AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
Darslarimizda har darsda har xil til (C++, Java, Python) navbatma-navbat tanlanishiga munosabatingiz qanday?
anonymous poll

Juda yaxshi fikr! Bu boshqa tillarni ham o'rganishda yordam bo'ladi. – 39
👍👍👍👍👍👍👍 47%

Yo'q, yaxshisi bitta tilda (asosan C++) da bo'lgani yaxshi – 38
👍👍👍👍👍👍👍 46%

Bu unchalik ahamiyatli emas – 6
👍 7%

👥 83 people voted so far.
❗️Ko'plab o'quvchilarimiz talablariga ko'ra

Dasturlash olimpiadalariga tayyorlanish uchun eng yaxshi manbalar. (1-qism)

O'qish uchun 7 daqiqa

#outoftopic #useful #interesting

To'liq o'qib chiqish

Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot da kutib qolamiz.

🤝 Maqolani do'stlaringizga ham ulashish orqali kanal rivojiga o'z hissangizni qo'shing

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
​​Blogimizdan ajoyib va kutilmagan yangilik!

🤝 Blogimiz bugundan boshlab To'liq Ochiq Jamoaga aylantirildi. Ya'ni endi siz agar

📝 Algoritmlar, Ma'lumotlar Tuzilmalari va IT sohasiga oid qanday bo'lsa ham blog post yozmoqchi bo'lsangiz yoki hattoki
📹 Video dars tayyorlamoqchi bo'lsangiz biz Sizni qo'llab-quvvatlaymiz va sizga qo'limizdan kelgancha yordam beramiz.

🤔 Shunchaki o'zingizni qiziqtirgan algoritm yoki dasturlashga oid postni O'zbek tilida, Telegraph (@telegraph), Medium (medium.com) yoki oddiygina Word faylda Video faylni YouTube linkini yoki faylning o'zini bizga taqdim qiling va biz uni kanalimizda e'lon qilamiz.

Bunda, albatta, material sifati ko'rib chiqiladi va zarur holatlarda kerakli maslahatlar beriladi

🖋 Muallif, ya'ni Sizning nomingiz to'liq saqlab qolinadi.

🧐 O'z bilimingizni boshqalar bilan ham ulashing va ishingiz naqadar foydali ekanligini o'ylab zavqlaning!!!

🇺🇿 O'zbekistonda shu soha rivojlanishi uchun o'z hissangizni qo'shing.

Savol, murojaat va takliflar uchun: @QudratxojaMusayev ga murojaat qiling.

P.S: Kanaldagi darslar ham, albatta, to'xtab qolmaydi
❗️Blogimiz a'zolaridan birinchi maqola

VS Codeni C++ uchun sozlash

Maqola muallifi:
Suhrob Latipov Husniddin o'g'li (NoNameUser)

2018-yilning eng mashhur dasturlash muhitini C++ uchun ham ishlatib zavq oling! CodeBlocks yoki DevCpp ga qaytgingiz kelmay qolishi aniq 😁

#outoftopic #useful #interesting #communitypost

To'liq o'qib chiqish

Savollaringiz va fikrlaringizni VS Code FAQ Uz guruhida berishingiz mumkin

O'z bilimingizni boshqalar bilan ulashish imkoniyatidan siz ham foydalaning!
Murojaat uchun: @QudratxojaMusayev

🤝 Maqolani do'stlaringizga ham ulashish orqali kanal rivojiga o'z hissangizni qo'shing

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
​​🇺🇿 Assalomu alaykum, kanalimiz a'zolari.

🎉 Bugun blogimiz o'quvchilari soni 500 taga yetibdi!

Bundan judayam xursandman. Chunki kanal yangi ochilgan paytda unga atigi 25 ta odam qo'shgandim xolos.

O'tgan vaqt davomida esa ochig'i hech qayerga pullik reklama berganim yo'q. Shunchaki qo'ldan kelgancha sifatli kontent yaratishga e'tibor qaratdim. Har bir postim oxiriga yozganimdek,

👍 Eng yaxshi reklamachilar, bular sizlar, bizni muntazam kuzatib borayotgan blogimiz a'zolari. Rahmat sizlarga!

❗️Shu o'rinda blogimizga yangi qo'shilganlarga eslatma:

1. Kanal darslaridan to'liq foyda olish maqsadida uni iloji boricha boshidan o'qib chiqing.
2. Mavzu yuzasidan va dasturlashga oid savollaringiz bo'lsa Future Coders guruhida berishingiz mumkin
3. Fikr-mulohazalaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot da kutib qolamiz.
4. Foydali deb hisoblagan postlar va videolarimizni do'stlaringiz bilan baham ko'rish va ularni ham taklif qilishni unutmang!

P.S: Shu o'rinda Husayn Hasanov, ustozimiz Sunatullo Hojiyev va kanal rivojida yordam bergan va berib kelayotgan barchaga rahmat.

Hurmat bilan: Qudratxo'ja Musayev