Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
6.86K subscribers
2.13K photos
272 videos
1.78K links
Download Telegram
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritishda Korrupsiya qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar.

Batafsil yuqoridagi infografikada
—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori mazmun-mohiyati, yangiliklari va ahamiyati yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjuman Agentlik va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Xalqaro press-klub hamkorligida tashkil etildi.

Xabaringiz bor, mazkur qaror “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirib borishning keng qamrovli tizimini joriy etish maqsadida 2025-yil 1-yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini (Virtual akademiya) joriy etish belgilandi.

Virtual akademiyada o‘quv faoliyatini tashkil etish va yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Anjumanda ikki idora rahbariyati va masʼul xodimlari bu borada o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar, vazifa va maqsadlar haqida OAV vakillariga batafsil maʼlumot bermoqda.

Matbuot anjumanini Agentlikning YouTube va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalari orqali jonli kuzatish mumkin.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Qashqadaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy ko‘rib chiqildi

Qashqadaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi, korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi Murotjon Azimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirok etdi.

Agentlik direktori Ishchi guruh tomonidan viloyatda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari, shuningdek, korrupsion jinoyatlarning oldini olish, davlat xaridlarini amalga oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda saqlanib qolayotgan muammolar, bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchilik va sustkashliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Muhokamalar mobaynida viloyat va tuman-shahar hokimliklari ayrim mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi, ochiqlikni taʼminlashda sustkashlik va masʼuliyatsizliklarga yo‘l qo‘yilayotgani ham keskin tanqid qilinib, o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan masʼullarning javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish lozimligi qayd etildi.

Muhokamalar yakuni bo‘yicha viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, bu borada ayniqsa, hududiy Kengash faolligini oshirish, uning aʼzolari masʼuliyatini kuchaytirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
⚡️ “Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yutuqlari uchun” xalqaro mukofotiga hujjatlar qabuli boshlandi

Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan taʼsis etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida yutuqlari uchun” xalqaro mukofoti korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilg‘or yangiliklarni joriy etgan shaxslar va tashkilotlarga beriladi.

G‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi:

- "Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi yutuqlari hamda uzoq yillik faoliyati uchun";

- "Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi taʼlim va akademik tadqiqotlar uchun";

- "Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yoshlar tashabbuslari va ijodi uchun";

- "Innovatsiyalar va jurnalistik materiallar uchun";

- "Sportni korrupsiyadan himoya qilish".

Nomzodlar qatoriga davlat idoralari va tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy muassasalar, nufuzli va tegishli nodavlat notijorat tashkilotlari va professional birlashmalarning masʼul shaxslari ham kiradi.

Nomzodlar faqat uchinchi shaxslar, yaʼni nomzodi ko‘rsatilayotgan shaxs yoki tashkilot emas, boshqa tashkilotlar, ilmiy muassasalar tomonidan ko‘rsatiladi. 

Nomzod va uni taqdim etayotgan tashkilot haqidagi maʼlumotlar ushbu havoladagi onlayn ariza shaklini (ingliz tilida) to‘ldirish orqali kiritilishi lozim.

🗓Hujjatlar 2024-yilning 1-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.

➡️Tanlov haqida batafsil ma'lumot aceaward.com veb-saytida.

Ma'lumot o'rnida: O‘tgan yili O‘zbekiston “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti”ning 2023-yilgi sohiblarini tantanali taqdirlash marosimiga ilk marotaba mezbonlik qildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” AJ tomonidan 2024 yil 8 iyul kuni o‘tkazilgan 1,3 mlrd. so‘mlik davlat xaridida affillangan shaxslar ishtirok etib, g‘olib bo‘lganligi yuzasidan xabarlar e’lon qilingan.

Keltirilgan holatlar yuzasidan Agentlik tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda ushbu xarid jarayonida ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarining rahbar va ta’sischilari yaqin qarindosh ekanligi, shu bois mazkur jamiyatlar affillangan shaxslar hisoblanishi ma’lum bo‘lgan.

Xarid komissiyasi tomonidan yuqoridagi davlat xaridlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning bir qator talablari buzilganligi sababli buyurtmachiga xarid natijalarini bekor qilish haqida taqdimnoma kiritildi.

O‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.

—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Jurnalistik faoliyatda ochiq ma’lumotlar bilan ishlash va samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida NNT hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun grant tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda mahalliy NNTlar quyidagi takliflar bilan ishtirok etishi mumkin:

- Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida mahalliy OAV va blogerlar uchun 1 kunlik trening tashkil etish;

- Farg'ona viloyatida mahalliy aholi va OAV o'rtasida jamoatchilik fikri so'rovini o'tkazish.

Treninglar mazmuni:

-
OAV vakillarining ochiqlikka oid amaldagi qonunchilik hujjatlari yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini oshirish;

- davlat organlari va tashkilotlari tomonidan eʼlon qilinayotgan ochiq maʼlumotlar bilan ishlash;

- samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish masalalarini qamrab olishi lozim.

So'rovnoma:

- korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlashga;

- amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga baho berishga;

- fuqarolarning korrupsiyaga nisbatan munosabatini aniqlashga qaratilishi;

- kamida 400 nafar fuqaroni qamrab olishi zarur.

Tanlov summasi 60 mln so‘m

Qo‘shimcha maʼlumotlar
bilan bu yerda tanishish mumkin.

Takliflar 2024-yil 26-iyulgacha qabul qilinadi.

Tanlov yuzasidan savollaringiz bo'lsa, 71-202-04-02 (ichki raqam - 254) telefon raqami orqali bog'lanishingiz mumkin.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Barcha tuman va shahar hokimliklaridagi ishonch telefonlarining (Call-markaz) faoliyati samaradorligi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoniga asosan Agentlik tomonidan joriy yilning 9-15-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tuman va shahar hokimliklaridagi ishonch telefonlarining (Call-markaz) ishchi holatdaligi, ma’lumotlar almashinuvi samaradorligi darajasini o'rganish maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlari o'tkazildi.

Natijada, quyidagi 70 ta tuman va shahar hokimliklarida qayta aloqa tizimi samarasiz tashkil etilgani, xususan, qo‘ng‘iroqlar javobsiz qoldirilganligi aniqlandi:

1. Qashqadaryo viloyati – 11 ta tuman va shahar;
2. Andijon viloyati – 10 ta;
3. Toshkent viloyati – 8 ta;
4. Farg‘ona viloyati – 7 ta;
5. Xorazm viloyati – 7 ta;
6. Namangan viloyati – 6 ta;
7. Samarqand viloyati – 4 ta;
8. Surxondaryo viloyati – 4 ta;
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 ta;
10. Toshkent shahri – 3 ta;
11. Buxoro viloyati – 2 ta;
12. Sirdaryo viloyati – 2 ta;
13. Jizzax viloyati – 1 ta;
14. Navoiy viloyati – 1 ta.

Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida 9 ta tuman va shahar hokimliklari (Asaka, Xiva, O‘rta Chirchiq, Hovos, Uzun, Sariosiyo tumanlari va Buxoro, Navoiy, Bekobod shaharlari hokimliklari) rasmiy veb-saytlarida ularga tegishli bo‘lgan ishonch telefonlari e’lon qilinmagani aniqlandi.

Qorovulbozor, Romitan, Shofirkon, Vobkent tumanlari va Buxoro shahar hokimliklarining rasmiy veb-sayti ishchi holatda emasligi ma'lum bo'ldi.

Forish, Tomdi, Parkent, So‘x, Qorao‘zak, Xo‘jayli tumanlari va Guliston, Chirchiq shaharlari hokimliklarining telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilinganda, mas’ul xodimlar tomonidan og‘zaki murojaat qoldirish imkoniyati mavjud emasligi ma’lum qilingan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida ushbu holatlar takrorlanishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha taqdimnomalar kiritildi.
—————————
Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlari o‘tkazish jarayonlari monitoring qilindi

Korrrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari 18-19-iyul kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi hamda “Yoshlik” sport majmuasida bo'lib o'tayotgan kirish imtihonlari jarayonlari bilan tanishdilar.

Monitoring yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumot Jamoatchilik kengashining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari hamda Agentlik veb-saytida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Facebook | Telegram |anticorruption.uz