Ahror Alikhanov | Dizayn blog
738 subscribers
115 photos
4 videos
24 links
Dizayn, kreativ va ozroq marketing haqida
Download Telegram
Sizlarga ajoyib bannerlar kolleksiyasini taqdim qilmoqchiman.

Faqat meni ko‘zlarim qiynalsinmi? Sizlar ham maza qilinglar🤩
Dizaynerlar uchun "must have" bo‘lgan kitoblarni buyurtma qilgan edim, yetib keldi.

Johannes Ittenning "Искусство цвета" va "Искусство формы" kitoblari.
Sun'iy idrok bizni hayratlantirishni davom etmoqda.

Open AI kompaniyasi ChatGPT ning yangi versiyasini taqdim qildi. Endi u yanada tezroq va aqlliroq. Eng qizig'i o‘zbek tilida ham gaplasha oladi.

Taqdimot videosi
Midjourneyda turli eksperimentlar qilib ko‘ryapman. O‘rganishni boshlaganimga hali ko‘p bo‘lmadi. Lekin ancha qiziqish uyg‘otdi.

Agar rubrika sizga qiziq bo‘lsa, promtlar ulashib borishim mumkin. 🪐
Did va estetik qarashlar haqida

Did bu insonga be'rilgan eng kerakli ne'matlardan biridir. Keling, did tushunchasini chuqurroq ko‘rib chiqamiz.

Did - bu insonning estetik qarashlari va atrofdagi narsalarni qanday qabul qilishini belgilaydi. Bu subyekyiv va obyektiv bo‘lishi mumkin. Subyektiv did - har bir insonning o'ziga xos qarashlari, obyektiv did esa umum qabul qilingan estetik me'yorlar va qoidalardir.

Didning shakllanishiga ko‘plab omillar ta'sir qiladi. Madaniy tarbiya, o‘sgan muhit va tajribalar bu jarayonda katta rol o‘ynaydi. Ba'zi hollarda genetik omillar ham muhim bo‘lishi mumkin.

Did qisqa vaqtda shakllanib qoluvchi his emas, uni charxlash va toblash uchun ko‘p vaqt va juda katta "насмотренность" kerak bo‘ladi.

Sizningcha esa did nima? Siz didni rivojlantirish uchun nimalar qilasiz? Agar hammasi nisbatan olinsa, biz yaxshi va yomon didni qanday farqlashimiz mumkin?
Postlarimni murakkab yozyapmanmikan deb o‘ylab qolaman. Chunki aktivlik juda past.

Sizningcha postlar qanday?
Anonymous Poll
11%
murakkab
68%
normal
22%
menga qiziq emas
"menga qiziq emas" ni tanlaganlarni shaxsini aniqlash uchun interpolga ariza berib qo‘ydim 🔍
Siz TOP deb biladigan reklama va marketing kampaniyalarni (campaign) izohlarda yozib qoldirinng👇
Shu yerda kompaniya va kampaniya farqi haqida yozib ketishim kerak ekan. Nazarimda ko‘pchilik biladi deb o‘ylayman. Bilmaganlar uchun esa foydali bo‘lishi uchun.

Kompaniya - bu xizmat ko‘rsatish yoki ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilot yoki korxona. Kompaniya mahsulotlar ishlab chiqaradi yoki xizmatlar ko'rsatadi. Misollar: Apple, IKEA, Google, Amazon va h.k.

Kampaniya (campaign) - bu ma'lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan rejalashtirilgan faoliyatlar to'plami. Kampaniya reklama, marketing, saylov yoki ijtimoiy harakatlarga qaratilgan bo'lishi mumkin. Misollar: marketing kampaniyasi, reklama kampaniyasi, saylov kampaniyasi va h.k.

Misol:

1. Apple iPhone ishlab chiqaradigan kompaniya.

2. Apple yangi iPhone'ni targ'ib qilish uchun marketing kampaniyasini boshladi
Barcha dizaynerlarga iltimosim, agar mijoz sizdan qora background va tilla rang yozuv qilib berishingizni so‘rasa, uni rad qiling. 🥲

Ko‘pchilik orasida tilla rang bu "luxury", "qimmatlik", "premium" belgisi degan hislar shakllanib qolgan afsuski.

Yuqoridagi rasmda esa yozuv yaltiraganidan, deyarli o'qish imkonsiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM