Ahror Alikhanov | Dizayn blog
739 subscribers
115 photos
4 videos
24 links
Dizayn, kreativ va ozroq marketing haqida
Download Telegram
Sun'iy idrok bizni hayratlantirishni davom etmoqda.

Open AI kompaniyasi ChatGPT ning yangi versiyasini taqdim qildi. Endi u yanada tezroq va aqlliroq. Eng qizig'i o‘zbek tilida ham gaplasha oladi.

Taqdimot videosi
Midjourneyda turli eksperimentlar qilib ko‘ryapman. O‘rganishni boshlaganimga hali ko‘p bo‘lmadi. Lekin ancha qiziqish uyg‘otdi.

Agar rubrika sizga qiziq bo‘lsa, promtlar ulashib borishim mumkin. 🪐
Did va estetik qarashlar haqida

Did bu insonga be'rilgan eng kerakli ne'matlardan biridir. Keling, did tushunchasini chuqurroq ko‘rib chiqamiz.

Did - bu insonning estetik qarashlari va atrofdagi narsalarni qanday qabul qilishini belgilaydi. Bu subyekyiv va obyektiv bo‘lishi mumkin. Subyektiv did - har bir insonning o'ziga xos qarashlari, obyektiv did esa umum qabul qilingan estetik me'yorlar va qoidalardir.

Didning shakllanishiga ko‘plab omillar ta'sir qiladi. Madaniy tarbiya, o‘sgan muhit va tajribalar bu jarayonda katta rol o‘ynaydi. Ba'zi hollarda genetik omillar ham muhim bo‘lishi mumkin.

Did qisqa vaqtda shakllanib qoluvchi his emas, uni charxlash va toblash uchun ko‘p vaqt va juda katta "насмотренность" kerak bo‘ladi.

Sizningcha esa did nima? Siz didni rivojlantirish uchun nimalar qilasiz? Agar hammasi nisbatan olinsa, biz yaxshi va yomon didni qanday farqlashimiz mumkin?
Postlarimni murakkab yozyapmanmikan deb o‘ylab qolaman. Chunki aktivlik juda past.

Sizningcha postlar qanday?
Anonymous Poll
11%
murakkab
68%
normal
22%
menga qiziq emas
"menga qiziq emas" ni tanlaganlarni shaxsini aniqlash uchun interpolga ariza berib qo‘ydim 🔍
Siz TOP deb biladigan reklama va marketing kampaniyalarni (campaign) izohlarda yozib qoldirinng👇
Shu yerda kompaniya va kampaniya farqi haqida yozib ketishim kerak ekan. Nazarimda ko‘pchilik biladi deb o‘ylayman. Bilmaganlar uchun esa foydali bo‘lishi uchun.

Kompaniya - bu xizmat ko‘rsatish yoki ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilot yoki korxona. Kompaniya mahsulotlar ishlab chiqaradi yoki xizmatlar ko'rsatadi. Misollar: Apple, IKEA, Google, Amazon va h.k.

Kampaniya (campaign) - bu ma'lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan rejalashtirilgan faoliyatlar to'plami. Kampaniya reklama, marketing, saylov yoki ijtimoiy harakatlarga qaratilgan bo'lishi mumkin. Misollar: marketing kampaniyasi, reklama kampaniyasi, saylov kampaniyasi va h.k.

Misol:

1. Apple iPhone ishlab chiqaradigan kompaniya.

2. Apple yangi iPhone'ni targ'ib qilish uchun marketing kampaniyasini boshladi
Barcha dizaynerlarga iltimosim, agar mijoz sizdan qora background va tilla rang yozuv qilib berishingizni so‘rasa, uni rad qiling. 🥲

Ko‘pchilik orasida tilla rang bu "luxury", "qimmatlik", "premium" belgisi degan hislar shakllanib qolgan afsuski.

Yuqoridagi rasmda esa yozuv yaltiraganidan, deyarli o'qish imkonsiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi postlar izohlarida negative yozayotgan va dislike bosayotgan brend himoyachilari! Sal adekvat bo‘linglar! Bu harakatlaringiz bilan himoya qilmoqchi bo‘lgan brendingiz obro‘sini aksincha tushirmoqdasiz.

Yuqoridagi 2 ta postda sizning brendingizga nisbatan heyt yoki negative yozilmadi. 1-sida dizayn misoli sifatida ko‘rsatildi va 2-postda esa bir dizayner xolis o‘z xizmatlarini taklif qildi.

Konstruktiv va xolis fikrlarni qabul qila olmas ekansiz, iltimos bu yerda shaxsiyatga o‘tib izohlar yozmang!

Bu harakatlaringiz brendingiz imidji uchun minusga ishlamasin. Rahmat sizlarga!
Chalg'imaymiz do‘stlar. O‘zi kecha reklama kampaniyalari haqida gap boshlaganda, IKEA'ning 2 ta yaxshi keysidan ulashmoqchi bo‘lib turgan edim. Postlar o‘zgarib ketib qoldi.

