Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
6.42K subscribers
1.9K photos
249 videos
1.64K links
Download Telegram
▫️Agentlik direktori farg‘onalik faol yoshlar bilan uchrashdi

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar doirasida Agentlik direktori Аkmal Burxanov viloyat yoshlari bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda yoshlar o‘rtasida “halollik vaksinasi”ni targ‘ib qilish,  korrupsiyaga qarshi kurashish  jarayonlariga ularni faol jalb etish masalalarida muloqot qilindi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida BMTning Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi O‘zbekistonda keng joriy etilayotgani qayd etildi.

Muloqotda Аkmal Burxanov korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha yoshlarga o‘z tavsiyalarini berdi.

Bu borada yoshlarning takliflari, fikr-mulohazalari bilan ham qiziqdi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓11-15-mart kunlari)

Jamoatchilik muhokamasi:

📑“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va korrupsiyaning oldini olishda taʼsirchan mexanizmlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi
jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

O‘rganishlar:

▫️14-15-mart

🔹
Agentlik direktori boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida o‘rganishlar o‘tkazdi.

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

🔹Kompyuter sotib olishda mablag‘lar o‘zlashtirilgani aniqlandi.

🔹Namangan va Sirdaryo viloyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritildi.

Komplayens-nazorat:

▫️11-15-mart

📌
Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti va Turonbank ATBda “Tijorat banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga doir milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar” mavzusida seminarlar o'tkazildi.

Ochiq tanlov:

▫️15-mart

📌
“Uzbekistan Airports” Ajning Komplayens-nazorat bo‘limi boshlig‘i vakant lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

Agentlik mas'ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan seminar-trening, davra suhbati va boshqa tadbirlar:

▫️12-mart

📌
Toshkent amaliy fanlar universitetida 2023-yilning 27-noyabr kuni qabul qilingan PF-200-son Prezident Farmonining mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar;

▫️14-mart

📌
“O‘zagrolizing” AJda ochiqlikka oid davlat siyosati va vazirlik va idoralarga qo‘yilgan talablar mavzusida davra suhbati;

▫️14-mart

📌
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Ilm-fan va ilmiy faoliyatda korrupsiya va byurokratiya: muammo va uning yechimlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy davra suhbati.

Yoshlar bilan muloqot:

▫️15-mart

📌
Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar doirasida Agentlik direktori А.Burxanov viloyat yoshlari bilan uchrashdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida quyidagi xalqaro tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar bilan (onlayn) uchrashuvlar tashkil etildi:

▫️14-mart

📌
Agentlik, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi;

▫️15-mart

📌
Agentlik hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Aksilkorrupsiya tarmog‘ining (IHTT AKT) Istanbul harakatlar dasturi 5-bosqich monitoringining Boshqaruv guruhi eksperlari;

▫️15-mart

📌Agentlik va
BMT GJB Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 87 ta (shundan 78 tasi jismoniy shaxslardan, 9 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 31 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi dilbar faslning qutlug‘ ayyomi — Navro‘zi olam bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Sharqona yangi yil har bir inson, har bir oila, jonajon O‘zbekistonimizga tinchlik-xotirjamlik, yaxshilik va fayzu-baraka olib kelsin!


Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Agentlik direktori boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida o‘rganishlar o‘tkazmoqda

Agentlik direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida korrupsiya holatini tizimli tahlil qilish, shuningdek, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazmoqda.

O‘rganishlar davomida viloyatda bank sohasida "Korrupsiyasiz soha" loyihasining ijrosi bo‘yicha olib borilgan ishlar holati bilan tanishilmoqda, shuningdek, aholiga bank xizmatlarini ko’rsatishda korrupsiya va byurokratiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va samarali tizim yaratish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#brifing
Ertaga, 28-mart kuni AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida 2023-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligining reyting baholash natijalari

Boshlanish vaqti: 16:00

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓25-29-mart kunlari)


O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:

▫️28-mart

📌Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligining
reyting baholash natijalari e'lon qilindi.

▫️28-mart

📌
“Toshkent Metropoliteni” DUK xodimlari uchun tashkil etilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli davra suhbatida Agentlik masʼul xodimi maʼruza bilan ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️25-28-mart
📌
Agentlik direktori A.Burxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik bo‘yicha Global Forum (GACIF)da (Fransiya) ishtirok etdi.

▫️26-27 mart

📌
Agentlik delegatsiyasi Bishkek shahrida (Qirg‘iziston) o‘tkazilgan Markaziy Osiyoda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platforma doirasida "Yuqori axloqiy meʼyorlarni rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish” mavzusida ikki kunlik mintaqaviy seminarda ishtirok etdi.

  ▫️27-mart

📌
Agentlik, Qatar Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi va BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Ko‘rfaz mintaqasi vakillari o‘rtasida (onlayn) uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 84 ta (shundan 75 tasi jismoniy shaxslardan, 9 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 37 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

AOKAda quyidagi mavzularda brifing o‘tkazildi:

▫️25-mart

📌Korrupsiyaga oid jinoyatlar tahlili

▫️28-mart

📌Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida 2023-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligining reyting baholash natijalari

Shuningdek, mazkur haftada:

▫️29-mart

📌OʻzDJTUda bitiruvchi talabalar bilan Agentlikda amaliyot o'tashga oid masalalar yuzasidan muloqot qilindi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt