AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
#practice #normal

O'tilgan mavzuni qanchalik yaxshi o'zlashtirganingizni sinab ko'ring.

Berilgan algoritm assimptotikalari (murakkabliklarini) o'sish tartibida joylashtirib chiqing.

Javobingizni 1 2 3 4 5 6 7 tartibida @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga yuborishingiz mumkin.

Savollaringizni guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin:
https://t.me/tuit_algorithm
❗️Guruhga javobingizni yo'llamang

To'g'ri javob ertaga 18:00 da e'lon qilinadi.
Rasmdagi algoritm assimptotikalari ichida 2, 4 va 5 chisi qolganlariga nisbatan sekinroq o'sishi aniq. Demak, shularni tahlil qilishdan boshlaymiz.

I. 2-ifodani n^0.5 qilib yozsak bo'ladi. 3.2-darsdagi asosiy qoidalarning 2-siga ko'ra n^0.3 undan ko'ra sekinroq o'sadi. Endi n^0.3 bilan 4-ifodani solishtiramiz. Mavzudagi 4-qoidaga ko'ra logarifmik ifoda har doim darajadan ko'ra sekinroq o'sadi. Demak, hozircha javob 4 5 2 ko'rinishida.

II. Qolgan ifodalar ichida 1 va 3 qolganlariga nisbatan sekinroq o'sadi. 1-ifoda 3-siga qaraganda tezroq o'sishi aniq. Endi javobimiz 4 5 2 3 1

III. 6 va 7-ifodani solishtirishda 3-qoidaga qaraymiz. Darajali ifoda ekponensial ifodadan har doim sekin o'sadi.

Demak, yakuniy javob 4 5 2 3 1 7 6

Kanalimiz: Algorithms Uzbekistan
Va nihoyat video darslar! 🎉

Bugundan kanalimizda #videolesson tegi bilan videodarslar joylab boriladi.
Birinchi videoni ishlab chiqish uchun uzoq vaqt texnik nosozliklar va sessiya nosozliklarini bartaraf etish talab etildi.

😁 Ha aytgancha VPNni yoqish YouTube kanalimizga obuna bo'lish va videoni boshqalar bilan ulashish esdan chiqmasin.

Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot da kutib qolaman.

❗️Ha aytgancha, videolarni ulashishda faqat uning linkini ulashinglar. O'zingiz uchun tortib olgan videolardan faqat o'zingiz foydalaning.
Muallif mehnatini hurmat qiling!
Darslarimizda har darsda har xil til (C++, Java, Python) navbatma-navbat tanlanishiga munosabatingiz qanday?
anonymous poll

Juda yaxshi fikr! Bu boshqa tillarni ham o'rganishda yordam bo'ladi. – 39
👍👍👍👍👍👍👍 47%

Yo'q, yaxshisi bitta tilda (asosan C++) da bo'lgani yaxshi – 38
👍👍👍👍👍👍👍 46%

Bu unchalik ahamiyatli emas – 6
👍 7%

👥 83 people voted so far.