IKEA har doim o'zining ajoyib reklama kampaniyalari bilan meni hayratda qoldiradi. Ularning kreativ g'oyalari va innovatsion yondashuvlari brendni global miqyosda mashhur qilgan.

IKEA o'z reklama kampaniyalarida har doim insonparvarlik va kreativlikni birlashtirib, oddiy hayotiy holatlarni emotsional hikoyalarga aylantiradi. Bu usul mijozlar bilan yaxshi kommunikatsiya o'rnatishga yordam beradi va brendning samimiyligini ko‘rsatadi.

Keyingi postda IKEA'ning "Lamp" va "Retail Therapy" reklama kampaniyalarini ko‘rib chiqamiz.
"Lamp" reklama kampaniyasi

"Lamp" kampaniyasi eski lampaning yangi lampa bilan almashtirilishi haqida emotsional hikoya qiladi. Videoda eski lampa tashqariga chiqib, axlat qutisiga qo'yiladi. Kamera lampaning yolg'iz qolishi va yomg'irda nam bo'lishi sahnalariga e'tibor qaratadi, bu tomoshabinlarda eski lampaga achinish hissini uyg'otadi. Videoning oxirida IKEA vakili chiqib, "Sizga bu lampaga achinish hissi kelmoqda, to'g'rimi? Bu lampa bunday hislarni his qilmaydi, chunki bu oddiy lampa. Yangi lampa esa ancha yaxshiroq!" deydi. Bu kutilmagan va hazilomuz yakun tomoshabinlarda iliq tabassum uyg'otadi va IKEAning innovatsion va zamonaviy mahsulotlarini targ'ib qiladi.

"Retail Therapy" reklama kampaniyasi

"Retail Therapy" kampaniyasida mahsulotlarga Google'da odamlar qidirgan savollarga mos nomlar qo'yilgan. Masalan, "My partner snores" (Mening sherigim xurrak otadi) savoli ostida alohida karavot reklama qilindi. Va ko‘plab mahsulotlar shu tarzda google so‘rovlarga mos nom ostida reklama qilinadi. Bu kreativ yechim ko‘pchilikga manzur bo‘ladi va brendga bo‘lgan qiziqishni yanada orttiradi.

Sizgachi IKEA'ning dizayn va marketing uslublari yoqadimi?
Metro navigatsiyalari qay darajada tushunarli va foydalanuvchi uchun qulay deb o‘ylaysiz?
Hammaga salom! Keling, bir kichik so‘rovnoma o‘tkazamiz. O‘quvchilar haqida ozroq bilib olish uchun.

O‘z darajanizni qanday baholaysiz? Agar boshqa soha vakili bo‘lsangiz izohlarda yozib keting.
Anonymous Poll
12%
Endi o‘rganuvchiman
46%
Junior
31%
Middle
5%
Senior
5%
Boshqa soha vakiliman
Dizayner do‘stlarimiz youtubeda yangi "Radio guys" nomli loyiha boshlashgan edi. Yangi suhbat Tasnif guruhi asoschisi Laziz Hamidov bilan bo‘libdi. Dizayn va unga biznes tarafdan qarash, agentlikdagi ichki muhit, hodimlar bilan munosabat haqida yaxshi suhbat qilishibdi. Ko‘rishni tavsiya qilaman.

Havola
Apple tuzukroq yangilik qilolmayaptimi?

WWDC taqdimotini ko‘ryotgan edim. Bu esa iOS 18 bo‘yicha yangiliklar ekan. To‘g‘risi, oxirgi yillar Apple Operatsion Sistemalarini yaxshi updete qilolmayapti deb o‘ylayman. Arzimagan, user uchun ahamiyatsiz feature’lar qo‘shishmoqda.

Bir yil ustida ishlangan, ko‘plab yangiliklar kutiladigan taqdimotda bog‘cha bolasini aldagandek aldab qo‘yishyapti.
Do‘stlar, barchaga Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin!

Sizga doim yaxshiliklar hamroh bo‘lsin.💚
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dam olish kunlari charchoqlar chiqqan bo‘lsa, bugundan yana ishga👨‍💻

3 kundan keyin yana Shanba ekan)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mana buni yangilik desa bo‘ladi. ⚡️

O‘zbekistonlik dizaynerlar Farrux Murodov va Malika Murodova Young Lions festivalida O‘zbekiston tarixida ilk bor bronza mukofoti sohibi bo‘lishdi.

Hamkasblarni bu yutuq bilan tabriklayman. O‘zbekistonlik dizaynerlar ham xalqaro maydonlarda o‘zini ko‘rsatishi bu juda quvonarli natija. Keyingi safar oltin bo‘lishini tilab qolaman.

Rasmlar Temur Sadiy va Farruh Sharipovning instagram sahifalaridan olindi.