Ism: Zafar
Yosh: 43
Manzil: Qoqon
Mavzu: Prostatit
@andrology_uz
Yosh: 43
Manzil: Qoqon
Mavzu: Prostatit
Savol:Prostatitni davolaysizmi ?
Javob:Davolayman, kelishiz mumkin!
@andrology_uz
#фойдали_маслаҳатлар 🏥
Tamaki tutunidagi «zahar»
Mutaxassis olimlar aniqlashlaricha, tamaki tutuni tarkibida 400 ga yaqin zararli moddalar bo‘lib, ulardan 20 ga yaqini (ayniqsa nikotin moddasi) o‘ta zaharli hisoblanadi va kashanda sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zilar filtrli sigaretalar nikotinni o‘tkazmaydi, deb hisoblashadi. Bu borada uzoq yillar izlanish olib borgan olimlar xulosasiga ko‘ra, filtrlar taxminan 40 foiz nikotinni “yutadi”, biroq ular organizmga is gazi tushishini 28 foizga oshiradi.
Sigareta tutunini birinchi bor ichga tortgan o‘smir tanasida nikotin tezda qonga so‘rilib, butun organizmga tarqaladi. Bir necha daqiqadan keyin bosh miyaga yetib boradi, markaziy asab tizimi faoliyatini keskin izdan chiqarib, nerv hujayralariga o‘tadi. Bunday holatda so‘lak oqadi, ko‘ngil ayniydi, tomir urishi tezlashadi, quloqlar shang‘illaydi, odam bo‘shashadi, boshi aylanadi, qo‘llari qaltiraydi, hiqildoq, qizilo‘ngach, me’da spazmga uchraydi.
Muntazam tamaki chekish erkaklarni jinsiy zaiflikka olib keladi. Jinsiy bezlardagi o‘zgarishlar rivojlanishi natijasida jinsiy qobiliyat susayishi mumkin. Shuning uchun ham kashandalarning 11 foizi mijoz sustligidan shikoyat qiladi. Chekish paytida hosil bo‘ladigan nikotin va boshqa kimyoviy moddalar ta’sirida spermatozoidlar ishlab chiqishi yomonlashadi, bu befarzandlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Kashanda ayollarda tamaki tutuni ta’sirida ko‘pincha hayz tartibi buzilishi kuzatiladi, aksariyat hollarda tanadagi a’zolarda o‘smalar paydo bo‘ladi. Kashandalik ayol husn-latofatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Chekadigan ayollarda homiladorlik davri og‘ir o‘tadi, tug‘ruqdan so‘ng asoratlar uchraydi. Homiladorlik davrida chekish homilaning shakllanishi va rivojlanishiga zararli ta’sir qiladi. Bristol universiteti (Angliya) mutaxassislarining aniqlashicha, homiladorlik davrida chekkan ayollarda ko‘pincha bola muddatiga yetmay tug‘iladi, homilaning nobud bo‘lish ehtimoli 30 foizga ko‘payadi. Homiladorlikning ilk haftalarida qorindagi bolaning nikotin bilan zararlanishi juda xavfli, chunki unda har xil tug‘ma nuqsonlar (lablar va tanglay tirtiqligi, qo‘l-oyoqlarda nuqsonlar ) paydo bo‘lishiga imkon yaratiladi.
Bundan tashqari, chekadigan ayollarning farzandlari aterosklerozga moyil bo‘lishadi. Ulardan tug‘ilgan chaqaloqlarning 40 foizga yaqinida tomir tortishishi uchraydi. Ota-onasi chekadigan bolalar o‘rtasida esa tutqanoq kabi og‘ir kasalliklar kuzatiladi. Demak, sog‘-salomat hayot kechirish uchun chekishdan butkul voz kechish lozim. Chekishni tashlamoqchi bo‘lganlarga psixologlar shunday maslahatlar berishadi:
Jismoniy mashqlar miqdorini oshirib boring. Kuniga 3 km gacha piyoda sayr qiling, badantarbiya va suzish bilan shug‘ullaning, organizmni chiniqtiring.
Chekish xumori tutganda irodali bo‘ling. O‘zingizga bergan va’dani buzmaslik uchun chidamli va kuchli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, keyinchalik bu fazilatingizdan o‘zingiz g‘ururlanib yurasiz.
Chekishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq aslida 3-5 daqiqa davom etadi. Bu vaqtda o‘zingizni biror yumush bilan chalg‘iting, masalan, kitob o‘qishingiz, do‘stlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki bir stakan sharbatni asta-sekin ho‘plab ichishingiz mumkin.
Chekishni tashlashga kirishgan kuningizdan boshlab, 3-4 hafta qahva va spirtli ichimliklar ichmaganingiz ma’qul. Tamaki chekishdan voz kechish salomatligingizni yaxshilashga xizmat qilishini unutmang.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
@jinsiy_muammolar_yechimi 📨

Ism: Mirpo'lat
Manzil: Toshkent
Mavzu: Ovulatsiya
@andrology_uz
Manzil: Toshkent
Mavzu: Ovulatsiya
Savol:Assalomalekum Zarifjon aka ayyolarda ovulyatsiya paytini qanaqa qilip anqlasa bo'ladi imkoni bo'sa jovobini telegram kanalizda yozib yiborsez
Javob:turmush ortogiz ginekologga borsa orgatib qoyadi, uy sharoitda orqa peshobdan (rektal) harorat olchash eng oson usuli, UZI eng oson usuli toliq togrisini ginekologlardan sorashi kk
@andrology_uz
Ism: Javohir
Yosh: 22
Manzil: Andijon
Mavzu: Prostata
Bn yaqinda nasib bolsa uylanaman unawtiruv bolgan qizim bn korwgan paytm olat bowidan rangsz suyuqlik keladi telda gaplawgan paytda ham wu holat boladi bu kasalimi
@andrology_uz
Yosh: 22
Manzil: Andijon
Mavzu: Prostata
Savol:Assalomu alekum doctor yaxwimisz 1)prostatada mammoym bor.2021 yil operatsiya bolgandm varikaselani 3bosqici
Bn yaqinda nasib bolsa uylanaman unawtiruv bolgan qizim bn korwgan paytm olat bowidan rangsz suyuqlik keladi telda gaplawgan paytda ham wu holat boladi bu kasalimi
Javob:shikoyatlarizi orasida prostataga tegishlisi yoq, imkoniyat qilib gaplashmang unashtiriligan bolsez ham, j.olat qozgalganda ozroq shilliq chiqishi normal holat lekin kop miqdorda bolishi kasallik belgisi, toydan oldin kelib korik tekshiruvlrdan otib davolaning
@andrology_uz
#фойдали_маълумотлар 🏥
Мояклар ҳолатини мустақил баҳолаш
Ўз моякларини баҳолаш жуда ҳам осон ва енгил жараёндир, бунинг учун энг қулай пайт енгил душ олингач ёки илиқ сувда чўмилгандан кейин ёрғоқнинг бўшашган пайтидир.
Моякларни ҳар қандай касаллиги ва айниқса ўсмаси агар эрта ва ўз вақтида аниқланса даволаш натижаси ижобий якунланадиган ҳолатдир.
Бунинг учун ҳар қандай ёш эркак кишининг ўз мояклари бир ойда бир маротаба текшириб туриши мақсадга мувофиқдир ва агар пайдо бўлган кичик шубҳа ёки кичик шиш кузатилса дарҳол шифокорга мурожаат қилиш керак.
Иккала мояклар бир вақтнинг ўзида текширилгани маъқулдир. Кафтининг юза қисмини ёрғоқ ортига қўйиб бармоқ билан тўқималар структурасининг бир текисдалигига эътибор берилади, нормал ҳолатдек кузатилмаса дарҳол уролог андрологга мурожаат қилиш керак.
Уролог-Андролог Зарижон МУРОДОВ.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎

Ism: Наргиза
Yosh: 30
Manzil: Жиззах
Mavzu: Бокиралигим хакида
@andrology_uz
Yosh: 30
Manzil: Жиззах
Mavzu: Бокиралигим хакида
Savol:.Якинда Бир йигитни тажовузига учрадим. Уруб ду'ппослаб зурламокчи бу'лди. Пастки Олд томонимга 2 та бармогини тикиб Олди. 2 соатлар у'тиб ним пушти кейин 1 кун куни Билан кон келиб ту',хтаб колди. Кизлик пардам йиртилиб кетдими бузилиб колдимми деб у'йдаман. Хомиладор бу'либ колишим мумкун и.
Javob:Zudlik bilan sudga berishiz kk, sud tibbiy ekspertiza tayinlaydi. Qol kiritilishi bilan homiladorlik bolmaydi, j.aloqada bolishiz yoki osha joyga yaqin joyga sperma tokilgan bolsa homiladorlik bolish ehtimoli bor.
@andrology_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#доктор_саволим_бор 📨
«Мойкада ишлашлик бепуштликка олиб келар экан»?
https://m.youtube.com/watch?v=X4dczV9w-Iw
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
@jinsiy_muammolar_yechimi 📨
«Мойкада ишлашлик бепуштликка олиб келар экан»?
https://m.youtube.com/watch?v=X4dczV9w-Iw
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
@jinsiy_muammolar_yechimi 📨
#фойдали_маълумотлар 🏥
ФАОЛ ЖИНСИЙ ҲАЁТ САЛОМАТЛИК УЧУН ФОЙДАЛИ
Кўпгина ёшларнинг фикрига кўра, одамнинг ёши ўтиши билан боғлиқ ҳолда жинсий ҳаётда турли муаммоларга дуч келиб, интим соҳаси зерикарли бўлиб қолади. Миннесота университети мутахассислари эса бу шунчаки афсона эканини аниқлашди. Кекса одамлар жинсий алоқа сонига эмас, балки унинг сифатига кўпроқ эътибор беришади, бу уларнинг интим ҳаётига ижобий таъсир қилади, деб хабар беради Deccan Chronicle.
Тадқиқот натижасига мувофиқ, бой тажриба кекса одамларга синов ўтказиш ва жинсий ҳаётини яхшилашга имкон беради. Ёши ўтган кишилар жинсий ҳаётда ҳам “доноликка" эга бўлади, бу эса жинсий алоқанинг сифатига эътибор қаратишга мажбур қилади, унинг давомийлиги ёки сони ҳақида ўйлашга эмас.
Шунингдек, олимларнинг таъкидлашича, кекса одамлар кўпроқ ҳаракат қилишади ва ёшларга нисбатан жинсий шеригининг ҳис-туйғуларига кўпроқ эътибор беришади. Бундан ташқари, кекса одамларнинг реал бўлмаган нимадир кутиши камроқ.
Дарвоқе, эректил дисфункция кекса одамларда тахмин қилинганидан кўра камроқ тарқалган экан. Мутахассислар қўшимча қилишади: фаол жинсий ҳаёт инсон саломатлигини деменция ва юрак-қон томир касалликлари каби бир қатор муаммоларидан ҳимоя қилади.

#қисқа_фактлар ☑️
Moyaklarda bir kunda tahminan 200 million spermatozoid ishlab chiqariladi.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Moyaklarda bir kunda tahminan 200 million spermatozoid ishlab chiqariladi.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
#фойдали_маслаҳатлар 🏥
Qovushishning qoidasi bormi?
Yangi kelinman, umr yo‘ldoshimga endigina o‘rganayapman. Ammo uning ba’zi odatlari ko‘nglimni xijil qilmoqda. Mening istak-xohishim, kayfiyatim bilan hisoblashmasdan, hatto sog‘lig‘im bilan qiziqmay qovushishga undayverishi to‘g‘rimi, axir? Jinsiy hayotning ham o‘z qoidalari bordir. Shu haqda bilgim keladi. Zarifa, 20 yoshda.
Juftingizda mayl uyg‘oting
– Jinsiy yaqinlaShuv o‘zaro kelin-kuyovning xohish-mayli bilan amalga oshirilgandagina har ikki tomon bundan to‘la-to‘kis huzur-halovat topadi. Ayniqsa, «ilk visoldan» keyingi uch yoki besh kunlik «tiyilish” kelinchakning jinsiy a’zosidagi jarohat izlari bitishiga yordam beradi. Xo‘sh, qovushishning qanday qoidalari bor? Masalan, o‘ta to‘yib ovqatlangandan so‘ng yoki juda och qolgan paytda jinsiy yaqinlik qilinsa, ichaklar faoliyatiga putur etadi. Zo‘riqtiruvchi jismoniy va aqliy mehnatdan keyin ham jimoga kirishish zararli. Avtomobil yoki poezdda qovushishdan ehtiyot bo‘ling, bu noqulay holatda albatta jarohat olishingiz mumkin. Kimningdir biror joyi og‘rib turganda yoki isitmalaganda qilingan yaqinlik umuman huzur-halovat bag‘ishlamaydi, balki bemor uchun zararli hisoblanadi. Kuyov Shuni unutmasligi kerakki, kelinchak jinsiy yaqinlikka tayyor bo‘lmasa, u qovushishdan lazzatlanmaydi, natijada asabi zo‘riqadi, umr yo‘ldoshidan ko‘ngli qoladi, hatto bu hol uning jinsiy a’zolaridagi qon aylanish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayol nafaqat ruhan, balki jismonan ham shikastlanadi.

O‘sha tunni unutolmayman…
To‘y kechasi turmush o‘rtog‘im tomonidan qo‘pollik bilan qilingan jinsiy munosabat qurboni bo‘lganman. Ko‘p qon yo‘qotib o‘sha kechaning o‘zidayoq shifoxonaga tushdim. Bir hafta davolanib oilamga qaytdim. Juftingiz faqat o‘z hirsini o‘ylab noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilsa, bezib qolarkansan kishi. Avvaliga qo‘rqib aytganlariga ko‘ngan bo‘lsam, keyinchalik undan shunchalar sovib ketdimki, ko‘p o‘tmay ajralishdik. Nima uchun ba’zi yigitlar juftiga bu qadar qo‘pol munosabatda bo‘larkin-a? Jinsiy madaniyat, mehr-muhabbat va umr yo‘ldoshini asrab-avaylash kabi fazilatlardan bexabarmi ular? Yigitlarga mutaxassis tomonidan eng zarur maslahatlar berilishini istayman, toki qizlar nikoh tunida men kabi qiynoq girdobida qolishmasin.Zahro, 19yoshda.
Ayol «qulog‘i» bilan sevadi
– Er-xotin jinsiy qobiliyatining darajasi muhim ahamiyatga ega. Erkakning «mayli» uning ko‘ruv a’zosida, ayolning seksualligi esa eshituv a’zosida mujassamlashgan. Ya’ni kuyov ayolining husni-malohatiga maftun bo‘lsa, kelinchak qallig‘ining shirin so‘zlari va erkalashlaridan rohatlanadi. Agar kuyov to‘y kechasi ichkilik ichib yoki jinsiy tarbiyadan bexabar holda kelinchakka qo‘pol munosabatda bo‘lsa, bunda kelinchak faqat azob chekadi, hatto qon ketishi ham mumkin. Kelinchak hayz ko‘rgan bo‘lsa, jinsiy aloqa qilmaslik kerak, aks holda bu gigiyenaga zid hisoblanib, bachadonga infeksiya tushishi mumkin. Xullas, visol kechalari xavotirlarga barham berish uchun kuyov kelinchakni ko‘proq sevib erkalashi, unda mayl uyg‘onishini kutishi, sabr-toqatli bo‘lishi lozim. «Ayol qulog‘i bilan sevadi” degan hikmatni unutmang.

#қисқа_фактлар 📌
Зам-зам сувининг сири ҳалигача тўлиқ очиқлангани йўқ, шундайин пок сув берган Аллоҳ-га шукрлар бўлсин.

90% аёлларнинг овулация куни ой кўрган кунидан бошлаб 14-кунга тўғри келади, айнан шу куни ҳомиладор бўлиш эхтимоли жуда катта, эркак киши уруғ ташлашдан аввал 3кун жинсий алоқадан сақланишлиги мақсадга мувофиқ бўлади. Янаям содда қилиб айтганда ой кўриш вақтини тенг ярми ҳиссобланилади масалан 30кунда ой кўрса 15-кунига тўғри келади.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌏

Jinsiy aloqa haqida erimda hattoki, tasavvur ham yo‘q!
— Erim yaqin kunlarda o‘ttiz yoshni qarshilaydi. O‘tgan yilning dekabr oyida to‘yim bo‘lgan. Shu vaqt ichida biror marta birga bo‘lmadik. Erim shu yoshgacha jinsiy aloqada bo‘lmaganini tan oldi. Bu haqda, hatto tasavvurga ega emas ekan. Shifokor ko‘rigidan o‘tishga zo‘rg‘a ko‘ndirdim. Urolog-androlog erimga o‘tkir yallig‘lanish, varikoz va quvvati pastlik xastaliklari tashxisini qo‘ydi. Varikozni operatsiya qilish kerak deyishdi. Shifokorning aytishicha, vaqtida davolanmaslik bepushtlikka olib kelar ekan. Qizig‘i, to‘ydan avval tibbiy tekshiruvlardan o‘tganmiz. O‘shanda bunday kasalliklar aniqlanmagandi. Bundan tashqari, erim juda asabiy, ijobiy hissiyotlardan yiroq. Qaynonam erimni davolashga majbur qilganim uchun meni yomon ko‘rib qolgan. Hozir ota-onamnikida yashayapman. Erimning oilasidagilar o‘g‘lining aybini tan olishni istashmadi.
Nima uchun yosh yigitlar uchrayapti?
Oxirgi yillarda jinsiy ojizlik, aloqaga kirishishdan qo‘rqish 20–25 yoshdagi yigitlarga ko‘proq xavf solmoqda. Jinsiy aloqadan qo‘rqish yoshlarda ko‘pincha ruhiy omillar sabab yuzaga keladi. Doimiy stressli vaziyatlarda ishlash, kam uxlash, charchoq, depressiya, qo‘rquv va hayajon, tajribasizlik, kamharakatlilik, kompyuter texnologiyalariga mukkasidan ketgan holda ko‘p o‘tirish natijasida qon aylanishining buzilishi sabab yoshlarda jinsiy yaqinlik payti ojizlik sezilishi mumkin.
Biroq yigitlarda ham yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklar bilan birga, umurtqa va tos sohasidagi bo‘g‘imlarga yetkazilgan jarohatlar tufayli ham qovusholmaslik yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. Ba’zan jinsiy ojizlik yosh yigitlarda turmush tarzi bilan bog‘liq sabablar tufayli kelib chiqishi ham mumkin. Uzoq vaqt jinsiy yaqinlikdan saqlanish, jinsiy hayotni kech boshlash yoki bu borada o‘ta faol bo‘lish, ayrim dori vositalarini muntazam ichish, oziqlantiruvchi moddalarning yetishmovchiligi, ba’zi sport turlari bilan shug‘ullanuvchi yoshlarning gormonal vositalarni qabul qilishi shular jumlasidandir.
Qachon kimga murojaat qilish zarur?
Jinsiy aloqa ro‘y bermasligi doimiy ravishda qaytalanaversa, zudlik bilan androlog mutaxassisga murojaat qilish kerak. Shuningdek, jinsiy a’zolardagi deformatsiyalar (shakliy buzilishlar), uzoq vaqt jinsiy yaqinlikni xohlamaslik, ereksiya (jinsiy qo‘zg‘alish) vaqtida og‘riq his qilish, ovozning o‘zgarishi ham shifokor qabuliga yozilishingiz uchun jiddiy asos borligini ko‘rsatadi. Bunday mutaxassislarni har bir tuman, viloyat va shahar mahalliy poliklinikalarida, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, shuningdek, xususiy klinikalardan ham topish mumkin.
Qanday davolanadi?
Avvalo, jinsiy ojizlik kasalliklar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ularni bartaraf etish lozim. O‘z o‘rnida gormonal holatingizni ham albatta, tekshirtiring. Mabodo jinsiy yaqinlikdan qo‘rqishning kelib chiqishiga psixologik omillar ta’sir qilgan bo‘lsa, ruhshunosga murojaat qilishni unutmang.
Normal jinsiy quvvatga ega bo‘lish uchun ovqatlanishga ham jiddiy e’tibor qaratish lozim. Tarkibida yog‘ moddasi kam bo‘lgan, ko‘proq vitaminli mahsulotlarni iste’mol qilish kerak.
Sog‘lom turmush tarzi, tartibli jinsiy hayotni kechirishdan tashqari, jismoniy mashqlarni bajarish ham jinsiy quvvatni kuchaytirishga xizmat qiladi. Ereksiya uchun qo‘llarni oldinga cho‘zgan holda o‘tirib-turish eng yaxshi mashq sifatida tan olingan. 1 kunda 50-100 marta shu mashq bajarilsa, kichik tos sohasini qon bilan ta’minlanishi kuchayadi. Bundan tashqari, piyoda yurish, velosipedda uchish ham samarali.

https://www.youtube.com/c/DrZarifjonMURODOVurologandrolog/videos
YouTube тармоғида ҳам бизни кузатиб боринг.

#архив 📌
#мулоҳаза_учун 📌
Бир оилани ажралишида фақат келинни айбдор қилишлик яхши эмас ҳурматли эркаклар, қарс икки қўлдан чиқади, келинни онасида ҳам айб бўлиши мумкин )))
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌏
#мулоҳаза_учун 📌
Бир оилани ажралишида фақат келинни айбдор қилишлик яхши эмас ҳурматли эркаклар, қарс икки қўлдан чиқади, келинни онасида ҳам айб бўлиши мумкин )))
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌏
#фойдали_маълумотлар 🏥
Ўсмирлардаги айрим муаммолар.
Эҳтилом қандай ҳолларда тез-тез қайталаниши мумкин?
ўсмир ўта бекорчи бўлиб, кучли қўзғатувчи таомларни истеъмол қилса;
ойнаи жаҳондаги бепарда томошаларга ружу қўйган бўлса;
ишқий саргузаштли суҳбатлар, беибо адабиётлардан баҳраманд бўлса;
жинсий аъзоларини қисиб турадиган ички кийимларда, осмонга қараб ухлаш одати бўлса;
гижжа ёки бошқа сабаб боис болалигидан қўллари чотга кетаверса ҳамда ухлаганда мунтазам равишда қўлларини сонлари орасига қўйиб ётса ҳам тез-тез булғаниш рўй бериши мумкин.
Аммо юқоридаги ҳолларда унинг тез-тез рўй бериши ҳам хавотирга асос бўла олмайди.
Қандай ҳолатларга андролог кўриги зарур?
Эҳтилом қуйидагича рўй берган ҳолларда мутахассис шифокор билан маслаҳатлашган маъқул:
булғаниш ҳар куни бир неча маротаба ёки кун ора рўй бераверса;
эҳтилом пайти аниқ-тиниқ туш кўрилмаса, закар таранглашуви рўй бермаган ҳолда булғанилса;
эҳтилом лаззатланиш билан кечмаса ва оғриқли ҳиссиётлар бўлса;
булғанишдан сўнг тетиклашув эмас, аксинча ланжлик пайдо бўлиб, кайфият беихтиёр ёмонлашса, шифокорга мурожаат этилиши мақсадга мувофиқ бўлади.
Эҳтиломдан сўнг ғуслнинг лозимлиги, яъни чўмилиш шартлиги тиббий нуқтаи назардан ҳам тўғри эканлиги шубҳасиздир.

Юқорида асосан тунги поллюция ҳақида фикр юритилди. Аммо ҳаётда кам ҳолларда бўлсада, кундузги, уйғоқ ҳолда, ўнгда рўй берувчи эҳтиломлар ҳам учрайди. Кундузги поллюциянинг адекват ва ноадекват турлари тафовут қилинади. Кундузги адекват поллюция қучиш, бўса олиш каби шаҳвоний қўзғалишлар натижасида рўй беради. Шунингдек, ёшлар кўз ўнгида чўмилиш ҳавзаларида ярим яланғоч аёллар баданларининг кўз-кўз қилиниши ҳам кундузги адекват поллюцияга сабаб бўлиши эҳтимолдан холи эмас.
Кундузги ноадекват поллюция эса шаҳвоний қўзғалиш натижасида эмас, ижобий таъсиротлар (томошада кескин, зўриқиб кулиш) ёки салбий таъсиротлар (кескин қўрқув) натижасида камдан-кам ҳолларда учрайди.
Ёшлар орасида петтинг ҳолати ҳам учрайди. Бу жамоат жойларда, транспортда бировга тирғалиб, ишқаланиб шаҳват чиқазиш ҳолидир. Гоҳо келин-куёвларнинг қовуша олмай, алоқанинг сонлар орасига ишқаланиши билан кифояланишлари ҳам шу ҳолатга киради. Петтингнинг юзаки, чуқур, ўз ёки бошқа жинсга, бир ва иккиёқламали турлари тафовут қилинади.
Юқорида таъкид этилган ҳолларнинг барчасини эҳтилом жараёнининг турли кўринишлари деб тушуниш мумкин. Шу боис, бундай ҳолат беихтиёр рўй берган кишилар бутун вужудларини поклашлари, яъни чўмилишлари мақсадга мувофиқ. Зеро, шаҳват суюқлиги таркибидаги фруктоза каби қатор моддалар касаллик чақирувчи кўплаб микроблар учун севимли озуқа эканлиги тиб илмига маълум ва покланмаслик турли дардлар пайдо бўлишига мойиллик туғдириши шубҳасиздир.

#табрик 🎉
Яна бир хушхабар, яна бир оилада чақалоқ кулгиси янграмоқда.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Яна бир хушхабар, яна бир оилада чақалоқ кулгиси янграмоқда.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
#қисқа_фактлар ☑️
Чекувчиларда импотенция – жинсий заифлик бўлиш хавфи чекмайдиганларга караганда 2 марта баланд бўлади.