Alisher Qodirov
7.31K subscribers
595 photos
231 videos
1 file
267 links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

fb.com/IQAlisher

https://instagram.com/alisherqodir.k

http://twitter.com/alisherQodir

Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot
Download Telegram
Olimpiada futbol musobaqasida birinçi martta bayroğimiz 🇺🇿böladi!

Bu musobaqa 1992 yildan keyin kuzatadigan musobaqalarim qatoridan çiqib ketgan ekan.

Eslasam, öşa vaqtda ham tarkibida özbekning Qosimovi bölgani uçun sovet jamoasini Barselona olimpiadasida iştirok etişini kutgan ekanman.

Endi esa ozod Özbekiston, ÖZ bayroği va ÖZ öğlonlari bilan iştirok etadi.

Osiyo çempionligi uçun finalda raqibimiz kim bölişini bilib, keç uxlagandim, ertalab lavhadan uyğonib ketdim…

Yaponiya tartib bilan, doimo qilgan işini qilib, iroqliklarni yengdi va finalga çiqdi. Yaponlar keyingi hamma finallar, olimpiadalar, jahon çempionatlariga Osiyodan birinçi da’vogar bölaverişadi, odatdagidek!

Yuz yil içida ikkita jahon uruşida mağlub bölib, trillionlab zarar tölagan, insoniyat boşiga tuşgan yagona atom bombasidan aziyat çekkan bölsa ham bugun dunyoning eng kuçli beş iqtisodiyotidan bittasi!

Yaponda ular! Xursand bölsa ham, xafa bölsa ham yaponligini qöymaydi!

Boşida özbek bölmasa ham özbek tilini özbekdan yaxşiroq gapiradigan, ayrim özbeklardan köproq vatanparvar, qondoş turkiylarimizdan bölgan Tohir akaning öğli Timur yoşlarimizga milliy ğururni örgatişi kerak!

Bizning jigitlar bu xursandçilikda “S lyohkim parom” dagidek, final esdan çiqib Piterga uçib ketişmasa…

Takror aytaman, özlikdan adaşgan har qanday ğalaba qisqa böladi va mutlaqo mağlubiyatga olib boradi!

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Özbekiston-Germaniya Parlamentlararo döstlik guruhining navbatdagi majlisini ötkazdik.

Hamkasblarimiz Alfred Grund, Aniko Glogovski-Merten va Dr. Daniela De Ridderlar bilan hamkorlik rejalarimizni kelişib oldik.

@alisherQodir
Toşkent investitsiya forumidan muhim xulosalar:

🇺🇿 Global geosiyosiy, geoiqtisodiy murakkabliklar va transformatsiyalar davrida har bir davlat öz yölini topişga harakat qilmoqda.

Investorlar uçun mislsiz kuraş ketmoqda. Bironta davlat muammolarini yakka özi hal qila olmasligini tuşungani sari, eng zarur investitsiya - özaro işonç ekanligi ma’lum bölmoqda.

🇺🇿 Özbekiston -Afğoniston -Pokiston va Özbekiston - Qirğiziston - Xitoy transport aloqalari Özbekistonni, qolaversa, Markaziy Osiyoni global tranzit markaziga aylantiradi.

Bu tarixiy Buyuk ipak yölini yangi formati bölişi kerak.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Natija uzviylik va tajribaning oqibati!

Karnay-surnay, olqiş va maqtovlar öz yöliga,
Timur Kapadzega 2024–yil Olimpiadasi, 2026 va 2028 yillar U-23 Osiyo çempionatlari tajriba-tayyorgarlik bosqiçi sifatida taqdim qilinadigan 2028–yil Olimpiadasida sovrindor böliş vazifasi qöyilişi kerak.

@alisherQodir
Davlat rahbari huzurida oliy ta’lim tizimining muammolari muhokama qilindi.

Mamlakat oliy ta’lim tizimi jiddiy islohotlarga muhtoj.

Oliygohlarimiz zamonaviy talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlab berolmayapti. Sabablarni batafsil tahlil qilamiz.

İslohotlar va malaka tasdiqlaş tizimining huquqiy asoslarini yaratiş ustida Parlament huzuridagi ta’lim komissiyasida işlar boşlanadi.

@alisherQodir
Özbekistonga investorlarning işonçini ortişi - iqtisodiyotimizga milliardlab investitsiyalar kelişi, minglab iş örinlarini yaratilişi, aholi daromadlarini köpayişi va pirovardida davlat qudratini ortişi demakdir…

Lekin, qölida diplomi bor IT muhandislari - sun’iy intellektni, moliyaçilari - suğurta yoki islom moliyasini, menejerlari - tejamkorlikni, huquqçilari - inson huquqlarini, biologlari - genni, pedagoglari - bolani, arxitektorlari - köprikni tuşunmay tursa, nima böladi!?

Oliy ta’lim qimmat tanlov. Davlat oliy ta’lim muassasalarini köpi imkoniyat böyiça ham, salohiyat böyiça ham, zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoş emas.

Birinçi tuzatilişi kerak bölgan masala – oliy ta’lim uçun saralaş falsafasini özgartiriş bölişi kerak.

Oliy ta’lim olişga da’vogarda ikkita muhim xususiyat bölişi şart: bir - qobiliyat, ikki - imkoniyat!

Imkoniyati yöq bölgan qobiliyatlilar uçun homiylik fondlari, qolaversa, davlat kömagi taklif qilinişi mumkin, lekin qobiliyati yöqni oliy ta’lim oliş uçun intilişi öziga ham, jamiyatga ham xiyonatdir!

Oliy ta’lim oliş juda mas’uliyatli va qimmat tanlov ekanligini jamiyatga qabul qildiriş kerak.

Özimizni özimiz aldaşni töxtataylik! Oliy ta’lim tizimida bugunning taraqqiyot tezligiga raqobat qila olmaydigan domla ham bu tezlikka intilmaydigan talaba ham bölmasligi kerak.

Bu Özbekiston taraqqiyotini navbatdagi bosqiçida samarani belgilovçi muhim masala böladi.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
İmperialistlar, kommunistlar va faşistlarga qarşi hurriyatimiz uçun kuraşib, jonidan keçgan mard ajdodlarimizni heç qaçon unutmaymiz va abadiy qadrlaymiz!

@alisherQodir
Qon va qahrga töla ötmişnıng ğolibligini talaşib, asl qadrlanişi kerak bölgan Onalar kuni sassiz-sadosiz ötib ketdi.

Onalarni, onalikni qaqşatgan dunyoqaraş, madaniyat qançalar qudratli va töq körinmasin, baribir xor böladi va yöq bölib ketadi. Xotirjamlikda yaşaş, borliq va borlikni anglaş, yöq qiliş emas, bor qiliş va qadrlaşdan iboratdir.

Taraqqiyot faqat qadriyatlarga tayanişi kerak.

@alisherQodir
Sözsiz, Rossiyaga işga borayotganlar rus tilini bilişlari şart, lekin bu Özbekistonda yaşayotgan ruslarni özbek tilini bilişlari şart emas degani emas!

Özbekistonda yaşayotgan barça millatli vatandoşlar özbek tilini bilişlari şart.

Qonunlarimizda bosqiçma-bosqiç boğça va boşlanğiç ta’limda 👉 boşqa millatli vatandoşlarga öz ona tili va qadriyatlarini örganişiga şaroit yaratiş bilan bir qatorda, özbek tili majburiy örganadigan til sifatida belgilanişi kerak ☝️.

Özbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida işlaşi, balki davlat xizmatlaridan foydalanişi ham mumkin bölmay qolişiga erişişimiz kerak.

@alisherQodir
Eron İslom Respublikasi Prezidenti İbrohim Raisiy vafoti sababli Eron Milliy maslahat kengaşidagi döstlarimiz bilan hamdardmiz.

@alisherQodir
Özbekiston Oliy Majlisi va Turkiya Buyuk Millat Majlisi orasida davlatlarimizni har tomonlama rivojlanayotgan aloqalariga uyğun kun tartibi belgilanadi.

TBMM raisi, hurmatli Numan Kurtulmuş raisligida millat vakillari - Osman Mesten, Mehmet Ali Cevheri, Erkan Akçay va Uğur Bayraktutan döstlarimiz mamlakatimizda xizmat safarida böldilar.

🇺🇿🇹🇷

Özbekistan Oliy Mejlisi ve Türkiye Büyük Millet Meclisi Devletlerimizin her taraflama gelişen ilişkilerine uygun yeni gündem belirleyecekler.

Sayın TBMM Başkanı Numan Kurtulmuş önderliğindeki Osman Mesten, Mexmet Ali Cevheri, Erkan Akçay ve Uğur Bayraktutan millet vekilleri, dostlarimiz ile iş görüşmelerinde bulunduk.

@alisherQodir
Xabarni boshqariş natijani, xabarni anglaş va tahlil qiliş darajasi jamiyatni yolğonga nisbatan immuniteti darajasini belgilaydi.

Demak, millatparvar, malakali va vijdonli xabar yaratuvçi jamiyatning jamligiga jiddiy ta’sir qiladigan zarurat.

Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini 6 yoşga tölişi munosabati bilan ötkazilgan tadbirga taklif uçun janob Şerzodxon Qudratxöjaga taşakkur.

Mamlakatimizda vatanparvar, malakali va vijdonli xabar yaratuvçilarni tayyorlaşga e’tibor - kelajakni töğri baholayotganimizning belgisi.

@alisherQodir
Rus millatiga mansub bir vatandoşimiz meni nima uçun rusafobligim haqida sörabdi. Javobim oddiy, men hech qanday rusafob emasman!

Sovetafob ekanligimni tan olaman!
Sovet davlati tariximiz, töğri, lekin tariximizning qora qoğozlarida qolib ketişi, kelajagimizda bölmasligi kerak deb hisoblayman.

Rossiya katta va qudratli qöşnimiz. Rossiya bilan yaxşi qöşniçilik, umumiy manfaatlar va hamkorlikda rivojlanişdan manfaatdormiz, albatta. Ayrim masala va maqsadlarda bir xil öylamasligimiz ham tabiiy, ular böyiça kelişiş, örta nuqtalarni topiş xalq vakolat bergan hukumatning mahoratiga boğliq.

Rossiya-Ukraina munosabatlari haqida…
Özbekiston har qanday holatda ham öz manfaatini öylab töğri qilmoqda. Har qanday uruş kelişuv bilan yakunlanadi. Aqlli boşqaruv uruşgaça bormaydi.

Rus tili masalasida
Rus tilini örganiş yoşlarimiz uchun ingliz, xitoy, arab va fors tillarinı örganiş qatorida juda foydali ekanligini heç qaçon rad etmaganman, bundan keyin ham rad etmayman.
Taklifim esa oddiy va tuşunarli, bolalarga bolaligidan ona tili va davlat tilidan boşqa til örgatilmasligi kerak. Boşqa millatli vatandoşlarimiz ona tilida qadriyatini örgansin, davlat tilini esa vatani deb hisoblaydigan Özbekistonda yaxşi yaşaşi uçun örgansin, tamom.

Maktabni örta sinflaridan boşlab istagan xorijiy tilini örgansa, şaxsiy rivojlanişiga ham, mamlakat taraqqiyotiga ham faqat foyda böladi.

Rossiya Prezidentining Özbekistonga taşrifi davomida erişilgan kelişuvlar Özbekiston manfaatlariga xizmat qilişiga şubham yöq.

Murakkab davrda, heç kimni qoş-u qovoğiga qaramasdan xalqimiz manfaatlariga uyğun harakatlar Davlat rahbarining içki va taşqi siyosatini qöllab-quvvatlaşimizga eng muhim sabablaridan biri.

@alisherQodir
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi (YEXHT DIIHB) missiyasi rahbari Keara Kastaldo boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildik.

Partiyaning maqsad-vazifalari, ğoyalarini röyobga çiqariş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan taniştirdik.

Yangi tizimdagi saylovda maqsad va umidlar, partiyaning elektorati bilan muloqot, Parlamentdagi faoliyatimiz bilan boğliq qiziqişlarni şarhladik va tuşuntirdik.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro bolalar kunida bolalarga zo’ravonlikni har qanday şaklini ta’qiqlaşni belgilaydigan qonunni fraksiyada ma’qulladik.

Bolalarga mehrsiz odam heç kimdan mehr kutmasligi kerak!

@alisherQodir