Anhor.uz | Rasmiy kanal | Oʻzbek tilida
583 subscribers
18.8K photos
819 videos
3 files
19.2K links
Yangiliklar, voqealar, fikrlar.

Reklama boʻyich: @anhorreklama
https://anhor.uz/anhor-reklama/

Sayt tahririyati bilan aloqa uchun: @RedAnhorBot
+99890 529-9-925

Pochta: info@anhor.uz

Telegram (rus tilida) - https://t.me/anhoruz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Almatadagi turarjoy binosida portlash yuz berdi: bir kishi halok bo‘ldi – video

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz portlagan. Yong‘in bo‘lmagan, biroq bino konstruktsiyalari qulab tushgan.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/world/almatadagi-turarjoy-binosida-portlash-yuz-berdi/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston suvdan foydalanish bo‘yicha protokol imzoladi

Hujjat 2025-yilning iyunidan avgustigacha obʼyektdan foydalanish tartibini belgilaydi, shuningdek, ishtirokchi davlatlar oʻrtasida suvni samarali va muvozanatli taqsimlashni nazarda tutadi.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/world/qozogiston-tojikiston-va-ozbekiston-suvdan-foydalanish/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Rossiya tomonidan qidiruvga berilgan Polsha rahbarligiga nomzod prezident bo‘ldi

Polshaning konservativ “Qonun va adolat” partiyasi vakili, Polsha Milliy xotira instituti rahbari Karol Navrotskiy mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/world/rossiya-tomonidan-qidiruvga-berilgan-polsha-rahbarligiga-nomzod-prezident-boldi/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
2024-yilgi davlat budjeti ijrosi va mahalliy sanoat bo‘yicha parlamentda muhokamalar o‘tkazildi

Deputatlar Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda parlamentning roli, ayniqsa qonunlar orqali adolat va tenglik tamoyillarini ta’minlash zarurligini qayd etishgan.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/2024-yilgi-davlat-budjeti-ijrosi-va-mahalliy-sanoat/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi eslatishicha, mazkur vaqtlarda quyosh chiqqanidan keyin 15–20 daqiqa o‘tib namoz o‘qilishi inobatga olingan.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/qurbon-hayiti-namozining-oqilish-vaqtlari-elon-qilindi/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Kun yakuni Anhor.uz xabarlarida

Farg‘onada “Xalq banki” va hokim yordamchilarining noqonuniy kredit ajratish ishlari fosh etildi

Xususan, “Xalq banki”ning O‘zbekiston bank xizmatlari markazida faoliyat yurituvchi mahalla bankiri mazkur markaz boshqaruvchisi o‘rinbosari bilan til biriktirib, 2 nafar fuqaro nomiga 66 million so‘m kredit ajratish evaziga 10 million so‘m pora talab qilgan. Mahalla bankiri ushbu mablag‘ni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston “Baxri Tojik” suv omboridan birgalikda foydalanishga kelishib oldi


Uch mamlakat suv resurslari vazirlari 2025 yil yozgi davrida suv omboridan birgalikda foydalanish bo‘yicha protokol imzoladilar. Hujjat iyun–avgust oylaridagi suv taqsimotini tartibga soladi va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror sug‘orish hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashni ko‘zda tutadi.

BAA aeroportlarida o‘zbekistonlik fuqarolar ushlab turilmoqda — pasportlar tekshirilmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda Sharja aeroportida o‘zbekistonliklarning ommaviy ushlanganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ularning pasportlari olib qo‘yilgan, kechikish sabablari tushuntirilmagan. O‘zbekistonning Abu-Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi konsulligi BAA rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Zelenskiy: Rossiyaning yo‘qotishlari diplomatik yechim va o‘t ochishni to‘xtatishga olib kelishi mumkin


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning harbiy salohiyatining pasayishi uni diplomatik muzokaralarga undashi kerakligini ta’kidladi. Vilnyusdagi “Buxarest to‘qqizligi” sammitida u o‘t ochishni to‘xtatish, deportatsiya qilingan bolalarni qaytarish va tinch fuqarolar hamda jurnalistlarni ozod qilish zarurligini qayd etdi.

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslarning reestri va inklyuziv korxonalardan onlayn davlat xaridlari tizimi yo‘lga qo‘yiladi


1 iyundan boshlab “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimi doirasida nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslarning elektron reestri ishga tushadi. Ish beruvchilar nomzodlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 2025 yildan boshlab nogironlarni ishga qabul qiluvchi korxonalardan onlayn davlat xaridlari tizimi ham joriy etiladi. Bu bandlikni kengaytirish va ijtimoiy integratsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi.

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Rossiyada dronlar hujumiga aloqadorlikda gumon qilinib kelib chiqishi ukrainalik bo‘lgan fuqaro qidiruvga berildi

Manbalarga ko‘ra, dronlar uchirilgan mashinalar Timofeуevga tegishli bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, u ilgari Kiуevda yashagan, keyin esa Chelyabinsk oblastiga ko‘chib o‘tgan.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/world/rossiyada-dronlar-hujumiga-aloqadorlik/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
3-iyun kuni O‘zbekistonda havo issiq va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi

Iyunning dastlabki haftasida butun respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lmasligi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/3-iyun-kuni-ozbekistonda/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
“U bizdan emas”: Sibirni “o‘zbeklarning yurti” degan rossiyalik deputat partiyadan chiqarildi

KPRF Markaziy qo‘mitasi rais o‘rinbosari Yuriy Afonin Tagi-Zadening fikrlarini keskin tanqid qilib, u partiya nomidan gapirish vakolatiga ega emasligini bildirdi. “U bir necha yil avval partiya intizomini buzgani uchun chiqarilgan. Uning so‘zlari partiyaning ham, hududiy bo‘limning ham pozitsiyasiga mutlaqo zid”, degan Afonin.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/u-bizdan-emas-sibirni/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Nodavlat oliygohlarda qabul boshlandi

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga qabul jarayonlari har yili iyun-sentabr oylarida bo'lib o'tishi belgilangan. Shunga muvofiq, nodavlat oliygohlarda qabul jarayonlari rasman boshlandi.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/nodavlat-oliygohlarda/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyada sodir bo‘lgan zilzilada 14 yoshli qiz halok bo‘ldi, 69 kishi jarohat oldi

3-iyunga o‘tar kechasi Turkiyaning janubida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila mahalliy vaqt bilan 02:17 da Mug‘la viloyatidagi Marmaris shahri yaqinida yuzaga kelgan.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/turkiyada-sodir-bolgan-zilzilada/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
YTH natijasida skuter haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa joriy yilning 2-iyun kuni soat 23:50 larda Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda va Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida Damas rusumli avtomobil hamda skuter mototransport vositasining to‘qnashuvi oqibatida yuz bergan.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/yth-natijasida-skuter/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Yaponiyaga 5 yilda 10 ming nafar oʻzbekistonlik ishga yuboriladi

Yaponiyada aholi qarishining jadalligi sababli, ayniqsa qurilish, qishloq xoʻjaligi va qariyalarni parvarishlash sohalarida ishchi kuchiga boʻlgan talab ortib bormoqda. Ushbu muammoni hal etish maqsadida “Maxsus malaka” (tokutei ginō) vizasi asosida xorijdan malakali ishchilarni jalb etish yoʻlga qoʻyilgan.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/yaponiyaga-5-yilda/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
O‘zbekistonlik firibgar AQSHda qo‘lga olindi

Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan — o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik sodir etganlikda ayblangan edi.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/o-zbekistonlik-firibgar/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda maosh, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov maoshlar, nafaqalar hamda stipendiyalar 10 foizga oshirilishini e’lon qildi.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/o-zbekistonda-maosh/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sitsiliyada Etna vulqoni otilishni boshladi

Nashr etilgan videolarda dahshatga tushgan sayyohlar chang va toshlardan iborat ulkan bulutlardan qochib ketayotganini ko‘rish mumkin.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/world/sitsiliyada-etna-vulqoni-otilishni-boshladi/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Prezident farmoni: 2025-yil 1-iyuldan pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

Ish beruvchilarga — ish haqlarini qonunda belgilangan eng kam mehnat haqidan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lash tavsiya etiladi.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/pensiya-nafaqa-va-stipendiyalar-10-foizga-oshiriladi/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Istanbuldagi muzokaralar: Ukrainaning talablari qanday?

Turkiyada Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ikkinchi tinchlik muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Ukraina mudofaa vaziri va delegatsiya rahbari Rustem Umerov Istanbulda o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida chiqish qilgan.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/istanbuldagi-muzokaralar/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Bir yil ichida yer yuzidagi aholining yarmi 30 kunlik qo‘shimcha anomal issiqni boshdan kechirdi

Ushbu davrda jami 67 ta issiqlik to‘lqini qayd etilgan bo‘lib, olimlarning aniqlashicha, ularning barchasi iqlim o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liq. Eng kuchli issiqlik to‘lqinlari Janubiy Amerika, Osiyo, Afrika va Okeaniyada kuzatilgan.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/world/yer-yuzidagi-aholining-yarmi-30-kunlik-anomal-issiq/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android
Janubiy Koreyada saylovchilar rekord natija ko‘rsatdi: ular saylovni qanday qiziqarli o‘tkazmoqda?

Ma’lumot o‘rnida, avvalgi ikki prezident saylovida ishtirok etgan fuqarolar ulushi 77 foiz atrofida bo‘lgan edi.

Batafsil👇🏻
https://anhor.uz/uzl/news/janubiy-koreyada-saylovchilar/

@anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar

📲 Mobil ilova 👉🏻
IOS | Android