AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
Mantiq burchagi! Hafta masalasi!

Har hafta yakshanba qolgan kunlardan ko'ra qiyinroq masala berishga harakat qilamiz.

1-hafta masalasi:
Tasavvur qiling siz bankka o'g'irlikka tushdingiz (faqat tasavvur qiling). U yerda tangalar bilan to'ldirilgan 100 ta seyf bor. Ularning 99 tasida sohta va 1 tasida haqiqiy oltin tangalar saqlanadi. Tangalar faqatgina vazni bilan bir-biridan farq qiladi. Ya'ni sohta tangalar 1 kg, sof oltin tangalar 1.01 kg.
Siz turgan xonada elektron tarozi bor (zamonaviy, solishtiradigan emas). Unda bir vaqtning o'zida xohlagancha tanga vaznini o'lchashingiz mumkin. Lekin tarozi signalizatsiyaga ulangan va unda narsa o'lchashingiz bilan 5 daqiqadan keyin soqchilar yetib keladi. Shuning uchun sizda sof oltin tangalar saqlanadigan seyfni topish uchun faqatgina 1 ta imkoniyat bor.
Qanday qilib sof oltin tangalar turgan seyfni topish mumkin?

P.S: Seyfdagi tangalar soni bir xilda 1000 ta (yoki shunchaki ko'p) deb olishingiz mumkin.

Qani matematik mantiqni bir ishlatib ko'ringchi!

Javob ertaga soat 18:00 da e'lon qilinadi.

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁
Yoki guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin, lekin javobni guruhga yubormang!

#logic #problemOfTheWeek

πŸ€” Do'stlaringizdan birortasi bu masalani yecha olarmikun?

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VII bo'lim. Qidirish algoritmlari

#chapter7 #videolesson #easy

Dars 2.2. Ikkilik qidirish algoritmlari turlari va rekursiv implementatsiya

Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot va kommentariyalarda kutib qolamiz.

🀝 Darslarimiz sizga ozgina bo'lsa ham foydasi tegayotgan bo'lsa, bizga bo'lgan minnatdorchiligingizni postlarimizni ulashib va do'stlaringizni taklif qilib bildirishingiz mumkin!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Hafta masalasiga yordam!

Bu yerda sizga ikkita narsa yordam berishi mumkin:
1. Har bir seyfni raqamlab chiqish.
2. Arifmetik progressiya yig'indisi formulasidan foydalanish

#logic #problemOfTheWeek

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Hafta masalasi javobi!

Seyflar 1 dan 100 gacha raqamlab chiqiladi va har bir seyfdan o'z raqamiga mos tanga olamiz (1 dan 1 ta, 2 dan 2 ta ...). Hamma tanga vaznini birdaniga o'lchaymiz.
Agar bizda hamma tanga 1 kg dan bo'lganda umumiy vazn (1+100)Γ·2Γ—50=5050kg chiqishi kerak edi. Lekin, qaysidir tangalar 1.01kg bo'lganligi uchun bu yerda farq bo'ladi. Aynan shu grammdagi farq bizga seyf nomerini beradi.
Ya'ni 1-seyfda sof oltin tangalar bo'lsa, vazn 5050.01 kg, 40-seyfda bo'lsa, 5050.40 kg chiqadi.

Barcha hisob-kitoblar taroziga narsa qo'yguncha bo'ladi, shuning uchun signalizatsiyadan keyin 5 daqiqada qochishga ham ulgurish mumkin 😁

#logic #problemOfTheWeek

Javobni topa oldingizmi, faqat rostini ayting. )

Kanalimizga ulanish:

Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

Mantiqiy masalalar ichida "Ritsarlar va Jokerlar" masalalari juda mashhur hisoblanadi. Sizlarga shulardan birini (osonrog'ini) taqdim qilamiz

3-savol:
Ritsarlar va Jokerlar orolida Ritsarlar faqat rost, Jokerlar faqat yolg'on gapirishadi.
Siz orolda ikkita odamni uchratdingiz: A va B. Ular sizga shunday deyishdi:
A: "B joker"
B: "A ham, men ham joker emasman"
Ular birini kim ekanligini yaxshi bilishadi. Yuqoridagi gaplardan foydalanib, ularning qaysi biri Ritsar, qaysi biri Joker ekanligini aniqlang.

Javob 18:00 da e'lon qilinadi

πŸ€” Do'stlaringizni ham sinab ko'ring!

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VII qism. Qidirish algoritmlari

Dars β„–3. Chiziqli qidirish vs Ikkilik qidirish
. Umumiy jihatlar va asosiy farqlar

#chapter7 #search #easy

To'liq o'qib chiqish

Iltimos, izoh yoki reaksiyalar uchun vaqtingizni ayamang!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🀝 Darslarimiz sizga ozgina bo'lsa ham foydasi tegayotgan bo'lsa, bizga bo'lgan minnatdorchiligingizni postlarimizni ulashib va do'stlaringizni taklif qilib bildirishingiz mumkin!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
3-savolning javobi
A - Ritsar, B - Joker

Izoh:
Agar A ni Ritsar deb qarasak, uning gapi rost va B Joker bo'ladi. Demak, bunda B ning gapi "U ham, men ham Joker emasmiz" yolg'on bo'ladi va bunda hammasi mos keladi.
Agar A ni joker deydigan bo'lsak, unda B ritsar bo'lishi kerak bo'ladi. Unda B ning gapi rost bo'lishi kerak va unga ko'ra esa A ham ritsar bo'lishi kerak bo'lib qoladi. Bu esa zidlik keltirib chiqaradi.

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Forwarded from FUTURE CODERS
​"Anor System" MCHJ homiyligi asosida maxsus contestlar!
#anorsystem #contesttime

Fcoders saytidan: Fcoders Round #15 (Div. S) { Sponsored by Anor System }
Boshlanish vaqti: 12.07.2019 19:05 (GMT +5) {Juma}
Davomiyligi: 2 soat
Mualliflar: Husayn
Masalalar soni: 5 ta
Contest haqida: Bu safargi musobaqamizda albatta ishtirok eting chunki musobaqa g`oliblariga "Anor System" MCHJ tomonidan maxsus sovg`alar mavjud albatta yetkazib berish bizdan!

Yozda vaqtingizni, "Anor System" MCHJ homiylik qilayotgan Fcoders.uzdagi contestlar orqali maroqli va o`zingiz uchun ham juda foydali tarzda o`tkazing!

Saytdan ro'yhatga o'tish
Savol va takliflar uchun
Saytning official kanali
Algorithms Uzbekistan kanali

#fcodersuz #contests #news #republic #olympiads
Darslarimiz jadvali va yangiliklari!

Kanal ishida oxirgi vaqtlarda juda ko'p uzilishlar bo'lib qolayotgani hech kimga sir emas. Bunga har doimgidek shaxsiy ishlar va dangasalik sabab bo'lib qolyapti.

Shu narsalarni bartaraf etish va ma'suliyat bilan ishlash maqsadida kanal qat'iy ish tartibini belgilab olmoqchiman. Bu narsa sizlarga ham qulaylik yaratadi menimcha.

Darslarimiz uchun:
Har Seshanba, Payshanba, Shanba kunlari:
13:00 da - Dars uchun nazariy qism maqola (Agar bo'lsa)
16:00 da - Dars nazariy qism videosi (Agar bo'lsa)
19:00 da - Darsning kod implementatsiya videosi (Agar bo'lsa)

Ixtiyoriy dars uchun yuqoridagilarning hammasi bo'lishi yoki qaysidir birlari bo'lmasligi mumkin. Bu darsimizga bog'liq bo'ladi.

Mantiq burchagi uchun:
Har kuni soat 9:00 da - Mantiq burchagi savoli
Har kuni soat 21:00 da - Mantiq burchagi savoliga javob
Har Yakshanba 9:00 da - Hafta savoli
Har Dushanba 20:00 da - Hafta savoli javobi

Bundan tashqari:
Ixtiyoriy kun
Soat 11:00 da
- Turli kontestlar haqida eslatma. (Kontest o'tishi bilan o'chirib yuboriladi)
Soat 22:00 da - Boshqa kanal tavsiyalari yoki reklamalar.

Hozirda bizning kanalda reklamalar yo'q. Mobodo, bo'lib qolgan taqdirda ham kuniga maksimum bitta joylashtiriladi.

πŸ†•Yana bir yangilik, endi har bir post tagida shu postni ulashish uchun tugmacha qo'shib qo'yiladi.

Har qanday takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling.

Darslardagi uzilishlar uchun uzr so'rab qolgan holda,
Kanal admini: Qudratxo'ja Musayev.

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
AlgorithmUz kanali rejasi!

Ko'pchilik uchun darslarimizning to'liq rejasi qanday bo'lishi qiziq bo'lishi aniq. Shuning uchun uni sizlarga taqdim qilmoqchimiz:

Tanishtiruv qismi:
1-bo'lim. Tanishtiruv (Keyinroq tartiblab chiqishga qoldirilgan)
2-bo'lim. Nima uchun algoritmlar va ma'lumotlar tuzilmalarini o'rganish kerak? (Keyinroq tartiblab chiqishga qoldirilgan)
3-bo'lim. Algoritm murakkabligini baholash. Katta O (Big O) haqida. (Keyinroq tartiblab chiqishga qoldirilgan)
4-bo'lim. Masala yechishda ko'p uchraydigan usullar (Keyinroq ishlab chiqishga qoldirilgan)

Asos algoritmlari qismi:
5-bo'lim. Sonlar nazariyasi va array (Keyinroq tartiblab chiqishga qoldirilgan)
6-bo'lim. Rekursiya (#recursion tegi bilan tayyor)
7-bo'lim. Qidirish algoritmlari (#search tegi bilan tayyor bo'lish arafasida) - Biz hozir shu yerdamiz
8-bo'lim. Saralash algoritmlari.

Ma'lumotlar tuzilmalari va murakkab algoritmlar qismi:
9-bo'lim. Ma'lumotlar tuzilmalari bilan tanishuv
10-bo'lim. Chiziqli ma'lumotlar tuzilmalari.
11-bo'lim. Binar qidiruv daraxti
12-bo'lim. Daraxt tuzilmalari bo'ylab yurish. (Tree traversal)
13-bo'lim. Ikkilik heap (Binary heaps)
14-bo'lim. Hash jadvallar (Hash tables)
15-bo'lim. Graflar.
16-bo'lim. Graf bo'ylab yurish. (Graph traversal)
17-bo'lim. Deykstra algoritmi.

Bonus:
18-bo'lim. String algoritmlari.
19-bo'lim. Ochko'z algoritmlar (Greedy algorithms)
20-bo'lim. Dinamik dasturlash (Dynamic programming)

Keyinroq tartiblashga qoldirilgan - deb belgilangan bo'limlarning materiallarini kanaldan topishingiz mumkin. Keyinchalik ular tartiblab chiqiladi.

❗️Ko'rib turganingizdek, bizni hali uzoq va qiziqarli yo'l kutib turibdi. Shuning uchun bizni tark etishga shoshilmang!

Aksincha, do'stlaringizga ham bizning rejamizni ulashib ularni ham taklif qiling!

Dars rejasi bo'yicha taklif va mulohazalaringizni:
@AlgorithmUz_Feedbacks_Bot da kutib qolaman.

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

4-savol:
1. O'tgan yil davomida Abdullajon Hoshimjondan ko'ra ko'p kino ko'rdi
2. Hoshimjon esa Akbarjondan ko'ra kam kino ko'rdi
3. Akbarjon Abdullajondan ko'ra ko'p kino ko'rdi.

Agar birinchi ikkita gap rost ekanligi aniq bo'lsa, 3-gapni rost, yolg'on ekanligini aniqlang!

Javob 18:00 da e'lon qilinadi

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham sinab ko'ring!

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VII qism. Qidirish algoritmlari

Dars β„–4. Satrdan qism satr qidirish. Oddiy algoritmi

#chapter7 #search #easy

To'liq o'qib chiqish

Iltimos, izoh yoki reaksiyalar uchun vaqtingizni ayamang!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🀝 Maqolani
dasturchi do'stlaringizga ham ulashing va ularni ham taklif qiling!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
4-savol javobi:

1- va 2-gaplar rostligini bilgan holda, 3-gap rost yoki yolg'on ekanligini aniqlab bo'lmaydi.

Izoh:
Ko'rilgan kinolar soni bo'yicha:
Abdullajon > Hoshimjon
Akbarjon > Hoshimjon

Demak, Akbarjon Abdullajondan ko'p ham, kam ham kino ko'rgan bo'lishi mumkin.

