AndTI Zakovat Klubi | Rasmiy
316 subscribers
2.21K photos
124 videos
26 files
357 links
Andijon mashinasozlik instituti Zakovat Klubining rasmiy kanali

Murojaat va takliflar uchun: @azizbek_mukhammadjonov @Rayimjonov_Omadbek
Kanal guruhi: @ADTIzakovatguruhi
Download Telegram
AndTI Zakovat Klubi | Rasmiy
Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Ilhom Kabulovdan topshiriq kelib, bugun fakultetlararo "Zakovat quiz" o'yini o'tkazilishi reja qilindi. Soat 14:00 da o'tkaziladi va bugungi klubimizda bo'ladigan soat 14:00 dagi 7-tur o'yinlari boshqa kunga…
Rosa asablarim buzildi bugunlik kunda domla ham bir bunday bir unday dedi. Xullas bugun klub o'yinlarining 7-turi soat 14:00 da bo'ladi bemalol kelaveringlar Logistikaga.
Bu askar eshakni yaxshi koʻrgani tufayli yelkasiga ortib olmagan. Askar ham, eshak ham minalangan maydon oʻrtasida – eshakning birgina notoʻgʻri harakati ularning hayotiga nuqta qoʻyadi.

Baʼzida hayotingni qutqarib qolish uchun eshakni ham koʻtarishga (ulugʻlashga) toʻgʻri keladi.
Bugungi tur 217-xonada bo‘lib o‘tadi.
Boshlanishi: 14:00
Forwarded from Zakovat +
Yana bir yirik turnir - Intellektual olimpiadani kutib oling!

Joriy yil dekabr oyi boshida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada bo‘lib o‘tadi.

Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:

"Zakovat" o‘yinining sportcha versiyasi;
Breyn-ring;
Shaxsiy o‘yin;
Erudit-kvartet;
Shaxmat;
Shashka.

Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari - "Zakovat", breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

1-dekabrga qadar har bir OTM belgilangan tartibda tashkilotchilarga ariza yo‘llashi lozim bo‘ladi.

🦉Zakovat +
Forwarded from Zakovat +
Intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi.pdf
605.8 KB
Ushbu fayl orqali Intellektual olimpiadani o‘tkazishning batafsil tartibi bilan tanishishingiz mumkin.

🦉Zakovat +
🍂📈⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️📉🍂

Javob yo‘llagan bilimdonlarga tashakkur aylagan holda
🏆22.11.2022 🏆kun bilimdonlarini e‘lon qilamiz.

1⃣ Афанасий💥 -3ta🥇

2⃣Timurツ -2ta 🥈

3⃣_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _

Natijalarda xatolik boʻlgan boʻlsa @Andmizakovatbot ga murojaat qilishingiz mumkin.


Biz oldin miyani to’ydiraylik, so’ngra u qorinni to’yg’azadi.
Shunday ekan izlanishdan aslo to‘xtamang. Biz bilan qoling.

🍂📈⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️📉🍂
1-Savol:
«Джек Ричар-2» фильмида, офицер, собиқ ҳарбий Ричардан, нега истефога чиққанини сўраганида, Ричар эрталаб туриб, БУ ИШ ни қиламан деганида, у, унга тўғри келмаганини айтади. Ремаркнинг бир қаҳрамони бўлган ҳарбий эса, БУ ИШ нинг тескарисини қилганида, ўзини анча енгил ҳис қила бошлашини айтади. БУ ИШ ни бир неча сўзда ёзиб беринг.

Javoblar uchun maxsus bot:
@Andmizakovatbot

Bizning manzil 👇🏼👇🏼
@AndmiZakovat
2-Savol:
Bu kompaniyaga nisbatan nega “big blue” ya’ni “ulkan ko’k rangli” laqabi ishlatilishiga bir necha variantlar mavjud. Birinchi variantga ko’ra, kompaniya logotipidagi katta ko’k ranglar bunga sabab bo’lgan. 1960-yillarda kompaniya yaratgan server ham xona hajmida va koʻk rangda bo’lgan. Shuningdek, kompaniya oʻz ishchilaridan aynan koʻk rangli kiyimlarda ishga qatnashishini talab qilgan.

Savol: Ushbu kompaniya nomini abbreviatura shaklida yozib bering.

Javoblar uchun maxsus bot:
@Andmizakovatbot

Bizning manzil 👇🏼👇🏼
@AndmiZakovat
#zakovat_quiz

📢 Ajoyib yangilik!

😇 Andijon mashinasozlik instituti “Zakovat intellektual klubi” tomonidan "Yoshlar oyligi" doirasida 25.11.2022 kuni soat 14:00 da institutimizning barcha fakultet terma jamoalari o'rtasida "Zakovat Quiz" intellektual o'yini o'tkaziladi.

💡 “Zakovat Quiz” - bu ko‘ngilochar intellektual o‘yin bo‘lib, unda do‘stlar davrasida mantiqiy, kino va musiqaga oid qiziqarli savollar bilan maroqli vaqt o‘tkazish mumkin. O'yin qoidalari o'yin davomida tushuntiriladi.

🟦🟦🟦🟦 “Zakovat Quiz” o'yinida institut "Zakovat intellektual klubi" koordinatori Mahliyo Ahmedova boshlovchilik qiladi.

⭕️⭕️⭕️ Eslatma: har bir fakultetdan 1 tadan terma jamoa ishtirok etadi. Mas'ul shaxslar e'tiborli bo'lamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
Telegram|🔝Facebook|🌐Instagram|🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AndTI Zakovat Klubi | Rasmiy pinned «2-Savol: Bu kompaniyaga nisbatan nega “big blue” ya’ni “ulkan ko’k rangli” laqabi ishlatilishiga bir necha variantlar mavjud. Birinchi variantga ko’ra, kompaniya logotipidagi katta ko’k ranglar bunga sabab bo’lgan. 1960-yillarda kompaniya yaratgan server ham…»
3-Savol:
Yapon kompaniyalaridan birida g‘ayrioddiy qoida mavjud: ish haqiga bonusni xodimlarning o’zlari belgilaydi. Maksimal bonus, agar omadingiz kelsa, 6% ni tashkil qiladi.

Savol: Bu bonus nima yordamida aniqlanadi?

Javoblar uchun maxsus bot:
@Andmizakovatbot

Bizning manzil 👇🏼👇🏼
@AndmiZakovat
1-Javob:
Ҳарбий кийимни кийиш!
Изоҳ: Ричар, офицер саволига - эрталаб туриб, ҳарбий кийимимни кияман деганимда, унинг кичрайганини ва тўғри келмаганини сездим деб жавоб қайтаради. Ремаркнинг қаҳрамони эса, аксинча ҳарбий кийимни ечганида, анча енгил торта бошлашини таъкидлайди. Саволдаги қаҳрамонлар ҳам ҳарбий эди.

2-Javob:
IBM (ay-bi-em)
Izoh: Gap International Business Machines (IBM) haqida borayatgan edi. Kompaniya logotipida katta va koʻk harflarda yozilgan IBM abbreviaturasini koʻrish mumkin.

3-Javob:
O’yin toshi.
Qabul: Narda toshi. Shu mazmundagi barcha javoblar.
Izoh: Hodim bonusni aniqlash uchun o’yin toshini tashlaydi. O’yin toshida eng katta miqdor 6 ni tashkil qiladi.
Forwarded from Bekzod Yusufaliyev
#zakovat_quiz

📢 Xabar berganimizdek joriy yilning 25-noyabr sanasida Andijon mashinasozlik instituti “Zakovat intellektual klubi” tomonidan "Yoshlar oyligi" doirasida institutimizning barcha fakultet terma jamoalari o'rtasida "Zakovat Quiz" intellektual o'yini o'tkazildi.

🧠 “Zakovat Quiz” o'yini institut O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Ilhomjon Kabulov "Zakovat intellektual klubi" koordinatori Mahliyo Ahmedova va boshchiligida o’tkazildi.

O'yin olti turdan iborat bo’lib har bir turda 6 tadan savol berildi va yakuniy natijalar quyidagicha bo’ldi.

🥇- o'rin: Avtomobilsozlik fakultetidan "Revolver" jamoasi - 41 ball

🥈 - o'rin: Elektrotexnika fakultetidan "Elektr" jamoasi - 35 ball

🥉 - o'rin: Iqtisodiyot fakultetidan "Ekostar" jamoasi - 31 ball

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
Telegram|🔝Facebook|🌐Instagram|🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"To'g'ri javob berganman aniq" deya ishonib javobni intiqlik ila kutayotgan dyosting)
Azartta o'ynagan vitse-chempionlar)