AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
VI qism. Rekursiya

Dars β„–5. Rekursiya vs Iteratsiya

#chapter6 #recursion #easy #iteration

To'liq o'qib chiqish

Blogimizning Mediumda o'z sahifasi ochildi. Agar siz ham Mediumda bor bo'lsangiz, unga ham obuna bo'lib qo'yishni unutmang!

Fikrlaringizni izohlarda ham qoldirishingiz mumkin!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🀝 Biz uchun eng yaxshi reklamaβ€Šβ€”β€Šbu siz tomoningizdan qilingan reklama!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Qadrli kanalimiz o'quvchilari!

Kanalimizda darslar tΓΆxtab qolganidan afsusdaman. Buning sababi esa, balki kΓΆpchiligingiz bilar, hozirda Xitoy safaridaman.

Darslar albatta davom etadi!

Meni tushunganlaring uchun rahmat.

P.S: Xitoy sayohatini kuzatmoqchi bΓΆlsangiz, quyidagi kanalga obuna bo'ling
https://t.me/qudratxoja_musayev
​​Muborak Hayit ayyomi muborak!

Uzoq Chin o'lkasidan Hayit ayyomi muborak bo'lsin deb qolaman. Ramazon oyida hamma nimaiki yaxshi niyat qilgan bo'lsangiz barchasining ijobatini tilayman.

Nimaga kech deb hayron bo'lmang, shunchaki ertalabki oqimdan sal bo'shab olinglar degandim )

Kanalga ulanish
Bizlarni kutganlarga Assalomu alaykum!

Bugundan darslarimiz yana davom etadi.

Rekursiya mavzusi oxirida qiyinroq masalalar va'da qilgan edik. Bugun shularni sizga taqdim qilamiz:

Rekursiyaga oid qiyinroq masalalar!

#practicetime #recursion

β„–1. Satr berilgan uni teskarisiga o'giring (reverse)
β„–1.2 Satrdagi so'zlar o'rnini teskarisiga o'giring
β„–2. Satrni palindromlikka tekshiring (isPalindrome)
β„–3. So'zlardan iborat array berilgan, har bir so'zni bosh harfini katta qilib chiqish kerak (capitalize)
β„–3.2. Tepadagi masaladagi so'zlarni hamma harflarini kattasi bilan almashtirib chiqing
β„–4. Faqat qo'shish amalidan foydalanib aΓ—b ni hisoblang
β„–5. Sonlardan iborat array berilgan shundagi max elementni toping

Albatta, masalalarni faqat rekursiya yordamida ishlashga harakat qiling!

Javoblar biroz vaqtdan keyin e'lon qilinadi. O'ylab ko'rishingiz uchun yetarlicha vaqt bor.

🀝 Biz uchun eng yaxshi reklama β€” bu siz tomoningizdan qilingan reklama!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VII qism. Qidirish algoritmlari

Dars β„–1. Chiziqli
qidirish

#chapter7 #search #easy

To'liq o'qib chiqish

Fikrlaringizni izohlarda ham qoldirishingiz mumkin!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🀝 Biz uchun eng yaxshi reklama β€” bu siz tomoningizdan qilingan reklama!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VII bo'lim. Qidirish algoritmlari

#chapter7 #videolesson #easy

Dars 1.1. Chiziqli qidirish va uning implementatsiyasi

Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot va kommentariyalarda kutib qolamiz.

Savollaringiz bo'lsa guruhimizda ham so'rashingiz mumkin:
Bizning guruh

🀝 Biz uchun eng reklama siz tomoningizdan qilingan reklama!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Web dasturlashni o'rganayotganlar uchun yaxshi yangilik!

Bir oycha ilgari Telegramda yana bir juda ham yaxshi IT kanal ochilgan edi, Tutorials.uz nomi bilan. Kanalni deyarli ochilgan paytidan beri kuzatib boraman. To'g'risini aytganda dasturlash sohasida bunday yaxshi ishlaydigan kanalni hali ko'rmagan edim.

Hozirda kanalda muntazam, uzilishlarsiz HTML, CSS, PHP bo'yicha darslar ketmoqda.

Kanal yuritilishi qaysidir tomondan o'zimning kanalimga o'xshab ham ketadi. Hatto, ba'zi joylarda yaxshiroq ham. Nima bo'lganda ham shunday manbalar soni ko'payaversin!

#recommendation #tavsyu

P.S: Bu post chindan ham reklama emas. Kanal admini bunga chindan loyiqligini isbotladi.

Kanalga bir kirib ko'rish:
https://t.me/tutorialsuz
AlgorithmUz pinned Deleted message
Mantiq burchagi!

Savol
:
Sizda ikkita gap bor
1. 2-gap rost
2. 1-gap yolg'on
Bu ikkita gapning qaysi biri rost, yolg'onligini aniq bilmaysiz, lekin mantiqan o'ylab ko'rib 1-gapni rost yoki yolg'onligini toping!

Javob 20:00 da e'lon qilinadi!

#logic #medium

πŸ€” Do'stlaringizni ham sinab ko'ring!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
1-savolning javobi:
Aniqlashning imkoni yo'q.

Izoh: Agar birinchi gapni rost deb oladigan bo'lsak, bu narsa 2-gapni ham rostga aylantiradi, lekin u yerda 1-gap yolg'on deyilmoqda. Bu narsa esa qarama-qarshilik keltirib chiqaradi.
Agar birinchi gapni yolg'on deydigan bo'lsak, bu narsa 2-gapni ham yolg'on ko'rinishga olib keladi. 2-gap (1-gap yolg'on) ning yolg'on bo'lishi 1-gapni rost qilib qo'yadi. Bu yerda ham yana qarama-qarshilik kelib chiqadi.


πŸ’‘Sizlarga ham 1 va 0 larni eslatib yubormadimi. )

Javobni to'g'ri topa oldingizmi?

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi!

2-savol
:
Siz xazinalar oroliga tushib qoldingiz va u yerda 3 ta sandiqqa duch keldingiz. Ularning birida xazina yashiringan va ularning har birida quyidagicha yozuvlar bor.
1. Xazina shu sandiqda
2. Xazina bu sandiqda emas
3. Xazina 1-sandiqda emas
Siz bilasizki, bu gaplarning yoki hammasi yolg'on, yoki faqat bittasi rost. Faqat bir urinishingiz bor. Xazina qaysi sandiqda ekanligini toping.

"bu" va "shu" so'zlari aynan so'z yozilgan sandiqqa qaratilgan.

Javob 20:00 da e'lon qilinadi
!

#logic

πŸ€” Do'stlaringizni ham sinab ko'ring!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VII qism. Qidirish algoritmlari

Dars β„–2. Ikkilik
qidirish

#chapter7 #search #easy

To'liq o'qib chiqish

❗️Bu post kanalda avval ham e'lon qilingan, biz uni rejaga muvofiq qayta e'lon qilishga majburmiz.

Iltimos, izoh yoki reaksiyalar uchun vaqtingizni ayamang!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🀝 Darslarimiz sizga ozgina bo'lsa ham foydasi tegayotgan bo'lsa, bizga bo'lgan minnatdorchiligingizni postlarimizni ulashib va do'stlaringizni taklif qilib bildirishingiz mumkin!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
2-savolning javobi:
Xazina 2-sandiqda.

Izoh:
Agar xazinani birinchi sandiqda deb tasavvur qilsak, unda 1-va 3-sandiqdagi gaplar rost bo'lib qoladi. Bu esa bizning shartga mos emas.
Agar xazinani 3-sandiqda desak, 2-va 3-sandiqdagi gaplar rost bo'lib qoladi.
Agar xazinani 2-sandiqda desak, faqat 3-sandiqdagi gap rost bo'ladi va bu bizning shartni qanoatlantiradi.

Javobni to'g'ri topa oldingizmi?

#logic

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VII bo'lim. Qidirish algoritmlari

#chapter7 #videolesson #easy

Dars 2.1. Ikkilik qidirish Binary search haqida

Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot va kommentariyalarda kutib qolamiz.

