Alisher Navoiy g'azallari va ruboiylari
3.49K subscribers
16 photos
1 video
15 files
84 links
Assalomu Aleykum. Bizning bu kanalda siz buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning qilgan ijodlaridan namunalarni topishingiz mumkin.
👥Kanalga obuna bo'ling.

Reklama va murojaat uchun: @Sobitov_u
Download Telegram
Forwarded from DUNYO🌏VIY️
Orazin yopg'och ko'zumdin...

Orazin yopg'och ko'zimdin sochilur har lahza yosh,

O'ylakim, paydo bo'lur yulduz nihon bo'lg'och quyosh.

Qut bir bodom-u yerim go'shayu mehrob edi,

G'orati din etti nogoh bir balolig' ko'z-u qosh.

Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,


Sybhning bot-bot dami andoq-ki aylar mehr fosh.

Bo'saye qilmas muruvvat, asr-u qattiqdur labing,

Desam, og'zu ichra aytur, la'l ham bor navi tosh.

Novaking ko'nglumga kirgach jon talashmoq by ekin,

Kim qilur paykonini ko'nglum bila jonim talosh.

Umri jovid istasang fard o'lki, bo'ston xizridur

Qoshi ollinda Navoiy bersa jon ayb etmangiz,

Gar budur mahrob, bir-bir qo'yg'usidur barcha bosh.

Butun dunyodagi eng sara
yangiliklar: @dunyoviy_tv

📚kanalga kirish📚
Forwarded from DUNYO🌏VIY️
Chun lola to'kuldi, lolagumjom ichma,
Gul fasli tugandimayi gulfom ichma.
Javzoda chu tutti mehr orom ichma,
Ko'p bo'lsa zarurat o'lmayin shom ichma.
Forwarded from DUNYO🌏VIY️
OShIQ O'LDUM

Oshiq o'ldum, bilmadim yor o'zgalarga yor emish
Olloh-Olloh,ishq aro mundoq balolar bor emish.

Qaddig'a el mayli bo'lg'ondin ko'ngul ozirdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.

Elga novak urdi, men o'ldim erur bu turfakim,
Jonim etgan resh el bag'rig'a kirgan xor emish.

Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tikdimangladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.

Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.

Jong'a taxvif ayladim tig'i halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin u o'lg'uncha minatdor emish.

Ey Navoiy, xo'blarni ko'rma osonlig' bilan,
Kim biravkim soldi ko'z, uzmak ko'ngul dushvor emish.