PEDIATR MASLAHATI
8.69K subscribers
1.46K photos
39 videos
13 files
112 links
Kanalda bolalar salomatligiga doir va bolalar parvarishi haqida maʼlumotlar berib boriladi.

✍️ Admin:
@Pediatr_A
Download Telegram
Vitamin D3 (Xolekalsiferol) tomchilari

Ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
-suvli eritmasi(akvadetrim,koledan)
-moyli eritmasi(vigantol)

Ko‘pincha yoz oylarida suvli eritmasi, qish oylarida esa moyli eritmasi buyuriladi. Ingichka ichakda suvli eritmasi moyliga nisbatan yaxshiroq so‘riladi

1 ml eritmada 30 tomchi saqlaydi. 1 tomchi eritmada 500 XB vitamin D3 bo‘ladi.

Profilaktika uchun 1 oylikdan 2-3 yoshgacha 1-2 tomchidan buyuriladi. Yoz oylarida 1 tomchigacha kamaytiriladi.

Raxitni davolash uchun 2 dan 10 tomchigacha kasallikni og‘irlik(I, II va III) darajasiga qarab 4-6 hafta davomida buyuriladi.
Suyakdagi yaqqol o‘zgarishlarda 10 tomchi buyuriladi.

Preparat ertalab (8:00 gacha) 1 qoshiq suyuqlik(suv, sut) bilan beriladi.

❗️Yuqoridagi dozalar faqat  ma’lumot uchun berildi. Bolaga preparatni berishdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashish zarur.

👉
@anvar_pediatr
LARINGIT KASALLIGI HAQIDA

👨‍👧‍👦Bolalarda laringit – hiqildoq shilliq qavatlari va ovoz boylamlarining yalligʻlanishidir. Laringit kasalligi koʻproq erta yoshdagi va maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarda uchraydi. Laringit bolalarda kam holatlarda yagona kasallik sifatida namoyon boʻladi, koʻpincha traxeit va bronxit bilan birgalikda – laringotraxeobronxit koʻrinishida kechadi.

🔴Bolalarda oʻtkir laringit natijasida nafas yoʻllarining yuqori qismlari obstruksiyasi (yopilib qolishi) kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda tez tibbiy yordam koʻrsatish talab etiladi. Yuqorida keltirib oʻtilgan laringit belgilari kasallikning jiddiy ekanligi va ota-onalar, pediatr va bolalar otolaringologi eʼtiboridan chetda qolmasligi zarur.

👉 @anvar_pediatr
Болаларда иситма туширишда қўлланиладиган воситалар

Сироплар:
🔹Ибуфен Д
🔹Синепар ибу кид
🔹Нурофен
🔹Парацетамол
🔹Ибупрофен

Свечалар:
🔹Цефекон
🔹Панадол
🔹Парацетамол
🔹Ибупрофен

👉 @anvar_pediatr
📌Bola nechi oydan boshlab boshini ushlay olishi kerak?

Yangi tu'gilgan chaqaloq mustaqil ravishda boshini ushlay olmaydi, shuning uchun uni emizganda, ko'targanda bo'ynidan boshini ushlab turish lozim.

Qachondan boshlab bola boshini ko'taradi?

Normada, bola tug'ilganidan so'ng 2-3 haftalarda qorniga yotganda boshini ko'tarishga harakat qila boshlaydi. Ko'tara olganda, bu holatda bir necha soniya (30-60 soniya ) tura oladi.
Uchinchi oyga kelib, chaqaloq qorinda yotganida boshini bemalol ko'tarishni boshlaydi. Ko'targanda ham ushlay olishi mumkin, lekin baribir bu davrda bolani bo'yni va boshini ushlab turish kerak, chunki bo'yin mushaklari hali yetarlicha rivojlanmagan.
To'rtinchi oyga kelib bolaning bo'yin mushaklari ancha mahkamlanadi, endi u mustaqil ravishda bemalol boshini yonga qaratadi va ko'targanda ushlay oladi. Qorinda yotganda esa, ko'krak qismini ham ko'tarishni boshlaydi.

👉 @anvar_pediatr
​​ Go‘dakning ichi qotganda qanday yo‘l tutish kerak?

💭 Ich qotishining oldini olish uchun har bir ona quyidagi maslahatlarga amal qilishi zarur:

Chaqaloqni to‘ydirib emizing, qorni och qolmasin;

Chaqaloqni ko‘pincha qorni bilan yotqizib qo‘ying;

Bolani qo‘ltig‘idan ushlab tanasini harakat qildirish kerak;

Ichak faoliyatini yaxshilash uchun chaqaloqqa vrach bilan maslahatlashgan holda vitaminlar berib turish mumkin;

Bolaning qornini soat mili bo‘yicha asta-sekin silang.

👉 @anvar_pediatr
​​Болани ўтиришга мажбур қилиш унинг умуртқа поғоналарига салбий таъсир қилиши мумкин.

Бола одатда 7 - 9 ойлардан ўтиришга ҳаракат қилади ва  бемaлол эмаклаши мумкин. Эрта эмаклаган болалар   кечроқ юриши, кеч ёки умуман эмакламаган болалар эртароқ юриши кузатишлардан маълум.

Эндигина бир нарсаларни ушлаб туришни ўрганган бола яна қайтиб ўтиришни билмайди. Хушёр бўлинг, унинг чарчаб қолишига йўл қўймант.

Бола тик туришни ўрганиши билан ота-оналар махсус аравача «ходунка» га солиб юришни ўргатмоқчи бўладилар.

Лекин, бу арвача оёқларнинг қийшиқ ўсишига олиб келади, қолаверса, жинсий аъзоларга салбий таъсир қилиши мумкин.

Одатда 12- 15 ёшдан юриши керак бўлган гўдак  тасодифан йиқилиб тушса ёки бетоб бўлиб қолса, юриши 2 -3 ойга кечикади, 9- 10 ойда юриб кетган болалар агар улар мустақил ўрганган бўлсалар, ҳавотир олманг, унинг суяклари ўз гавдасини кўтаришга қодир бўлади.

Болангиз  тик туришни ўрганиши билан уни травматолог-ортопедга кўрсатинг, шунда маймоқлик, ясси оёқлик, рахит касаллиги туфайли суяк қийшайишларини олдини олган бўласиз.

👉 @anvar_pediatr
​​Болани бешикка белаш зарарлими?

Ассалому алайкум! Болани йўргаклаш бола саломатлиги учун хавфсизми? Бешикка белашчи?

Шифокор жавоб беради:
–  Ва алайкум ассалом.
Бу борада болалар шифокори Феруза Жабборованинг тавсияларини иқтибос қилиб келтираман:
Янги туғилган чақалоқни сиқиб йўргаклаб бўлмайди.
Чунки уни сиқиб йўргаклаганда:
– Диафрагманинг ҳаракати чекланади ва ўпкада ҳаво алмашиши пасаяди;
– тананинг турли қисмларига қон оқиб келиши ёмонлашади;
– чақалоқ танаси ва йўргаклар орасидаги юпқа ҳаво қатлами иссиқликни тутиб туриш имконини бермайди;
– гўдак ҳаракатларининг чеклаб қўйилиши иссиқлик ишлаб чиқаришни пасайтиради;
– оёқ ва қўллар ҳаракатининг чекланиши асаб-мушак координациясининг ривожланишига тўсқинлик қилади;
– чақалоқни боши билан бирга сиқиб йўргаклаш, унинг кўкракдан овқатланишини қийинлаштиради. Чунки у эмиши учун оғзини катта оча олмайди;
– сиқиб йўргакланган бола кўп ухлайди ва шу билан эмишдан бош тортади.
Бешик масаласига келсак, тўғри ишлатилганда бешикнинг салбий таъсири йўқ. Қуйида бешикни нотўғри қўллаш оқибатида келиб чиқиши мумкин бўлган салбий ҳолатларни келтириб ўтамиз:
– боланинг узлуксиз, узоқ вақт бешикда ётиши зарарли. Кун бўйи бешикда ётиш натижасида, қиш ва куз ойларида бола терисига ёруғликнинг тушиши камаяди. Бу терида Д витамини синтез бўлишига тўсқинлик қилади ва рахит касаллигини келтириб чиқаради. Касаллик натижасида бола организмида калций алмашинуви бузилиб, суяклар юмшоқлашади, бошнинг энса қисми текисланади. Суяклар қийшиқ ўсиши кузатилади;

– бешикдаги болани бир томонга қаратиб эмизиш туфайли кўпинча бирламчи бўйин қийшиқлиги келиб чиқади;
– бешикни қаттиқ ерга эмас, кўрпача устига қўйиб тебратиш керак;
– бешикда бола фақат ухлайдиган пайт ётгани маъқул. Уйғоқ маҳалда уни қўлга олиб орқаларини оҳиста уқалаш ва ўйнатиш керак;
– бешикни офтоб тушадиган жойга қўйиш ёки гўдакни маълум пайтларда офтобга олиб чиқиш лозим;
– болани бешикда ётган ҳолда эмизмаган маъқул. Агар шундай қилишга тўғри келса, галма-галдан икки томондан эмизиш керак;
– бешикни оҳиста тебратиш лозим. Тез ёки қаттиқ тебратиш бола учун хавфли;
– чақалоқни бир ёшгача ёки ўзи мустақил юрадиган бўлгунча бешикка белаш тавсия этилади. Бу пайтга келиб болада пешобни назорат қилиш қобилияти шаклланган бўлади;
– сумак гигиеник талабларга риоя этилмаган ҳолатларда ишлатилганда ташқи жинсий аъзоларда контакт дерматитлар келтириб чиқариши мумкин. Шу боис сумакни ишлатишдан олдин юмшоқ бўлиши учун ёғга ботириб олиш, уни тозалаб, гигиенага эътибор бериш лозим;
– бешик юзини сунъий матодан тикилган қалин пардалар билан ёпиш қатъиян ман этилади.
– бешикни иситиш ускуналари ёнига қўймаслик керак. Қуруқ ҳавода ион таркиби бузилиб, болага ноқулайлик туғдиради;
– вақти-вақти билан бешик пардаларини очиб, ўрин-кўрпачаларни шамоллатиб туриш талаб этилади;
– қовуз кўрпачаси пахтадан ва юпқа бўлишига аҳамият бериш лозим. Чунки боланинг тўшаги ўта юмшоқ бўлмаслиги керак;
– бироқ бош қисмига юмшоқ ёстиқ қўйиш боши «пачоқ» бўлиб ўсишидан сақлайди;
– хатна қилинган гўдакни бешикка сумаксиз белаш керак;
– оёқ ва қўлбоғларни жуда қаттиқ боғламасликка ҳам алоҳида эътибор қаратиш лозим.
Чаноқ-сон бўғими дисп­лазияси (нотўғри ўсиш) билан туғилган болаларни бешикка беламаслик керак. Чунки шифокорлар бундай болаларнинг оёқлари бириктирилмаган ҳолда очиқ туришини тавсия этишади. Болада бундай туғма касаллик бор-йўқлигини билиш учун ортопед кўригидан ўтказиш лозим. Туғма юрак пороги бўлган болаларда баъзан нафас олиши қийинлашиши ҳолатлари учрайди. Шунинг учун уларга ҳам бешик тавсия этилмайди. Кўпинча катта вазндаги чақалоқлар туғилиш жараёнида бош суяги деформацияланади. Натижада, бош суяги ичидаги қон босими баланд бўлади. Улар бешикка беланса, бешикни тебратмаслик ёки оҳиста тебратиш лозим

👉 @anvar_pediatr
🍼So‘rg‘ichlar

Lateksli so‘rg‘ichlarni tanlashda yuqori sifatli taniqli brendlarga mansub bo‘lganini tanlash zarur. Sifatsiz lateks o‘zidan kanserogen moddalarni chiqarish xususiyatiga ega.
Silikonli so‘rg‘ichlar sun’iy materialdan tayyorlanadi. Silikonli sorg‘ichning asosiy xususiyati bolada unga allergiya bo‘lmaydi, chunki silikon lateksdan farqli ravishda sun’iy moddadir. Silikonli so‘rg‘ich lateksli so‘rg‘ichdan ko‘ra uzoqroq muddatga yaroqlidir.

So‘rg‘ichni shakliga qarab farqlash:

🍼Oddiy so‘rg‘ich — asosan lateksdan tayyorlangan bo‘lib, ona ko‘kragi shaklida bo‘ladi. Uning uchi kattaroq va dumaloq shaklga ega bo‘ladi.

🍼Anotomik so‘rg‘ich — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan. Uning uchi biroz ezilgan shaklga ega bo‘lib, chaqaloq tanglayiga taqalib turadi.

🍼Ortopedik so‘rg‘ich — tomchi shaklini eslatadi. Bu shakldagi so‘rg‘ichlar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini butunlay qoplamaydi, natijada tish va jag‘ deformasiyalanmaydi.

👉 @anvar_pediatr
CHAQALOQLAR TERISINI PARVARISH QILISH ​​

Chaqaloqlarni terisi nozik va parvarishga muhtoj boʻlgani uchun ularni choʻmiltirishda bolalar shifokori tabiiy dorivor oʻtlardan tayyorlangan damlamalar bilan choʻmiltirishni tavsiya etishadi.
Bu oʻtlar orasida eng koʻp tavsiya etiladigani ramashka (moychechak) va sachratqi (chereda).
Bu ikki oʻsimlik bolalar teriga qanday taʼsir qilishi haqida toʻliqroq maʼlumotga egamisiz?

🌿RAMASHKA GULI (moychechak damlamasi)
✔️Mushaklar tonusini pasaytiradi
✔️Asab tizimini tinchlantiradi
✔️Yaligʻlanishi bartaraf etadi
Ishtahani ochadi
✔️Qichishish va qizarishlarni oldini oladi.
☝️Ramashka damlasi solingan suvda choʻmilgan chaqaloqlarni ishtaxasi ochilib yaxshi ovqatlanadi va tinch uhlashi isbotlangan

🍃CHEREDA (sachratqi) oʻti damlasi
✔️ teridagi toshmalarni davolaydi
✔️Qizarish va qichishishni kamaytiradi.
✔️Asab tizimini tinchlantiradi
✔️Diatez va dermatitda yaxshi foyda beradi
☝️Lekin, kichkintoy terisini qurutib yuborishi mumkin.

👉 @anvar_pediatr
Bolalarga soʼrgʻich kerakmi? Siz nima deb oʻylaysiz?

Aslida soska, soʻrgʻichlar nima uchun kerak?

Bolalarga soʻrgʻichlar kerakmi yoki onalargami?


Ona suti bilan oziqlanadigan bolalarga soʻrgʻich kerak emas. Soʻrgʻichlar bolani koʻkrakni samarali emishiga halaqit beradi. Smes ichadigan bolalarga esa soʻrgʻichlar kerak. Chunki bolada soʻrish refleksi mavjud. Sunʼiy ovqatlantiriladigan bolalar birgina butulkada smes ichib bu hohishlarini qondira olmaydilar. Shunda ularga soskalar yordamga keladi.  Soʻrgʻichlar aynan sunʼiy ovqatlantiriladigan bolalar uchun ixtiro qilingan. Ona suti emadigan bolalarda esa bunga hojat yoʻq. Chunki soʻrish refleksini qondirish uchun ularda onajonlarini koʻkraklari yetarli. Soʻrgʻichlar rostan ham bolani samarali emishiga halaqit beradi.

Soʼrgʻich soʻradigan bolalarning onalari quydagi vaziyatlarga duch kelishi mumkin:
🔽bola koʻkrakni notoʻgʻri olishi, buni natijasida onada koʻkrak uchi yorilishi kuzatiladi
🔽bolada vazn qoʻshilishini kamayishi
🔽koʻkrakda sutning kamayishi
🔽bolani tez tez qusishi
🔽emishdagi bezovtalik yoki umuman koʻkrakni olamaslik
🔽emizishni erta yakunlanishi

“Man bolamni ham emizganman ham soska berganman. Manda hech qanday muammolar boʻlmagan" deydigan onalar ham topiladi. Toʻgʻri ba’zilarda bu borada hech qanday muammo boʻlmagan boʻlishi mumkin. Lekin esdan chiqarmang har bir bola individualdir. Agar sizda yuqoridagi muammolar kuzatilsa yoki shubhalantirsa soʻrgʻichlardan voz kechkaningiz ma’qul
Yoʻq man bolamni soʻrgʻichga oʻrgataman desangiz unda buni bola 2 oyligidan keyin qilishni tavsiya etamiz. Chunki 2-3 oygacha bolada emish mehanizomlari toʻliq rivojlanib ulguradi. Soʻrgʻichlar esa qaysidir ma’noda bunga halaqit berishi mumkin.

