻingizni berishingizni ayting. Uyalmang. Ahir farzandingiz salomatligi har narsadan ustunku.
✔️Soʻrgʻich, butulka umuman bolaga ishlatadigan idishlarni tez tez sterilizatsiya qilish kerak
Agar  sizning ham farzandingiz tilida oq dogʻlar paydo boʻlganini koʻrsangiz toza sterilangan marlini qaynagan suvga botirib,dogʻni artib koʻring agar dogʻlar artilsa, ularning tagida qizarish alomatlari boʻlmasa bu oddiy sut qoldiqlari boʻladi. Havotirga oʻrin yoʻq.
Agar chaqalogʻingiz emganda bezovtalansa, koʻp yegʻlasa, ogʻiz boʻshligʻi oqarganini va artganingizda oq dogʻlar tagi qizarganini koʻrsangiz shifokor pediatrga murojaat qiling. Odatda bunday dogʻlarni 2% choy sodasi eritmasi bilan artish maslahat beriladi. Bu yaxshi samara beradi.
Malochnitsa qaytalamaslik uchun albatta gigiyena qoysalariga amal qiling.

👨‍⚕ @anvar_pediatr
Боланинг тезроқ равон гапириши учун  - педиатр Комаровский маслаҳатлари

📋 Бунинг учун:
1️⃣ Бола билан ҳомиладорлигингиздан бошлаб суҳбатлашишни бошланг.

2️⃣ Бола тилида суҳбатлашманг.
Бола 6 ойдан ўтгач у билан  оғизни чўччайтириб "ширингина" гапиришнинг фойдаси йўқ.

3️⃣ Боланинг кўзларига қараб гапиринг. Ота-она гапираётганида бола унинг лаб қимирлашини кузатади, шу йўл билан унинг тили чиқиши осонлашади.

4️⃣ Болага кўп савол беринг.
Бола жавоб бера олмаган тақдирда ҳам, унга савол беришга одатланинг.

5️⃣ Болага кўп эртак ўқинг.
Китобдаги янги сўз ва иборалар болани тили чиқишида муҳим аҳамиятни касб этади.

👉 @anvar_pediatr
LARINGIT KASALLIGI HAQIDA

👨‍👧‍👦Bolalarda laringit – hiqildoq shilliq qavatlari va ovoz boylamlarining yalligʻlanishidir. Laringit kasalligi koʻproq erta yoshdagi va maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarda uchraydi. Laringit bolalarda kam holatlarda yagona kasallik sifatida namoyon boʻladi, koʻpincha traxeit va bronxit bilan birgalikda – laringotraxeobronxit koʻrinishida kechadi.

🔴Bolalarda oʻtkir laringit natijasida nafas yoʻllarining yuqori qismlari obstruksiyasi (yopilib qolishi) kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish talab etiladi. Yuqorida keltirib oʻtilgan laringit belgilari kasallikning jiddiy ekanligi va ota-onalar, pediatr va bolalar otolaringologi eʼtiboridan chetda qolmasligi zarur.

👉
@anvar_pediatr
Qaysi holatlarda bolani darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur?

📌Bolani tutqanoq tutib qolsa(Epilepsiya)
📌Tana harorati ko‘tarilsa
📌Bolaning ichi qora rangda kelsa yoki najasida qon bo‘lsa
📌Kuchli qusish bo‘lsa(fontansimon)
📌Ovqatlanish vaqtida doim yo‘talsa
📌Biror jismni yutib yuborsa
📌Najas rangi yashil va qo‘lansa hidli bo‘lsa
📌Qusuq massasining rangi yashil yoki to‘q sariq bo‘lsa

👉 @anvar_pediatr
Massaj qaysi kasalliklarda buyuriladi?

📌Mushaklar gipertonusi
📌Yassi oyoqlik
📌Raxit
📌Chanoq-son displaziyasi
📌Qiyshiq bo‘yinlik
📌G‘ilaylik
📌O‘pka-bronx kasalliklarida
📌Skolioz
📌Nevrologik buzilishlarda
📌Jismoniy rivojlanishdan orqada qolish
📌Ichak kolikasida
📌Travmalarda(sinish, chiqish)

👉 @anvar_pediatr
Chaqaloqlarda qorin dam boʼlishi sababi nima?

📌Ichaklarda gaz hosil boʼlishi – organizm uchun normal holat hisoblanadi. Gazlar oshqozon-ichak tizimida quyidagi sabablar natijasida paydo boʼladi:

📌Bolakay emish vaqtida havo yutishi;

📌Kislotali oshqozon shirasi ichakka tushishi va ichakda oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan fermentlar natijasida neytrallanishi;

📌Аyrim bakteriya mikroflorasi koʼpayishi natijasida ovqat mahsulotlarining parchalanishi.

👉 @anvar_pediatr
UY SHAROITIDA KINDIK YARASINI QANDAY PARVARISH QILISH LOZIM?

Kindik yarasi chaqaloqning zaif joyidir, unga infeksiya tushib qolish ehtimoli yuqori, shuning uchun chaqaloqqa malakali parvarish zarur.

Biz Pediatrlar kindikni quyidagi vositalar bilan parvarishlashni tavsiya etamiz:

Vodorod peroksid (3% eritma);
Spirtli suv eritmasi (1% li brilliant yashili);
Moychechak eritmasi.

Muolaja o’tkazish uchun steril paxtali diskchalar, paxtali tayoqchalar, pipetka va salfetka kerak bo’ladi. Tug’ruqxonadan javob berilganda keyin birinchi haftada kindikka kuniga 2 marta(ertalab va kechqurun) ishlov berish tavsiya etiladi. Juda tez-tez parvarish choralari chaqaloqning nozik va sezgir terisida ta’sirlanish keltirib chiqarishi mumkin.

Muolaja chaqaloqni cho’miltirishdan so’ng amalga oshirilishi kerak, cho’miltirish vaqtida esa kindikni moychechak eritmasi bilan yengil yuvish mumkin.
Vodorod peroksid eritmasiga botirilgan paxtali tayoqcha bilan yara joyi yengillik va muloyimlik bilan artib chiqiladi. Agar peroksid ko’pirib, shivillagan ovoz chiqarsa, vahima tushmang, bu infeksiya borgini anglatmaydi, shunchaki kindikda qon qoldiqlari borligidan dalolat beradi, buning xavfli joyi yo’q.

Artib bo‘lingandan keyin, yara joyi paxtali diskcha yoki quruq mato yordamida yaxshilab quruq qilib artib olinishi zarur. So’ng yaraga brilliant yashili eritmasi surtiladi, u yarani quritadi va infeksiyalanish xavfini kamaytiradi. Eritmani surtganda yaraning holati ko’rinadigan bo’lib qolishi kerak. Bundan tashqari, uni haddan tashqari ko’p surtish bolaning terisini kuydirishi mumkin, shuning uchun bu masalada juda ehtiyot bo’lish kerak.

Qachon pediatrga murojaat qilish kerak?

👨‍⚕Quyidagi holatlarda Pediatr ko‘rigi juda zarur:

🔴Kindik doimo nam bo’lsa;
🔴Ajralayotgan suyuqlikdan yoqimsiz hid kelsa;
🔴Yara atrofidagi teri qizarib ketsa;
🔴Bola kuchangan paytda kindik kattalashsa;
🔴Kindikdan qon aralash ajralmalar kelsa.

Agar biron bir muammo aniqlansa, darhol bolani pediatr ko‘rigiga olib boring, pediatr yangi tug’ilgan chaqaloqning kindigini qanday parvarish qilish kerakligini batafsil ko’rsatib tushuntirib beradi.

❗️Esda tuting! Kindik yarasiga infeksiya tushishi sepsisga va boshqa og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin!

👉
@anvar_pediatr
Chaqaloqlarda vaksinatsiya jarayonlari va emlanish vaqti

🟢Tugʻilgan paytda: Gepatit B
🟢1 oyligida: Gepatit B
🟢2 oyligida: DTPa–Polio–Meningit
🟢3 oyligida: Silga qarshi
🟢4 oyligida: DTPa–Polio–Meningit
🟢 6 oyligida: DTPa–Polio–Meningit, Gepatit B
🟢12 oylik: Qizamiq, Qizilcha, Tepki
🟢18 oylik: DTPa–Polio–Meningit
🟢24 oylik: Gepatit A yoki aralash Gepatit A & B
🟢30 oylik: Gepatit A
🟢4-6 yil: DTPa–Polio–Meningit, Qizamiq, Qizilcha, Mumps

❗️Agar meningit (HIB) vaktsinalari birinchi 6 oy davomida boshlanmagan bo'lsa, 6 oydan 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga 2 ta HIB dozasini yuborish va 1,5 yoshida takrorlash tavsiya etiladi. Agar meningit (HIB) vaktsinalari 1 yoshgacha bajarilmagan bo'lsa, 1 yoshga kelib bitta dozani berish kerak.

👉 @anvar_pediatr
Неонатал талвасалар (судорги) давоси ва оқибати

📌Патологик синдром даво муолажалари шифохона реаниматсия бўлимида, доимий шифокорлар назорати остида ҳамда нафас олишни рағбатлантириш йўли билан олиб борилади. Симптоматик даво сифатида талвасага қарши препаратлар буюрилади. Бу каби муолажалар ўтказилиши бола ҳаёти учун жуда муҳим. Чунки талваса хуружлари бола ҳаётига жиддий хавф туғдиради. Болада қанча кўп марта талваса хуруж қилса, бола организми учун шунча кўп зарар етади ва келажакда болада асоратлар келиб чиқиш хавфи ҳам ошиб бораверади. Бир вақтнинг ўзида этиотроп даво ҳам ўтказилади: антибиотик ва вирусларга қарши препаратлар, жароҳат ва қон қуйилишларни жарроҳлик йўли билан бартараф этиш, метаболик ўзгаришларда махсус воситалар буюриш каби чора тадбирлар.

📌Неонатал талвасалар оқибати кўпинча – салбий. Гипокалсиемия билан боғлиқ бўлган талвасалар самарали даволаниши мумкин. Бош миядаги ҳар қандай касалликлар бола ҳаётида ижтимоий муаммолар, ақлий ривожланишда ортда қолиш ва ногиронликка сабаб бўлиши мумкин. Талвасалар билан боғлиқ ҳолатларда ўлим – бош мия йирик жароҳатлари ва қон қуйилишлари, ривожланишдаги жиддий нуқсонлар ва септик асоратларда кузатилади. Неонатал талвасалар келиб чиқишининг олдини олиш учун она ва ҳомиладаги асосий касалликни даволаш керак бўлади.


👉 @anvar_pediatr
Чақалоқлар нега чўчиб уйғонади?

Фарзанд илк туғилганида унинг барча хатти-ҳаракатлари ҳамманинг эътибор марказида бўлади. Ота-оналар дилбандларини кузатиш жараёнида баъзи қилиқлар хурсанд қилса, баъзилари ташвишга солади. Айниқса, кичкинтой ширин ухлаётган паллада чўчиб тушса, бундан оила аъзолари ташвишланади.

Чақалоқларнинг уйқудан чўчиб уйғонишининг сабаблари:

Шифокорлар, мана шундай ҳолатлар кўпроқ муддатидан аввал туғилган чақалоқларда кузатилишини айтишади. Ота-оналарнинг хавотирлари бунга сабаб бўлмаслиги керак;

Болалар кўп меҳнат қилишлари лозим. Фаоллик ҳамма кичкинтойга ижобий таъсир кўрсатади. Ҳаракатсиз кичкинтойлар эса тез-тез уйғонаверадилар;

Гўдак бачадондалигидаёқ ташқи оламга нисбатан ҳиссий алоқа ўрнатади. Бу шунингдек, сезиб туришнинг сабабларидан бири бўлиши мумкин. Бола, ҳатто, турли ҳиссиёрлардан бир неча марта уйғонади. Агар дам олиш вақтида 10 мартадан кўп чўчиб тушмаса, сиз ҳечам ташвишланманг.

Болаларнинг мушаклари, катталар сингари, ухлаб ётганда кескин камаяди, бунинг оқибатида улар қўрқув ҳиссини бошдан кечирадилар. Мана шундай ҳодисалар, албатта, ички кечинмага боғлиқ. Сабаби бундай пайтда гўдак ташвишли ҳиссиётга берилган бўлади.

Чақалоқлар ҳеч нарсани тушунмайди, деб ўйламанг. Уларда сезиш ҳисси жуда ҳам кучли. Айниқса, улар меҳр-муҳаббатни ич-ичларидан пайқайдилар.

Доим соғ бўлинг!

👉 @anvar_pediatr
Chaqaloqlarda ogʻiz oqarishi sabablari

📌Ichak bilan bog‘liq muammolari bor go‘daklarda ko‘pincha og‘iz oqarishi kuzatilib, bu jarayon og‘iz bo‘shlig‘ining moslashuv holati bilan izohlanadi. Ammo ayrim vaqtlarda bunga og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga infeksiya tushishi ham sabab bo‘ladi. Chaqalog‘ingizning og‘zi oqarganini sezsangiz, qaynatib ilitilgan suvga sterillangan bintni namlab, og‘iz bo‘shlig‘ini asta arting. Oqarish tez-tez takrorlanib, bolada bezovtalik, ishtaha pasayishi bilan kechsa, albatta shifokorga ko‘rining.

👉 @anvar_pediatr
Боланинг сут тишлари неча ойликдан чиқа бошлайди?

🦷 6-12 ой —пастки марказий кесувчи тиш
🦷 8-12 ой — юқори марказий кесувчи тиш
🦷 9-13 ой — юқори ён кесувчи тиш
🦷 10-16 ой — пастки ён кесувчи тиш
🦷 13-19 ой — юқори биринчи озиқ тиш
🦷 14-18 ой — пастки биринчи озиқ тиш
🦷 16-22 ой — юқори қозиқ тиш
🦷 17-23 ой — пастки қозиқ тиш
🦷 23-31 ой — юқори ва пастки иккинчи озиқ тиш

Шундай қилиб, боланинг 2,5-3 йиллик ҳаёти давомида 20 дона сут тиши чиқиб улгуради.

📌 Маълумот ўрнида: Сут тишларининг кеч чиқиши ёки вақтидан олдинроқ чиқиши ҳам мумкин.

👉 @anvar_pediatr
Kanalni instagramda kuzating va oʻzingizni qiziqtirgan savollaringizni qoldiring.

http://www.instagram.com/invites/contact/?i=1uo8ufplf5i9m&utm_content=pk8wn2x
Совуқ кунларда бош кийим кийиш қанчалик муҳим?

🔹Дунёнинг энг машҳур мутахассислари совуқ кунларда бош кийим нега зарурлигини изоҳлашди.

🌡 Ҳарорат минусга ўтиши билан бошдаги соч структуралари ўзгаради. Соч совуққа ўта таъсирчан ҳисобланиб, -1° ни -5° дек қабул қилар экан.

✔️ Бош кийим кийилмаса, соч илдизидаги қон томирлар кескин қисқаради ва қон айланиши кескин пасаяди. Соч тўкилиши битта хавф бўлса, қазғоқ билан касалланиш яна бир хатардир.

🌡 Ҳарорат +5° бўлгандан бошлаб, бош кийим кийиш зарур. Болаларга +10° да ҳам кийгизган маъқул.

👉 @anvar_pediatr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Чақалоқлардаги физологик тонус туфайли қўллари мушт ҳолида дунёга келади.
Ва 1-2 ойгача бармоқлари муштида йиғилиб туради.
Чақалоқларнинг илк массажини улар 1 ойлик бўлгач уларнинг кафтларидан бошлаш мумкин. Буни массаждан кўра кўпроқ силашга ўҳшайди. 
Буни онанинг ўзи ҳам қилиши мумкин. Кафт-бармоқ силаш массажи чақалоқларда мишакларни бўшаштириб тонусни туширади.

Видеода кўринг 👆🏻

👉 @anvar_pediatr
Bolamning burni bitadi. Nima qilsam boʻladi?

Bolalarda burun bitishining sabablari koʻp. Ular quyidagilar:
• har qanday turdagi allergiyalar;
• sunʼiy oziqlantirish;
• tez-tez virusli infeksiyalar bilan kasallanish;
• burun yoʻllaridagi yot jismlar;
• havoning ifloslanishi - passiv chekuvchi, yaʼni chekuvchi atrofidagi tutundan nafas olish.

Bolalarda burun bitishining asosiy belgilari:
• burun orqali nafas olishdagi qiyinchiliklar;
• bolaning kechasi tez-tez uygʻonishi;
•  bola ishtahasining pasayishi;
• holsizlik va tez charchash

👉 @anvar_pediatr
BOLALARDA QORIN DAM BO’LISHINI DAVOLASH

Chaqaloqlarda qorin dam bo’lishini yengillashtirish uchun davolash turli usullar bilan amalga oshiriladi.

Gazlarni turli xil usullardan tozalashga yordam beradigan o’simlik (zira, oddiy fenxel, shivit, kashnich) asosli bir qator tibbiy vositalar, shuningdek yel haydovchi vositalar, ichak spazmini oldini olish uchun spazmolitiklar, ichak motorikasini faollashtiruvchi preparatlar, disbakteriozga qarshi lakto- va bifidobakteriyalar mavjud. Medikamnetoz davolash to’g’risida qaror qabul qilish uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.

👉 @anvar_pediatr
📌Bola nechi oydan boshlab boshini ushlay olishi kerak?

Yangi tu'gilgan chaqaloq mustaqil ravishda boshini ushlay olmaydi, shuning uchun uni emizganda, ko'targanda bo'ynidan boshini ushlab turish lozim.

Qachondan boshlab bola boshini ko'taradi?


Normada, bola tug'ilganidan so'ng 2-3 haftalarda qorniga yotganda boshini ko'tarishga harakat qila boshlaydi. Ko'tara olganda, bu holatda bir necha soniya (30-60 soniya ) tura oladi.
Uchinchi oyga kelib, chaqaloq qorinda yotganida boshini bemalol ko'tarishni boshlaydi. Ko'targanda ham ushlay olishi mumkin, lekin baribir bu davrda bolani bo'yni va boshini ushlab turish kerak, chunki bo'yin mushaklari hali yetarlicha rivojlanmagan.
To'rtinchi oyga kelib bolaning bo'yin mushaklari ancha mahkamlanadi, endi u mustaqil ravishda bemalol boshini yonga qaratadi va ko'targanda ushlay oladi. Qorinda yotganda esa, ko'krak qismini ham ko'tarishni boshlaydi.

👉 @anvar_pediatr
Bolalarda qorin dam bo‘lishini kamaytiruvchi Simetikon (Bobotik, Espumizan, Kolikvel) tarkibli tomchilar qanday dozalarda beriladi?

🟢Bola hayotining 28 kunidan 2 yoshgacha kuniga 8 tomchidan (20 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

🟢2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 14 tomchidan (35 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

🟢6 yoshdan katta bolalarga va kattalarga 16 tomchidan (40 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

❗️Ushbu  preparatlarni faqat vrach Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llang!

Doʻstlarga ulashing:

👉 @anvar_pediatr