📍Эмизиш - она саломатлиги учун фойдали
📊 Американинг Питцбург университети олимлари фарзандини кўкрак сути билан озиқлантирувчи оналарда юрак қон-томир хасталиклари хавфи 15 йилгача ортга сурилишини аниқлашди.
🏷 Фарзандини керакли муддат давомида тўлиқ эмизган ва атиги 6 ой эмизган оналарнинг саломатлиги солиштириб кўрилганда қуйидаги ҳолат намоён бўлди:
▪️Ўз боласини кўкрак сути билан тўлиқ эмизганларда зарарли холестерин миқдори камайган;
▪️қон-томир девори мустаҳкамлиги меъёрлашган;
▪️қон айланиши яхшиланган;
▪️ортиқча тана вазни безовта қилмаган.
👉 @anvar_pediatr

❓Emizikli va homilador ayollarga tish muolajalari va milkdan ukol olish mumkinmi?
🌸Albatta, bu muolajalarning bolaga taʼsiri bor, siz emizikli farzandingiz borligini yoki homiladorligingizni aytsangiz, shifokor shu vaziyatga qarab muolaja qiladi.
🌸Tishni davolatishni orqaga surmaslik kеrak, nеga?
▫️ Tish ogʻrigʻiga dosh bеrish qiyin;
▫️ Tish ogʻrigʻi va patologiyasi bora-bora kuchayib boradi;
▫️Vaqt jihatidan ҳam koʻp vaqt oladi.
❗️Ҳurmatli ayollar, sizlarga homiladorlikka tayyorlanish jarayonida tavsiyamiz:
✔️oʻzingizni toʻliq davolashga harakat qiling;
✔️immunitеtingizni yaxshilang;
✔️tishlaringizni davolating;
✔️kеrakli minеral va vitaminlarni qabul qiling, sogʻlom ovqatlaning.

🦷Bolaning tish emali nega yemiriladi?
Kariyes - yuqumli kasallik. Boshqa ogʻiz boʻshligʻidan yuqqan bakteriyalar ham kariyesni rivojlantirishi mumkin. Baʼzi hollarda bolaning tishlarida qora dogʻlar paydo boʻladi, uni uyda olib tashlash mumkin emas.
🪥 Ftor yetishmovchiligi. Tishlar uchun ftor emallarning minerallarga toʻyinishi, endi chiqayotgan tishning mustahkamligi uchun muhim hisoblanadi.
🍭 Normadan koʻp shakar isteʼmoli ham tish emalini yemirishi mumkin. Chunki shakar patogen mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi.
🧬 Shuningdek, emal gipoplaziyasi jarayoni ham bor. Homilaning shakllanish davrida tishlar zaif boʻladi. Uni doimiy nazorat ostida ushlamaslik esa kariyes rivojlanishi ehtimolini oshiradi.
❗️Bolalarni har 6 oyda stomatologdan rejali koʻrikdan oʻtkazib turing. Bu tishlarning salomatligini doimo nazoratda ushlab turishingizga yordam beradi.

📍Bolalarni emlashda qanday qoidalar mavjud?
⭕️ Qon va siydik tahlilisiz bolalarni emlashga ruxsat etilmaydi.
⭕️ Bolalar nеvropatologi xulosasi shart boʻladi.
⭕️ Allеrgolog koʻrigi ҳam kеrak!
⭕️ Emlashdan kеyin har ehtimolga qarshi parasеtamol shamchasi boʻlishi kеrak.
⭕️ Vaksina oldidan turli xil yogʻli ovqat bеrmaslik kеrak.
⭕️ Vaksinadan ikki kun oldin antigistamin prеparatlar bеrish allеrgiyani oldini oladi.
⭕️ Bolalarni emlash ogʻriqli boʻladi dеb ҳеch qachon qoʻrqitmang.
⭕️ Bolani eng yaxshi koʻrgan oʻyinchogʻini yoki biror yangi oʻyinchoqni sotib olib emlashdan kеyin tinchlanishi uchun bеring.

🌸Qizamiq kasalligining klinik belgilari
Kataral davri belgilari:
▪️konyuktivit
▪️isitma 37,5 dan 39,5 °C gacha
▪️holsizlik
▪️bosh og'rig'i
▪️tumov
▪️quruq yo'tal
▪️tomoq qizarishi
Toshma toshishidan 1-2 kun oldin lunjlar shilliq pardasida oq rangli qizil halqa bilan o'ralgan Koplik dog'lari(chapdagi rasm) paydo bo'ladi. Qizamiq kasalligini erta tashxislash uchun xos belgi hisoblanadi.
Toshma toshish davri:
Qizamiq toshmasi kasallikning 4-5 kunidan 3 kun davomida toshadi.
▪️1-kun toshmalar dastlab quloq orqalariga bir kecha-kunduz davomida davomida yuz, bo'yin va ko'krak yuqori qismi yelkagacha toshadi.
▪️2-kun tana(o'ngdagi rasm) va qo'llarning yuqori qismiga toshadi.
▪️3-4 kun qo'l va oyoqning barcha qismiga toshadi. Dog' va papulalar kattalashib bir-biriga qo'shilib ketadi.

✅Chaqaloqlar boshidagi qasmoqni qanday ketkazish kerak?
1⃣ bolaning boshiga, sochlari orasiga vazilin yoki oʻsimlik yogʻi surib qoʻyiladi
2⃣ 20minutga boshiga yupqa shapka kiydiriladi (shapka yogʻni shimib olmasligi uchun selofanni kesib, qoʻyib keyin shapka kiydirsa boʻladi)
3⃣20 minutdan keyin kichkina taroq bilan taraladi
4⃣bolalar shampuni bilan yuviladi
5⃣qasmoqning qolgan qismini yumshoq taroq yoki shyotka bilan olib tashlanadi
❗️Eslatma!
Aslo chaqaloq boshdagi qasmoqni qoʻl bilan koʻchirib olishga harakat qilmang. Bu bosh terisini shikastlanishiga va yalligʻlanishiga olib kelishi mumkin.

❓Болаларга лимонни қайси ёшдан истеъмол қилиш тавсия этилади?
🌸Лимоннинг С витамин манбаи эканлигини биламиз. Бироқ бу цитрус меваси кислоталарни ҳазм қилиш қийин бўлганлиги сабабли аллергия келтириб чиқариши мумкин.
🌸Агар болалар соғлом бўлишса, 11-12 ойлигидан лимонни кичик порцияларда истеъмол қилиши мумкин. Сиз кичкинтойингизнинг таомномасига лимон қўшишни истасангиз, унга лимонли сув беришга ҳаракат қилинг.
🍋 Бунинг учун 1 стакан тоза сувга 3-4 томчи лимон шарбатини томизиб, оз-оздан бериб кўринг. Агар терида аллергик реакциялар кузатилмаса, кичкинтойингизга лимон бўлакларидан беришингиз мумкин.
🌸Аллергияга чалинган болаларга 5 ёшга қадар лимон бериш тавсия этилмайди.

🌸Bola tunda peshob tutolmasa, nima qilish kerak?
Tungi enurez - bu tungi uyqu paytida beixtiyor peshob qilish bilan bogʻliq kasallik. Koʻp hollarda 5 yoshgacha bolalarda bu holat meʼyor hisoblanadi.
Bolalarda tunda peshob qilish quyidagi kasalliklardan dalolat berishi mumkin:
•siydik yoʻli kasalliklari;
•nerv tizimi kasalliklari;
•gijja kasalliklari;
•orqa miya anomaliyalari.
❗️Tungi siyib qoʻyish sababini aniqlash va davolash maqsadida urolog va bolalar shifokori koʻrigidan oʻtish lozim

🌸BOLA NEGA KECH GAPIRADI?
🗣Nutq rivojlanishining kechikishi jiddiy va juda keng tarqalgan muammodir. Nutqni yaxshilash uchun bola bilan suhbatlashish kerak.Na televizor, na audiohikoyalar yaqinlarining oʻrnini bosa olmaydi. Beshikdaligidayoq bolaga alla aytish lozim. 5-6 oydan keyin turli oʻyinlar oʻynang, 6-8 oydan soʻng farzandingizga sheʼr va ertaklar oʻqib bering. Kitoblardagi rasmlarni koʻrsating. Shunga oʻxshash mashgʻulotlarni kundan kunga rivojlantirib boring.
👶🏻Bola hali juda yosh, hech narsani tushunmayotgangan oʻxshaydi.Lekin aslida bularning barchasi bola miyasining rivojlanishiga va yangi asab tolalarining paydo boʻlishiga yordam beradi

