AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
Mantiq burchagi!

14-savol:
Stol ustida 3ta quti bor. Ularning birida oltin tanga bor, qolgan ikkita quti bo'sh. Qutilar ustiga mulohazalar yozib qo'yilgan, bu mulohazalardan bittasi rost qolgan ikkitasi yolg'on.
I qutidagi yozuv: "Oltin tanga bu yerda emas."
II qutidagi yozuv: "Oltin tanga bu yerda emas."
III qutidagi yozuv: "Oltin tanga ikkinchi qutida."

Savol: Oltin tanga qaysi qutida?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

🤔 Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
14-savolning javobi!
Oltin tanga birinchi qutida.

Izoh:
Agar tanga ikkinchi qutida bo'lsa, birinchi va uchinchi qutilardagi yozuvlar rost bo'lib qoladi.
Agar tanga uchinchi qutida bo'lsa, birinchi va ikkinchi qutilardagi yozuvlar rost bo'lib qoladi.

Javobni topa oldingizmi?

❗️
Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic

🤝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
15-savol:
Xonaning ichida chiroq yoniq qolib ketibdi. Tashqarida 3 ta kalit bor. Bu kalitlardan biri ichkaridagi chiroqni boshqaradi. Kalitlarnning hammasi bir xil holatda turibdi. Siz eshikni ochmasdan kalitlari xohlagancha o'chirib yoqishingiz mumkin. Eshikni ochganinggizdan so'ng kalitlarga tegmaysiz.

❗️ Echikni faqat bir marta ochishingiz mumkin.
❗️ Echik tirqishidan chiroq nuri ko'rinmaydi.😁

Savol: Qaysi kalit ichkaridagi chiroqni boshqarishini qanday aniqlaysiz?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

🤔 Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
15-savolning javobi!
Birinchi kalitni yoqib bir necha daqiqa kutib turamiz. Keyin ikkinchi kalitni yoqamiz. Ichkariga kirib qaraymiz, agar chiroq yongan bo'lsa, ikkinchi kalit chiroqni boshqaradi, aks holda chiroqni ushlab ko'ramiz. Agar chiroq issiq bo'lsa, chiroqni birinchi kalit boshqaradi, aks holda chiroqni uchinchi kalit boshqaradi.