Ahror Alikhanov | Dizayn blog
362 subscribers
48 photos
11 links
Dizayn, kreativ va ozroq marketing haqida
Download Telegram
Forwarded from Mirzo Zominiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘pincha instagram recomendation'dan yangi ochilgan agentliklar sahifasi chiqib qoladi. Aksariyat holatlarda ularning yangi boshlagandagi sahifa yuritishi deyarli bir-xil. "Logotip sizga nega kerak?", "Brending qanchalik muhim?", "SMM nima?" kabi ma'lumot beruvchi statik postlar.

Bu kabi postlar menimcha o‘z aktualligini yo‘qotganiga ancha bo‘ldi. Bozorda raqobat katta va u yerda unikallik, professionallik kerak.

Tushunaman, mijoz jalb qilish kerak, target kerak. Lekin ozroq boshqacha yondashish ma'qul. Uni o‘rniga o‘z ishlarini, ish jarayonlarini ko‘rsatishi mijozlarga qiziqroq deb o‘ylayman.
Bugungi postim dizayn haqida emas, kitoblar haqida.

Kitob inson hayotidagi eng katta xazina. Yuqorida bizning uydagi kutubxonaning rasmi. Bu yerdagi ko‘plab kitoblarni o‘qimagan bo‘lsam ham, bolaligimda kitobga mehr qo‘yishimda aynan mana shu kitoblarga to‘la javon muhim ro‘l o‘ynagan. Bizni bunday muhitda katta bo‘lishimizga sababchi bo‘lgan ota-onamga katta rahmat aytmoqchiman.

To‘g‘ri hozir oldingidek kitobxon emasman, lekin hayotdagi dunyoqarashimni shakllantirishga mana shu kitoblar sababchi bo‘lgan.

Kitob har qanday kasb egasi uchun koni foyda. Dizaynerlar uchun ham ahamiyati katta. Siz badiiy kitob o‘qiganingizda tabiiyki asardagi voqelik hayolingizda aks etadi. Shu sabab sizda biror bir yangi g‘oyani hayolingizda vizual shakllantirish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi.

Xullas, kitob o‘qing, uyingizda kichik bo‘lsada kutubxona shakllantiring, kelajakdagi farzandlaringiz uchun ham!
Zamonaviy dizaynning asosi Bauhaus haqida nimalarni bilasiz?

Ozroq suhbatlashaylik.
Do'stlar barchaga Hayit ayyomi muborak bo'lsin!

Hamma ezgu niyatlaringiz ijobat bo'lsin. Kelasi Ramazonga barchamizni sog'-salomatlikda yetkazsin. Ezgu amallar sizga doim hamroh bo'lsin!
Har gal qarindoshlar bilan ko'rishganda, nima ish qilishimni tushuntirolmay qiynalib ketaman🗿
Universal kadr bo‘ling, kam bo‘lmaysiz.

Ko‘pchilik dizaynerlar "узкий специалист" bo‘lishni hohlashadi. Bu albatta yaxshi. Ammo bu bilan chegaralanib qolish kerak emas. Ya'ni siz SMM dizayner, qadoq dizayneri, brend dizayner bo‘lishingiz mumkin, lekin qolgan yo‘nalishlarni ham bilish sizga zarar qilmaydi. Aynan O‘zbekiston bozorida "узкий специалист" lar uchun talab u darajada yuqori emas. Misol, ko‘plab korxonalar ham universallarni hohlashadi va ish topishda ham unchalik qiyinchilikka uchramaysiz. O‘zingiz yoqtirgan, ko‘proq ishtiyoqingiz bo‘lgan yo‘nalishni asosiy qilib, qolgan yo‘nalishlarni ham o‘rganib qo‘ying. Turli xil texnik topshiriqlar bilan ishlab ko‘ring, qotib qolmang.
Sizlarga ajoyib bannerlar kolleksiyasini taqdim qilmoqchiman.

Faqat meni ko‘zlarim qiynalsinmi? Sizlar ham maza qilinglar🤩
Dizaynerlar uchun "must have" bo‘lgan kitoblarni buyurtma qilgan edim, yetib keldi.

Johannes Ittenning "Искусство цвета" va "Искусство формы" kitoblari.
Sun'iy idrok bizni hayratlantirishni davom etmoqda.

Open AI kompaniyasi ChatGPT ning yangi versiyasini taqdim qildi. Endi u yanada tezroq va aqlliroq. Eng qizig'i o‘zbek tilida ham gaplasha oladi.

Taqdimot videosi