ANDSTAT I Rasmiy kanal
1.3K subscribers
8.24K photos
250 videos
7 files
3.89K links
Andijon viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati

Savol va takliflar uchun
Admin: @MurodjonTurakulov

Tel: (+998) 74 2282970
Download Telegram
💥“Soy” MFYda aholini ro'xatga olish tadbirga tayyorgarlik ishlari ketmoqda

“Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limning bosh mutaxassisi B. Izbosarov tomonidan Andijon shahri “Soy” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.


Axborot xizmati.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt
O'tgan 2024-yilda umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilari qanchani tashkil etdi?

2024-yilda Andijon viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining IX sinf bitiruvchilari soni 46,7 ming kishini tashkil etgan va 2020-yilga nisbatan ularning soni 7,3 ming kishiga, ya’ni 18,5 % ga ko‘paygan. XI sinf bitiruvchilari soni esa, aksincha, 2024-yilda 2020-yilga nisbatan 5,5 ming kishiga, ya’ni 13,6 % ga kamaygan va 34,9 ming kishini tashkil etgan.


Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt
Kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot eksporti

2025-yilning yanvar-mart oylarida Andijon viloyatida kichik biznes subyektlari tomonidan 89,0 mln. AQSH dollari (umumiy eksport hajmining 36,0 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi,

Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt
2025-yil yanvar-mart oylarida qancha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi?

2025-yilning yanvar-mart oylarida viloyat bo'yicha 22 311,6 mlrd. so‘mga teng sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,7 % ni tashkil etdi.


Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt
#diqqat_ogohlik

Онлайн фирибгарлик қурбонига айланиб қолманг

68 ёшли Хосият она интернетдан фарзандлари билан алоқа қилиш, рецептлар ўқиш ва янги суратлар кўриш учун фойдаланади. Аммо бир куни ижтимоий тармоқдаги “Халқ банки, расмий” саҳифаси орқали ўзини банк ходими деб таништирган кимсалардан бири ёзиб қолди. “Картангиз блокланиши мумкин, маълумотларни янгилаш керак”.
Хабарга ишонган Хосият она фарзандларини ишидан безовта қилишдан чўчиб, уларга қўнғироқ қилмади ва “банк ходими”га карта рақами, амалда бўлиш муддати ва SMS орқали келган кодни ҳам юборди. Бир неча дақиқа ўтмасдан, йиғиб юрган нафақа пулидан айрилди. Пулни йўқотиш – оғир, аммо ўзини ҳимоясиз ва фарзандлар олдида айбдордек ҳис қилиш ундан ҳам оғирроқ...

Хосият хола касалхонанинг жонлантириш бўлимида кўзини очди.

Хосият ҳола ва унинг фарзандлари ҳеч қаердан ҳимоя топа олмади...

👉🏻 Батафсил https://uza.uz/posts/710037

Каналга обуна бўлинг!
https://t.me/andaokb
Kibermakonda ma'lumotlar xavfsizligi mavzusida seminar tashkil qilindi

💥Joriy yilning 18-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari uchun Kibermakonda ma'lumotlar xavfsizligi mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminarda Raqamlashtirish va ma'lumotlarni saqlash markaz boshlig'i X. Axunov so'zga chiqib, yig'ilish qatnashchilariga raqamli gigiyena qoidalariga rioya qilish - kibermakonda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilishga, kiberxujumlarni oldini olishga va xavfsiz onlayn muhit yaratishga yordam berishi to'g'risida tushunchalar berdi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt
O‘zbekiston 3 oyda 4,3 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan

🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-mart oylarida xorijga qiymati 4,1 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 4,3 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.

📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming tonnaga ko‘p yoki 47,6 % ga oshgan.

O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-mart oylarida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:

🇰🇿 Qozog‘iston – 1,8 ming tonna

🇦🇿 Ozarbayjon – 531,4 tonna

🇵🇰 Pokiston – 496,9 tonna

🇷🇺 Rossiya – 374,2 tonna

🇹🇲 Turkmaniston – 321,2 tonna

🇨🇳 Xitoy – 268,1 tonna

Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ELON
#KITOBXONLIK_XAFTALIGI

🔊Республикамизнинг барча ҳудудларида 2025 йилнинг 21-27 апрель кунлари “Ўзбекистон китобхонлар юрти” шиори остида V-Республика китобхонлик ҳафталиги ўтказилиши белгиланган.
✔️ Китобхонлик ҳафталиги давомида турли китобхонлик марафонлари ва акциялари, театрлаштирилган саҳна кўринишлари, томошалари, ижодкорлар билан учрашувлар, суҳбатлар хотира кечалари, янги китобларнинг тақдимотлари, турли манзилларда сайёр тадбирлар, китобхонлар, ўртасида интеллектуал ўйинлар ва бошқалар ўтказилиши режалаштирилган. Ҳафталик вилоятимизнинг барча туман ва шаҳарларида ўтказилади.

Каналга обуна бўлинг!
https://t.me/andaokb
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 Тошкент метрополитенида 1 кунда ўртача нечта йўловчи ташилмоқда?

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-март ойларида Тошкент метрополитенида 70,2 млн йўловчи ташилган.

Бу кўрсаткич 2024 йилнинг мос даврига нисбатан 7,2 млн нафарга кўп.

2025 йилнинг январь-март ойларида Тошкент метрополитенида бир кунда ўртача 780 минг нафар йўловчилар ташилган бўлиб, 2024 йилнинг мос даври билан солиштирилганда 12,6 %га ошган.

📢 Расмий саҳифалар | Официальные каналы

| Telegram | Instagram |Facebook |Youtube | X | LinkedIn
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
📊 3 ойда темир йўл транспортида қанча юк ташилган?

🏢 Миллий статистика қўмитасининг дастлабки маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-март ойларида Ўзбекистон Республикаси бўйича умумий фойдаланишдаги магистрал темир йўл транспорти орқали 27 млн тонна асосий турдаги юклар ташилган.

Юк ташиш ҳажми 2024 йилнинг мос даври билан солиштирилганда 0,8 млн тоннага ёки 3,0 % га ошгани кузатилган.

📢 Расмий саҳифалар | Официальные каналы

| Telegram | Instagram |Facebook |Youtube | X | LinkedIn
Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda

📊 Andijon viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda:

🔸yalpi hududiy mahsulot hajmining o‘sish sur’ati–105,8 %
🔸sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi–106,7 %
🔸qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati–107,7 %
🔸chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati–107,7 %
🔸bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati–111,4 %
🔸qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’ati–104,0 %
🔸tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati–83,6 %
🔸eksportning o‘sish sur’ati–91,7 %
🔸 importning o‘sish sur’ati–81,0 %
🔸faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (2025 yil 1 aprel holatiga)–26 074 ta
🔸transportda yuk tashishning o‘sish sur’ati–103,1 %
🔸transportda yo‘lovchi tashishning o‘sish sur’ati–101,9 %
🔸doimiy aholi soni (2025 yil 1 aprel holatiga) – 3 474,1 ming kishi

Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt
Viloyatimizda qariyb 2 232,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan

🏢 Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida Andijon viloyatida qariyb 2 232,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu ko'rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish surati 107,7 % ga oshgan.


Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt
Eng koʻp tadbirkorlik subyektlari qaysi hududda faoliyat yuritmoqda?

📊
2025-yilning 1-aprel holatiga viloyatimizda 20 626 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritgan.

⬇️Ularning soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Andijon shahri – 5 656 ta
Andijon tumani – 1 768 ta
Asaka tumani – 1 701 ta
Shahrixon tumani – 1 393 ta
Baliqchi tumani – 1 291 ta
Oltinko‘l tumani – 1 093 ta
Qo‘rg‘ontepa tumani – 1 010 ta
Izboskan tumani – 975 ta
Marhamat tumani – 909 ta
Jalaquduq tumani – 905 ta
Xo‘jaobod tumani – 867 ta
Paxtaobod tumani – 794 ta
Bo‘ston tumani – 670 ta
Ulug‘nor tumani – 655 ta.
Buloqboshi tumani – 582 ta.
Xonobod shahri – 357 ta.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt
Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning tarixi

Qadimdan har qanday davlatning shakllanishi va rivojlanish tarixida uning milliy boyliklari to‘g‘risidagi maʼlumotlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Davlatni boshqarishda aholi soni, yer maydoni va moddiy boyliklari to‘g‘risidagi bilimlar juda ham muhim xisoblanadi.

Batafsil...

Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt
Andijonda yil boshidan 17 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–mart oylarida FHDYO organlarida Andijon viloyati bo‘yicha 17 668 nafar tirik tug‘ilish holati qayd etildi.

Shundan,
👶 O‘g‘il bolalar – 9,1 ming nafar
👧 Qiz bolalar – 8,6 ming nafar

📍 Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:
🔹 Andijon shahri – 3 514 nafar
🔹Asaka tumani – 1 874 nafar
🔹Andijon tumani – 1 762 nafar
🔹Shahrixon tumani – 1 612 nafar
🔹Izboskan tumani – 1 337 nafar
🔹Qo‘rg‘ontepa tumani – 1 114 nafar
🔹Baliqchi tumani – 1 074 nafar
🔹Jalaquduq tumani – 949 nafar
🔹Marhamat tumani – 933 nafar
🔹Paxtaobod tumani – 872 nafar
🔹Buloqboshi tumani – 716 nafar
🔹Oltinko‘l tumani – 616 nafar
🔹Xo‘jaobod tumani – 563 nafar
🔹Bo‘ston tumani – 378 nafar
🔹Ulug‘nor tumani – 185 nafar
🔹Xonobod shahri – 169 nafar

Rasmiy sahifalar👇

Facebook | Telegram | Web sayt