AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
VII qism. Qidirish algoritmlari

Dars β„–4. Satrdan qism satr qidirish. Oddiy algoritmi

#chapter7 #search #easy

To'liq o'qib chiqish

Iltimos, izoh yoki reaksiyalar uchun vaqtingizni ayamang!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🀝 Maqolani
dasturchi do'stlaringizga ham ulashing va ularni ham taklif qiling!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
4-savol javobi:

1- va 2-gaplar rostligini bilgan holda, 3-gap rost yoki yolg'on ekanligini aniqlab bo'lmaydi.

Izoh:
Ko'rilgan kinolar soni bo'yicha:
Abdullajon > Hoshimjon
Akbarjon > Hoshimjon

Demak, Akbarjon Abdullajondan ko'p ham, kam ham kino ko'rgan bo'lishi mumkin.

Javobni topa oldingizmi?

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi! Hafta masalasi!

Har hafta yakshanba qolgan kunlardan ko'ra qiyinroq masala berishga harakat qilamiz.

2-hafta masalasi:
1-hafta masalasidagi o'g'ri tabiiyki qo'lga olinib qamoqqa tushdi (O'g'irlik qilmas kerak edida). Va tabiiyki u qamoqdan qochishga harakat qilib ko'rdi.
U o'zining 3 ta do'sti bilan atrofi daryo bilan o'ralgan qamoqdan qochdi. Daryodan o'tish uchun birgina ikki kishilik qayiq bor. Qayiqni qorovullovchi soqchilar bir kunda bir marta almashadi va buning uchun roppa-rosa 15 daqiqa vaqt ketadi.
Aksiga olib o'g'rimizning sheriklari chaqqon emas. Ular daryodan:
1-o'g'ri 1 daqiqada (bizning o'g'ri)
2-o'g'ri 2 daqiqada
3-o'g'ri 5 daqiqada
4-o'g'ri 8 daqiqada kesib o'ta oladi.
Qayiqqa ikki kishi chiqqan payt, daryodan o'tish uchun sekinroq suzib o'tadigan odam vaqticha vaqt ketadi. Masalan, 1 va 8 daqiqalik o'g'rilar chiqsa, 8 daqiqa. Qayiq o'zi suza olmaydi, ya'ni narigi tomonga o'tgan qayiqni kimdir qaytarib olib kelishi kerak va bunga ham vaqt ketadi.
15 daqiqa ichida ularning hammasi daryoning narigi tarafida bo'lishi kerak.

O'g'rimiz matematikadan yaxshi emas, lekin u sheriklarini tashlab ketmoqchi emas. Unga bu borada yordam bering.

Qani matematik mantiqni bir ishlatib ko'ringchi!

Javob ertaga soat 22:00 da e'lon qilinadi.

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁
Yoki guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin, lekin javobni guruhga yubormang!

#logic #problemOfTheWeek

🀯 Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
2-hafta masalasi javobi!

O'g'rilarni ular daryoni kesib o'tish vaqti bilan nomlaymiz, ya'ni 1, 2, 5, 8.
Demak, javob:
->(1, 2) - 0 + 2 = 2
<-(1) - 2 + 1 = 3
->(5, 8) - 3 + 8 = 11
<-(2) - 11 + 2 = 13
->(1, 2) - 13 + 2 = 15

Bu yerda asosiy joyi 5 va 8 daqiqalik o'g'rilarni bir vaqtda olib o'tish, bunday qilish orqali biz 5 daqiqalik o'g'ri umuman yo'q bo'lgandek natijaga erishamiz.

Javobni topa oldingizmi?

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

5-savol:
4 ta bola bog'ichi bo'shab ketgan it ortidan quvishmoqda. Sardor shundoqqina it orqasida yugurmoqda, Jamol uning orqasida, Jalol esa Jamolning ortida yugurmoqda. Kamol itning to'g'risidan yugurib kelgan payt, it va bolalar uning oldidan o'tib ketib qolishdi, shunda u ham burilib safga qo'shildi. Kamol Jamolning ortida yugurishni boshladi. Sardor tezlashib, itning o'ng tarafiga o'tib oldi. Jalol ham tezlashib itning chap tarafiga o'tib oldi.
Endi kim itning orqasida yugurmoqda?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

P.S: Ismlar o'ylab topilgan, barcha o'xshashliklar tasodif. 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham sinab ko'ring!

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
5-savolning javobi!
Jamol

Izoh:
Hamma almashishlardan keyin, Sardor itning o'ng tarafida, Jalol o'ng tarafida, Kamol eng orqada, Jamol esa shundoq itning ortida bo'lib qoladi.

Javobni topa oldingizmi?

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

6-savol:

Bir orolda A, B va C toifadagi odamlar yashaydi.
A toifadagilar B toifadagilarga, B toifadagilar C toifadagilarga, C toifadagilar esa A toifadagilarga har doim yolg'on gapirishadi. Oroldagilar qolgan hollarda rost gapirishadi.
Bir kuni oroldagilardan 100 tasi aylana holatida dasturxon atrofiga yig'ilishibdi. Agar dasturxon atrofidagi har bir kishi o'zining o'ng tarafidagisiga "men B toifaga mansubman" degan bo'lsa, dasturxon atrofidagilardan ko'pi bilan nechtasi C toifaga mansub?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham sinab ko'ring!

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VIII qism. Saralash algoritmlari

Dars β„–0. Tanishuv

#chapter8 #sort #easy

To'liq o'qib chiqish

Iltimos, izoh yoki reaksiyalar uchun vaqtingizni ayamang!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🀝
Maqolani dasturchi do'stlaringizga ham ulashing va ularni ham taklif qiling!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
6-savolning javobi!
0 ta

Izoh:
Dasturxon atrofida C toifaga mansub odam bor deylik.
Unga uning chap tomonidagi odam "men B toifaga mansubman" deyishi kerak. Agar uning chap tomonida A yoki C toifadagi odam o'tirgan bo'lsa, chapdagi rost gapirishi kerak, yuqoridagi gap esa ular uchun yolg'on. Agar uning chap tomonida B toifadagi o'tirgan bo'lsa, chapdagi yolg'on gapirishi kerak, B toifadagi uchun yuqoridagi jumla rost.
Demak, dasturxon atrofida birorta C toifadagi bo'lishi mantiqiy zidlikni keltirib chiqaradi.

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

7-savol:

Bolalar Xo'ja Nasriddinni uchratib qolishdi va undan yoshini so'rashdi. Xo'ja Nasriddin shunday javob beribdi: "Mening yoshim turli raqamlardan tuzilgan. Agar birinchi va oxirgi raqamlar o'chirilsa, ikki xonali son hosil bo'ladi. Bu ikki xonali son raqamlari yig'indisi 13 bo'lgan eng katta sondir. Birinchi raqam oxirgi raqamdan 4 marta katta. Ana endi yoshimni o'zingiz hisoblab olavering". Xo'ja Nasriddinning yoshi nechada?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham sinab ko'ring!

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
7-savolning javoni!
8942 yosh

Izoh:
Sonning birinchi va oxirgi raqamlari o'chirilsa ikki xonali son hosil bo'ladi, demak son to'rt xonali. O'rtada qolgan ikki xonali son 94 bo'ladi(9 + 4 = 13). Agar oxirgi raqam 1 bo'lsa, birinchi raqam 4 bo'lishi kerak, biz 4 ishlatib bo'ldik. Oxirgi raqam 2 bo'ladi, 2 dan kattasini 4 ga ko'paytirsak raqam bo'lmay qoladi. Demak, Xo'ja Nasriddinning yoshi 8942 da ekan.😁

Javobni topa oldingizmi?

❗️Sizda
ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

8-savol:

(Evklid masalasi). Ot va eshakka bug'doy yuklashdi. Yo'lda ot eshakka qarab dedi: "Agar sendagi yukning bir qopini menga yuklashganda edi, men sendan 2 marta ko'p yuk ko'targan bo'lar edim". Bunga javoban eshak: "Agar sendagi yukning 1 qopini menga yuklashganida edi, har ikkimiz ham bir xil yuk ko'targan bo'lardik". Ot va eshakning har biriga necha qopdan bug'doy yuklangan?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
8-savolning javobi!
Otga 7 qop, eshakka 5 qop bug'doy yuklangan.

Izoh:
2(eshak - 1) = ot + 1;
eshak + 1 = ot - 1;
Shu tenglamalar sistemasi orqali masalaning javobini topasiz!

Javobni topa oldingizmi?

❗️Sizda
ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

9-savol:

Ritsarlar va Jokerlar haqidagi masalani eslasangiz kerak.

Siz yana o'sha ikki turdagi odamlar yashaydigan oroldasiz. U yerda Ritsarlar faqat rost, Jokerlar faqat yolg'on gapiradi.
Yo'lda ketayotganda sizga 3 ta odam uchradi. Birinchisidan "Siz kimsiz?" deb so'ragan paytingiz u bergan javobni tushunib bo'lmadi. Shunda siz ikkinchi odamga "Birinchi odam nima dedi?" deb savol berdingiz va u "Birinchi odam Jokerman dedi" deb aytdi. Shu payt uchinchi odam "Unga (ikkinchi odam) ishonma, u yolg'on gapiryapti" dedi.

Savol: Ikkinchi va uchinchi odamlar kim?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VIII bo'lim. Saralash algoritmlari

#chapter8 #sort #easy

Dars 1.2. Selection sort (Tanlab saralash)

To'liq o'qib chiqish

❗️Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot va kommentariyalarda kutib qolamiz.

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan
9-savolning javobi!
2-odam Joker, 3-odam Ritsar

Izoh:
Orolda Ritsar ham Joker ham "Men Jokerman" demaydi. Chunki unda Ritsar yolg'on, Joker rost gapirib qolgan bo'ladi. Shuning uchun 2-odamning "1-odam Jokerman dedi" deb aytgan gapi yolg'on bo'lib chiqadi. Demak, u Joker va tabiiyki 3-odam Ritsar. Bu vaziyatda 1-odamning kimligini aniqlab bo'lmaydi.

Javobni topa oldingizmi?

❗️Sizda
ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

#logic

🀝 Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
Algorithms Uzbekistan

Youtube:
Algorithms Uzbekistan

Medium:
Algorithms Uzbekistan