AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
Mantiq burchagi!

8-savol:

(Evklid masalasi). Ot va eshakka bug'doy yuklashdi. Yo'lda ot eshakka qarab dedi: "Agar sendagi yukning bir qopini menga yuklashganda edi, men sendan 2 marta ko'p yuk ko'targan bo'lar edim". Bunga javoban eshak: "Agar sendagi yukning 1 qopini menga yuklashganida edi, har ikkimiz ham bir xil yuk ko'targan bo'lardik". Ot va eshakning har biriga necha qopdan bug'doy yuklangan?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
8-savolning javobi!
Otga 7 qop, eshakka 5 qop bug'doy yuklangan.

Izoh:
2(eshak - 1) = ot + 1;
eshak + 1 = ot - 1;
Shu tenglamalar sistemasi orqali masalaning javobini topasiz!

Javobni topa oldingizmi?

❗️Sizda
ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

9-savol:

Ritsarlar va Jokerlar haqidagi masalani eslasangiz kerak.

Siz yana o'sha ikki turdagi odamlar yashaydigan oroldasiz. U yerda Ritsarlar faqat rost, Jokerlar faqat yolg'on gapiradi.
Yo'lda ketayotganda sizga 3 ta odam uchradi. Birinchisidan "Siz kimsiz?" deb so'ragan paytingiz u bergan javobni tushunib bo'lmadi. Shunda siz ikkinchi odamga "Birinchi odam nima dedi?" deb savol berdingiz va u "Birinchi odam Jokerman dedi" deb aytdi. Shu payt uchinchi odam "Unga (ikkinchi odam) ishonma, u yolg'on gapiryapti" dedi.

Savol: Ikkinchi va uchinchi odamlar kim?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VIII bo'lim. Saralash algoritmlari

#chapter8 #sort #easy

Dars 1.2. Selection sort (Tanlab saralash)

To'liq o'qib chiqish

❗️Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot va kommentariyalarda kutib qolamiz.

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
9-savolning javobi!
2-odam Joker, 3-odam Ritsar

Izoh:
Orolda Ritsar ham Joker ham "Men Jokerman" demaydi. Chunki unda Ritsar yolg'on, Joker rost gapirib qolgan bo'ladi. Shuning uchun 2-odamning "1-odam Jokerman dedi" deb aytgan gapi yolg'on bo'lib chiqadi. Demak, u Joker va tabiiyki 3-odam Ritsar. Bu vaziyatda 1-odamning kimligini aniqlab bo'lmaydi.

Javobni topa oldingizmi?

❗️Sizda
ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

10-savol:

Kechagi masalaning mantiqiy davomi.

Siz yana o'sha ikki turdagi odamlar yashaydigan oroldasiz. U yerda Ritsarlar faqat rost, Jokerlar faqat yolg'on gapiradi.

Yo'lda ketayotganingizda bu safar sizga ikkita odam uchradi. Ulardan birinchisi sizga: "Men Jokerman yoki ikkinchimiz Ritsar" deb aytdi.

❓Savol: Birinchi va ikkinchi odamlar kim?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
10-savolning javobi!
Ikkalasi ham Ritsar

Izoh:
Birinchi odamning gapini sodda mulohazalarga ajratib olamiz.
B = "Men Jokerman"; C = "Ikkinchimiz Ritsar";
A = B yoki C;

Birinchi odamni Joker deb faraz qilsak, u holda uning gapi yolg'on bo'lishi kerak(A=yolg'on). Lekin birinchi Joker bo'lsa, B mulohaza rost bo'ladi va A mulohaza yolg'on bo'la olmaydi.

Birinchi odamni Ritsar deb faraz qilsak, u holda uning gapi rost bo'lishi kerak(A=rost).Birinchi Ritsar bo'lsa B mulohaza yolg'on bo'ladi va A mulohaza rost bo'lishi uchun C mulohaza rost bo'lishi shart.

Javobni topa oldingizmi?

❗️Sizda
ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

11-savol: Ritsarlar va Jokerlar III

Kechagi masalaning mantiqiy davomi.

Siz hali ham o'sha ikki turdagi odamlar yashaydigan oroldasiz. U yerda Ritsarlar faqat rost, Jokerlar faqat yolg'on gapiradi.

Yo'lda ketayotganingizda bu safar sizga uchta mahalliy uchradi. Ulardan birinchisi sizga: "Biz hammamiz jokerlarmiz." deb aytdi. Ikkinchisi esa sizga: "Uchalamizdan faqat bittamiz Ritasar" dedi.

❓Savol: Ular kimlar?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
VIII bo'lim. Saralash algoritmlari

#chapter8 #sort #easy

Dars 2.1. Bubble sort (Pufakchali saralash)

To'liq o'qib chiqish

❗️Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot va kommentariyalarda kutib qolamiz.

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
11-savolning javobi!
Birinchi va uchinchi odamlar Joker, ikkinchi odam Ritsar.

Izoh:
Birinchi odamning gapi yolg'on bo'lishi shart, aks holda 9-masaladagi holat yuz beradi. Birinchi odamning gapi yolg'on degani, ularning ichida Joker bo'lmaganlari ham borligini anglatadi. Ikkinchi odam rost gapirishi shart demak u Ritsar, agar yolg'on gapirsa u Joker bo'ladi va Ritsarlikka bitta nomzod qoladi, u holda uning gapi yana rost bo'lib qoladi. Uchinchi odamning o'z-o'zidan Jokerligi ma'lum bo'ladi.

Javobni topa oldingizmi?

❗️Sizda
ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi! Hafta masalasi!

Har hafta yakshanba qolgan kunlardan ko'ra qiyinroq masala berishga harakat qilamiz.

3-hafta masalasi:

Uchta super josuslar dushman davlatning nozik tomonlarini o'rganayapti. Shunda dushman davlat askarlari ularni qo'lga oldi va kimsasiz o'rmon ichiga olib kirib ketishdi. Josuslarga askarlar: "Bittangiz tirik qolasiz, qolgan ikkitangiz qatl etilasiz." deb aytishdi.

Keyin dushman davlat askarlari kim tirik qolishini aniqlash uchun o'yin o'ylab topishadi. Askarlar 8 ta : 4 ta qizil, 4 ta yashil markani josuslarga ko'rsatishdi va har bir josusnig peshonasiga 2 tadan marka yopishtirib chiqishdi. Ortib qolgan 2 ta markani askarlardan biri cho'ntagiga solib oldi. Har bir josus ikki sherigining boshidagi markalarni ko'ra oladi, ammo o'zining peshonasidagini ko'ra olmaydi.

Askarlaning boshlig'i ularga kim birinchi bo'lib boshidagi 2 ta markaning rangini to'g'ri topsa, o'sha tirik qolishini, bitta xato tahmin qilishsa uchalalari ham shu joyda otib tashlanishlarini aytdi.

Josuslar juda aqlli, ular o'zlaridagi ma'lumotlarni to'g'ri va tez sharhlashni va bir-birlariga tushuntirishni juda yaxshi bilishadi.

Askarlar boshlig'i josuslardan kimda javob borligini so'ray boshladi. Javoblar quyidagicha:

A: "Yo'q."
B: "Yo'q."
C: "Yo'q."
A: "Yo'q."
B: "Bor."

B josus to'g'ri javob berdi.
Savol: B josusning boshidagi markalarning rangi qanaqa va u ranglarni qanday aniqladi?

Javob ertaga soat 22:00 da e'lon qilinadi.

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin. 😁
Yoki guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin, lekin javobni guruhga yubormang!

#logic #problemOfTheWeek

🀯 Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
​​2-hafta masalasining javobi!
B ning peshonasidada 1ta qizil va 1ta yashil markalar bor.

Izoh:
Bu masalani yechishning eng yaxshi yo'li bu barcha bo'lishi mumkin bo'lgan holatlarni yozib chiqish va to'g'ri bo'lmagan holatlarni o'chirib chiqishdir.

Javobni topa oldingizmi?

❗️Sizda
ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic #problemOfTheWeek

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

12-savol: Ritsarlar va Jokerlar IV

Siz hali ham o'sha ikki turdagi odamlar yashaydigan oroldasiz. U yerda Ritsarlar faqat rost, Jokerlar faqat yolg'on gapiradi.

Siz bu orolda oshxonaga kirdingiz. Ovqatlanib bo'lgach oshpazdan yeganlaringiz necha pul bo'lganini so'radingiz. Shunda u sizga juda katta pul aytdi. Siz ishonmay, "Rostdanmi?" deb savol bergan edinggiz, oshpazning javobini eshitmay qoldingiz. Shunda siz yoninggizdagi odamdan "Oshpaz nima dedi?" deb so'radingiz. Yoningizdagi "Oshpaz ha dedi, ammo u yolg'onchi" deb aytdi.

❓Savol: Ular kimlar?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
12-savolning javobi!
Oshpaz bilan yoninggizdagi kishidan bittasi Joker, bittasi Ritsar. Qaysi biri Joker qaysi biri Ritsar ekanligini aniqlab bo'lmaydi.

Izoh:
Agar yoninggizdagi kishi rost gapirgan bo'lsa, u Ritsar, Oshpaz esa Joker, aks holda yoninggizdagi Joker, Oshpaz esa Ritsar bo'ladi.

Javobni topa oldingizmi?

❗️
Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

13-savol: Ritsarlar va Jokerlar V

Siz hali ham o'sha ikki turdagi odamlar yashaydigan oroldasiz. U yerda Ritsarlar faqat rost, Jokerlar faqat yolg'on gapiradi.

Siz oshxonadan chiqib, bu orolda ajoyib xazina borligi haqida eshitib qoldingiz. Ishonch hosil qilish uchun yana bir kishidan so'radingiz. U odam sizga: "Agar men Ritsar bo'lsam, bu orolda xazina bor",β€” dedi.

❓Savol: Bu orolda xazina bormi?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
13-savolning javobi!
Orolda xazina bor.

Javobni topa oldingizmi?

❗️
Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

14-savol:
Stol ustida 3ta quti bor. Ularning birida oltin tanga bor, qolgan ikkita quti bo'sh. Qutilar ustiga mulohazalar yozib qo'yilgan, bu mulohazalardan bittasi rost qolgan ikkitasi yolg'on.
I qutidagi yozuv: "Oltin tanga bu yerda emas."
II qutidagi yozuv: "Oltin tanga bu yerda emas."
III qutidagi yozuv: "Oltin tanga ikkinchi qutida."

❓Savol: Oltin tanga qaysi qutida?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating. Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
14-savolning javobi!
Oltin tanga birinchi qutida.

Izoh:
Agar tanga ikkinchi qutida bo'lsa, birinchi va uchinchi qutilardagi yozuvlar rost bo'lib qoladi.
Agar tanga uchinchi qutida bo'lsa, birinchi va ikkinchi qutilardagi yozuvlar rost bo'lib qoladi.