👉 @anvar_pediatr
Yassioyoqlik

Yassioyoqlikda qaysi shifokorga murojat qilish kerak?

Ortoped shifokorga

Yassioyoqlikni qanday aniqlash mumkin?

Oyoq panjasining gumbazi yalpayib, tekis bo‘lib qoladi.

Bolalarda yassioyoqlik jiddiy muammo hisoblanadi. Kichkintoylarda ushbu holatning tug‘ma ko‘rinishini besh yoshgacha aniqlash qiyinchilik tug‘dirganligi sababli shifokorlar profilaktika maqsadida bolalarning oyoq kiyimiga ortopedik moslamalarni solishni tavsiya etishadi. Bunday moslamalar bolaning o‘sayotgan oyog‘ini to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi va yassi oyoqlik vujudga kelishining oldini oladi.

📌Yassi oyoqlikni kompyuter podometriya (oyoq izlari surati) yordamida aniqlash mumkin.

👉 @anvar_pediatr
Витаминлар ва уларни қаердан топиш мумкин. Эслатма бўйича!

А - сабзи, цитрус мевалари, сариғёғ, пишлоқ, тухум.
Д - сут, тухум, Қуён жигари, ёғли балиқ.
Э - маккажўхори, кунгабоқар, зайтун мойи, нўхат.
К - яшил баргли сабзавотлар, исмалоқ, брюссел ниҳоллари, карам ва гулкарам, донли дон.
Б1 - чўчқа гўшти, жўхори, ёнғоқ (финдиқ).
Б2 - буғдой кепаги, соя, брокколи, жигар, тухум сариғи, пишлоқ.
ПП - яшил сабзавотлар, ёнғоқлар, донли дон, ҳамиртуруш, гўшт (шу жумладан товуқ гўшти), жигар, балиқ, сут, пишлоқ.
Б5 - ҳамиртуруш, баклагиллер, қўзиқоринлар, гуруч, жигар.
Б6 - яшил баргли сабзавотлар, гўшт, жигар, балиқ, сут, тухум.
Б9 - ёнғоқлар, яшил баргли сабзавотлар, ловия, банан, апельсин, тухум.
Б12 - хамиртуруш, денгиз ўтлари, жигар, икра, тухум, пишлоқ, сут, творог, гўшт, балиқ.
Ҳ - тухум сариғи, жигар.
Бета каротин - сабзи, майданоз, исмалоқ, баҳорги кўкатлар, қовун, помидор, қушқўнмас, карам, брокколи, ўрик

👉 @anvar_pediatr
Chaqaloqlarda kindik churrasi.

Kindik churrasi – qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o‘zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya’ni churra darvozasi turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Ayrim bolalarda u jimjiloq yoki ko‘rsatkich barmoqlarning diametriga teng kelsa, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi va tegishli tarzda turli o‘lchamdagi churra hosilasi ko‘rinishida bo‘ladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo‘shlig‘iga tushirish imkoniyati mavjud.

👉 @anvar_pediatr
👶 Бир ёшгача бўлган болаларга бериш мумкин бўлмаган маҳсулотлар


📌 Шакар. Мева-сабзавот таркибидаги шакарнинг зарари йўқ, лекин ўзини тўғридан тўғри бериб бўлмайди.

📌 Қўзиқорин. Мураккаб аминокислоталарга бой ҳамда хитин моддаси бор, бу эса болаларнинг ҳали тўлиқ ривожланиб улгурмаган овқат ҳазм қилиш тизимига оғирлик қилади.

📌 Сигир сути. Овқат аллергияси ва ичакларда яллиғланиш касаллигини чақиради.

👉 @anvar_pediatr
Болалар овқатидаги энг катта хато - сув этарли эмас

  6 ойгача бўлган болаларга она сутидан бошқа ҳеч нарса бериш бўйича тавсиялар асосан бир қатор мамлакатларда ичимлик сувининг сифатсизлиги билан боғлиқ.

  Боланинг ёшига қараб сув нормасини ичиш керак, бу биринчи навбатда буйракларнинг нормал ишлаши учун керак.  Бундан ташқари, болада сувнинг нейтрал таъми одатини шакллантириш керак, акс ҳолда бир йилдан кейин буни қилиш анча қийин бўлади.  Бу атопик терига эга болалар учун айниқса муҳимдир!  Сувсизланган тери ҳар доим қуруқ бўлади!

  Кундалик сув миқдори:
  • 1 ой - 30 мл;
  • 2 ой - 60 мл;
  • 3 ой - 90 мл;
  • 4-12 ой - 200 мл гача;
  • 1-3 йил - кунига 700-1000 мл ва керак бўлганда;
  • 3-7 йил - 1 л;
  • 7 ёшдан катта - 1,5 литр.

👉 @anvar_pediatr
Bolalar immun tizimini mustahkamlovchi vitaminlar

📌Vitamin D - sitokinlar ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Sitokinlar esa o‘z navbatida “immun tizimi sanitarlari” va gumoral immunitetni faollaydi. Sut va sut mahsulotlarida ko‘p uchraydi.

📌Vitamin C - interferon sintezini stimullaydi va immunitetga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Organizmning virusga qarshi xususiyatini oshiradi. Na’matak, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar, sitrus mevalarida ko‘p uchraydi.

❗️Yuqoridagi vitaminlarni dori preparati ko‘rinishida faqatgina vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin.

👉 @anvar_pediatr
⚡️Ўзбекистонда тарқалаётган Ковид-19нинг асосий белгилари маълум қилинди.

ССВ хабар беришича, Ўзбекистонда “омикрон”нинг БА.5 варианти тарқалмоқда. Касалланиш белгилари:
– томоқ оғриғи
– тана ҳароратининг 41 даражагача кўтарилиши
– бош ва мушакларда кучли оғриқ
– ҳолсизлик
– уйқучанлик
– конюктивит (10% ҳолатларда)
– ринит ва тонзилит (40% ҳолатларда)
– отит (10% ҳолатларда)
– диарея (10% ҳолатларда)
– кучли ва ҳуружи йўтал.

👉 @anvar_pediatr
Bolalarda sut tishlari chiqishi alomatlari

✔️Bolaning milki shishib qoladi;
✔️Bolaning milki oqsih rangga bo‘yaladi;
✔️Ko‘p so‘lak oqadi;
✔️Bola hamma narsani og‘ziga olib chaynashni istaydi;
✔️Tana harorati oshadi ( ko‘pi bilan 37-38 gradusgacha)
✔️Bola injiqroq bo‘lib qoladi;
✔️Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o‘zgaradi;
✔️Bola ona ko‘kragini yoki qo‘lini tishlashni xohlaydi;
✔️Bolaning ishtahasi yo‘qoladi;
✔️Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.

👉 @anvar_pediatr
​​Болани ўтиришга мажбур қилиш унинг умуртқа поғоналарига салбий таъсир қилиши мумкин.

Бола одатда 7 - 9 ойлардан ўтиришга ҳаракат қилади ва  бемaлол эмаклаши мумкин. Эрта эмаклаган болалар   кечроқ юриши, кеч ёки умуман эмакламаган болалар эртароқ юриши кузатишлардан маълум.

Эндигина бир нарсаларни ушлаб туришни ўрганган бола яна қайтиб ўтиришни билмайди. Хушёр бўлинг, унинг чарчаб қолишига йўл қўймант.

Бола тик туришни ўрганиши билан ота-оналар махсус аравача «ходунка» га солиб юришни ўргатмоқчи бўладилар.

Лекин, бу арвача оёқларнинг қийшиқ ўсишига олиб келади, қолаверса, жинсий аъзоларга салбий таъсир қилиши мумкин.

Одатда 12- 15 ёшдан юриши керак бўлган гўдак  тасодифан йиқилиб тушса ёки бетоб бўлиб қолса, юриши 2 -3 ойга кечикади, 9- 10 ойда юриб кетган болалар агар улар мустақил ўрганган бўлсалар, ҳавотир олманг, унинг суяклари ўз гавдасини кўтаришга қодир бўлади.

Болангиз  тик туришни ўрганиши билан уни травматолог-ортопедга кўрсатинг, шунда маймоқлик, ясси оёқлик, рахит касаллиги туфайли суяк қийшайишларини олдини олган бўласиз.

👉 @anvar_pediatr