Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yil aprel oyidagi faoliyati natijalari
📑24 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 15 tasida 49 ta korrupsiyaviy omil aniqlandi.
✅Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha:
✔️vazirlik idoralarga 12 ta (14,1 mlrd so‘mlik) taqdimnoma;
✔️davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga 8 ta (35 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma;
✔️huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 6 ta (5,5 mlrd so‘mlik) so‘rovnoma yuborildi.
➡️Batafsil
Facebook | Telegram |YouTube|Instagram|anticorruption.uz

▪️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓1-5-may kunlari)
Facebook | Telegram |YouTube|Instagram|anticorruption.uz
(🗓1-5-may kunlari)
Facebook | Telegram |YouTube|Instagram|anticorruption.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Joriy yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi.
✅Unga ko‘ra, 62 ta davlat tashkiloti orasida “Ipoteka-bank” ATIBning korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi (93 ball bilan) eng yuqori natijalardan birini qayd etdi.
▫️Bunga qanday erishildi❓
▫️Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali joriy etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yana qanday amaliy natijalar bermoqda❓
➡️Mazkur videoda mutaxassislarning shu haqdagi fikr-mulohazalari bilan tanishasiz.

Bugungi shonli sanada Vatan ozodligi, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan, front ortida mashaqqatli mehnat qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, hurmat bajo keltiramiz.
Muhtaram faxriylarimizning beqiyos qahramonligi va matonati insoniyat tarixiga abadiy o‘chmaydigan, buyuk sahifa bo‘lib yozilganini chuqur minnatdorlik va faxr bilan eʼtirof etamiz.
Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, ularning tinchlik va ozodlikka bag‘ishlagan serqirra hayot yo‘li kelgusi avlodlar uchun o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan buyuk merosdir.
Xalqimizning urushdagi yo‘qotishlari, tinchlik uchun kurashi va ulkan hissasi har birimizni bugungi osoyishtaligimizni asrash, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va mustaqilligimizni qadrlashga daʼvat etaveradi.
Ana shu sharafli yo‘lda ko‘pmillatli xalqimizga yengilmas kuch, yanada birdamlik va hamjihatlik, hamisha yangi zafar va katta marralar tilaymiz!

▪️Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2023 va 2024-yillarda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"da quyidagilar nazarda tutilgan:
🔹taʼlim, sog‘liqni saqlash, qurilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, kambag‘allikni qisqartirish, ekologiya sohalarida jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi;
🔹ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jurnalistik tekshiruvlar o‘tkazish bo'yicha salohiyati oshiriladi hamda mazkur faoliyat ijtimoiy buyurtmalar berish orqali qo‘llab-quvvatlanadi.
✔️Batafsil ma'lumot mazkur infografikada.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan xodimlar uchun navbatdagi ikki kunlik seminar bo'lib o'tmoqda
Facebook | Telegram |YouTube|Instagram|anticorruption.uz
Facebook | Telegram |YouTube|Instagram|anticorruption.uz
⚡️Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi
Joriy yil 10-aprel holatiga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish yuzasidan “E-Anticor.uz” elektron platformasiga yuborilgan maʼlumotlar asosida 39 ta vazirlik va idora uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari to‘liq shakllantirildi.
Mazkur vazirlik va idoralarning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiyalarning korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi quyidagicha baholandi:
🟥177 ta funksiyada “yuqori”;
🟨475 ta funksiyada “o‘rta”;
🟩1049 ta funksiyada “past”.
▫️Baholash natijalari tahliliga ko'ra, ayrim davlat tashkilotlari tomonidan quyidagi holatlarga yo‘l qo‘yilgan:
➖ barcha funksiyalar to‘liq baholashdan o‘tkazilmagan;
➖ aksariyat funksiyalar asossiz past baholangan;
➖ tashkilot rahbariyati tomonidan mazkur amaliyotga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan.
23 ta vazirlik va idoralar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan o‘tkazish natijasi yuzasidan maʼlumotlar elektron platformaga kiritilmaganligi sababli ular uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari shakllantirilmadi.
💬Keng jamoatchilik “E-Anticor.uz” platformasi orqali davlat organlarining baholashdan o‘tkazilgan funksiyalari va ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi
Joriy yilning 12-may kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Memorandumning asosiy maqsadi:
➖korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish;
➖korrupsiya holatining tizimli tahlilini hamkorlikda amalga oshirish;
➖bo‘lajak kadrlarni korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda tarbiyalash;
➖korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini birgalikda aniqlashdan iborat.
Tadbir davomida memorandumda belgilangan vazifalar ijrosini to‘liq taʼminlash maqsadi chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

▫️Namangan xalqaro aeroporti tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridi bekor qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Namangan xalqaro aeroporti MCHJ buyurtmachiligida “Kompleks tozalash (obodonlashtirish) xizmatini ko‘rsatish” yuzasidan 2023-yil 2-may kuni o‘tkazilgan 1 mlrd 440,0 mln so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablariga amal qilinmagan.
Ushbu xaridda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining ikki nafar aʼzolari foydalangan kompyuter (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha davlat xaridi o‘tkazilgan kunning o‘zida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.
Agentlik taqdimnomasiga binoan Namangan xalqaro aeroporti MCHJ tomonidan 3-may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

Kinojodkorlar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalari muhokama qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida "Media House Production" MCHJ tomonidan yaratilgan “Hokim buva” ijtimoiy loyihasi doirasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, kelgusida jamiyatdagi tanish-bilishchilik, monopoliya, davlat xizmatida uchrayotgan korrupsiyaviy holatlar, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillar, bunday illatlarning xavfi va oqibatlari to'g'risida serial va qisqametrajli filmlar tayyorlash masalalarida o‘zaro fikr almashildi.

▫️Advokatlik tuzilmalari tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi va ushbu yo‘nalishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar tahlil qilindi.
✅Maʼlumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha 2019-2022 yillar davomida advokatlar tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga dastlabki tergov va sud tartibida ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun budjet mablag‘lari hisobidan 240 ta advokatlik tuzilmalariga jami 42,9 mlrd so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilgan.
✅Tahlillar birgina Toshkent shahrida davlat mablag‘lari hisobidan fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish miqdori so‘nggi to‘rt yil davomida 7,9 mlrd so‘mga yoki 50,3 foizga ortganligini ko‘rsatdi (2019-yilda 8 mlrd so‘m, 2022-yilda 15,9 mlrd so‘m).
Shuningdek, o‘rganish natijasida ayrim advokatlik tuzilmalari tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida davlat budjeti mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓8—12-may kunlari)
✅Hamkorlik:
▫️12-may
🤝 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
✅O‘rganishlar:
📄Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda Bosh prokuraturaga so‘rovnomalar yuborildi.
🔸Namangan xalqaro aeroporti tomonidan o‘tkazilgan davlat xaridi bekor qilindi.
🔸O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasiga tegishli “etender.uzex.uz” maxsus elektron axborot portali orqali davlat buyurtmachilari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan davlat xaridlari tahlil qilindi.
✅Korrupsiyaga qarshi ekspertiza:
🔎Agentlikka kelib tushgan 6 tа normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi, ularda 5 tа korrupsiyaviy omil aniqlandi.
✅Komplaens-nazorat:
▫️8-may
🔹“Ipoteka-bank” ATIBning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyatiga bag‘ishlangan videolavha eʼlon qilindi.
🔹Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganildi.
✅Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash:
▫️12-may
🔹Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari e'lon qilindi.
✅O‘quv seminar va boshqa tadbirlar:
▫️11-may
📌 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga doir davlat siyosati” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.
▫️12-may
📌 “Agrobank” ATB xodimlari uchun “Tijorat banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplaens) tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga doir milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
▫️11-12 may
📌 Bosh prokuraturada “Murakkab korrupsion jinoyatlarni tergov qilishning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
✅Ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha:
▫️11-12 may
📎 Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul bo‘lgan xodimlar uchun ikki kunlik seminar tashkil etildi.
✅Xalqaro hamkorlik doirasida:
▫️10-may
🇺🇿🇫🇮Agentlik direktori va Xelsinki universiteti qoshidagi Qonun ustuvorligi markazi rahbariyatining o'zaro uchrashuvi tashkil etilib, istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
✅Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:
📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 46 ta (shundan 39 tasi jismoniy shaxslardan, 7 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.
📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 34 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi, shundan 3 tasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

▫️O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan 1 mlrd 416 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi buyurtmachiligida 2023-yil
8-may kuni “Alisher Navoiyning bronza haykalini yaratish va Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida o‘rnatish xizmati” yuzasidan 1 mlrd 416,0 mln so‘mlik davlat xaridi o‘tkazilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining o'rganishlariga ko'ra, ushbu davlat xaridini amalga oshirish jarayonida buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablariga amal qilinmagan va boshqa qonunbuzilishi holatlariga ham yo‘l qo‘yilgan.
Xususan, xaridda ishtirok etgan 3 nafar talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining raisi va to‘rt nafar aʼzolari foydalangan kompyuter (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha davlat xaridi o‘tkazilgan kunning o‘zida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentga yuborildi.
Agentlik taqdimnomasiga binoan Akademiya tomonidan 11-may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

⚡️2023-yil 17-may kuni ilk marotaba "Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi" bo‘lib o‘tadi.
🤝Hamkorimiz: Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Ushbu nufuzli Forum Markaziy Osiyo davlatlarining masʼul davlat idoralari vakillari hamda xalqaro ekspertlarni:
✔️davlat idoralari faoliyatida ochiqlik mexanizmlarini kuchaytirish;
✔️sohadagi zamonaviy yutuq va tajribalar bilan o‘rtoqlashish;
✔️yangi va samarali takliflar ishlab chiqish
maqsadida bir manzilda birlashtiradi.
Forum doirasida:
✅“Open data” o‘quv platformasining namoyishi bo‘lib o‘tadi;
✅“Davlat idoralari faoliyati ochiqligi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi” tavsiyalari qabul qilinadi.

📢Tadbirkorlar diqqatiga!
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida kredit ajratish bilan bog‘liq korrupsion holatga duch kelganmisiz❓
Sizningcha, banklarda qaysi jarayonlarda tadbirkor ko‘proq korrupsiyaviy munosabatlarga kirishishga majbur
bo‘ladi❓
📝Shu kabi savollar yuzasidan tadbirkorlarning banklardan kredit olishi bilan bog‘liq qiyinchilik va to‘siqlar, xususan, bu boradagi korrupsiya holatlarini o‘rganish maqsadida Savdo-sanoat palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida SO‘ROVNOMA o‘tkazilmoqda.
🤝Barcha tadbirkorlarni mazkur so‘rovnomada ishtirok etish orqali ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish jarayoniga faol hissa qo‘shishga chaqiramiz.
👉So‘rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etish mumkin.