🌸Og'iz bo'shlig'ida kandidoz- molochnitsa.
◾️Chaqaloqlarda tilining oqarib qolishiga ko'p duch kelamiz. Bu zamburug'lar tomonidan qo'zg'atiladigan stomatit hisoblanadi.
◾️Immunitet tizimi to'liq ishlasa ular salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Organizm qarshiligining pasayishi fonida zamburug'lar tez o'sib, ko'paya boshlaydi, shilliq qavat va uning ostidagi to'qimalarga zarar etkazadi. Gigienaga rioya qilmasdan (qo'lni yuvmasdan, ko'krakni toza tutmasdan emizish), antibiotiklarni tartibsiz qo'llaganda kasallik tez rivojlanadi.
◾️Kasallik belgilari: bola ko'krakni yaxshi emmaydi, uyqusi buziladi, tili va lunjlarida oq karash paydo bo'ladi.
◾️Davolashda stomatolog tavsiyalariga rioya qilinadi. Yengil shaklida ichimlik sodasini kuchsiz eritmasida og'iz bo'shlig'i artib tozalab turish kifoya qiladi.

Сутли коктейль - 1 ёшдан ошган болалар учун
🌸Маҳсулотлар:
• сут - 200 г
• ўрмон мевалари - 1 чой қошиқ
• банан - 1 дона
• шакар - 1 чой қошиқ(шакарсиз тайёрласа ҳам бўлади)
🌸Тайёрланиши:
1. Блендерда сут, шакар, банан бўлаклари ва ўрмон мевалари аралаштирилади.
2. Агар болангиз катта ёшли бўлса, 1 ош қошиқ музқаймоқ қўшиш мумкин. Коктейлда олинадиган ранг унга қўшиладиган маҳсулотларга боғлиқ.

🌸Bir yoshgacha boʻlgan bolalarda kalsiy yetishmasligi belgilari:
◾️Tishlar chiqishini kechikishi;
◾️Liqildoqlarni oyiga mos ravishda bitmasligi;
◾️Suyaklanish jarayonini kechikishi
♦️Kalsiyga sutkalik ehtiyoj:
0—3 oylikda: 400 mg
4—6 oylikda: 500 mg
7—12 oylikda: 600 mg
1—3 yosh: 800 mg
3—7 yosh: 900 mg
7—11 yosh: 1100 mg
11—18 yosh: 1200 mg
◼️Bolalar uchun kalsiyni asosiy manbalari: sut va sut mahsulotlari hisoblanadi. Agar ona suti bilan oziqlansa, onasiga qoʻshimcha kalsiy preparatlarini ichirish kerak, sut bilan albatta boradi yoki pediatr-nevropatolog tavsiyasiga koʻra bolaga (400 mg dan) ichiriladi.

🥕Sabzi va kabachkidan pyure - 6 oylikdan oshgan bolalar uchun taomnoma
Mahsulotlar:
•120 g sabzi
•150 g kabachki
•1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i
Tayyorlanishi:
Sabzavotlar mayda kub ko‘rinishida kesiladi va bug‘da tayyorlanadi. Pyuresimon holatga kelguncha eziladi va o‘simlik moyi qo‘shib, aralashtiriladi.

❓Bolalarda skolioz kelib chiqish sabablari nima?
📌Bolalarda skolioz ona qornidayoq paydo bo‘ladi. Ko‘plab xomilador ayollar gazli ichimliklar ichishadi. Bu esa homila umurtqasi rivojlanmay qolishi, nuqsonlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
📌Bola tug‘ilgandan keyin beshikka yotqizayotganda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Beshikda bolani tagiga qo‘yilgan ko‘rpacha tekis joylashtirilishi lozim, chunki beshikka bolani qanday yotqizsangiz, umurtqasi shunday rivojlanadi.
📌To‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor berilishi, doimiy jismoniy mashqlar bajarilishi qomatni tekis rivojlanishiga yordam beradigan omillardir.

🌸Chapaqay bolalarni oʻng qoʻlga majburlash mumkinmi?
◾️Oʻng qoʻlda ishlashga majburlash mumkinmi?
🍀Oʻng qoʻlda yozishga majburlash bolaning strеss (ruҳiy zoʻriqish) ҳolatga tushib qolishiga olib kеladi. Buning natijasida unda nеvroz xastaligi kuzatiladi. Ota-onalar shuni unutmasligi kеrakki, chapaqaylik bolaning miya funksiyasining tuzilishi bilan bogʻlangan boʻladi. Shuning uchun ularni oʻngda yozishga majburlash yoki jazolash aslo mumkin emas. Bundaylar juda taʼsirchan ҳisoblanadi. Koʻpincha ular arazchi, xavotirlanuvchan, tеz charchaydigan, ishchanlik qobiliyati sust boʻlishi mumkin. Bu kabi ҳollarda ularni oʻng qoʻlda yozishga majburlash aks taʼsir etadi.
◾️Antiqa bolalar bilan ishlash
🍀Chapaqaylar bilan mashgʻulotlar olib borilganida ularning individual xususiyatini inobatga olish zarur. Agar ustozlar chapaqay oʻquvchilar bilan toʻgʻri ish olib borsa, kеlajakda ulardan iqtidorli va qobiliyatli insonlar еtishib chiqadi.

🌸Bolalarda ich ketishi sabablari
Diareyaga sabab bo‘luvchi omillar bolaning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Bolaning yoshiga qarab ichaklarda funksiya buzilishi o‘ziga xos bo‘ladi.
Ko‘krak yoshidagilarda ich ketishiga sabablar:
▪ Oshqozon ichak tizimining shakllanishi;
▪ Tishlar chiqishi;
Ferment laktoza yetishmasligi;
▪ Ko‘krak suti bilan oziqlanadigan bollarda ich ketsa, onaning sutiga bo‘lgan reaksiyadir, bunda ona diyetaga rioya etmasa, uning suti suyulib yoki yog‘li bo‘lib ketishi mumkin;
▪ Qo‘shimcha ovqatni noto‘g‘ri berish;
▪ Sun’iy ovqatlanishga o‘tish.

❓Bolaning sut tishlari nеcha oylikdan chiqa boshlaydi?
🦷 6-12 oy —pastki markaziy kеsuvchi tish
🦷 8-12 oy — yuqori markaziy kеsuvchi tish
🦷 9-13 oy — yuqori yon kеsuvchi tish
🦷 10-16 oy — pastki yon kеsuvchi tish
🦷 13-19 oy — yuqori birinchi oziq tish
🦷 14-18 oy — pastki birinchi oziq tish
🦷 16-22 oy — yuqori qoziq tish
🦷 17-23 oy — pastki qoziq tish
🦷 23-31 oy — yuqori va pastki ikkinchi oziq tish
✅ Shunday qilib, bolaning 2,5-3 yillik ҳayoti davomida 20 dona sut tishi chiqib ulguradi.
📌 Maʼlumot oʻrnida: Sut tishlarining kеch chiqishi yoki vaqtidan oldinroq chiqishi ҳam mumkin.

Forwarded from Doston Raxmonov
Assalomu alaykum
2 noyabir soat 20:00 da ovozli chat boʻlib oʻtadi.
Mavzu:
1.Bolalardagi boʻgʻimlar ogʻrishi sabablari, yechimlari
2. Bolalarda revmatizm belgilari va davo rejalari
3.Bitsillin dori vositasini ishlatilishi.
4.Bolalarda artrit
5.Bolalarda artropatiya
6.Bolalarda boʻgʻim kasalliklarini oldini olish
7.Savol javob qismi
Bu mavzular juda koʻpchilikni qiynayotgan edi va shu savollarga toʻliqroq javob bermoqchiman
Bu xabarni yaqinlarga,
farzandi shu kasallik bilan ogʻriganlarga yoki oʻz farzandlari sogʻligʻi haqida qaygʻuradigan tanishlarga yuborib quying
Ovozli chat shu kanalda boʻlib oʻtadi
https://t.me/revmatolog_raxmonov

Telegram
Dr. Raxmonov – Sog‘lom Bel va Bo‘g‘imlar
🔷 Revmatolog, tayanch-harakat tizimi kasalliklari bo‘yicha ekspert, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi
🔷 Тошкент Тиббиёт Академияси
Куп Тармокли клиникаси
🔷 Консультация учун:
+998 94 485 63 62
👉 @DrRaxmonov
🔷 Тошкент Тиббиёт Академияси
Куп Тармокли клиникаси
🔷 Консультация учун:
+998 94 485 63 62
👉 @DrRaxmonov