AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
Channel created
Hurmatli, kanal a'zolari va unga endigina qo'shilganlar, avvalambor sizlarga qiziqish bildirganingiz uchun rahmat. Hozir kanal test rejimida, ya'ni uni rasman ochilishi uchun tayyorgarlik va materiallar yig'ish ishlari ketyapti. Asosiy rejalashtirilgan darslar yangi yildan boshlanadi. Albatta, ungacha kirish kanal faoliyatini tanishtirish uchun 4-5 maqola chiqariladi. Shuning uchun iltimos bizni tark etmay turing. Sizning ishonchingiz bizga kuch bag'ishlaydi!
AlgorithmUz pinned Deleted message
Ajoyib yangilik!

RoboticsLab va Algorithms Uzbekistan kanali hamkorligida 20-yanvar kuni sovrinli Dasturlash bo'yicha ochiq olimpiada tashkillashtirilmoqda.

Olimpiadada yaxshi natija ko'rsatganlar RoboticsLabda Algoritmlar va Dasturlash tillari bo'yicha yuzma-yuz va mutlaqo bepul Master Klasslarda qatnashish imkonini qo'lga kiritadi. Buning ustiga eng yaxshi natija ko'rsatganlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar.

Eslatma: Bu contestda qatnashish uchun belgilangan sanada Toshkent shahar, Yunusobod tumani Bodomzor 107 (Xalqaro Biznes Markaz) ga kela olishingiz shart!

Online qatnashish imkoniyati mavjud emas.

Registratsiyadan bu yerda o'tish mumkin.

Do'stlaringizga ham tarqating. Barcha qatnashchilarga omad!
Algorithms Uzbekistan koordinatorlari sizlarni kirib kelayotgan 2019-yil bilan tabriklaydi.

Yangi yilning har bir onini o'zingiz istaganingizdek o'tkazish nasib etsin. 2019-yil sizga muvaffaqiyatlar, omadlar olib kelishi bilan bir qatorda yangi yuqori marralar boshlanish nuqtasiga aylansin.

Professional yutuqlaringiz o'z oilangiz va yaqinlaringiz bilan ko'proq va maroqliroq vaqt o'tkazishga xizmat qilsin!

Yangi yil muborak!
#practice #normal

O'tilgan mavzuni qanchalik yaxshi o'zlashtirganingizni sinab ko'ring.

Berilgan algoritm assimptotikalari (murakkabliklarini) o'sish tartibida joylashtirib chiqing.

Javobingizni 1 2 3 4 5 6 7 tartibida @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga yuborishingiz mumkin.

Savollaringizni guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin:
https://t.me/tuit_algorithm
❗️Guruhga javobingizni yo'llamang

To'g'ri javob ertaga 18:00 da e'lon qilinadi.