Apple tuzukroq yangilik qilolmayaptimi?
WWDC taqdimotini ko‘ryotgan edim. Bu esa iOS 18 bo‘yicha yangiliklar ekan. To‘g‘risi, oxirgi yillar Apple Operatsion Sistemalarini yaxshi updete qilolmayapti deb o‘ylayman. Arzimagan, user uchun ahamiyatsiz feature’lar qo‘shishmoqda.
Bir yil ustida ishlangan, ko‘plab yangiliklar kutiladigan taqdimotda bog‘cha bolasini aldagandek aldab qo‘yishyapti.

Do‘stlar, barchaga Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin!
Sizga doim yaxshiliklar hamroh bo‘lsin.💚
Sizga doim yaxshiliklar hamroh bo‘lsin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dam olish kunlari charchoqlar chiqqan bo‘lsa, bugundan yana ishga👨💻
3 kundan keyin yana Shanba ekan)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mana buni yangilik desa bo‘ladi. ⚡️
O‘zbekistonlik dizaynerlar Farrux Murodov va Malika Murodova Young Lions festivalida O‘zbekiston tarixida ilk bor bronza mukofoti sohibi bo‘lishdi.
Hamkasblarni bu yutuq bilan tabriklayman. O‘zbekistonlik dizaynerlar ham xalqaro maydonlarda o‘zini ko‘rsatishi bu juda quvonarli natija. Keyingi safar oltin bo‘lishini tilab qolaman.
Rasmlar Temur Sadiy va Farruh Sharipovning instagram sahifalaridan olindi.

Oxirgi paytlar ijtimoiy tarmoqlarda dizaynerlar «Brandbook» deb mijozga sotayotgan «Mini Guide» yoki «Mockupbook»larga ko‘p duch kelmoqdaman.
U «Brandbook» tarkibi taxminan quyidagi holarda bo‘ladi:
logotip, uning versiyalari (agar bo‘lsa), ranglar, garnitura nomi va 10-15 ta template mockular.
Nega template deyapman, sohaga mos kelsa-kelmasa ishlatilinadigan doimiy mockuplarni nazarda tutyapman.
Shuning uchun ayrim dizaynerlardan iltimos qilaman, bunday qilib o‘zingizni aldashingiz mumkin, lekin mijozni aldamang. Mijozga Brandbook deb «Mockupbook» sotmang.

Forwarded from Mirzo Zominiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Juda ajoyib tayyorlangan
O‘zi musobaqa boshlangandan beri uning dizayni, ranglari va illustratsiyalari juda ham yoqayotgan edi.
Flat illustratsiyalar va yorqin ranglar keyingi 4-5 yillikda ham hali trendda bo‘lsa kerak deb o‘ylayapman.
Havola
Siz ham fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing ⬇️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 22:00 da Alibek Azimov blogida ovozli suhbat qilamiz. Qiziquvchilar marhamat, futboldan oldin biroz suhbatlashamiz⚡️
Telegram
Alibek Azimov — Blog
#suhbat - 6
Assalomu alaykum do’stlar, bugun soat 22:00 da voice chat tashkil qilamiz. Mehmon spikerimiz Ahror Alikhanov kuchli brend dizayner hisoblanadilar🏆
Suhbatda Ahror aka bilan yaqindan tanishamiz va albatta dizayn sistema haqida gaplashamiz, fikr…

Hammaga xayrli Dushanba! Sizlarga yana bir yaxshi reklama kampaniyasini ulashmoqchiman.
Bolivar bu to’q rangli kiyimlarni rangini tiklashga yordamlashadigan kir yuvish kukuni.
Bu kampaniyada ular qolgan kir yuvish kukunlaridan farqli ravishda juda ham kreativ yondashuv qilishgan. Odatda biz kir yuvish vositalari reklamasida «oldin va keyin» holatlarini ko’rib o’rganganmiz.
Bu yerda esa kukunning effektini kiyimlarning soyasi bilan ko’rsatib berishgan. Ya’ni to’q rangli kiyimlarning soyasi boshqalarga nisbatan to’qroq qilib ko’rsatilgan. Eng ajoyib holati hech qanday kiyimni ko’rsatmasdan ham kir yuvish vositasini reklama qilib bersa bo‘ladi ekan.

400 ta bo‘libmiz. ⚡️
Hammaga Big rahmat!💙
Bu nollar yanada ko‘paysin. Kamina esa sizlarga foydali ma’lumotlar ulashishga harakat qilaman.
Hammaga Big rahmat!
Bu nollar yanada ko‘paysin. Kamina esa sizlarga foydali ma’lumotlar ulashishga harakat qilaman.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi paytlar kurs zapusklari shu qadar ko‘paydiki, ular ichida yaxshi yomonini ajratib olish juda murakkablashmoqda.
Eng achinarlisi moddiyat tomonini birinchi planga olib chiqib, xuddiki kurs o‘qib chiqqandan so‘ng millioner bo‘lib ketasiz degandek messege’lar berishmoqda.
Va juda ham ahvoli og‘ir proyektlarni ko‘rsatib, falon pulga sotdim deb og‘zini ko‘pirtirib gapirishmoqda.
Kurs mualliflari va uni zapuski bilan shug‘illanuvchilardan iltimos, sal realroq bo‘laylik. Kursni o‘qib chiqishi bilan u o‘quvchini $1000-$2000 lik ish kutib turgani yo‘q.
O‘zi moddiyat bilan «progrev» qilishni hech qachon oqlamayman.
Uzr lekin

«Lolazor» podcastida aytilgan bir fikr menga juda yoqdi. Ya’ni aholini siyosiy tafakkuri shakllanishi uchun o’rta sinfni ko’payishi muhim. O’rta sinf bu iqtisodiy taraflama ahvoli nisbatan yaxshi va ishdan tashqari boshqa amallarga (kitob o‘qish, sayohat qilish) ham vaqt ajrata oladigan aholi qatlami.
Men esa aynan shu holat nafaqat aholining siyosiy qarashlariga, balki didining shakllanishiga ham turtki bo’ladi deb o’ylayman.
Nega biz dizaynerlar ko’pincha mijozlarning dididan unchalik rozi bo’lmaymiz. Sababi shuki, bizning asosiy aholi qatlamining vazifasi bu birlamchi moddiy ehtiyojni qondirish. Ko‘proq ishlab pul topish. Ma’naviy ehtiyoj qondirish uchun esa ko‘pincha vaqt yoki moddiyat orttira olmaslik. Shuning uchun ham didning rivojlanishi uchun o’rta sinfning ko’payishi bu muhim deb o’ylayman.
Lekin bu degani inson yaxshi moddiy holatga erishgani bilan uning didi yaxshi bo’ladi degani emas. Bizda ko’pincha yaxshi moddiyatli aholi sinfini ikkilamchi ehtiyojida ham o’sha pulini yanada ko’paytirish turadi. Ma’naviy bo’shliqni oziqlantirilmaydi.

Fotostil haqida gaplashamiz.
Ko‘pchilik taniqli brendlar o‘z fotostiliga ega bo‘lib, bu ham brendni identifikatsiyalash uchun muhim xizmat qiladi. Brendning fotostili uning falsafasi, qadriyatlari, harakterini aks ettirishga yordam beradi.
Dizayn tarafdan esa, bir-xillikni ta’minlashga yaxshi xizmat qiladi.
Ba’zan e’tibor beramiz, brendlar kommunikatsiyalarda juda ham turli haroratli suratlar ishlatishadi. Deylik ma’lum bir suratlar issiq, ba’zilari esa o’ta sovuq ranglar haroratiga ega bo‘ladi. Shunday holatlarni oldini olish uchun ham fotostil muhim.
Brend falsafasini aks ettirishda esa misol qilib, Coca-cola, Nike kabi brendlarni olsak bo‘ladi. Coca-cola brendi doim yaqinlar, oila va do‘stlikni aks ettiruvchi suratlar ishlatadi. Nike esa harakat, dinamikani ifodalovchi, insonlarni sportga, harakatga undovchi mazmundagi suratlardan foydalanadi.
O‘zbekiston bozorida esa o‘z fotostiliga ega brendlar kamroq afsuski. Shu sababdan ham ba’zi brendlar kommunikatsiyalarda juda rang baranglik bor. Ijtimoiy tarmoqlar yuritishda ham juda siyqasi chiqqan stock rasmlardan ko‘p foydalaniladi.
Sizgachi, qaysi brendlarning fotostili ko‘proq yoqadi?

Perfeksionist bo‘lish qiyin. Ba'zan minusga ham ishlab qo’yishi mumkin. Dizaynda plyuslari bo‘lishi mumkin, lekin hayotda minuslari bor.
Hamma narsa ideal bo‘lishini xohlash, qaror qabul qilishdan avval uni qayta-qayta o‘ylash. Ba'zida charchatib qo‘yadi odamni.
Oddiy misol publish qiliman degan ishlarim bor, lekin vaqt o‘tgani sari u yoqmay boraveradi. Men esa hech uni ideal holatga olib kelolmay yuraveraman.
Perfeksionizm ba'zida optimizmni kamaytirib qo‘yadigandek go‘yo. Hayotiy qarorlar qabul qilishda ham to‘siq bo‘ladigandek tuyulaveradi gohida.
Shu sabab kerak paytda perfeksionistlikni o‘chirib qo‘yishni o‘rganish kerak menimcha.

Futbol otmen, dizayn qilishni davom etamiz👨💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM