Ahror Alikhanov | Dizayn blog
727 subscribers
115 photos
4 videos
24 links
Dizayn, kreativ va ozroq marketing haqida
Download Telegram
Nega Milliy bank rus tilida gapirishi kerak?

Yuqoridagi suratlarda, NBU uchun qilingan rebrending ishidan namunalar ko‘rsatilgan.

Menda tug‘ilgan savol, nega bizda dizayn ishlarida kommunikatsiyalar asosan rus tilida ko‘rsatiladi? Bu yerda men rus tilini hech qanday heyt qilmoqchi emasman.

Lekin nega milliy mahsulotlar uchun haligacha o‘zbek tilida konsept qilinmasligi qiziq.

Ko‘plab dizayn agentliklari haligacha dizayn kommunikatsiya mahsulotlarini rus tilida taqdim qilishadi.

O‘zbekcha yozishni ham boshlashimiz kerak.

Yuqoridagi rebrending uchun to‘liq havola
Forwarded from © gulomov design
- 3 yildan keyin o'zingizni qanday ko'rmoqdasiz?
- Yanada kattaroq muammolar ichida.
Ahror Alikhanov ©️

Xazil :D
@gulomovdesignblog
Tipografika — dizaynning asosiy qismi.

Ba'zi endi o‘rganishni boshlagan dizaynerlar, ko‘pincha dizaynni vizual jihatdan ochib berish uchun boshqa elementlarga ko‘p e'tibor qatatishadi. Har-xil vizual effectlar, grafik elemetlar va manipulyatsion photolarni asosiy planga olib chiqishadi. Tipografikaga esa unchalik e'tibor berilmaydi.

Tipografika kompazitsiyaning kuchli elementi, u albatta sizning ishingiz sifatini yana ham yuqori bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Qanday loyiha bo‘lishidan qat'i nazar, bu sizning qo‘lingizdagi eng yaxshi instrument. To‘g‘ri tanlangan garnitura orqali sizda dizaynga o‘zingiz xohlagan kayfiyatni berish imkoniyati mavjud. Tipografika dizayn maketiga vizual balans berish imkoniyatini yaratadi.
Harflarni to‘g‘ri yozaylik!

Ko‘pchilik dizaynerlar harflar orasiga masofa berganda O‘ va G‘ harflaridagi apostrofni ham alohida belgi sifatida ishlatishadi. Va ko‘pincha yuqoridagi kabi holat yuzaga keladi. Aslida apostrof doim harf bilan birga kelishi kerak, chunki bu yerda u alohida belgi emas, yaxlit bir harf sifatida ishlatilinishi kerak.

Yuqoridagi holat yuzaga kelmasligi uchun, matnga "tracking" (masofa) berilganda, harf va apostrof orasida uni o‘chirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Ba'zi holatlarda esa kerning uchun ozroq manfiy (-) qiymat berilsa ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘qing, izlaning, to‘xtamang!

Oxirgi paytlar ishlar ko‘pligi bois o‘z ustimda ishlashga, o‘rganishga ko‘p vaqt ajrata olmayapman. Bu albatta yaxshi emas.

Agar siz hali yosh bo‘lsangiz va sizda vaqt bo‘yicha muammolar bo‘lmasa, unda o‘z ustingizda ko‘proq ishlang. Self-study qiling, yangiliklarni o‘rganing, "skill"laringizni oshiring. O‘rganganlaringiz albatta kelajakda sizga yordam beradi. Natijasi hozir sezilmasligi mumkin, lekin 2-3 yildan so‘ng hozirgi mehnatingizni samarasini ko‘ra boshlaysiz. Hech qachon ma'lum bir bilimlarni egallagandan keyin, "bo‘ldi, yetarli" deb to‘xtab qolmang.

Bu maslahatlarni ko‘p eshitgan bo‘lishingiz mumkin, lekin sizga yana eslatib qo‘yishni hohladim.
Zakovatning bugun taqdim qilingan logosi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zim shaxsan to‘liq taqdimotni ko‘rganim yo‘q. Lekin ko‘pchilikdan "eskisi yaxshi edi", "juda oddiy" degan gaplarni eshitdim. Va pinterestdan shunga o‘xshash logolar bilan solishtirib, "chopilgan" ekanku deganlar ham bo‘ldi.

Umumiy oladigan bo‘lsak to‘liq taqdimotni ko‘rmasdan, u bilan batafsil tanishmasdan bunday nokonstruktiv feedback berish yaxshi emas.

Logotiplar o‘xshash bo‘lishi bu "chopilgan" degani ham emas. Aynan bu kabi abstract, geometrik shakllar unikal bo‘lmasligi tabiiy va normal holat. Asosiysi aydentika va brend g‘oyasi qanchalik yaxshi ishlanganligi va to‘g‘ri xizmat qilishida.

Zakovatni keyingi faoliyatida va yangi loyihalarida omad tilab qolaman.

Rasmlar twitterdan olindi
"Eski logosi yaxshi edi" deganlar ko‘nglingizni to‘q qiling.

Menga aytishgan ma'lumotlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, kechagi taqdimotda Zakovatning barcha yo‘nalishlarini birlashtiruvchi eco-sistema taqdim qilingan. Bu huddi "Alphabet Inc", "Meta" kabi turli yo‘nalishlarni birlashtiruvchi bosh brend desak bo‘ladi.

Zakovat klubi, Zakovat Gambit va shu kabi bir qator loyihalar bir eco-sistemaga jamlanadi. Har bir loyihaning o‘zi alohida logosi bo‘ladi, ular hozircha o‘zgarishsiz qolgan.
IKEA dan ajoyib kreativ reklama kampaniyasi.

"Proudly Second Best — Faxr bilan, eng yaxshi ikkinchi" deb nomlangan kampaniyada ajoyib g'oya olib chiqilgan.

Bu yerda IKEA biz 1-likka davogar emasmiz, 1-o‘rin bu albatta ota-onaning bag‘ri. Biz farx bilan ikkinchilar ichida eng yaxshisimiz deyapti. Bu juda ham ajoyib va inson his-tuyg‘ulariga ta'sir qiluvchi g‘oya.

Bu reklama kampaniyasi 2023-yilda Cannes Lions da 1 ta oltin va 4 ta kumush mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

To‘liq keys
Bu kabi kreativ g‘oyalar osmondan olinmaydi, ular asosan bizning hayotimizdan, ba'zan biz ilg‘amaydigan oddiy narsalardan olinadi.

Kreativlikni oshirish uchun juda ko‘p kuzatish kerak. Nafaqat bu kabi keyslarni, balki hamma narsani. Kundalik hayotdagi oddiy voqeyliklarga ham e'tiborli bo‘lish talab qilinadi.

Misol uchun, qushlarning uchishi, sayrashi, mashinalar harakati, insonlarning bir-biriga munosabati, kundalik bajariladigan amallar va h.k.

Shundagina siz boshqalar payqamaydigan detallarni ko‘rishni o‘rganasiz.

Kuzatishdan to‘xtamang, hayotingiz kreativga to‘la bo‘lsin!
21-fevral kuni "Young Lions Competition Central Asia" festivaliga ro‘yxatdan o‘tishning so‘ngi kuni ekan. Shu bois, bu kabi festivallarda qatnashish dizaynerlarga nima uchun kerakligi haqida fikrlarim bilan bo‘lishmoqchiman

Bu festival bizga nima beradi?

1. Muammoga tez va effektiv yechim berish. Belgilangan qisqa muddat davomida berilgan muammoga qanday yechim bera olish ko‘nikmangizni sinab, yoki shakillantirib olishingiz mumkin.

Bu yerda siz 24 soat davomida berilgan brifga yaxshi va kreativ yechim bera olishingiz kerak bo‘ladi.

2. Rezyumeyingiz uchun ham plyus bo‘lishi mumkin. Festivallarda qatnashib, u yerda yaxshi natijaga erishganingiz sizga kelgusidagi intervyularingizda yaxshigina naf keltirishi mumkin

3. Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish. Odatda bu festivalda 2 kishilik jamoa bo‘lib qatnashiladi. "Bitta aql yaxshi, ikkitasi undan ham yaxshi" naqli asosida g‘oyalar kollabratsiyasidan eng yaxshisini tanlashga harakat qilasiz.

(davomi keyingi postda)
4. Odatiy rutinadan chalg‘ish. Asosiy ish joyingizda ko‘pincha bir xil topshiriqlar bo‘lishi mumkin. Festivallarda esa sotsial, global muammolarga asoslangan, qiziqarli topshiriqlar beriladi

5. Albatta agar g‘olib bo‘lsangiz, tanlovning final bosqichida ishtirok etish imkoniyati. Final bosqichi Fransiyaning Kan shahrida bo‘lib o‘tadi va u yerda dunyoning eng kuchlilari qatnashishadi.

Xullas, imkoniyatingiz bo‘lsa qatnashing, afsus qilmaysiz. Omad sizni tark etmasin!
Yaqinda "Пятницкий маркетинг" blogida Apple kompaniyasining Ex-strategi Sasha Popkov bilan bo‘lgan suhbatda, u "O‘zbekistonda brendlar bormi? Bo‘lsa qaysilar?" degan savollarga ham javob berdi.

Endi bu savolni sizga bermoqchiman. Sizningcha, O‘zbekistonda brend drajasiga chiqqan yoki brend bo‘lib shakillanayotgan bizneslardan qaysilarini bilasiz? O‘zi O‘zbekistonda brend bormi?

Fikrlaringizni izohlarda yozing, ozroq suhbatlashaylik)
Dam olish kunlarini yaxshi yakunlab olgan bo‘lsangiz, sizlarga yana bir ajoyib keys ko‘rsatmoqchiman.

"Morning" coffee shop uchun tayyorlangan ish ekan. Menga juda yoqgan tarafi, insonlarni tonggi kayfiyati va uyqudan uyg‘onish holatidan ajoyib uslub chiqarishgan ekan.

Muhimi oddiy minimal va qiziqarli, noodatiy aydentika ekan.

To‘liq taqdimot