Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
6.77K subscribers
2.12K photos
269 videos
1.77K links
Download Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓27-fevral— 3-mart kunlari)

O‘rganishlar:  

📌Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnoma hamda Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi.

🔻Аsaka tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʼtkazilgan davlat xaridida aniqlangan qonunbuzilish holatlari eʼlon qilindi.

🔻Ishga kirish uchun pora talab qilgan direktor o‘rinbosari fosh etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️27-fevral

📌Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va АQSh Federal tergov byuro vakili Frenk Tansi oʼrtasida uchrashuv tashkil etildi.

▫️3-mart

📌Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori АQShning Oʼzbekistondagi elchisini qabul qildi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertiza:

📑Аgentlikka kelib tushgan normativ-huquqiy hujjat loyihasidan 4 tasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʼtkazildi, 3 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasida 5 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi.

Ochiq tanlov:

▫️2-mart

📌Oʼzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Ichki audit, moliyaviy va komplaens nazorat boʼlimi boshligʼi lavozimiga nomzodni tanlash boʼyicha ochiq tanlov  oʼtkazildi.

Seminar, trening va boshqa tadbirlar:

▫️2-mart

📌 Аgentlik masʼul xodimi Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Аkademiyasida “Mudofaa vazirligi tizimida manfaatlar toʼqnashuvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish” mavzusida tashkil etilgan seminarda maʼruza qildi.

▫️2-3-mart

📌Yuristlar malakasini oshirish markazida  “Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyoti” mavzusida tashkil etilgan trening, “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash” mavzusida oʼtkazilgan seminarda Аgentlik masʼul xodimlari maʼruza bilan ishtirok etdi.

▫️3-mart

📌Аgentlik masʼul xodimi Davlat boshqaruvi akademiyasida Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari mavzusida maʼruza qildi.

“Korrupsiyasiz soha”:

📌“Korrupsiyasiz soha” loyihasi oliy taʼlimda amalga oshirilishi tahlil qilindi.

Murojaatlar bilan ishlash yoʼnalishida:

📥Аgentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 51 ta (shundan, 48 tasi jismoniy shaxslardan, 3 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Аgentlikning “Call-markazi” – 1253 qisqa raqamiga qoʼngʼiroq orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoʼllangan 41 ta murojaatga huquqiy yoʼnalish va tushuntirishlar berildi, shundan 10 tasi koʼrib chiqish uchun qabul qilindi.

Shuningdek, mazkur haftada:

🏢Аgentlik xodimlari uchun favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish masalalariga bagʼishlangan oʼquv mashgʼuloti oʼtkazildi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PF-6247-son Farmoniga asosan davlat organlari va tashkilotlari:

☑️ har yili 1-martga qadar o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirib, 10-martga qadar uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishlari;

☑️har yili 1-aprelga qadar o‘z faoliyatiga oid hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish uchun matbuot anjumanlarini o‘tkazishlari belgilangan.

Farmonga muvofiq, barcha davlat organlari va tashkilotlari keng jamoatchilik ishtirokida o'z faoliyatiga oid hisobotlarini e'lon qilishlari va muhokama qilishlari lozim.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
#bayram_tabrigi
Mo'tabar onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Aql-zakovat, mehr-muhabbat, sabr-u qanoat, fidoyilik bilan xonadonlarimizga xotirjamlik, hayotimizga fayz berayotganingiz, jonajon yurtimizda rivoj va hamjihatlikka beqiyos hissa qo‘shib kelayotganingiz uchun barchangizga chuqur hurmat-ehtirom hamda eng ezgu tilaklarni bildiramiz.

Go‘zallik va nafosat ayyomi muborak bo‘lsin!


Facebook | Telegram |YouTube|Instagramanticorruption.uz
▪️Maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etishda korrupsiya xavfi omillarini baholash bo‘yicha tadqiqot natijalari

2022-yil davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etilishi va ularning faoliyatida nohalollik omillari tahlil qilindi.

Tadqiqot Agentlik tomonidan “Yuksalish” umummilliy harakati hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) hamkorligida 2020-yil ishga tushirilgan “O‘zbekistonda birinchi antikorrupsiya laboratoriyalarini yaratish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Tadqiqot jarayonida O‘zbekistonning 7 hududidan 413 nafar turli guruh respondentlari ishtirok etdi.

Natijalar ayrim DXSH jarayonlari va tartiblarining samarasizligini, korrupsiya xavfi omillari mavjudligini ko‘rsatdi.

Ekspertlar tomonidan mazkur yo'nalishda korrupsiya xavfini kamaytirishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadiqotning yakuniga oid hisobot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman va shahar hokimliklari o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida mahalliy byudjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni joylashtirishi belgilangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan mazkur Farmon talablarining 2022-yildagi ijrosi tahlil qilindi.

Xususan, 8 ta viloyat hokimligi tomonidan mazkur maʼlumotlar belgilangan tartibda joylashtirilganligi hamda 6 ta hududda ushbu maʼlumotlar Farmon talablariga mos ravishda yoki umuman joylashtirilmaganligi aniqlandi.

➡️Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
▪️Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan 200 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan olib borilgan monitoring natijasida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi buyurtmachiligida ayollar daftarida turgan fuqarolarga tikuv mashinalari xarid qilish yuzasidan 2023-yil 13-fevral kuni o‘tkazilgan 200 mln so‘mlik davlat xaridida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Xususan, monitoring natijalari davlat xaridida ishtirok etgan 3 ta talabgorlardan 2 tasi bir shaxsga tegishli ekanligi, yaʼni o‘zaro affillanganligi holatlari mavjudligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, ushbu xaridda ishtirok etgan 3 ta tadbirkorning hujjatlari ham maxsus elektron platformaga buyurtmachiga tegishli kompyuterdan foydalanilgan holda yuklanganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Samarqand viloyat hokimligiga so‘rovnoma kiritildi.

Viloyat hokimligi tomonidan 2023-yil 27-fevral kuni Agentlikka taqdim etilgan xatga ko‘ra, Agentlikning taqdimnomasida qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilib, xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan hamda o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagan xarid komissiyasining raisiga nisabatan maʼmuriy, bir nafar komissiya aʼzosiga esa intizomiy javobgarlik qo‘llanilgan.

➡️Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓6— 11-mart kunlari)

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
▪️Davlat xizmatchilarining sovg‘a olishi bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining
buyrug'i bilan “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi:

▪️O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladigan xizmat safarlari;
▪️xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar;
▪️O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovg‘a olishi mumkin.

O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.

Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak:

milliy qonunchilikda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi;
sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi;
sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi;
davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi;
manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘ani tadbirdan kelgandan so‘ng 3 ish kunida xo‘jalik bo‘limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.

Sovg‘aning qiymati aniq bo‘lmasa, xo‘jalik bo‘limi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln so‘mdan) ko‘p bo‘lmasa, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.

Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.

Davlat fuqarolik xizmatchilari fuqarolar yoki bevosita boshqa manfaatdor shaxslardan muayyan ishni hal qilib berish yoki kelgusidagi manfaatlar uchun sovg‘a olishi taqiqlanadi.

Nizom davlat fuqarolik xizmatchilariga fuqarolardan sovg‘a olishiga ruxsat bermaydi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat fuqarolik xizmatchisining xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibiga oid Nizomga ko‘ra:

Davlat fuqarolik xizmatchisi xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan o‘zi yoki boshqa shaxslar uchun sovg‘a taqdim etilishini so‘rashiga yoki talab qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan uning oila aʼzolariga taqdim etilgan sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga berilgan sovg‘a deb hisoblanadi.

Davlat organi rahbarining buyrug‘iga (qaroriga, farmoyishiga) asosan:

▪️ sovg‘aning qiymatini aniqlash va uni saqlash, Sovg‘alar reyestrini yuritish davlat organining xo‘jalik bo‘linmasi (xodimi) tomonidan;

▪️ sovg‘ani davlat organining balansiga kirim qilish davlat organining moliya-iqtisod bo‘linmasi (xodimi) tomonidan;

▪️ sovg‘alar bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish davlat organining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi (xodimi) tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘adan tashqari xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan unga mehmondo‘stlik belgisi sifatida bildirilgan takliflarni qabul qilishi mumkin.

Sovg‘aning qiymati:

✔️BHMning 4 (to‘rt) baravariga teng yoki undan ko‘p bo‘lmaganda davlat fuqarolik xizmatchisi tasarrufiga beriladi.

✔️BHMning 4 (to‘rt) baravaridan ortiq bo‘lsa, sovg‘a moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organining balansiga kirim qilinadi.

Davlat organining balansiga o‘tkazilgan sovg‘adan davlat organining ehtiyoji uchun foydalanishga ruxsat etiladi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
▪️Murojaatga asosan byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan mansabdorlar fosh etildi

Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro N.O.ning Navoiy viloyati, Xatirchi tumani Xalq taʼlimi bo‘limi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan hamda bo‘limdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitdan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, muallifning shikoyatlari hamda to‘plangan hujjatlar vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun tegishli idoralarga yuborilgan edi.

Shunga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda Xatirchi tuman Xalq taʼlimi bo‘limi mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirib, 2022 yil iyun-dekabr oylarida 43,6 mln so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 26-fevral kuni Xatirchi tuman Xalq taʼlimi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qism “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda ushbu jinoyat ishi doirasida prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi

Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi.

Baholash natijalariga ko‘ra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, ularning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:

🔹12 ta tashkilot “yaxshi”(81-100 ball);
🔹30 ta tashkilot “qoniqarli”(55-80 ball);
🔹20 ta tashkilot “qoniqarsiz”(55 balldan past)

▫️Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.

➡️Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
⚡️"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni eʼlon qilindi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyada korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qator qo‘shimcha va o‘zgartishlar nazarda tutilmoqda. Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari (93-moddaning 19-bandi):

▫️O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy maʼruzani eshitadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mutlaq vakolatlari (95-moddaning 1-bandi):

▫️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini saylaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari
(109-moddaning 13-bandi):

▫️ respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari lavozimiga nomzodni taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari (115-moddaning 10-bandi):

▫️Ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni taʼminlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi.

▪️Konstitutsiyaviy qonun loyihasining to‘liq matni bilan meningkonstitutsiyam.uz sayti orqali tanishish mumkin.

❗️Eslatma: Joriy yilning 30-aprel kuni ushbu Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi belgilangan.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
#tayinlov
Turayev Iskandar Tursunovich O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Ichki audit, moliyaviy va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tayinlov vazirlik tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ochiq tanlov natijalariga koʻra amalga oshirildi.

📌Ma’lumot uchun: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari uchun quyidagi uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqilgan:

📘Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashning huquqiy asoslari

📗Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi orqali reyting baholashdan oʻtish boʻyicha tavsiyalar

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
#Diqqat_tanlov
⚡️Quyidagi tashkilot va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vakant lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlovlar eʼlon qilindi:

Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi:

▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki audit bo‘limi bosh mutaxassisi;

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Komplayens xizmati:

▫️Komplayens xizmati Janubiy kon boshqarmasi bo‘yicha masʼul xodim (Ish joyi: Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani).

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
▪️O‘zbekiston hukumati mamlakatda meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish loyihasini moliyalashtirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)dan 200 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli qarz jalb qiladi.

Loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga kreditlar o‘zbek so‘mida taqdim etiladi.

AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar respublika byudjeti hisobidan qoplanadi.

Kreditlar loyiha tashabbuskorlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

▫️Loyiha respublikaning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladi.

🔎Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatadi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓13— 17 mart kunlari)


Facebook | Telegram |YouTube|Instagramanticorruption.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va yasharish ayyomi — Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Inson va tabiatni asrab-avaylashga, tinchlik, do‘stu birodarlik va hamkorlik kabi umumbashariy qadriyatlarni eʼzozlashga chorlaydigan sharqona Yangi yil har bir xonadonga, jonajon O‘zbekistonimizga tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-omonlik, fayzu baraka olib kelsin.