🀝 Darslarimiz sizga ozgina bo'lsa ham foydasi tegayotgan bo'lsa, bizga bo'lgan minnatdorchiligingizni postlarimizni ulashib va do'stlaringizni taklif qilib bildirishingiz mumkin!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Mantiq burchagi! Hafta masalasi!

Har hafta yakshanba qolgan kunlardan ko'ra qiyinroq masala berishga harakat qilamiz.

1-hafta masalasi:
Tasavvur qiling siz bankka o'g'irlikka tushdingiz (faqat tasavvur qiling). U yerda tangalar bilan to'ldirilgan 100 ta seyf bor. Ularning 99 tasida sohta va 1 tasida haqiqiy oltin tangalar saqlanadi. Tangalar faqatgina vazni bilan bir-biridan farq qiladi. Ya'ni sohta tangalar 1 kg, sof oltin tangalar 1.01 kg.
Siz turgan xonada elektron tarozi bor (zamonaviy, solishtiradigan emas). Unda bir vaqtning o'zida xohlagancha tanga vaznini o'lchashingiz mumkin. Lekin tarozi signalizatsiyaga ulangan va unda narsa o'lchashingiz bilan 5 daqiqadan keyin soqchilar yetib keladi. Shuning uchun sizda sof oltin tangalar saqlanadigan seyfni topish uchun faqatgina 1 ta imkoniyat bor.
Qanday qilib sof oltin tangalar turgan seyfni topish mumkin?

P.S: Seyfdagi tangalar soni bir xilda 1000 ta (yoki shunchaki ko'p) deb olishingiz mumkin.

Qani matematik mantiqni bir ishlatib ko'ringchi!

Javob ertaga soat 18:00 da e'lon qilinadi.

Javobni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natishingiz mumkin. Sovg'asi yo'q lekin 😁
Yoki guruhimizda muhokama qilishingiz mumkin, lekin javobni guruhga yubormang!

#logic #problemOfTheWeek

πŸ€” Do'stlaringizdan birortasi bu masalani yecha olarmikun?

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VII bo'lim. Qidirish algoritmlari

#chapter7 #videolesson #easy

Dars 2.2. Ikkilik qidirish algoritmlari turlari va rekursiv implementatsiya

Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot va kommentariyalarda kutib qolamiz.

🀝 Darslarimiz sizga ozgina bo'lsa ham foydasi tegayotgan bo'lsa, bizga bo'lgan minnatdorchiligingizni postlarimizni ulashib va do'stlaringizni taklif qilib bildirishingiz mumkin!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Hafta masalasiga yordam!

Bu yerda sizga ikkita narsa yordam berishi mumkin:
1. Har bir seyfni raqamlab chiqish.
2. Arifmetik progressiya yig'indisi formulasidan foydalanish

#logic #problemOfTheWeek

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Hafta masalasi javobi!

Seyflar 1 dan 100 gacha raqamlab chiqiladi va har bir seyfdan o'z raqamiga mos tanga olamiz (1 dan 1 ta, 2 dan 2 ta ...). Hamma tanga vaznini birdaniga o'lchaymiz.
Agar bizda hamma tanga 1 kg dan bo'lganda umumiy vazn (1+100)Γ·2Γ—50=5050kg chiqishi kerak edi. Lekin, qaysidir tangalar 1.01kg bo'lganligi uchun bu yerda farq bo'ladi. Aynan shu grammdagi farq bizga seyf nomerini beradi.
Ya'ni 1-seyfda sof oltin tangalar bo'lsa, vazn 5050.01 kg, 40-seyfda bo'lsa, 5050.40 kg chiqadi.

Barcha hisob-kitoblar taroziga narsa qo'yguncha bo'ladi, shuning uchun signalizatsiyadan keyin 5 daqiqada qochishga ham ulgurish mumkin 😁

#logic #problemOfTheWeek

Javobni topa oldingizmi, faqat rostini ayting. )

Kanalimizga ulanish:

Algorithms Uzbekistan