Доктор Аллерголог
2.39K subscribers
263 photos
166 videos
11 files
607 links
Аллергияни енгишда дори эмас, илм керак!

🩺 Аллерголог | Клиник иммунолог
👨‍⚕️ Болалар ва катталар шифокори
🏁 Локация: t.me/allergolog_allergiya/15935

Консультация бўйича: @allergolog

Беморлар фикри (отзывы):
https://bit.ly/42mm5yl
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Namangan shahrida bo'ldik

Namangan shahrida faoliyat olib boradigan shifokor hamkasblarimiz bilan allergik kasalliklar, ayniqsa pediatriya amaliyotida ko'p uchradigan, toshma bilan, teri bilan bog'liq bo'lgan turli kasalliklar haqida qizg'in muhokama qildik.

Asosan ko'pchilik shifokorlar tomonidan toshma bilan bog'liq kasalliklarni ajratib olishdagi, davolashdagi murakkabliklar, keraksiz dorilar, ayniqsa allergik kasalliklarning rivojlanishi haqida ma'ruza qildik. Umid qilamanki, ma'ruzamiz ishtirokchilar uchun manfaatli bo'ldi.

Taklif uchun Dr.Muyassar klinikasi bosh pediatri Muyassar Nishonovaga alohida tashakkur!

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤1👏1
❗️Qishda “Tuzaldim!” deganlar — bahorda eng ko‘p pushaymon bo‘lishadi!

ASIT (Allergen spesifik immunoterapiya) uchun ENG TO‘G‘RI VAQT — AYNAN HOZIR!

Allergik rinitli bemorlarning juda katta qismi qishda o‘zini yaxshi his qila boshlaydi. Burun bitishi, aksirish, ko‘z yoshlanishi kamayadi va:

“Tuzaldim shekilli…” degan xavfli xulosaga keladi.

Aslida esa bu — remissiya, vaqtincha jimlik xolos.

🌸 Bahor kelishi bilan o‘sha “jimlik” kuchli allergik xurujga aylanadi va hamma bir xil gap aytadi:

“Afsus, ASITni qishda boshlasam bo‘larkan…”

❓Nega ASITni aynan qishda boshlash kerak?

1️⃣ Allergenlar minimal darajada.
Organizm tinch holatda bo‘ladi — immun tizimni bosqichma-bosqich o‘rgatish uchun ideal vaqt.

2️⃣ Bahorgi mavsumga tayyorgarlik.
Qishda boshlangan ASIT bahor kelguncha ta’sir ko‘rsatishni boshlaydi.

3️⃣ Kasallik ildiziga yo‘naltirilgan yagona davolash.
Simptomni EMAS, sababni yo‘qotadi.

4️⃣ Vaqtni boy bermaslik.
Bahor kelganda kech bo‘ladi, simptomlar kuchaydi — ASITni boshlash qiyinlashadi yoki umuman kechiktiriladi.

🔥 ASIT uchun “keyinroq” degan narsa yo‘q. Eng yaxshi vaqt — qish fasli. Yaxshi bo‘lib qolgandek tuyilishi — tuzalganingizni anglatmaydi.

Remissiya — bu imkoniyat!
Undan foydalaning.

Allergik rinitli bemorlarga eslatma:
Hozir aynan ASIT boshlash fasli. Bahor kelganda pushaymon bo‘lmaslik uchun bugundan qadam tashlang.

❗️Sizni yoki yaqinlaringizni allergik kasalliklar bezovta qilayotgan bo'lsa, qabulimga kelishingiz mumkin!

📞 +998946920852 (@allergolog)

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
⚡️Allergiya bo'lishni istamasangiz ichaklaringizni, ulardagi foydali bakteriyalarni avaylang!

Oxirgi tadqiqotlari ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, ichak disbiozi oziq-ovqat allergiyasi boshlanishidan oldin sodir bo'ladi va bunda disbioz vaqti uchun hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Hayotning birinchi oylari ichak mikroflorasining shakllanishi uchun juda muhimdir. Ayniqsa tug'ilgandan keyingi birinchi haftalar, ichak mikroflora va immun tizimining o'zaro ta'sirida hal qiluvchi davr hisoblanadi.

Hayotning dastlabki davridagi ichak disbiozi allergik kasalliklarni o'z ichiga olgan immunitet vositasida yuzaga keladigan kasalliklarning boshlanishiga moyil bo'lishi mumkin.

Xususan, hayotning dastlabki 6 oyidagi ichak mikroflorasining tarkibi oziq-ovqat allergiyasining boshlanishida markaziy rol o'ynaydi.

Farzandlarimizda allergiya bo'lmasligi uchun – tug'ilgandan keyin kamida 6 oy bo'lgunicha kuchli antibakterial preparatlar qabul qilishidan, ichak faoliyatini buzadigan, diareya qiladigan kasalliklardan avaylab asrashimiz lozim.

📞 +998946920852 (@allergolog)

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
❗️Shu maxsulotlarni eslab qoling!

🥔 Pishirib sovitilgan kartoshka
🍚 Pishirib sovitilgan guruch
🍌 Yashil (pishmagan) banan
🌾 Suli
🧄 Piyoz / sarimsoq
🥦 Brokkoli, gulkaram
🍏 Olma
🥛 Qatiq / Kefir
🥬 Tuzlangan karam (kimchi)

Tez kunlarda aynan mana shu maxsulotlarning qanday foydasi borligi bo'yicha ilmiy izohlangan ma'lumot tayyorlayman.

Siz esa unga qadar taxminlaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin!
❤14👍2
1️⃣ Chatgpt ham adashadi/chalkashadi

Hozir ko'pchilik o'zini qiynaydigan savollarga SI (sun'iy idrok) orqali javob olishga o'rganishgan. To'g'ri savol berishni bilmasangiz u ham adashishi/chalkashishi mumkin. Masalan, ushbu holatni bir bemorimiz biz bilan bo'lishgan.

Ksolar – bu omalizumab tarkibli biologik preparat bo'lib allergik kasalliklarning og'irroq va odatiy davo usullari foyda bermaganda Anti-IgE terapiya maqsadida qo'llaniladi. Hechqanday vitamin-D yetishmovchiligida ishlatiladigan dori emas.

❗️Eslatma: Shifokor nazoratiz aslo qo'llash mumkin emas. Bu sizga antigistamin dori emas, zo'r dori ekan deb dorixonadan shartta sotib olib ishlatiladigan. Narxi ham arzon emas!

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Probiotiklarni foydasi yo’qmi?

O’z javobimni Instagram orqali berdim 👇

https://www.instagram.com/reel/DSwVPociDom/?igsh=MXRmaHR0emR2emVtNA==
❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avval umuman allergiya bo’lmagan, naslida ham allergiyaga moyillik yo’q, lekin…

Ichak disbiozi sabab avval allergiyasi yo’q insonlarda to’satdan allergik kasalliklar, asosan oziq-ovqatlarga allergiya rivojlanishi mumkin

💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3❤2
Shamollash masalasida nega O'zbekistonliklarga Yevropa standartini tadbiq etish qiyin?

Shamollash (O‘RVI) – ilmiy haqiqat

👉 Shamollashlarning 90–95% virusli
👉 Antibiotik virusga ta’sir qilmaydi
👉 O‘rtacha sog‘lom odam 5–7 kunda o‘zi tuzaladi

Yevropa va AQShda shu fakt mutlaq haqiqat sifatida qabul qilingan.

Rivojlangan davlatlarda nega “kam dori” tavsiya etiladi?

🧠 Tibbiyot falsafasi: Evidence-based medicine
Faqat foydasi isbotlangan dori beriladi
“Zarar bermaslik” asosiy tamoyil
Keraksiz dori = potentsial zarar

Natija:
Dam olish
Ko‘p suyuqlik
Isitma bo‘lsa → paratsetamol
Xolos

O‘zbekistonda nega “ko‘p dori” ishlatishadi?

Bu birgina sabab emas, bir nechta omil yig‘indisi:

1) 🧠 Aholi psixologiyasi
“Dori ichmasam tuzalmayman”
“Ukol bo‘lmasa jiddiy emas”
“Qancha ko‘p dori – shuncha kuchli davolash”

📌 Shifokor bemordan qo‘rqadi:
“Hech narsa bermadi” degan gapdan


2) 🏥 Tizim bosimi
Qabulga ajratilgan vaqt juda qisqa
Bemorni tez “qoniqtirish” kerak
Analiz va kuzatuv imkoniyati cheklangan
Oson yo‘l → “hammasidan yozib berish”

3) 💊 Farmatsevtika bozori
Antibiotiklar erkin sotiladi
Gormonal ukollar “tez yordam” sifatida ko‘riladi
Dorixonalar faol marketing qiladi
Yevropada:
Antibiotik → qat’iy retsept bilan
Gormon → faqat aniq ko‘rsatma bo‘lsa

4) 📚 Tibbiy ta’lim merosi
Sovet tibbiyot maktabi:
“Faol davolash”
“Profilaktika uchun antibiotik”
Zamonaviy protokollar sekin singmoqda

“Dorilarsiz ham tuzalishga ishonishmaydimi?”

Yevropada:
Ha, ishonishadi
Chunki:
Aholi biologiyani tushunadi
O‘zi tuzalish – norma ekanini biladi
Antibiotik asoratlarini biladi

O‘zbekistonda:
❌ Ko‘p hollarda ishonilmaydi
Chunki:
Oldingi tajribalar
Qo‘rquv
“Qo‘shnim antibiotik ichib tuzalgan” degan misollar

Aslida kim haq?
Ilm-fan Yevropa yondashuvini qo‘llab-quvvatlaydi
Keraksiz:
Antibiotik
Gormon
“Immunitet ko‘targichlar”
5–10 ta dori

❗Natijasi:
Antibiotik rezistentligi
Allergiya
Ichak mikrofkorasi buzilishi
Keyingi kasallik og‘irroq kechishi

✅ Shamollash – kasallik emas, organizmning o‘zi virusni yengish jarayoni
✅ Dori ko‘pligi - sifatli davolash emas
✅ Kam dori – ko‘p hollarda to‘g‘ri davo

🧠 Yevropaliklar fikricha:
“Organizm o'zi biladi nima qilishni, biz faqat yordam beramiz”


😟 Bizda esa
“Biror narsa qilmasak, yomon bo‘lib ketadi


💬Telegram 📹Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏16❤6👍5
Yangi yilda diareya (ichketar) bo’lib qolmaslik uchun qaysi maxsulotlarni qo’shib yemaslik kerak?

Shifokor tavsiyasi:
Batafsil:
https://www.instagram.com/reel/DS61MOKiKGZ/?igsh=ZWt5dDZwa3F0Nzdm
Quyidagi gaplarni aytayotgan odamdan sekingina uzoqlashing, sababi bular shunchaki, marketing!

“Biz kasallikni ildizidan, hujayra darajasida davolaymiz”
“Bioenergetik / bioelektrik / kvant / hujayra darajasidagi tozalash”
“Dorilar faqat simptomni bosadi, biz esa hujayrani davolaymiz”

Muammo shundaki:
— Qaysi hujayra?
— Qaysi mexanizm?
— Qaysi kasallikda?
— Qaysi klinik tadqiqot bilan isbotlangan?

Bu savollarga javob bo‘lmasa, demak yolg'on reklama!
❤13👏1
❓Obunachilardan kelgan savol

Allergiyani davolashda “limfatrop usul” — ya’ni limfa sohasiga gormon (GKS) va novokain inyeksiya qilish qanchalik to‘g‘ri?

Qisqa javob:
❌ Bu usul zamonaviy allergologiyada tavsiya etilmaydi
❌ Xalqaro protokollarda yo‘q
⚠️ Asosan post-sovet hududida qolgan, dalilsiz va xavfli usul

📌 Limfatrop usul nima o‘zi?
Limfatrop terapiya — dorilarni (odatda):
Glyukokortikosteroid (deksametazon, gidrokortizon)
Novokain (prokain) ni:
limfa tugunlari atrofiga
yoki limfa drenaj yo‘llariga yaqin joyga
inyeksiya qilishni anglatadi.

Maqsad sifatida aytiladi:
“Dorilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri immun tizimga ta’sir qiladi”


Allergiya patogeneziga zid jihatlar

1️⃣ Allergiya — lokal emas, tizimli immun jarayon
IgE
Semiz hujayralar
eozinofillar
sitokinlar
👉 Bular butun organizm bo‘ylab ishlaydi
👉 Limfaga lokal inyeksiya bilan “o‘chirib qo‘yish” mumkin emas

2️⃣ Glyukokortikosteroidlar limfaga berilganda:
–ta’siri nazorat qilib bo‘lmaydi
–sistem ta’sir baribir yuzaga chiqadi
–lekin asorat xavfi yuqori

3️⃣ Novokainning “allergiyani davolash” xususiyati yo‘q
Novokain — mahalliy anestezik
Allergiyani kamaytiruvchi immunologik mexanizmi isbotlanmagan. Aksincha, o‘zi allergiya chaqirishi mumkin

⚠️ Xavflari (real klinik xavf)
❗ Mahalliy:
infeksiya
absess
limfadenit
nerv shikastlanishi

❗Tizimli:

Steroidga bog‘liq:
immunosupressiya (immunitet pasayishi)
glyukoza oshishi
bolalarda o‘sish sekinlashuvi
adrenal supressiya

Novokain:
anafilaksiya
aritmiya
toksik reaksiyalar

📚 Dalillarga asoslangan manbalar nima deydi?
🔹 EAACI (European Academy of Allergy & Clinical Immunology)
❌ Limfatrop terapiya tilga ham olinmaydi

🔹 AAAAI (American Academy of Allergy, Asthma & Immunology)
❌ Allergiyani davolashda bunday usul mavjud emas

🔹 UpToDate
❌ “Lymphotropic steroid injections” — tavsiyasi yo‘q ❌ “Novocaine therapy” — pseudoscientific

✅ Allergiyada to‘g‘ri, isbotlangan yondashuvlar
1️⃣ Allergendan qochish (elimenatsiya)
2️⃣ Antigistaminlar (2-avlod)
3️⃣ Intranazal / inhalyatsion steroidlar (zarur bo‘lsa)
4️⃣ Leykotriyen antagonistlari
5️⃣ ASIT (allergen-spetsifik immunoterapiya) — yagona kasallikni o‘zgartiruvchi usul
6️⃣ Og‘ir holatda:
Omalizumab
Dupilumab (ko‘rsatmaga ko‘ra)

🧠 Nega bu usul hanuz ishlatiladi?
—Sovet davridagi eski maktab
— “Immunitetni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davolaymiz” degan marketing
— Bemorni “murakkab muolaja bilan ishontirish”
👉 Ammo bu ilmiy asos emas

❌ Limfatrop usul allergiyani davolashda ilmiy asosga ega emas
❌ Xalqaro tavsiyalarda yo‘q
⚠️ Xavfi foydasidan ko‘p

✅ Allergiya — dalillarga asoslangan, tizimli yondashuv bilan davolanadi
❗ “Limfaga ukol” — bu zamonaviy allergologiyada rad etilgan usul

@allergiya
❤8👍4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Irritant dermatit

(kontakt dermatit hamda taglik yoki pampers allergiyasi ham deyishadi)

Nega bunaqa holat paydo bo’ladi?

@allergiya
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Musibat nima uchun keladi?

Musibat bandani taslimiyati uchun,
taslim qilish uchun keladi. Insonda yaxshi amal, yaxshi e’tiqod bo’ladi,lekin taslimiyat yetishmayotgan bo’ladi. Shuni ro’yobga chiqarish uchun taslimiyat kerak bo’ladi unga. U hosil bo’lgach musibat ham qaytadi.

Taslimiyat
- musibatlarni Allohdan deb bilish, gunohlardan to’xtash va unga qaytishdir.

@allergiya
❤17👍8
❗️СИРДАРЁЛИКЛАР ДИҚҚАТИГА!

➖ Сизда ёки яқинларингизда аллергия борми? Турли исботи йўқ дориларсиз, фақатгина исботланган стандартлар бўйича даволанишни истайсизми?


🗓 23–январ куни аллергик касалликлари бўлган беморлар учун Гулистон шахридаги “Poytaxt med diagnostika” клиникасида Аллерголог ва клиник иммунолог ЖАСУР ДАВЛАТОВ томонидан тиббий консультация ўтказилади.

Қуйидаги беморлар қабул қилинади:

✅ Аллергик ринит;
— Бурун битиши, оқиши, аксириш,

✅ Аллергик конюктивит;
— Кўз ёшланиши, қичиши, қизариши

✅ Крапивница (Эшак еми);
— Терида тошма тошиши, қичиши

✅ Бронхиал астма;
— Нафас қисиши, хуштаксимон хириллаш

✅ Атопик дерматит (Диатез);
— Болалар терисидаги муаммолар

✅ Озиқ-овқат аллергияси;
— Турли озиқ-овқатга боғлиқ тошмалар


🗓 Сана: 23-январ (Жума)
⏰ Вақт: 09:00 дан 16:00 гача
👥 Ҳам болалар, ҳам катталарга!

🚩 Манзил: Гулистон ш, Сайхун 13-уй
🏣 Мўлжал: BEELINE бош офиси
🗺 Локация: http://t.me/allergiya/775

Қабулга рўйхатдан ўтиш учун:
☎️ +998953410303
☎️ +998954790303
☎️ +998994786618
❤5
🫁 Bolalarda obstruktiv bronxit sababchilaridan biri – RSV

RSV (Respiratory Syncytial Virus) hamma bolalarda ham obstruktiv bronxit chaqirmaydi.Lekin ayrim guruh bolalarda ehtimoli juda yuqori bo‘ladi.

🦠 RSV va obstruktiv bronxit: bog‘liqlik

❓ RSV nima qiladi?
RSV pastki nafas yo‘llariga tushadi
bronxiolalarda shish + balg‘am + spazm chaqiradi. Natijada obstruksiya yuzaga kelishi mumkin

👶 Nega hamma bolada emas?

Sababi, bolalarda quyidagilar bir xil emas:
bronx diametri
immun javob
genetik moyillik
fon kasalliklari farqli

⚠️ Qaysi bolalarda RSV obstruktiv bronxitga KO‘PROQ olib keladi?

1️⃣ 1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar
Bronxlar juda tor
Ozgina shish ham obstruksiya beradi

2️⃣ Muddatidan oldin tug‘ilganlar
O‘pka yetilmagan
Surfaktant kam

3️⃣ Allergik fon yoki oilaviy astma tarixi
Bronxlar giperreaktiv
Spazmga moyil

4️⃣ Atopik bolalar
Atopik dermatit
Oziq-ovqat allergiyasi fonida

5️⃣ Passiv chekuvchi bolalar
Bronx shilliq qavati doimiy shikastlangan

✅ Qaysi holatda RSV yengil kechadi?
Sog‘lom
Muddatida tug‘ilgan
Allergik fon yo‘q

Bunday bolalarda RSV ko‘pincha:
oddiy shamollash
rinofaringit
yengil bronxit bilan o‘tadi

📊 Statistik fakt
RSV bilan kasallangan bolalarning hammasida emas, taxminan 30–40% ida bronxiolit / obstruktiv bronxit rivojlanadi.
1 yoshgacha davr — xavf eng yuqori

❗ Muhim klinik nuqta
RSV sababli obstruksiya bo‘lishi
❌ har doim bronxial astma degani yoki keyinchalik astmaga aylanadi degani emas


Lekin takrorlanuvchi RSV + obstruksiya
→ kelajakda astma rivojlanish xavfini oshiradi.

❌ Diqqat! Virus ta'sirida kelib chiqishini hisobga olsak, bu kasallik antibiotik bilan davolanmaydi. Bekordan-bekorga olingan antibiotik immunitetini yanada kuchsiz qiladi.

Bolalardagi obstruktiv bronxitni to'g'ri davolash uchun menga murojaat qilishingiz mumkin!

☎️ +99894-6920852 (Jasur Davlatov)

@allergiya
❤7👍6💔2
Do’st deb bilganim, aslida “dushmanim” bo’lib chiqdi!

🐈 5 yildan beri allergik rinit doimiy turi bilan qiynalib kelgan bemorimizda uyidagi mushukka nisbatan allergiya aniqlandi. Ya’ni, burnidagi bitish, aksirish, suv kelishning asosiy sababchisi mushugi bo’lib chiqdi.

Eng oson usuli - mushukdan qutulish, lekin hammada ham emas. Bu bemorimiz analiz javobi chiqqanidan beri tushkunlikka tushib qolib, yig’lamoqda. Juda yaxshi ko’rarkan mushugini…

O’ylab-o’ylab bemorimiz ASIT (allergen spesifik immuno terapiya) orqali mushuk allergenlariga immunitet hosil qilishni tanladi.

To’g’ri tanlov! Yaxshiyamki, shunaqa davo usullari mavjud!

@allergiya
👍16😁7❤4
Доктор Аллерголог
Do’st deb bilganim, aslida “dushmanim” bo’lib chiqdi! 🐈 5 yildan beri allergik rinit doimiy turi bilan qiynalib kelgan bemorimizda uyidagi mushukka nisbatan allergiya aniqlandi. Ya’ni, burnidagi bitish, aksirish, suv kelishning asosiy sababchisi mushugi bo’lib…
🐱 Mushuk allergiyasi va ASIT

Uyda mushuk bo‘lsa, nima qilish kerak?

1️⃣ Ideal variant (oltin standart)
✅ Mushukni uyidan butunlay chiqarish (permanent eliminatsiya)

Nega?
Mushukning asosiy allergeni — Fel d1
U faqat junida emas, balki:
so‘lagi
teri qoldiqlari
kiyim, mebel, devor, gilamda ham bo‘ladi.

Mushuk ketganidan keyin ham allergenlar 3–6 oy, ba’zan 12 oygacha saqlanib qoladi.

📌 ASIT samarasi eng yuqori bo‘lishi uchun — allergen bilan doimiy kontakt bo‘lmasligi kerak.

2️⃣ Agar mushukni chiqarish imkoni bo‘lmasa (real hayotda ko‘p uchraydi)

✅ ASITni o‘tkazish mumkin, lekin samarasi kamroq bo‘ladi va xavflar bor.

Bu holda majburiy qoidalar:
2️⃣ Mushuk yotoqxonaga KIRMASIN
3️⃣ HEPA filtrli changyutgich (haftasiga 2–3 marta)
4️⃣ Gilam, yumshoq mebellarni imkon qadar olib tashlash
5️⃣ Mushukni haftasiga 1–2 marta yuvish
6️⃣ Qo‘l, kiyim orqali allergen tarqalishini kamaytirish
7️⃣ Havo tozalagich (HEPA) ishlatish

📌 Shunga qaramay:
👉 ASIT fonida simptomlar saqlanib qolishi mumkin

3️⃣ ASITni qachon boshlash to‘g‘ri?
🔹 Ideal:
Mushuk chiqarilgandan keyin
Uy tozalanib
kamida 3–6 oy o‘tgach

🔹 Agar mushuk qolsa:
ASIT sekin dozada boshlanadi
Kuzatuv juda ehtiyotkorlik bilan

4️⃣ Qancha vaqt eliminatsiya kerak?
📍 Minimal: 3 oy
📍 Optimal: 6–12 oy
📍 Eng yaxshisi: doimiy (agar mushuk boshqa joyga berilsa)

5️⃣ Muhim klinik eslatma ⚠️
❗ Agar bemorda:
Bronxial astma
Tez-tez bronxospazm
Kechasi bo‘g‘ilish
Kuchli rinit / konyunktivit bo‘lsa

❌ Mushuk saqlanib qolgan holda ASIT boshlash tavsiya etilmaydi

@allergiya
❤9💔2
​🤧 POST-NAZAL OQISH – BOLALARDAGI YO'TALNING ASOSIY SABABLARIDAN

Post-nazal drip (PND) – burni bitgan bolalarda ko'p kuzatilishi mumkin. Asosiy sabab burundagi ajralmaning bir qismi orqa (tomoq) tomonga oqishidir.

Qanday davolash mumkin?
(Dalillarga asoslangan tibbiyot bo'yicha)

1️⃣ Burunni yuvish (eng asosiy qadam)

Nima uchun muhim?
Shilliq suyuqlikni mexanik tozalaydi va tomoq tomonga oqishni kamaytiradi.

Qanday yuviladi?
💧 Izotonik yoki gipertonik dengiz suvi
👶 Chaqaloqlarda: tomchilatib + aspirator
👦 Kattaroqlarda: sprey / irrigatsiya
📌 Kuniga 2–4 marta

2️⃣ Xonadagi havoni namlash

Quruq havo → shilliq qavat qalinlashadi → PND kuchayadi
💨 Havo namlagich ishlatish
🌡️ Namlik: 40–60%
❌ Issiq, quruq havo va konditsionerga ehtiyot bo‘ling

3️⃣ Allergiya bo‘lsa – asosiy sababni davolash

Agar bola:
tez-tez aksirsa
burni qichishsa
ko‘zlari yoshlansa
👉 Allergik rinit ehtimoli yuqori

Davo:
🌿 Allergendan uzoqlashish
💊 Antigistaminlar (yoshiga mos)
👃 Burun ichiga kortikosteroid spreylar (2 yoshdan katta bolalarda)
📌 Allergiya davolanmasa – PND qayta-qayta bo‘ladi

4️⃣ Adenoid (burun orqa bodomsimon bez)ni baholash

Quyidagilar bo‘lsa, muhim:
😴 og‘iz ochib uxlash
😤 tunda xirillash
🤢 doimiy tomoq tozalash, yo‘tal
👉 LOR ko‘rigidan o‘tish kerak

Davo:
konservativ (spreylar, yuvish)
zarurat bo‘lsa – jarrohlik

5️⃣ Ko‘p suyuqlik ichirish
🥤 Iliq suv
🍲 Sho‘rvalar
👉 Shilliqni suyultiradi va oson chiqishini ta’minlaydi

6️⃣ Keraksiz dorilardan SAQLANISH

🚫 Antibiotik (infeksiya bo‘lmasa)
🚫 Mukolitik siroplar (kichik yoshda foydasi kam)
🚫 “Yo‘talni to‘xtatuvchi” dorilar
📌 Yo‘tal – bu oqib tushayotgan shilliqqa refleks javob

Qachon shifokorga murojaat qilinadi?
❗ Yo‘tal 3–4 haftadan uzoq davom etsa
❗ Isitma, holsizlik bo‘lsa
❗ Nafas qiyinlashsa
❗ Vazn olmaslik / qusish qo‘shilsa

❌ Antibiotiklar ko‘pincha keraksiz

@allergiya
❤9👍1