Bugun 22:00 da Alibek Azimov blogida ovozli suhbat qilamiz. Qiziquvchilar marhamat, futboldan oldin biroz suhbatlashamiz⚡️
Telegram
Alibek Azimov — Blog
#suhbat - 6
Assalomu alaykum do’stlar, bugun soat 22:00 da voice chat tashkil qilamiz. Mehmon spikerimiz Ahror Alikhanov kuchli brend dizayner hisoblanadilar🏆
Suhbatda Ahror aka bilan yaqindan tanishamiz va albatta dizayn sistema haqida gaplashamiz, fikr…

Hammaga xayrli Dushanba! Sizlarga yana bir yaxshi reklama kampaniyasini ulashmoqchiman.
Bolivar bu to’q rangli kiyimlarni rangini tiklashga yordamlashadigan kir yuvish kukuni.
Bu kampaniyada ular qolgan kir yuvish kukunlaridan farqli ravishda juda ham kreativ yondashuv qilishgan. Odatda biz kir yuvish vositalari reklamasida «oldin va keyin» holatlarini ko’rib o’rganganmiz.
Bu yerda esa kukunning effektini kiyimlarning soyasi bilan ko’rsatib berishgan. Ya’ni to’q rangli kiyimlarning soyasi boshqalarga nisbatan to’qroq qilib ko’rsatilgan. Eng ajoyib holati hech qanday kiyimni ko’rsatmasdan ham kir yuvish vositasini reklama qilib bersa bo‘ladi ekan.

400 ta bo‘libmiz. ⚡️
Hammaga Big rahmat!💙
Bu nollar yanada ko‘paysin. Kamina esa sizlarga foydali ma’lumotlar ulashishga harakat qilaman.
Hammaga Big rahmat!
Bu nollar yanada ko‘paysin. Kamina esa sizlarga foydali ma’lumotlar ulashishga harakat qilaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi paytlar kurs zapusklari shu qadar ko‘paydiki, ular ichida yaxshi yomonini ajratib olish juda murakkablashmoqda.
Eng achinarlisi moddiyat tomonini birinchi planga olib chiqib, xuddiki kurs o‘qib chiqqandan so‘ng millioner bo‘lib ketasiz degandek messege’lar berishmoqda.
Va juda ham ahvoli og‘ir proyektlarni ko‘rsatib, falon pulga sotdim deb og‘zini ko‘pirtirib gapirishmoqda.
Kurs mualliflari va uni zapuski bilan shug‘illanuvchilardan iltimos, sal realroq bo‘laylik. Kursni o‘qib chiqishi bilan u o‘quvchini $1000-$2000 lik ish kutib turgani yo‘q.
O‘zi moddiyat bilan «progrev» qilishni hech qachon oqlamayman.
Uzr lekin

«Lolazor» podcastida aytilgan bir fikr menga juda yoqdi. Ya’ni aholini siyosiy tafakkuri shakllanishi uchun o’rta sinfni ko’payishi muhim. O’rta sinf bu iqtisodiy taraflama ahvoli nisbatan yaxshi va ishdan tashqari boshqa amallarga (kitob o‘qish, sayohat qilish) ham vaqt ajrata oladigan aholi qatlami.
Men esa aynan shu holat nafaqat aholining siyosiy qarashlariga, balki didining shakllanishiga ham turtki bo’ladi deb o’ylayman.
Nega biz dizaynerlar ko’pincha mijozlarning dididan unchalik rozi bo’lmaymiz. Sababi shuki, bizning asosiy aholi qatlamining vazifasi bu birlamchi moddiy ehtiyojni qondirish. Ko‘proq ishlab pul topish. Ma’naviy ehtiyoj qondirish uchun esa ko‘pincha vaqt yoki moddiyat orttira olmaslik. Shuning uchun ham didning rivojlanishi uchun o’rta sinfning ko’payishi bu muhim deb o’ylayman.
Lekin bu degani inson yaxshi moddiy holatga erishgani bilan uning didi yaxshi bo’ladi degani emas. Bizda ko’pincha yaxshi moddiyatli aholi sinfini ikkilamchi ehtiyojida ham o’sha pulini yanada ko’paytirish turadi. Ma’naviy bo’shliqni oziqlantirilmaydi.

Fotostil haqida gaplashamiz.
Ko‘pchilik taniqli brendlar o‘z fotostiliga ega bo‘lib, bu ham brendni identifikatsiyalash uchun muhim xizmat qiladi. Brendning fotostili uning falsafasi, qadriyatlari, harakterini aks ettirishga yordam beradi.
Dizayn tarafdan esa, bir-xillikni ta’minlashga yaxshi xizmat qiladi.
Ba’zan e’tibor beramiz, brendlar kommunikatsiyalarda juda ham turli haroratli suratlar ishlatishadi. Deylik ma’lum bir suratlar issiq, ba’zilari esa o’ta sovuq ranglar haroratiga ega bo‘ladi. Shunday holatlarni oldini olish uchun ham fotostil muhim.
Brend falsafasini aks ettirishda esa misol qilib, Coca-cola, Nike kabi brendlarni olsak bo‘ladi. Coca-cola brendi doim yaqinlar, oila va do‘stlikni aks ettiruvchi suratlar ishlatadi. Nike esa harakat, dinamikani ifodalovchi, insonlarni sportga, harakatga undovchi mazmundagi suratlardan foydalanadi.
O‘zbekiston bozorida esa o‘z fotostiliga ega brendlar kamroq afsuski. Shu sababdan ham ba’zi brendlar kommunikatsiyalarda juda rang baranglik bor. Ijtimoiy tarmoqlar yuritishda ham juda siyqasi chiqqan stock rasmlardan ko‘p foydalaniladi.
Sizgachi, qaysi brendlarning fotostili ko‘proq yoqadi?

Perfeksionist bo‘lish qiyin. Ba'zan minusga ham ishlab qo’yishi mumkin. Dizaynda plyuslari bo‘lishi mumkin, lekin hayotda minuslari bor.
Hamma narsa ideal bo‘lishini xohlash, qaror qabul qilishdan avval uni qayta-qayta o‘ylash. Ba'zida charchatib qo‘yadi odamni.
Oddiy misol publish qiliman degan ishlarim bor, lekin vaqt o‘tgani sari u yoqmay boraveradi. Men esa hech uni ideal holatga olib kelolmay yuraveraman.
Perfeksionizm ba'zida optimizmni kamaytirib qo‘yadigandek go‘yo. Hayotiy qarorlar qabul qilishda ham to‘siq bo‘ladigandek tuyulaveradi gohida.
Shu sabab kerak paytda perfeksionistlikni o‘chirib qo‘yishni o‘rganish kerak menimcha.

Futbol otmen, dizayn qilishni davom etamiz👨💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17-19 yoshida sohaga kirib kelganlarga havas qilaman. Ularda o‘sish uchun yetarlicha vaqt bor. Moddiy tarafni ko‘p o‘ylamasdan o‘zi uchun harakat qilish imkoniyati bor. Ularda ko‘proq energiya bor. Faqat shu energiyani to‘g‘ri yo‘naltira olishsa bas. Mijoz topish va ko‘proq pul topishga katta e'tibor bermasdan, fokusni o‘zini rivojlantirishga qaratish kerak.
Ba'zan sohaga kech kirib kelganim kichik yo‘qotish bo‘lganmi deb o‘ylab qolaman.

Sport mamlakatni dunyoga tanitadi. Agarda unga ozroq kreativ qo‘shsakchi?
Hozirda Parij shahrida olimpiyada o‘yinlari bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. Har galgi olimpiyada ochilish marosimlarida mamlakatlarning chiqadigan liboslari ko‘p kuzatiladi va muhokama bo‘ladi.
Mongoliya terma jamoasini olimpiya libosini tarmoqlarda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Juda ham ko‘plab maqtov va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mana bu videoda ham shu haqida gapirilgan ekan. Birgina forma orqali davlat o‘zini dunyoga qanchalik tanitishi mumkinligi haqida. Bu uchun juda ham katta byudjet kerak emas. Shundoq ham forma ishlab chiqiladi, lekin shu ishlab chiqishda yaxshi dizayner va expertlar jalb qilish kerak. Yoki biror taniqli brend bilan kollabratsiya qilish mumkin. Natijada esa mamlakat brendiga ancha plyus olib kelishi mumkin.
Afsuski bizning bu safargi olimpiya libosimizni maqtab bo‘lmaydi. Tarmoqlarda shundoq ham yaxshigina heytga uchradi. Shuning uchun bu yerda yana u haqida yozib o‘tirishni joyiz topmadim.

Midjourney 6.1 versiyasi haqida post yozmoqchi edim. Qarasam Sherbek yozib qo‘ygan ekan. Yozmay qo‘ya qoldim)
«Onasini emsin» 605 agencyni ishi ekan. Yaxshi kreativ bo‘ldi, tarmoqlarda anchagina PR bo‘ldi. Meni hayron qoldirgani hukumat loyihasida bunday ishlarga jur’at qilgani. Biz odatda davlat loyihalarida ko‘k banner, musaffo osmon surati, milliy naqshli patternlar va qalin xoshiyali katta harflarda yozilgan matnlarni ko‘rib o‘rganib qolganmiz. Bu kabi PR’lar esa asosan nodavlat brendlar tomonidan qo‘llanilar edi.
Demak o‘zgarish bor, bundanda yaxshi g‘oyalarga umid bor.

Bu yerda yangi metro navigatsiyalari haqida post bo‘lishi mumkin edi. Lekin oxirgi postlarim faqat negativ va heytdan iborat bo’lib qolayotgani uchun, u haqida yozishni joiz topmadim.
Izohlarda o‘z fikrlaringizni yozishingiz mumkin, sizga yoqdimi?

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ahror Alikhanov | Dizayn blog
Video message
Agar qiziq bo‘lsa, ertaga bu haqida batafsil yozib o‘taman.