Andijon viloyati soliq boshqarmasi
906 subscribers
4.06K photos
987 videos
62 files
3.44K links
www.soliq.uz

Facebook:
https://www.facebook.com/andijonsoliq/

Instagram:
https://www.instagram.com/andijon_soliq_news/

Murojaat uchun:
74 223 95 23
98 270 95 23

Soliq boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog'lanish: https://t.me/Andijon_soliq_pressa
Download Telegram
#JShShODS

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi

🔹Buning uchun my3.soliq.uz portalida shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar tomonidan xodimlar uchun to‘langan daromad solig‘i summasini Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish bo‘yicha elektron arizalarni ko‘rib chiqish” sahifasiga o‘tiladi.

🔹Ushbu bo‘limdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolarni ishga olgan ish beruvchilar uchun” menyusi tanlanadi.

🔹Ochilgan ariza shaklida arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzil) avtomatik aks etadi.

🔹Tegishli qatorlarga hisobot davri (yil, oy) kiritilgandan so‘ng xodimlar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh, JShShIR va qaytariladigan JShODS summasi) avtomatik shakllanadi.

🔹Arizada bank rekvizitlari (bank nomi, MFO, hisobraqam) va yer maydoni avtomatik shakllanadi.

🔹Arizaga Savdo-sanoat palatasi bilan tuzilgan “Hamkorlik shartnomasi”ni yuklab, “Ariza shakllantirish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

🔹“Yuborilgan arizalar” bo‘limidan ariza (raqami, sanasi, bajarish muddati, soliq organi va bajaruvchi) haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Talablarga javob bermagan ish beruvchi uchun ariza yuborish tizim tomonidan avtomatik cheklanadi.
Yuborilgan arizalar bo‘yicha JShODS summasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qaytariladi.

👉 "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#Korrupsiya
#Paxtaobod_tumani

BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

Joriy yil 18-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda tadbirkorlarga qaratilayotgan e’tibor naqadar yuqori ekanligini yorqin namunasi bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Muloqot davomida davlatimiz rahbari soliq tizimida korrupsion holatlar ko‘p bo‘layotganligini qattiq tanqidga oldi.

Davlat rahbari tomonidan bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, bugun Andijon viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi tomonidan Paxtaobod tumani soliq inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida “Soliq organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” bo'yicha profilaktik suhbat o'tkazildi. Unda korrupsiya oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar va uning zarari to'g'risida batafsil tushuntirish berildi.

Uchrashuv davomida so'nggi vaqtlarda soliq organi xodimlari tomonidan xizmat vazifasiga kirmaydigan harakatlarni sodir etish holatlari kuzatilayotganligi misol qilinib, ushbu holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularni salbiy harakatlariga qonuniy baho berilayotganligi ta'kidlab o'tildi.

Suhbat davomida soha xodimlariga halol va shaffof tarzda faoliyat yuritish kerakligi ta'kidlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
#raqamlashtirish #onlayn_NKТ

Onlayn-NKT orqali tovar realizatsiyasi hajmi 120 trln so‘mdan oshdi

Joriy yilning 1-avgust holatiga:
🔹Onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 175 907 tani tashkil etdi;
🔹Onlayn-NKT orqali 473,4 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 121,5 trln so'mdan ziyodni tashkil etdi.

Onlayn-NKTdan foydalanish bo‘yicha yetakchi hududlar – TOP-3:
▫️Toshkent sh. - 49,9 trln so‘mlik 225,7 mlnta chek;
▫️Toshkent v. 12,5 trln so‘mlik 57,2 mlnta chek;
▫️Samarqand v. 11,2 trln so‘mlik 29,6 mlnta chek;
__________
#цифровизация #онлайн_ККТ

Oбъем реализации товаров через онлайн-ККТ превысил 120 трлн сумов

По состоянию на 1 августа этого года:
🔹число субъектов предпринимательства, применяющих онлайн-ККТ, составило 175 907;
🔹через онлайн-ККТ выдано 473,4 млн чеков, товарооборот по ним составил более 121,5 трлн сумов.

ТОП-3 региона, лидирующих в использовании онлайн-ККТ:
▫️Г.Ташкент - 225,7 млн чеков на сумму 49,9 трлн сумов;
▫️Ташкентская область - 57,2 млн чеков на сумму 12,5 трлн сумов;
▫️Самаркандская область - 11,2 млн чеков на сумму 29,6 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Soliq mobil ilovasida iyul oyi uchun keshbekning butun miqdori toʻliq tasdiqlangandan so'ng to'lab beriladi.

Tasdiqlangan mablag'larni bank kartangizga joriy oyning 25-sanasidan keyin o'tkazishingiz mumkin.
__________
#кешбэк

В мобильном приложении Soliq сумма кешбэка за июль начислится после полного подтверждения.

Одобренную к оплате сумму кешбэка вы сможете перевести на свою банковскую карту после 25 числа текущего месяца.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining soliq ma'murchiligiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda

Muhokama markazida soliq ma'murchilgidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan, tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar

👉 Jonli efir havolasi 📡

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_islohotlari

SOLIQ ISLOHOTLARI TADBIRKORLAR NIGOHIDA

Xo‘jaobod tumanida faoliyat olib boruvchi "Oliy standart teks" mas’uliyati cheklangan jamiyati bundan 7 yil muqaddam 6 nafar ishchi bilan o‘z faoliyatini boshlagan edi. O‘tgan yillar davomida korxonaga eng so‘nggi zamonaviy dastgoxlar keltirildi. Ishlab chiqarish xajmi kengaydi. Bugun korxonada ishchi xodimlar soni 2000 nafarga yetdi.

Bugun respublikadagi yirik ishlab chiqarish korxonalari qatoridan o‘rin olgan bu korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlar 100 foiz xorijga eksport uchun yo‘naltirilgan. Mahsulot turini ortishi natijasida qo‘shicha yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ehtiyoj ortmoqda.

Ushbu korxona “20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxasis” dasturiga kiritilgan. Yengil sanoat yo‘nalishida eng yosh tadbirkor sifatida tanilgan Muslimbek Abduvosipovni kelgusida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari ulkan.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Soliq mobil ilovasida 1,5 trilliondan ortiq keshbek to‘landi

💳 Joriy yilning iyul oyida 2,6 mlndan ortiq iste'molchi tomonidan 151 mlrd so‘mga yaqin keshbek yig‘ilgan.

Shundan 1,6 mlndan ortiq iste'molchiga ayni paytda 86,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi. Ushbu iste'molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o‘tkazib olishi mumkin.

🕰 Bugun yana 18 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘lab beriladi
.

📲 Soliq mobil ilovasining yangi versiyasini yuklab oling

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Transfert narxlarni belgilashda xalqaro tajriba

2023-yilning 22-23-avgust kunlari “KPMG” xalqaro auditorlik kompaniyasining malakali ekspertlari ishtirokida oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Mavzu – “Transfert narxlarni belgilash asoslari: kompaniyalarni tanlashga strategik yondashuv, taqqoslash usullari va bozor bahosini hisoblash”.

Oʻquv kursi davomida “KPMG” ekspertlari ilgʻor xalqaro tajribalar, shu jumladan, transfert narxlarni nazorat qilish usullarini amaliyotdagi misollar bilan tushuntirib berdi.

Soliq organlari xodimlarini mazkur yoʻnalishdagi bilim koʻnikmalarini oshirish maqsadida kelgusida ham “KPMG” ekspertlari ishtirokida oʻquv kurslarini davom ettirishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun, mazkur oʻquv kursi 2021-yilning mart oyida Soliq qoʻmitasi va “KPMG” tomonidan imzolangan Memorandum doirasida tashkil etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining soliq ma'murchiligiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda

Muhokama markazida soliq ma'murchilgidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan, tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar

👉 Jonli efir havolasi 📡

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads