Ansor 🖤🇺🇿
132 subscribers
239 photos
350 videos
28 files
47 links
Ansor (arabcha: الأنصار Al-Ansar) - maʼnosi "koʻmakdosh" yoki "yordamchi" soʻzini anglatuvchi islomiy atama.

Murojaat uchun
O'zim - @Murotov_h
Bot - @Ansor_hbot
Download Telegram
Nimaga pul sarflab achingansiz ?
Forwarded from Jasurbek Ruzimov | Blog
Ta’limga qilingan sarmoya — Eng yaxshisi...

Har bir inson hayotida unga ishonadigan va orqasidan duosi va yordamini ayamaydigan insonlar bo‘ladi. Mening hayotimda esa bu odamlar — ota-onam va ustozlarim. Ular qilgan sarmoya va bergan ishonch bugun men erishgan muvaffaqiyatlarimning asosiy poydevori bo‘ldi.

2017-2020 yillarda men 3 yil davomida Matematika va 2 yil Fizika fanlaridan tinimsiz tayyorlandim. Oson bo‘lmadi, qiynaldim, charchadim, lekin orzularim va otamning menga bo‘lgan ishonchi menga kuch berdi. Ota-onam o‘zlari qiynalsalar ham, men uchun sifatli ta’lim olishimga sharoit yaratib berishdi. Chunki ular bilishardi — haqiqiy sarmoya farzandining kelajagiga qilinadi.
Bugun ba’zi oilalarda farzandining ta’limiga emas, qimmat telefon, uy jihozlari, avtomobil va boshqa vaqtinchalik narsalarga ko‘proq e’tibor berilayotgani achinarli holat. Lekin mening otam boshqacha fikrladilar. U kishi mendan ko‘proq orzu qildi, men muvaffaqiyatga erishishimga ishonishdi. U ishonch sizga boshqacha ruh beradi.
Natijada,duo, mehnat va fidokorlik o‘z samarasini berdi. Men davlat grantiga o‘qishga qabul qilindim. Bu — otam qilgan sarmoya o‘zini oqlaganining birinchi dalili.

Talabalik davrida esa vaqtni bekorga o‘tkazmadim, o‘qishimni bitirmasdan ishga joylashdim. Hozir esa bir paytlar otam men uchun qilgan xarajatlarning bir necha baravariga teng daromad topyapman. Bu — o‘sha sarmoyaning ikkinchi katta mevasidir.

Yana bir haqiqat shuki, hayotda insonni ikki toifa yuksaltiradi:  Ota-onasi va Ustozlari

“Otam go‘yoki meni osmondan yerga tushirdi. Ustozim esa meni yerdan osmonga ko‘tardi. Ya’ni, otam meni dunyoga kelmog‘imga sabab bo‘ldi. Ustozim ilm va odob o‘rgatib, martaba va izzatimning ortmog‘iga sabab bo‘ldi.”

Bu so‘zlar mening hayotimga aynan to‘g‘ri keladi. Otam menga dunyoni sovg‘a qilgan bo‘lsa, ustozlarim esa bu dunyoda o‘z o‘rnimni topishga yordam berdi.

Farzandga qilinadigan eng to‘g‘ri sarmoya — uning ta’limi, odobi va orzulariga yo‘l ochib berishdir.  Telefon, mebel, mashina eskiradi. Lekin ilm va kasb inson umrining ohirigacha hamroh bo‘ladi, uni ham boqadi, ham ulug‘laydi.Hurmatli ota-onalar, imkon qadar farzandingizning orzulariga qanot bering. Shunda siz kiritgan har bir sarmoya bir kun kelib o‘zingizni ham, farzandingizni ham baxtli qiladi.
🔥21👍1
Jasurbek Ruzimov | Blog
Ta’limga qilingan sarmoya — Eng yaxshisi... Har bir inson hayotida unga ishonadigan va orqasidan duosi va yordamini ayamaydigan insonlar bo‘ladi. Mening hayotimda esa bu odamlar — ota-onam va ustozlarim. Ular qilgan sarmoya va bergan ishonch bugun men erishgan…
2019-2020-yilda shu bolaga fizikani men o'rgatganman ozmi ko'pmi .
Hozirgi kunda shaxs bo'lib yetilmoqda . Hozirgi kunda menga ustozlik qiladigan darajaga yetgan alhamdulillah

Men ta'lim bergan har bir o'quvchi shunaqa natijalarga erishishini xoxliman bu bola bilan juda esda qolarli bir diologimiz bor hali yozaman xudo xoxlasa.
O'qing va menga ustoz bo'ling men roziman ❤️
11👍1
Duo qip turilar , Ustoz Hayot aka imtixonga ketyapti oliy toifani olish ilinjida .
🔥23👍1
76 ball oldim 😁

Oliyga 4 ball yetmay qoldi.

Sababi Pedagogikadan 15 tadan 4 yoki 5 ta ishladim .
💔5
Ansor 🖤🇺🇿
76 ball oldim 😁 Oliyga 4 ball yetmay qoldi. Sababi Pedagogikadan 15 tadan 4 yoki 5 ta ishladim .
Pedagogikani ana endi fan sifatida o'qib kuzda kuchli bo'p qaytamiz inshaalloh 😁
💯8👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dadangiz yaxshi ko'raman bolam demasa hafa bo'lmang yaxshi Ko'radi .

Sizdan ko'ra ko‘proq yaxshi ko'radi 🫀
11😢1
Bugun bizda musobaqa .
Rasm chizish bo'yicha g'olibni siz aniqlab berasiz😁


Yaqin daqiqalarda rasmlarni tashiman siz ovoz berasiz 😁
👍3
1-ishtirokchi . O'zim
🔥14
2-ishtirokchi. Kelinoyi
🔥6❤‍🔥4👍4
Qaysi rasm chiroyli chiqqan ( kim golib )
Anonymous Poll
35%
Hayot aka
65%
Kelin oyi
Ansor 🖤🇺🇿 pinned «Qaysi rasm chiroyli chiqqan ( kim golib )»
Bugunchi , ko'ramizmi futbol ?
👍5
Qaysi Jamoa himoyalanyapti
Anonymous Poll
75%
Qizillar ( barsa )
25%
Oqlar
Tog'ri javob Oqlar ( Telba Inter )

Shu hujum paytida inter 2:0 bilan oldinda edi hisobda .Lekin 7 kishi hujumda bu jinnilik rostan 😂

Barsani shunaqa jinni taktikalar va ishlanmalar bilan yengib ketti inzagi .
Birinchi o'yinda Interda yagona maqsad gol urish , ikkinchi o'yinda Yamalni to'sish bo'ldi.

Inter chempionlikka haqli menimcha !
🔥3