Javobni topa oldingizmi?

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi! Hafta masalasi!

Har hafta yakshanba qolgan kunlardan ko'ra qiyinroq masala berishga harakat qilamiz.

2-hafta masalasi:
1-hafta masalasidagi o'g'ri tabiiyki qo'lga olinib qamoqqa tushdi (O'g'irlik qilmas kerak edida). Va tabiiyki u qamoqdan qochishga harakat qilib ko'rdi.
U o'zining 3 ta do'sti bilan atrofi daryo bilan o'ralgan qamoqdan qochdi. Daryodan o'tish uchun birgina ikki kishilik qayiq bor. Qayiqni qorovullovchi soqchilar bir kunda bir marta almashadi va buning uchun roppa-rosa 15 daqiqa vaqt ketadi.
Aksiga olib o'g'rimizning sheriklari chaqqon emas. Ular daryodan:
1-o'g'ri 1 daqiqada (bizning o'g'ri)
2-o'g'ri 2 daqiqada
3-o'g'ri 5 daqiqada
4-o'g'ri 8 daqiqada kesib o'ta oladi.
Qayiqqa ikki kishi chiqqan payt, daryodan o'tish uchun sekinroq suzib o'tadigan odam vaqticha vaqt ketadi. Masalan, 1 va 8 daqiqalik o'g'rilar chiqsa, 8 daqiqa. Qayiq o'zi suza olmaydi, ya'ni narigi tomonga o'tgan qayiqni kimdir qaytarib olib kelishi kerak va bunga ham vaqt ketadi.
15 daqiqa ichida ularning hammasi daryoning narigi tarafida bo'lishi kerak.

O'g'rimiz matematikadan yaxshi emas, lekin u sheriklarini tashlab ketmoqchi emas. Unga bu borada yordam bering.

Qani matematik mantiqni bir ishlatib ko'ringchi!

Javob ertaga soat 22:00 da e'lon qilinadi.

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁
Yoki guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin, lekin javobni guruhga yubormang!

#logic #problemOfTheWeek

🀯 Do'stlaringizni ham boshini qotirib ko'ring!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
2-hafta masalasi javobi!

O'g'rilarni ular daryoni kesib o'tish vaqti bilan nomlaymiz, ya'ni 1, 2, 5, 8.
Demak, javob:
->(1, 2) - 0 + 2 = 2
<-(1) - 2 + 1 = 3
->(5, 8) - 3 + 8 = 11
<-(2) - 11 + 2 = 13
->(1, 2) - 13 + 2 = 15

Bu yerda asosiy joyi 5 va 8 daqiqalik o'g'rilarni bir vaqtda olib o'tish, bunday qilish orqali biz 5 daqiqalik o'g'ri umuman yo'q bo'lgandek natijaga erishamiz.

Javobni topa oldingizmi?

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

5-savol:
4 ta bola bog'ichi bo'shab ketgan it ortidan quvishmoqda. Sardor shundoqqina it orqasida yugurmoqda, Jamol uning orqasida, Jalol esa Jamolning ortida yugurmoqda. Kamol itning to'g'risidan yugurib kelgan payt, it va bolalar uning oldidan o'tib ketib qolishdi, shunda u ham burilib safga qo'shildi. Kamol Jamolning ortida yugurishni boshladi. Sardor tezlashib, itning o'ng tarafiga o'tib oldi. Jalol ham tezlashib itning chap tarafiga o'tib oldi.
Endi kim itning orqasida yugurmoqda?

Javob 21:00 da e'lon qilinadi

P.S: Ismlar o'ylab topilgan, barcha o'xshashliklar tasodif. 😁

❗️Sizda ham shu kabi mantiqiy savollar bo'lsa @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating.
Faqat dasturlash, matematika va shularga yaqin sohalarga oid savollar qabul qilinadi.

πŸ€” Do'stlaringizni ham sinab ko'ring!

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
5-savolning javobi!
Jamol

Izoh:
Hamma almashishlardan keyin, Sardor itning o'ng tarafida, Jalol o'ng tarafida, Kamol eng orqada, Jamol esa shundoq itning ortida bo'lib qoladi.

Javobni topa oldingizmi?

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan