Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
12.2K subscribers
23.4K photos
5.91K videos
107 files
8.89K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Men vatanni madh etaman” shiori ostidagi onlayn qo‘shiqlar tanlovi ishtirokchisi:

Buloqboshi tumanidagi 19-maktab 9-sinf o'quvchisi Dilbek Yuldashev o'quvchilari ijrosi.

Tanlov davom etmoqda, o‘z ijod namunalaringizni tanlov hay'atiga
(https://t.me/Tanlov_Onlayn_AND_XTB) yuboring.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Men vatanni madh etaman” shiori ostidagi onlayn qo‘shiqlar tanlovi ishtirokchisi:

Jalaquduq tumanidagi 26-umumta'lim maktabi
10-sinf o'quvchisi Madina Anorboeva ijrosi
.

Tanlov davom etmoqda, o‘z ijod namunalaringizni tanlov hay'atiga
(https://t.me/Tanlov_Onlayn_AND_XTB) yuboring.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Men vatanni madh etaman” shiori ostidagi onlayn qo‘shiqlar tanlovi ishtirokchisi:

Andijon tumanidagi 10-maktab o'quvchisi Muxlisa Qoshaqboyeva ijrosi.

Tanlov davom etmoqda, o‘z ijod namunalaringizni tanlov hay'atiga
(https://t.me/Tanlov_Onlayn_AND_XTB) yuboring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат, танлов!
Энг чиройли суратга овоз беринг

14 январь – Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан Ёшлар ишлари агентлиги Андижон вилоят бошқармаси Фарғона, Андижон ва Наманган вилоятидаги мактаблар ўқувчилари ўртасида ватан ҳимоячиси акс этган энг чиройли суратлар танловини эълон қилди.

Юқоридаги суратлар ичидан энг яхши сурат учун овоз беринг.

1. Дилнура Ахметова, Фарғона вилояти Фарғона шаҳри 16-мактаб

2. Абдулазиз Мамиталиев, Наманган вилояти Мингбулоқ тумани 14-мактаб

3. Моҳинур Юнусова , Андижон вилояти Андижон шаҳри 13-мактаб

Ёшлар ишлари агентлиги томонидан 1-ўринни олган сурат муаллифига 2 миллион сўм
, 2-ўринни олган сурат муаллифига 1,5 миллион сўм ва 3-ўринни олган сурат муаллифига 1 миллион сўм пул мукофоти топширилади.

Овоз бериш 14 январь соат 12.00да якунланади.

👉 Овоз бериш бу ерда

👉 @Vodiy1uzofficial - водийнинг биринчи рақамли каналига аъзо бўлинг.
Forwarded from Hilola Umarova
Maktablarda fizika va kimyo fanlari qisqartirilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan munozaralarga ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida fikr bildirib o‘tmoqchiman.

Barchamiz yaxshi bilamiz, maktab — har qanday soha va yo‘nalishda insonga bilim poydevori bo‘lib xizmat qiladigan maskan sanaladi. Muhandis-u shifokor, dunyoga mashhur olim-u sportchi yoki boshqa turli kasb egalari bo‘lsin, shu maktabdan yetishib chiqadi, hayotiy tushuncha va bilimlarni, avvalo maktabda oladi. Shunday ekan, maktab har bir o‘quvchi uchun bazaviy bilim poydevorini qo‘yishi lozim.

Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart.

Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni o‘qitish asnosida insonning fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bo‘lgan shaxs esa hodisalarni tahlil qilish, tushunish va tushuntirishga qodir bo‘ladi. Shunday ekan, ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida ushbu fundamental fanlarni maktab o‘quvchilariga o‘qitilishini bekor qilinishi haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilaman. Aksincha, endilikda biz maktablarda ushbu fanlarni o‘qitishni amaliyot bilan bog‘lash ustida bosh qotirishimiz va buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga bor e’tiborimizni qaratishimiz zarur.

2023-yil Davlatimiz rahbari tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi hamda bizning oldimizga maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, bitiruvchi yoshlarning biror kasb sirlarini o‘rganib chiqishi vazifasi qo‘yildi. Mazkur vazifadan kelib chiqib aytishim mumkinki, yuqori sinf o‘quvchilarining olayotgan bilimlarini o‘z tanlagan kasbiga qarab yo‘naltirish va ularning hayotiy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratamiz.

Bu boradagi boshlangan ishlar mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yanada kuchaytiriladi va o‘ylaymanki, ushbu tashabbuslar oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda farzandlarimizning kelajakda ma’lum bir kasbning haqiqiy egasi bo‘lib chiqishida katta xizmat qiladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 31-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!

Mamlakatimiz va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilib, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlayotgan harbiy xizmatchilar!

Sizlarni “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan muborakbod etaman.

Mardlik va matonat, Vatanga sadoqat timsoli bo’lmish ushbu sanada yurtimiz tinchligini himoya qilayotgan Qurolli Kuchlarimiz posbonlariga kuchli iroda, mustahkam sog'liq, omad va baxt yor bo’lishini tilayman!

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi yo’lida qilayotgan mehnatlaringizni biz yuksak qadrlaymiz.

Oilalaringizdan tinchlik-xotirjamlik arimasin, barcha orzularingiz ro'yobga chiqsin, sharafli kasbingizda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilayman!

Hurmat bilan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
Андижон вилоятидаги таълим муассасаларида қишки таътил 2023 йил 18 январга қадар узайтирилди

Маҳаллий ҳокимликлар билан келишилган ҳолда вилоят ҳудудида совуқ об-ҳаво шароити сақланиб қолаётгани туфайли Андижон вилоятидаги таълим муассасаларида қишки таътил 2023 йил 18 январга қадар узайтирилди.

Ўқув машғулотлари 18 январь, чоршанба кунидан бошланиши режалаштирилмоқда.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент: "Ҳамма раҳбарлар шуни ҳис этиши керак: энди бундай давом этиши мумкин эмас"

Президент: "Все руководители должны осознать: так больше продолжаться не может"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Андижон вилоятидаги таълим муассасаларида қишки таътил 2023 йил 23 январга қадар узайтирилди

Маҳаллий ҳокимликлар билан келишилган ҳолда вилоят ҳудудида совуқ об-ҳаво шароити сақланиб қолаётгани туфайли Андижон вилоятидаги таълим муассасаларида қишки таътил 2023 йил 23 январга қадар узайтирилди.

Ўқув машғулотлари 23 январь, душанба кунидан бошланади.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri mahalliy hokimliklar bilan III chorakni boshlash masalasini muhokama qildi

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari bilan ZOOM videokonferentsaloqa orqali boʼlib oʼtgan yigʼilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qoʼyildi.

Jumladan vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumtaʼlim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish  zarurligini taʼkidladi.

Аyni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqmoqda.
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli o‘quvchilar!

Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.

O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.

Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy topishiga ishonaman!


Maktabgacha
va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Таълим медиа" жамоасидан

"КЎЗГУ" 1-сони

(Муаллиф: Асилбек Қосимов)
#YANGILIK

Boshqarma tomonidan o‘quvchi-yoshlarda imlo qoidalariga rioya etgan holda to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida boshqarmaning rasmiy sahifasida “Imlo viktorina”larini o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur viktorinalarda faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!