Ulug‘vor maqsadlarimiz, yaxshi niyat va ulkan rejalarimiz amalga oshib, yurtimiz yanada obod, xalqimiz hayoti hamisha farovon bo‘lishini tilaymiz!

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashishga barcha masʼul

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar (
hafta mobaynida):

📍Toshkent shahri

▪️Madaniyat boshqarmasi mansabdorlari 8 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi

▪️
Bosh hisobchi tadbirkorning 3,9 mlrd so‘mini o‘zlashtirib yuborgani maʼlum bo‘ldi

📍Toshkent viloyati

▪️“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” bosh hisobchi o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

📍Farg‘ona viloyati

▪️Ichki ishlar organlari xodimlariga pora berishga uringanlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

▪️Pora olgan bojxonachilar sudlandi

▪️Milliardlab pullarni o‘zlashtirgan kollej bosh hisobchisi qamaldi

📍Andijon viloyati

▪️Talon-torojlik va mansab vakolatini suiisteʼmol qilgan Asaka tumani sobiq hokimiga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

📍Qashqadaryo viloyati

▪️"Ko‘p qatori beravering" – tug‘uruq bo‘limi xodimi bemorning yaqini bilan ochiqchasiga savdolashdi

▪️Avtobozor rahbari va hokimlik mutasaddisi davlat ulushini talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

📍Navoiy viloyati

▪️Yo‘l patrul xizmati xodimiga pora taklif qilindi

▪️Yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

▪️90 gektar yerni 1 mlrd soʻmga pullayotganlar qoʻlga olindi

📍Samarqand viloyati

▪️Oltin qazib olish uchun sharoit yaratib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi

▪️Imtihondan o‘tkazib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgarlar qonun oldida javob beradigan bo‘ldi

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓23— 25-mart kunlari)

O‘rganishlar:

📌Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnoma hamda Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi huquqiy ekspertiza:

📌Agentlikka kelib tushgan 5 та normativ-huquqiy hujjat loyihalari korrupsiyaga qarshi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi, ularning 4 tasida 6 та korrupsiyaviy omillar aniqlandi.

Ochiq tanlov:

▫️24-mart

📌O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Komplayens-nazorat va ichki audit departamenti direktori lavozimiga nomzodni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazildi.

Reyting baholash yakuni bo‘yicha:

📌
Faoliyati “qoniqarli” deb baholangan 30 ta tashkilotga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar kiritildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️20-22-mart

📌
Agentlik delegatsiyasining Sloveniyaga xizmat safari amalga oshirildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 41 ta (shundan 38 tasi jismoniy shaxslardan, 3 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 21 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi, shundan 1 tasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz
▪️Davlat xaridlari sohasida 2023-yilning fevral oyida o‘tkazilgan monitoring va tahlil natijalari

📄Vazirlik va idoralar tomonidan 2023-yilning fevral oyida jami 4,35 trln so‘mlik 77 411 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan.

Agentlik tomonidan mazkur davrdagi davlat xaridlariga oid jami 25 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari yuzasidan buyurtmachilarga 26 ta taqdimnoma kiritilgan, shuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

☑️Jumladan, quyidagi qonunbuzilish holatlari aniqlandi:

🔸“Uzbekistan Airports” AJ buyurtmachiligida 4,3 mlrd so‘mga jihozlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridida ishtirokchilarga raqobatni cheklovchi shartlar kiritilgan;

🔸 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali buyurtmachiligidagi 2,6 mlrd so‘mga “Temir-beton ustun” xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilgan;

🔸Toshkent viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligidagi 796 mln so‘mga tibbiy asbob uskunalar sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridida affillanganlik holatlariga baho berilmagan.

Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va so‘rovnomalar natijasida 12 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 7 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan.

➡️Batafsil

Facebook | Telegram |YouTube|Instagram| anticorruption.uz