Ahror Alikhanov | Dizayn blog
346 subscribers
44 photos
9 links
Dizayn, kreativ va ozroq marketing haqida
Download Telegram
Do'stlar barchaga Hayit ayyomi muborak bo'lsin!

Hamma ezgu niyatlaringiz ijobat bo'lsin. Kelasi Ramazonga barchamizni sog'-salomatlikda yetkazsin. Ezgu amallar sizga doim hamroh bo'lsin!
Har gal qarindoshlar bilan ko'rishganda, nima ish qilishimni tushuntirolmay qiynalib ketaman🗿
Universal kadr bo‘ling, kam bo‘lmaysiz.

Ko‘pchilik dizaynerlar "узкий специалист" bo‘lishni hohlashadi. Bu albatta yaxshi. Ammo bu bilan chegaralanib qolish kerak emas. Ya'ni siz SMM dizayner, qadoq dizayneri, brend dizayner bo‘lishingiz mumkin, lekin qolgan yo‘nalishlarni ham bilish sizga zarar qilmaydi. Aynan O‘zbekiston bozorida "узкий специалист" lar uchun talab u darajada yuqori emas. Misol, ko‘plab korxonalar ham universallarni hohlashadi va ish topishda ham unchalik qiyinchilikka uchramaysiz. O‘zingiz yoqtirgan, ko‘proq ishtiyoqingiz bo‘lgan yo‘nalishni asosiy qilib, qolgan yo‘nalishlarni ham o‘rganib qo‘ying. Turli xil texnik topshiriqlar bilan ishlab ko‘ring, qotib qolmang.
Sizlarga ajoyib bannerlar kolleksiyasini taqdim qilmoqchiman.

Faqat meni ko‘zlarim qiynalsinmi? Sizlar ham maza qilinglar🤩
Dizaynerlar uchun "must have" bo‘lgan kitoblarni buyurtma qilgan edim, yetib keldi.

Johannes Ittenning "Искусство цвета" va "Искусство формы" kitoblari.
Sun'iy idrok bizni hayratlantirishni davom etmoqda.

Open AI kompaniyasi ChatGPT ning yangi versiyasini taqdim qildi. Endi u yanada tezroq va aqlliroq. Eng qizig'i o‘zbek tilida ham gaplasha oladi.

Taqdimot videosi
Midjourneyda turli eksperimentlar qilib ko‘ryapman. O‘rganishni boshlaganimga hali ko‘p bo‘lmadi. Lekin ancha qiziqish uyg‘otdi.

Agar rubrika sizga qiziq bo‘lsa, promtlar ulashib borishim mumkin. 🪐
Did va estetik qarashlar haqida

Did bu insonga be'rilgan eng kerakli ne'matlardan biridir. Keling, did tushunchasini chuqurroq ko‘rib chiqamiz.

Did - bu insonning estetik qarashlari va atrofdagi narsalarni qanday qabul qilishini belgilaydi. Bu subyekyiv va obyektiv bo‘lishi mumkin. Subyektiv did - har bir insonning o'ziga xos qarashlari, obyektiv did esa umum qabul qilingan estetik me'yorlar va qoidalardir.

Didning shakllanishiga ko‘plab omillar ta'sir qiladi. Madaniy tarbiya, o‘sgan muhit va tajribalar bu jarayonda katta rol o‘ynaydi. Ba'zi hollarda genetik omillar ham muhim bo‘lishi mumkin.

Did qisqa vaqtda shakllanib qoluvchi his emas, uni charxlash va toblash uchun ko‘p vaqt va juda katta "насмотренность" kerak bo‘ladi.

Sizningcha esa did nima? Siz didni rivojlantirish uchun nimalar qilasiz? Agar hammasi nisbatan olinsa, biz yaxshi va yomon didni qanday farqlashimiz mumkin?
Postlarimni murakkab yozyapmanmikan deb o‘ylab qolaman. Chunki aktivlik juda past.

Sizningcha postlar qanday?
Anonymous Poll
10%
murakkab
68%
normal
23%
menga qiziq emas