#Kun_hikmati
Haqiqiy bilim, barcha eng qimmatli narsalar kabi, osonlik bilan erishilmasligi kerak. Uni olish uchun siz ishlashingiz, o‘rganishingiz, o‘ylashingiz va eng muhimi, buning uchun qanoat qilishingiz kerak.
©️Ingliz tarixchisi, pedagog Tomas Arnold

O‘zbeklar umrining 20 yilini faqat to‘y qilishga sarflamoqda
Bizning qishloqda (mahallamizda) bir yilda 50-70 ta to‘y bo‘ladi. Bitta to‘yga kamida 50 mln. so‘m sarflanadi.
Arifmetika: 50.000.000x60=3.000.000.000 (3 mlrd)
Qishlog‘imizda har yili 3 mlrd. so‘m mablag‘ orzu-havasga sarf bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda bizning mahallaga o‘xshagan taxminan 10 mingta mahalla bor.
Arifmetika: 10.000x60=600.000
600.000x50.000.000= 30.000.000.000.000 (30 trln.)
Bu taxminan 3 mlrd. dollar degani. Katta shaharlardagi 25.000 dollarlik tort, 90.000 dollarlik to‘y kabi ahmoqona dabdabalarni ham qo‘shib, o‘rtacha hisoblaganda, taxminan 10 mlrd. dollar bo‘ladi.
O‘zbekistondagi oilalar byudjetidan har yili taxminan 10 mlrd. dollar mablag‘ havoga sovurilmoqda.
Buncha katta mablag‘ni tasavvur qilish uchun qiyos keltiraman: Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodini fransuzlar 500 mln. dollarga qurib bergan; o‘z vaqtida “Asr qurilishi” nomini olgan ToshGʻuzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘l liniyasi qurilishi 220 mln. dollarga tushgan.
Fojiamiz shundaki, bu o‘ta ahmoqona ish ekanligiga hammamizning aqlimiz yetadi. Lekin shu ishni qilaveramiz. Ushbu fikrlarni yozayotgan muallif ham o‘z vaqtida el qatori to‘y qilgan.
To‘yga sarflangan pulning bir kundan keyin qayerda bo‘lishini tasavvur qilaylik. Zora shunda, bu ishlarimizni to‘g‘ri yo‘lga solarmiz.
P.S. Bitta oila to‘y qilishi uchun 3-5 yil yig‘inadi. O‘sha oilada 3 ta farzand: ikki o‘g‘il va bir qiz deb tasavvur qiling. Demak, o‘sha oila 5 marta to‘y qiladi (ikki o‘g‘liga sunnat va kelin to‘y hamda qiz chiqarish). Arifmetika: 4x5=20. Demak, tipik o‘zbek oilasidagilar 20 yil umrini faqat to‘y qilishga sarflab yubormoqda.
© Umid Xo‘jamqulov

Kiyim bilan qozonilgan hurmat axloq sabab boy berilmasligi kerak. Aksincha, vaqti kelsa,kiyimdagi dog'ni xulqning go'zalligi yuvib tursin.
Libosimizga qarab suyganlar xulqimizni ko'rib xulosalarini qayta ishlashga majbur bo'lishmasin.
Eng yaxshi libos go'zal axloqdir.

Kompyuter, telefonim qotib qolsa, o’chirib yoqish eng yaxshi yordam beradi.
Organizm bilan ham shunday bo’lib turadi. Siqilish. Qarorga qiynalish. Charchash. Qotib qoladi.
Bitta o’chirib yoqish yordam beradi. Och qorin + qorong’u joy + vaqtli uxlash = o’chirib yoqish formulasi.
Aziz Rahimov

Sahrodan topganing tikan ham guldir
Kerakli vaqt yutsang tomchi ham daryo
Qoʻlingdan kelsa gar bir qalbni kuldir
Bir qalbni yashnatmoq asli bir dunyo
Abror Nazar
Kerakli vaqt yutsang tomchi ham daryo
Qoʻlingdan kelsa gar bir qalbni kuldir
Bir qalbni yashnatmoq asli bir dunyo
Abror Nazar
Kanalimizga yangi kelgan,azizlar, sizlarga "kichik olamim" ma'qul boʻlyaptimi?
Hali oldinda yangi va yaxshiroq ishlar bizni kutmoqda,nasib.