AlQuranuz-Shayx Alijon qori
132K subscribers
3.78K photos
1.74K videos
3 files
4.75K links
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.

Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
Download Telegram
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan 3500 dan ziyod imom-xatib va imom noiblar uchun voiz ulamo va malakali mutaxassislar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil qilindi.

2024-yil 22-fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori ishtirokida “Qur’oni karim fazilati” mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Ushbu suhbatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi masjidlarning barcha imom-xatib va imom noiblariga "ZOOM" dasturi orqali ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazdilar.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ILMIY_SUHBAT

O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan joylarda diniy-ma’rifiy suhbatlar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, ertaga 2024-yil 25-fevral kuni shom namozidan so’ng Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “JOBIR IBN ABDULLOH" jome masjidida Shayx Alijon qori ishtirokida ilmiy-ma’rifiy suhbati bo’lib o’tadi.

Mazkur suhbatni “AlQuran.uz” kanalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin.

Masjid manzili: https://maps.google.com/maps?q=41.380329,69.270389&ll=41.380329,69.270389&z=16

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Hurmatli "AlQuran.uz" kanali muxlislari! Xabaringiz bor "Telegram" ijtimoiy tarmog'ining yangilangan versiyasida Telegram kanallari uchun ham "Stories" funksiyasi ishga tushdi. Ushbu funksiyani faollashtirish uchun Siz aziz muxlislarimizdan quyidagi so'rovnomada ishtirok etishi va o'z ovozingiz bilan qo'llab quvvatlashingizni so'rab qolamiz.

Eslatib o'tamiz, ovoz berish uchun telegram akkauntingiz "Premium" holatida bo'lishi talab etiladi. Bizni qo'llab quvvatlaganingizdan minnatdormiz.
#ILMIY_SUHBAT

O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan joylarda diniy-ma’rifiy suhbatlar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, bugun 28-fevral xufton namozidan so’ng Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumanidagi “FAYZI OTA" jome masjidida Shayx Alijon qori ishtirokida ilmiy-ma’rifiy suhbati bo’lib o’tadi.

Mazkur suhbatni “AlQuran.uz” kanalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AL_FATIHA_KIDS

INSHIQOQ SURASI

Ushbu surai karimaning nomi o'zining «Izassamaaun shaqqot» oyatidan olingan. «Inshiqoq» so'zi arabchada «yorilish» ma'nosini ifoda qiladi. Mazkur oyatda esa qiyomat kuni osmon
yorilishi haqida so'z ketmoqa.
«Inshiqoq» surasi ham boshqa makkiy suralar qatori Islom aqiydasi asoslarini muolaja qiladi. Xususan, bu surai karimada qiyomat masalasiga alohida e'tibor beriladi. Zotan,
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham imom Termiziy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda: «Kim qiyomat kuniga o'z ko'zi bilan ochig'-oydin
nazar solmoqchi bo'lsa, «Izashshamsu kuwirot», «Izassamaaun fatorot» va «Izassamaaun shaqqot» suralarini qiroat qilsin», deganlar. Keling, qiyomatga o'z ko'zimiz bilan ochiq-oydin
nazar solib ko'raylik-chi?
Sura avvalida qiyomat kuni borliqda sodir boladigan ulkan o'zgarishlar haqida so'z ketadi. So'ngra inson, xohlasa-xohlamasa, Alloh taoloning huzurida hisob berishi, agar bu dunyoda yaxshi amallar bilan o'tgan bolsa, nomai a'molini o'ng tarafidan olib, osonlik bilan jannatga kirishi, bu dunyoda yomonlik bilan o'tgan bolsa, amallar kitobini orqasidan olib do'zaga
tushishi, u yerda o'lib azobdan qutulmoqchi bo'lsa, o'lmasdan abadiy azobda qolishi haqida so'z ketadi.
Shuningdek, «Inshigoq» surasida kofiru mushriklarning Qur'oni Karimga nisbatan tutgan mavqiflari(munosabatlari) ham zikr qilinib, bir necha narsalar ila qasam ichib, ular, albatta,
qiyomat kunida shiddatli azoblarga duchor bo'lishlari ta'kidlanadi.
Suraning oxirida oyat va dalillarni ochiq-oydin ko'rib turib ham Alloh taologa iymon keltirmagan kimsalar oxiratda alamli azoblar tortishlari xabari beriladi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qur'onni o'rganishga endi qarib qoldim demang!

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QORILAR SARALANMOQDA

O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan Ramazon oyidagi Xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni suhbatdan o’tkazish an’anasi yo’lga qo’yildi.

Ushbu an’anani davom ettirish maqsadida 2024 / 1445 yil Ramazon oyida Respublikamizdagi Xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni saralash uchun suhbatlar tashkil qilindi.

Jumladan, bugun 2024-yil 28-fevral kuni Toshkent shahridagi masjidlarda xatmga o’tadigan qorilar suhbatdan o’tkazildi.

O’zbekiston musulmonlari idorasi “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi mudiri Shayx Alijon qori boshchiligidagi ustozlar mazkur qorilarning tayyorgarligini tekshirib, ularga kerakli tavsiyalarni berdilar.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
👍Telegram | 👍Facebook | 👍Youtube | 👍Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM