AlQuranuz-Shayx Alijon qori
131K subscribers
3.89K photos
1.76K videos
3 files
4.81K links
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.

Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz kutgan suhbat...

Ustozimiz Shayx Alijon qori va Muhammad Odil Hamid domla
(1-qism)

To'liq holda ko'rish uchun manzil
👇
https://youtu.be/YDuKPVTkITY

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Ixlos surasi - Quro’ni Karimni tajvid bilan o’rganamiz
@AlQuranuz
#Tajvidni_organamiz

Quro’ni Karimni tajvid bilan o’rganamiz

5-dars. Ixlos surasi

Abdulloh qori

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
ALLOH SUYGAN BANDALAR

TAVAKKUL QILUVCHILAR

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“... (Biror ishga) azmu qaror qilsangiz, Allohga tavakkul qiling, zero, ALLOH TAVAKKUL QILUVCHILARNI SЕVAR” (“Oli Imron” surasi, 159-oyat).

“Taakkul” lug‘atda birovga o‘z ixtiyorini ishonib topshirmoq, suyanmoq kabi ma’nolarni anglatadi. Bu so‘z xalqimizda “tavakkal” shaklida ham qo‘llaniladi. Bu tamaning shar’iy istilohi haqida olimlarimizdan Imom Moturidiy rahimahulloh va Imom Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh shunday deganlar:

“Tavakkul – Allohga suyanish, ishni Unga topshirish”.

Imom Moturidiy rahimahulloh tavakkulning asl mohiyatini shunday ta’riflaydi: “Mo‘minlar barcha ishlarida faqat Allohga ishonadilar va Ungagina suyanadilar. Agar mo‘minga biror yaxshilik yetsa, uni Allohdan deb biladi. Mo‘min shuni aniq biladiki, Alloh kimga yordam bersa, uni hech kim yenga olmaydi. Alloh kimni mag‘lub etsa, hech kim unga yordam bera olmaydi. Shuning uchun ham mo‘min Allohga tavakkul qiladi, ya’ni Allohning va’dalariga ishonib, Unga suyanadi va ahdiga vafo qilishga qattiq harakat qiladi. Barcha ishlarini Allohga topshiradi. Chunki biladiki, o‘zining butun borlig‘i Allohniki va Ungagina qaytadi”.

Bu ta’riflar tavakkulning aqidaviy jihatlarini ochib beradi. Ammo tavakkul deganda mehnat bilan shug‘illanmasdan, Allohdan rizq kutish kabi noto‘g‘ri tushunchalarga aldanib qolmaslik lozim. Tavakkul qilishdan oldin sabablarni bajarish lozim. So‘ng natijani Allohdan so‘rash kerak. Ha, har qanday natija Alloh irodasi bilan ro‘yobga chiqadi. Natijaga erishish uchun bandadan harakat qilish talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, tavakkul sabablarni bajarib, natijani Allohdan kutish demakdir. Tavakkul bilan bog‘liq bir qator hukmlar mavjud bo‘lib, buni doim yodda saqlash lozim bo‘ladi. Ashraf Ali Tahonaviy rahimahulloh bu hukmlarni quyidagcha izohlaydi:

Tavakkul ikki qism bo‘ladi: ilmiy va amaliy.

1. Ilmiy tavakkul
– har bir ishda haqiqiy tasarruf qiluvchi va haqiqiy tadbir qiluvchi yolg‘iz Alloh taolo ekanini anglash hamda banda har ishda Allohga muhtoj ekanini e’tiqod qilishi. Tavakkulning bu turi har bir mo‘min-musulmon uchun farz sanaladi. Imom Moturidiy rahimahullohning yuqoridagi so‘zlari ham ushbu ilmiy tavakkul haqida aytilgan.

2. Amaliy tavakkul – sabablarni tark etish.
Sabab deganda natijaga erishish uchun bajariladigan ishlar tushuniladi. Sabablar ikki turga bo‘linadi:

Batafsil...👇
https://telegra.ph/ALLOH-SUYGAN-BANDALAR-TAVAKKUL-QILUVCHILAR-04-03

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Quroniy_duolar

رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِلَّذِينَ كَفَرُوا وَاغْفِرْ لَنَا رَبَّنَا ۖ إِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

Ey Robbimiz, bizni kofirlarga fitna qilib qoʻymagin va bizni kechirgin. Ey Robbimiz, albatta, Sen, Oʻzing azizu hakimsan. (Mumtahana surasi, 5-oyat)

Abdulloh qori tilovati

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz kutgan suhbat...

Ustozimiz Shayx Alijon qori va Muhammad Odil Hamid domla
(2-qism)

To'liq holda ko'rish uchun manzil
👇
https://youtu.be/YDuKPVTkITY

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Banan sotuvchi talaba

Vazifamni yodlash uchun takror vaqtim yaqinlashdi. Tez orada daftarimdagi qiyin darsni takror qilaman. Yonimga sotib olish uchun kim kelsa, unga istagan narsasin beraman va yana yozganlarimga qaytaman. Darsimni muxtasar holda kundaligimga yozib olganman, shu bois dahodek xotirjamlik bilan bananimni sotaman. Rizqim men bilan tortishadi (dars qilma, savdo qil, deydi), darsim ham huddi shunday. Lekin men oʼz tasavvurim (maqsadim)dan aslo ogʼmayman. Rizq meni berkitadi (ehtiyojimni qondiradi) va oilamni ham berkitadi (ehtiyojini qondiradi). Ilm esa menga foyda keltirib, minbarim (martabam)ni ko‘taradi.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
ALLOH SUYGAN BANDALAR

SABR QILUVCHILAR

Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“... ALLOH SABRLILARNI SEVAR” (“Oli Imron” surasi, 146-oyat).

Imom Moturidiy rahimahulloh sabr so‘zinig asl mazmun-mohiyatini quyidagicha ifodalagan: “Sabr – nafsni yo‘qotilgan narsaga tashvilshlanishdan tiyish. Chunki barcha narsalar Alllh azza va jallaga oid bo‘lib, ular insonlarga vaqtincha foydalanish uchun berilgan, xolos. Shunday ekan birovga tegishli bo‘lgan narsaning zoil bo‘lishidan xavotirlanish muhol (mantiqsizlik). Alloh azza va jallaning quyidagi so‘zlariga bir boqin: “Toki, sizlar qo‘llaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmagaysiz va (Alloh) ato etgan narsa bilan shodlanib (havolanib) ham ketmagaysiz ...” (“Hadid” surasi, 23-oyat). Ushbu oyatda Alloh bizni qo‘ldan boy berilgan narsalarga mahzun bo‘lishdan hamda qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan havolanishdan qaytarmoqda. Chunki yo‘qotilgan narsalar aslida bizniki emas, qo‘lga kiritilgan narsalar ham bizga tegishli emas”.

Demak sabr deganda avvalo musibatga bardoshli bo‘lish, Allohning taqdiriga eʼtiroz bildirmaslik tushuniladi. Sabrni musibatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu haqida Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh mazkur oyatni sharhlab, shunday degan: “Alloh sabr qiluvchilar, yaʼni har bir yetgan musibatga sabr qilganlarni sevadi”.

Allohning muhabbatiga sazovor bo‘lishni istaganlar musibatni mazkur aqida bilan qarshi olishlari lozim. Alloh taolo bu aqidani bir jumlaga joylab, bizlarga musibat vaqtida qanday duo qilish lozimligini o‘rgatgan: “... Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz ...” (“Baqara” surasi, 156-oyat). Darhaqiqat, sabrning asl maʼno-mazmuni ushbu oyatda mukammal o‘z aksini topgan. Bu jumla sharʼiy istilohda “istirjoʼ” deb ataladi. Yaʼni “Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun” deb aytishni anglatadi. Musibatni ilk daqiqadayoq ushbu qurʼoniy so‘zlar bilan qarshi olish darkor. Mazkuru jumlani shunchaki til bilan zikr qilib qo‘ymasdan, yuqoridagi maʼnolarini ham dildan o‘tkazish va shu orqali nafsni jilovlash talab etiladi.

Batafsil👇
https://telegra.ph/ALLOH-SUYGAN-BANDALAR-SABR-QILUVCHILAR-04-06
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ramazon shukuhi kezayotgan qorilar yurti bo'lmish Misrda Shom namoziga aytilayotgan azon!

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Masad surasi - tajvid
@AlQuranuz
#Tajvidni_organamiz

Quro’ni Karimni tajvid bilan o’rganamiz

6-dars. Masad surasi

Abdulloh qori

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Tasirli hikoya

Afrikadagi qishloqlardan biriga yangi imom tayinlanadi. Aqidaviy va fiqhiy masalalarda bilimi yetarli bo‘lgan bu imomni o‘ziga to‘q oilalardan biri iftorlikka taklif qiladi.
Imom ketgach uy bekasi xonada turgan pulni yo‘qolganini sezadi. Hech qayerda pul yo‘q. Xonada er, xotin va imomdan boshqa odam bo‘lmagan. Er ham imomdan borib pul haqida so‘rashga istihola qiladi.
Oradan bir yil o‘tib Ramazon oyi uni yana iftorlikka chaqiradilar.
Shunda er imomdan so‘raydi:
- Taqsir so‘nggi paytlarda sizga bo‘lgan munosabatim o‘zgarganini sezmayapsizmi?
- Nega unday deyapsiz?
- O‘tgan yili ketganingizdan keyin xonadan pul yo‘qolgan?!
Buni eshitgan imom yig‘lab yuboradi.
- Nega yig‘laysiz, sizdan shubhalanganimgami?
Imom ko‘zida yosh bilan turib javonda turgan Qur’on tagidagi pulni olib ko‘rsatadi:
- O‘shanda shamol turib pullarni uchirib yubordi. Ularni yig‘ib Qur’on tagiga bostirib qo‘ydim. Men sizning shubhalanganingiz uchun emas, bir yil davomida qo‘lingizga Qur’on olmaganingizdan yig‘layapman, birodar!

@AlQuranuz
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Kahf surasi - Shayx Alijon qori
@AlQuranuz
#Quran #Qiroat

Kahf surasi (to'liq)
Shayx
Alijon qori

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlarimiz qayerda ilm olishsin?

Ustozimiz Shayx Alijon qori va Muhammad Odil Hamid domla (3-qism)

Soat 17:30 da to'liq holda quyidagi manzilda ko'ring
👇
https://youtu.be/YDuKPVTkITY

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlarimiz qayerda ilm olishsin?

Ustozimiz Shayx Alijon qori va Muhammad Odil Hamid domla (3-qism)

Youtube'dagi kanalimizda ko'ring
👇
https://youtu.be/YDuKPVTkITY

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
#Quroniy_savol_javob

12-savol

Javob soat 21:00 da e'lon qilinadi.

O'z javobingizni Izohda yozib qoldiring.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Ramazon tuhfasi...

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Shubhasiz, Qur’oni karimni saqlash Allohning zimmasida. Ammo bu sharafli ish uchun Alloh taolo o‘zining eng suyukli bandalarini tanlab, ular orqali Qur’onni Qiyomatga qadar muhofaza qiladi.

Qo‘limizdagi Qur’oni karim hozirgi ko‘rinishga kelguncha asrlar osha bir nechta bosqichlarni bosib o‘tgan. Jumladan:

1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida sahobalar Qur’on oyatlarini teri, tosh va boshqa shu kabi narsalarga yozib saqalaganlar.

2. Abu Bakr roziyallohu anhu esa, Qur’oni karimni Mus'haf ko‘rinishida jam qildi va Qur’onni saqlash borasida eng katta qadamni tashladi.

3. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu mazkur Mus'haf asosida Quraysh lahjasida Qur’onni yozdirib, bir nechta nusxalarini turli shaharlarga jo‘natdi. Usmon roziyallohu anhuning Qur’on yo‘lidagi bu ulkan xizmati hozirga qadar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

4. Keyinchalik vaqf alomatlari ishlab chiqildi. Shuningdek, Qur’on hifzini osonlashtirish maqsadida olimlar tomonidan rubu’, hizb va juz’ kabi istilohlar muomalaga kiritildi.

5. Nashriyot va bosmaxonalar kashf qilingach, Qur’onni saqlashning yangi bosqichi tarix yuzini ko‘rdi. Misr, Toshkent, Qozon, Sankt-Peterburg, Hindiston va boshqa bir qator shaharlarda tashkil qilingan bosmaxonalarda Qur’oni karim nashr qilina boshladi.

6. Bugun Qur’onni saqlash va Uni ommaga yetkazish yangi bosqichga chiqdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, Qur’on qiroatini audio va videotasmalarga yozish jarayonlari yaqin o‘tmishda keskin rivojlandi. Bu borada Misr qorilarining xizmatini eslab o‘tish o‘rinlidir.

Aziz Qur’on muxlislari! Avval xabar berganimizdek, Ustozimiz Shayx Alijon qori tomonidan Qur’oni karim qiroatining audio va videotasmalarga yozish ishlari boshlangan edi. Hozir bu xayrli ish nihoyasiga yetib, montaj jarayonlari davom etmoqda. Shayx Alijon qori va u kishining shogirdlari tomonidan amalga oshirilgan bu ulug‘ ish ham, aslida, Qur’oni karimni saqlash yo‘lida qilingan ishlar sirasiga kiradi, desak xato bo‘lmaydi. Ramazon kunlari havola qilinadigan Qur’oni karim qiroati ham aynan shu maqsad yo‘lida qilingan xizmatning samarasi hisoblanadi.

Shayx Alijon qori qiroati asosida videotasmaga yozilgan Qur’oni karim tilovati o‘ziga xos uslubda amalga oshirilgan bo‘lib, unda 3 ta hissiy a‘zoimiz ya'ni, o’qish, eshitish va ko’rish qobiliyatlarimiz Qur‘on tilovatidan birdek bahramand bo‘ladi. Videotasmada qiroat qilingan har bir oyatning arabcha matni ham tilovatga hamohang ravishda berib borilgan. Bu ish dunyo miqyosida ilk marta Shayx Ayman Rushdiy Suvayd hazratlari tomonidan amalga oshirilgan bo'lib, O‘zbekistonda mazkur xayrli ish Shayx Alijon qori boshchiligidagi "AlQuranuz" jamoasi tarafidan birinchilardan bo'lib ommaning e'tiboriga havola qilinmoqda.

Joriy yilning muborak Ramazon oyida mazkur videotasmaga yozilgan Qur’oni karim qiroatlari o‘zining ilk namoyishini boshlaydi, in sha Alloh.

Alloh Qur’on yo‘lida qilingan bu xizmatlarni xolis qabul qilib, barchamiz uchun manfaatli qilsin!

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
#Quroniy_savol_javob

12-savol javobi

Bizni kuzatib boring va bilmingizni oshiring.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
RAMAZON BAROKATIDAN G‘AFLATDA QOLMANG!

Muhammad ibn Maslama roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qiladi: “Albatta, zamonangizning kunlarida Robbingizning nafha (sovg‘a)lari yashiringandir. Ularni topishga harakat qilinglar. Shoyad sizlarga ulardan bir nafhasi yetsa, shundan so‘ng abadiy baxtiyor bo‘lasizlar” (Imom Tabaroniy rahimahulloh rivoyati).

“Nafha” Allohning tajalliysi va hadyalaridan biri bo‘lib, istagan bandasiga beradi. Bu hadyalarni qalbni kir va razil xulqlardan poklash orqali izlash lozim. Alloma Munoviy rahimahulloh bu haqida quyidagilarni yozadi: "Alloh taolo bandalariga oyma-oy rizq tarqatadi va shularning orasiga O‘z hadyasini yashiradi. Yaʼni Alloh taolo xazinalarining eshigini ochib, u yerdan barcha rizqlarni o‘zida qamragan sovg‘asini bandalari uchun ajratadi. Kimning duosi va yaxshi amallari mazkur xazinaning ochilish vaqtiga to‘g‘ri kelib qolsa, abadiy behojat bandaga aylanadi. Shuning uchun har bir vaqtni g‘animat bilish darkor. Duoda bardavom bo‘lgan banda, xazinaning ochilish vaqtiga doim yaqin turadi. Agar bandaning duolari mazkur vaqtga to‘g‘ri kelib qolsa, eng katta boylik va eng faxrli baxtga erishadi".

Ashraf Ali Tahonaviy rahimahulloh mazkur hadisning sharhida quyidagilarni yozadi: “Odamlar ushbu hadisda aytilgan vaqtni topish uchun qattiq harakat qiladilar. Bu vaqt qachon kelishi aniq emas. Lekin shunday vaqtlar borki, ularning barakoti mazkur hadisda kelgan vaqtning barokatidan yaxshiroq va vaqti-soati ham aniq bo‘ladi. Lekin odamlar buni ko‘rib, ko‘rmaslikka oladilar. Ramazon oyi mana shunday barokatli oylardan sanaladi. Ko‘zimizni ochib yaxshilab qarasak, Ramazon oyining fazilati va barokatini his qilamiz. Afsuski, baʼzi insonlar uchun Ramazonning boshqa oylardan hech qanday farqi yo‘q. Ramazon eshik qoqmoqda! Ramazon soya solib turibdi! Bu onlarni g‘animat bilaylik!
Ramazonning barokatini his qilmagan inson yomg‘irdan qochib, panaga berkingan odamga o‘xshaydi. Yomg‘ir allaqachon tinib bo‘lgan. Qora bulutlar tarqalib, havo ochilib ketgan. Odamlar musaffo osmon havosini g‘animat bilib, o‘z yumushlariga sho‘ng‘ib ketishgan. Ammo mazkur odam hamon pana joyda o‘tirib, tashqaridagi ajoyib manzaradan hamon bebahra. Tashqarida nimalar bo‘layotganidan bexabar.

Qora bulutlar tarqalishiga oz fursat qoldi! Ha demay, havo ochilib, Allohning barakoti va rahmati nur bo‘lib taraladi! Panadan tashqariga chiqish vaqti keldi! Ramazon barakotidan g‘aflatda qolmang!

Ramazon va unga o‘xshash baʼzi barokatli vaqtlar borki, kim mazkur vaqtlarda duo qilib, Allohning roziligini topishga harakat qilsa, barakot va fayzga g‘arq bo‘ladi. Shunday ekan har bir vaqtni, xususan, Ramazonning har bir daqiqasini g‘animat bilmoq zarur! Aks holda, Allohning lutfi va inoyati tarqatilayotgan vaqtda siz g‘aflatda qolishingiz mumkin!

Manba:
1. Alloma Munoviy. Fayz al-Qodir – Sharh al-Jamiʼ as-sag‘ir. J.2. – Bayrut: Dar al-maʼrifa, 1972. – B. 505;
2. Qarang: Ashraf Ali Tahonaviy. Ahkami Ramazon. (Nashriyot va nashr yili ko‘rsatilmagan). – B. 28.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"AlQuranuz" Ramazon kundaligi...

Ramazon kundaligingizdan bizning mazkur loyihalarga joy topiladi degan umiddamiz.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning👇

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
Forwarded from Muslim.uz
#Рамазон_лойиҳаси_№1

#Ўтказиб_юборманг: БУГУН СОАТ 15:30 ДА "ҚУРЪОНИ КАРИМ ТИЛОВАТИ" ВИДЕОЛОЙИҲАСИ ҲАҚИДА ЖОНЛИ СУҲБАТ

Бугун соат 15:30 да ижоза соҳиби Алижон қори Файзулла Махдум ўғли томонидан видеотасмага ёзилган 30 порали Қуръони карим тиловатининг онлайн тақдимоти muslim.uz сайти ва ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларида ўтказилади. Унда ушбу хайрли иш ҳақида батафсил маълумотлар берилади.
🕌 Тақдимотда Алижон қори Файзулла Махдум ўғли ва бошқа нуфузли меҳмонлар иштирок этади.

🌙 Ҳурматли Қуръон шайдолари, muslim.uz портали жамоаси моҳи Рамазон муносабати билан мухлис халқимизнинг талаб ва истакларини инобатга олган ҳолда ижоза соҳиби Алижон қори Файзулла Махдум ўғлининг Қуръони каримнинг 30 жуз тиловатини ҳар куни саҳарлик чоғида Тошкент вақти билан эрталабки соат 04:00 дан бошлаб, бир порадан намойиш этишни режа қилинган.

🔸 Мана шундай ҳузурбахш кунларда Аллоҳ таолонинг каломи тиловатини қуйидаги линклар орқали томоша қилинг! Бу файзли онларни яқинларингиз ва аҳли оилангизга ҳам тортиқ этинг!

🤲Аллоҳ таоло ушбу лойиҳамизни муборак қилсин!

Youtube: MuslimTV
Facebook: MuslimUzPortal

Ўзбекистон мусулмонлари идораси матбуот хизмати