ANDIJON KADASTR
1.3K subscribers
7.21K photos
844 videos
6 files
4.79K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
▫️Yurtimiz sarhadlari▫️

🌍 Andijon viloyati va uning shahar va tumanlari hududi qancha?

Andijon viloyati — 4,30 ming kv,km
2 ta
-Shahar va 14ta - tumandan iborat.

1. Oltinko‘l tumani - 0,22 ming kv,km.
2. Andijon tumani - 0,37 ming kv,km.
3. Asaka tumani - 0,28 ming kv,km.
4. Baliqchi tumani - 0,34 ming kv,km.
5. Bo‘ston tumani - 0,20 ming kv,km.
6. Buloqboshi tumani - 0,19 ming kv,km.
7. Jalaquduq tumani - 0,37 ming kv,km.
8. Izboskan tumani - 0,28 ming kv,km.
9. Qo‘rg‘ontepa tumani - 0,46 ming kv,km.
10. Marhamat tumani - 0,31 ming kv,km.
11. Paxtaobod tumani - 0,26 ming kv,km.
12. Ulug‘nor tumani - 0,36 ming kv,km.
13. Xo‘jaobod tumani - 0,23 ming kv,km.
14. Shahrixon tumani - 0,33 ming kv,km.
15. Andijon shahar - 0,07 ming kv,km.
16. Xonobod shahar - 0,04 ming kv,km.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi va O'zbekiston musulmonlar idorasi Andijon viloyati vakilligi mutaxassislari ishtirokida Yer qonun buzilish holatlarini oldini olish to'g'risida Andijon Teleradiokompaniyasining "Bahs, muloqot, tahlil" ko'rsatuvida so'z bordi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maqsadimiz kadastr idoralarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish.

⭐️Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Tojiboyev ishtirokida Andijon viloyati Asaka tumanida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar o'rtasida proflaktika tadbiri o‘tkazildi.

🔺 O'tkazilgan tadbirda tuman bo‘lim va filial rahbarlari, ishchi xodimlarning masʼuliyatni oshirish korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik nazoratini kuchaytirish ijro intizomi va boshqa zaruriy yo'nalishlar bo‘yicha topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

⚡️Shuningdek tadbir ishtirokchilarga tashkilot rivoji, sohani taraqqiy etishi uchun har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondoshishi hamda korrupsiyani oldini olish, atrofida bo‘layotgan noqonuniy xatti-harakatlarga bee’tibor bo‘lmaslik hozirgi kunda davr talabiga aylanganligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filiali fuqarolar murojaatiga javob xatlari yubormayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoq orqali taʼkidlanayotgan fuqarolarning murojaati Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filialiga joriy yilning 22-aprel kuni kelib tushgan va shahar filiali mutaxassisi M.Axmedovga ijro uchun yo‘naltirilgan.

Murojaatni o‘rganish davomida qo‘shimcha hujjatlar talab etilganligi sababli mutaxassis tomonidan 3-may kuni (Murojaat kelgan kunning 12-kuni) murojaat muddatini uzaytirish yuzasidan shahar filiali bosh muhandisi nomiga bildirgi kiritgan.

Mutaxassisning bildirgisiga asosan murojaat muddati 5 kunga uzaytirilgan va 6-may kuni javob xati tayyorlanib 8-may kuni pochta tizimi orqali yuborilganligi maʼlum qilinadi.

O‘z navbatida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari hamda hududiy tuman shahar bo‘lim va filiallariga kelib tushgan har bir murojaat boshqarma rahbariyati tomonidan doimiy nazoratda ekanligini taʼkidlab o‘tmoqchimiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

🫥Ushbu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan boʻlsa, oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi.

👫 Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-iyundan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar.:

🟢 Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi.
▶️ Batafsil

🟢 Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma'lumotlar har oyda yuboriladi.
▶️ Batafsil

🟢 Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga yo'l chiptasi uchun kompensatsiya beriladi.
▶️ Batafsil

🟢 Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.
▶️ Batafsil

🟢 Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila a'zolari bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
▶️ Batafsil

🟢 Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish takomillashtiriladi.
▶️ Batafsil

🟢 Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari belgilandi.
▶️ Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.

⭐️Kadastr agentligi Izboskan tuman bo'limi tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanning A.Tillaboev massivining 544-konturi, “Xumora shirin mevalari” bog'dorchilik fermer xo'jaligining yer maydoniga xo‘jalik rahbari G‘.D tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy bino-inshootlar qurilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan agentlikning tuman bo'limi tomonidan fuqaroga sodir etilgan yer qonun buzilish holatining huquqiy oqibatlari, belgilangan javobgarliklar to'g'risida tushuntirishlar berildi va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

❗️Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli ovoragarchilik, ortiqcha harajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asraysiz. Unutmang, har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham shunga yarasha kuchli boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

Dronlar yordamida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanish, o'zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilishlarni aniqlash maqsadida zamonaviy 👌 Uchuvchisiz uchish apparatlari (Dronlar) yordamida yer nazorati tadbiri olib borildi.

🗣Navbatdagi nazorat tadbiri Bo'ston va Shahrixon tumanlarida o'tkazildi. Tadbirlar davomida aniqlangan yer qonun buzilish holatlari yuzasidan hududiy bo'limlar tomonidan joyning o'zida hujjatlar rasmiylashtirilib belgilangan tartibda choralar ko'rilishi ta'minlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

Andijon viloyatida 170,8 gektar yer maydoni noqonuniy egallab olingan.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy tuman shahar bo'limlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida 2024-yilning o'tgan 5 oyi mobaynida 1 575 holatda 170,8 gektar yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

📶 Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarining turlari to'g'risida ma'lumot olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.


⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi hamda hududiy tuman shahar bo'limlari tomonidan yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish holatlarni barvaqt aniqlash va belgilangan tartibda bartaraf etish maqsadida doimiy yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

⚡️Jumladan, Asaka tumanida o'tkazilgan o'rganishlar davomida tumanning Ulug‘bek mahallasi Navro‘z daxasida yashovchi fuqaro O.A tomonidan shu xududdagi 112.0 kv.m yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanib, noqonuniy qurilma qurib olganligi aniqlandi.

📃Ushbu holat yuzasidan Asaka tuman bo'limi tomonidan fuqaroga yer qonun buzilish holati yuzasidan belgilangan javobgarliklar to'g'risida tushuntirishlar berilib MJtQ ning tegishli moddasiga asosan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi Buloqboshi tuman bo'limi tomonidan yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish holatlarni bartaraf etish maqsadida yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

🔺O'tkazilgan o'rganishlar davomida tumanning Sharq yulduzi mahallasi Tayaka ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘l himoya maydonining 26 kv.m qismi fuqaro T.T tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab, avtoturargoh binosi qurib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

📶Holat yuzasidan Buloqboshi tumani bo'limi xodimlari tomonidan fuqaroga yer qonun buzilish holati yuzasidan belgilangan javobgarliklar to'g'risida tushuntirishlar berilib sodir etilgan qonunbuzilish holati bartaraf etildi.

❗️Hurmatli fuqarolari Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli ovoragarchilik, ortiqcha harajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asraysiz. Unutmang, har bir qarich yerning hisobi bor.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM