Ahror Alikhanov | Dizayn blog
410 subscribers
52 photos
12 links
Dizayn, kreativ va ozroq marketing haqida
Download Telegram
Assalomu alaykum, barchaga!

🕔 Anchadan beri grafik dizayn bo'yicha blog yuritish haqida o'ylab yurgan edim, lekin buni realizatsiya qilishga hech imkon topa olmayotgan edim. "Blogda qanday ma'lumotlar ulashaman, auditoriyaga beradigan ma'lumotlarim bormi?" deb o'ylab qolar edim. Lekin oxirgi paytlarda aytmoqchi, ulashmoqchi bo'lgan fikrlarim yig'ilib qolyapti.


⚡️Bu blogda dizayn bo'yicha o'z fikrlarim, bilim va tajribalarim bilan o'rtoqlashib boraman. O'ylaymanki barchaga manfaatli bo'ladi.
"Kirill" alifbosi universalligi haqida

Yaqinda bir holat e'tiborimni tortdi. Rus dizaynlari orasida oxirgi payt urf bo'lgan tipografik usul ya'ni hamma matnni kichik harflar bilan yozish.

Bu usulni lotin harflari bilan ham takrorlab ko'rmoqchi bo'ldim, lekin men kutgan natija chiqmadi. Bilasizmi nega?

"Kirill" alifbosidagi kichik harflarda deyarli Ascender mavjud emas ekan (б harfidan tashqari). Va bu tipografikada harflar balandligi bir xil chiqishi va leading (qatorlar orasidagi masofa) ni ham tekis balansda ushlashga juda katta xizmat qilar ekan.

Lotin alifbosidagi harflarda esa Ascender juda ko'p holatlarda uchraydi. Shu bois bu usulni qo'llagan bilan "kirill" alifbosidagidek chiroyli chiqmaydi.

Siz ham bu holatga hech e'tibor qaratganmidingiz? Fikrlaringizni izohlarda yozishingiz mumkin.
Brend nomining muhimligi haqida

Yuqoridagi posterda qaysidir brend chegirmalar boshlanganligi haqida ma'lumot bermoqchi.

Xa bu "Li-ning" brendi.

Lekin juda kamchilik auditoriya logotipni o'zidan bu brendni bilib oladi.

Xo'sh muammo nimada?

Brendlar inson ongida brend bo'lib shakllanguncha ma'lum bir vaqt va katta darajadagi ishlar talab qilinadi. Bu Nike yoki Adidas emaski uni bir ko'rishda logoni o'zidan tanib olsak.

Brend nomi aniq ko'rsatilmas ekan, bu reklama ham o'z effectini anchagina yo'qotadi.

Kamiga call to action ma'lumotlar ham yo'q. Ya'ni mijozni o'ziga jalb qilgan holatda uni voronkani oxirigacha olib boruvchi, harakatga undovchi ma'lumotlar berilmagan.

Xulosa qiladigan bo'lsak, reklama materiali biznesga ko'proq effect berishi uchun faqat chiroyli rasm va dizaynni o'zi yetarli emas. Qanday ma'lumot yetkazish ko'zlangan bo'lsa, ma'lumotlar to'liq yetkazilishi kerak. Shundagina u effectli desak bo'ladi.
Taniqli brendlar rebrending qilishganda dizaynerlar orasida juda keng muhokama bo‘ladi.

Misol uchun Korzinka, Agrobank, Ishonch va shu kabi brendlarning rebrendingi ham ko‘plab muhokamaga sabab bo‘lgan.

Ba'zi holatlarda "Men bundan yaxshiroq qilib berardim" degan gaplarni ham uchratamiz.

Bu kabi fikr bildiradiganlar asosan faqat vizualni o‘zidan kelib chiqib bunday fikr bildirishadi deb o‘ylayman.

Aslida rebrending ostida nafaqat dizayn jihatdan, balki undan tashqari qilinadigan katta hajmdagi ishlar yotadi. Brend platformasi yangilanadi, uning qadriyatlari ko‘rib chiqiladi, yangi strategiya ishlab chiqiladi, ba'zi hollarda brendning missiyasi ham yangilanadi. Ya'ni brend ko‘pincha tubdan o‘zgaradi, uning bozorda o‘zini tutishi, mijozlar bilan kommunikatsiyasi va boshqa holatlar.

Dizayn qismida esa brendning yangilangan platformasidan kelib chiqib, yangi vizual yaratiladi.

Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan brendlarning rebrendingi hozirgi holatda avvalgidan ko‘ra yaxshi ishlamoqda.
Nega Milliy bank rus tilida gapirishi kerak?

Yuqoridagi suratlarda, NBU uchun qilingan rebrending ishidan namunalar ko‘rsatilgan.

Menda tug‘ilgan savol, nega bizda dizayn ishlarida kommunikatsiyalar asosan rus tilida ko‘rsatiladi? Bu yerda men rus tilini hech qanday heyt qilmoqchi emasman.

Lekin nega milliy mahsulotlar uchun haligacha o‘zbek tilida konsept qilinmasligi qiziq.

Ko‘plab dizayn agentliklari haligacha dizayn kommunikatsiya mahsulotlarini rus tilida taqdim qilishadi.

O‘zbekcha yozishni ham boshlashimiz kerak.

Yuqoridagi rebrending uchun to‘liq havola
Forwarded from © gulomov design
- 3 yildan keyin o'zingizni qanday ko'rmoqdasiz?
- Yanada kattaroq muammolar ichida.
Ahror Alikhanov ©️

Xazil :D
@gulomovdesignblog
Tipografika — dizaynning asosiy qismi.

Ba'zi endi o‘rganishni boshlagan dizaynerlar, ko‘pincha dizaynni vizual jihatdan ochib berish uchun boshqa elementlarga ko‘p e'tibor qatatishadi. Har-xil vizual effectlar, grafik elemetlar va manipulyatsion photolarni asosiy planga olib chiqishadi. Tipografikaga esa unchalik e'tibor berilmaydi.

Tipografika kompazitsiyaning kuchli elementi, u albatta sizning ishingiz sifatini yana ham yuqori bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Qanday loyiha bo‘lishidan qat'i nazar, bu sizning qo‘lingizdagi eng yaxshi instrument. To‘g‘ri tanlangan garnitura orqali sizda dizaynga o‘zingiz xohlagan kayfiyatni berish imkoniyati mavjud. Tipografika dizayn maketiga vizual balans berish imkoniyatini yaratadi.
Harflarni to‘g‘ri yozaylik!

Ko‘pchilik dizaynerlar harflar orasiga masofa berganda O‘ va G‘ harflaridagi apostrofni ham alohida belgi sifatida ishlatishadi. Va ko‘pincha yuqoridagi kabi holat yuzaga keladi. Aslida apostrof doim harf bilan birga kelishi kerak, chunki bu yerda u alohida belgi emas, yaxlit bir harf sifatida ishlatilinishi kerak.

Yuqoridagi holat yuzaga kelmasligi uchun, matnga "tracking" (masofa) berilganda, harf va apostrof orasida uni o‘chirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Ba'zi holatlarda esa kerning uchun ozroq manfiy (-) qiymat berilsa ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘qing, izlaning, to‘xtamang!

Oxirgi paytlar ishlar ko‘pligi bois o‘z ustimda ishlashga, o‘rganishga ko‘p vaqt ajrata olmayapman. Bu albatta yaxshi emas.

Agar siz hali yosh bo‘lsangiz va sizda vaqt bo‘yicha muammolar bo‘lmasa, unda o‘z ustingizda ko‘proq ishlang. Self-study qiling, yangiliklarni o‘rganing, "skill"laringizni oshiring. O‘rganganlaringiz albatta kelajakda sizga yordam beradi. Natijasi hozir sezilmasligi mumkin, lekin 2-3 yildan so‘ng hozirgi mehnatingizni samarasini ko‘ra boshlaysiz. Hech qachon ma'lum bir bilimlarni egallagandan keyin, "bo‘ldi, yetarli" deb to‘xtab qolmang.

Bu maslahatlarni ko‘p eshitgan bo‘lishingiz mumkin, lekin sizga yana eslatib qo‘yishni hohladim.
Zakovatning bugun taqdim qilingan logosi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zim shaxsan to‘liq taqdimotni ko‘rganim yo‘q. Lekin ko‘pchilikdan "eskisi yaxshi edi", "juda oddiy" degan gaplarni eshitdim. Va pinterestdan shunga o‘xshash logolar bilan solishtirib, "chopilgan" ekanku deganlar ham bo‘ldi.

Umumiy oladigan bo‘lsak to‘liq taqdimotni ko‘rmasdan, u bilan batafsil tanishmasdan bunday nokonstruktiv feedback berish yaxshi emas.

Logotiplar o‘xshash bo‘lishi bu "chopilgan" degani ham emas. Aynan bu kabi abstract, geometrik shakllar unikal bo‘lmasligi tabiiy va normal holat. Asosiysi aydentika va brend g‘oyasi qanchalik yaxshi ishlanganligi va to‘g‘ri xizmat qilishida.

Zakovatni keyingi faoliyatida va yangi loyihalarida omad tilab qolaman.

Rasmlar twitterdan olindi
"Eski logosi yaxshi edi" deganlar ko‘nglingizni to‘q qiling.

Menga aytishgan ma'lumotlardan kelib chiqadigan bo‘lsak, kechagi taqdimotda Zakovatning barcha yo‘nalishlarini birlashtiruvchi eco-sistema taqdim qilingan. Bu huddi "Alphabet Inc", "Meta" kabi turli yo‘nalishlarni birlashtiruvchi bosh brend desak bo‘ladi.

Zakovat klubi, Zakovat Gambit va shu kabi bir qator loyihalar bir eco-sistemaga jamlanadi. Har bir loyihaning o‘zi alohida logosi bo‘ladi, ular hozircha o‘zgarishsiz qolgan.
IKEA dan ajoyib kreativ reklama kampaniyasi.

"Proudly Second Best — Faxr bilan, eng yaxshi ikkinchi" deb nomlangan kampaniyada ajoyib g'oya olib chiqilgan.

Bu yerda IKEA biz 1-likka davogar emasmiz, 1-o‘rin bu albatta ota-onaning bag‘ri. Biz farx bilan ikkinchilar ichida eng yaxshisimiz deyapti. Bu juda ham ajoyib va inson his-tuyg‘ulariga ta'sir qiluvchi g‘oya.

Bu reklama kampaniyasi 2023-yilda Cannes Lions da 1 ta oltin va 4 ta kumush mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

To‘liq keys